4 - To‘garakning asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarning badiiy didini orttirish, g‘oyaviy-siyosiy ongini o‘stirish, ularni zamonamizning ilg‘or madaniyatli kishilari qilib voyaga yetkazish hamda ona–Vatanni sevadigan vatanparvar qilib tarbiyalashdan iborat. To‘garakda olib boriladigan tarbiyaviy ishlar o‘quvchilarni madaniy, axloqiy va ma’naviy jihatdan boyitadi va kamol topishi uchun zamin tayyorlaydi. To‘garakda olib boriladigan barcha faoliyatlar chunonchi, g‘oyaviy- siyosiy ishlar, badiiy estetik tarbiya bilan birgalikda amalga oshiriladi.Tarbiyaviy ishlar maktabning kundalik madaniyijtimoiy hayoti bilan chambarchas bog‘langan holda olib borilishi kerak. Xor to‘garagi ishtirokchilarini har tomonlama tarbiyalashda maktabda o‘tkaziladigan qiziqarli suhbatlar, uchrashuvlar, o‘quvchilar hayotiga bag‘ishlangan kechalar to‘garakning tarbiyaviy ishlari rejasidan kelib chiqib o‘tkaziladi va ular o‘quvchilar xotirasida doimiy saqlanib qoladi.
5 - Har bir musiqiy asarning mazmuni insonni axloqiy tarbiyalash vositasiga ega, chunki har bir qo‘shiq (asar) o‘z g‘oyasiga ega. Qo‘shiq so‘zini o‘rganishda o‘quvchilar ana shu g‘oyani ochib beradilar. O‘quv – tarbiya ishlari o‘quvchilarda vokal – xor hamda ijrochilik malakalarini shakllantiradi, nazariy bilimlarini rivojlantiradi. Buning uchun to‘garak rahbari o‘quv – tarbiya ishlariga jiddiy e’tibor berib, turli xil mavzularda kechalar, suhbatlar, uchrashuvlar, ma’ruzalar, musiqa asarlarni tinglash uchun suhbatli konsertlar o‘tkazib turishi, hamda teatr va muzeylarda jamoa bo‘lib borishi kerakligini e’tibordan chetga qoldirmasligi kerak. Shuningdek, san’at ustalari, xalq artistlari, atoqli davlat arboblari, zamonamiz qahramonlari hamda badiiy havaskorlik jamoalari bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazib turish to‘garak a’zolarini har tomonlama bilim saviyasini oshiradi va ularni ijodiy barkamollik sari yetaklaydi.
- To‘garak xorida o‘quvchilarga musiqa savodi, solfedjio, musiqa tarixi bo‘yicha bilim berish bilan birga ularda vokal – xor malakalarini hosil qilish kabi ta’limiy va tarbiyaviy ishlar ham olib boriladi. Musiqa tarbiyasining ajralmas qismi bo‘lgan musiqa savodi esa to‘garak ishtirokchilarining yuksak ijrochilik mahoratiga erishish uchun zarur bo‘lgan omillardan biri hisoblanadi.
- Musiqa savodiga oid bilimlar xorda doimiy ravishda olib borilsa, xor ishtirokchilari asta – sekin notaga qarab qo‘shiqni kuylashni o‘rganadilar. Shu yo‘l bilan ish jarayonida musiqa savodining boshqa elementlari ham o‘rgatilib boriladi. Demak, shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, ko‘zlangan ijobiy natijalarga erishish uchun o‘quv – tarbiya ishlari reja asosida olib borilishi maqsadga muvofiqdir.
E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |