O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QASHQADARYO VILOYATI KASBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH VA MUVOFIQLASHTIRISH HUDUDIY BOSHQARMASI SHAHRISABZ PEDAGOGIKA KOLLEJI 4.11.01.01-”Musiqa ta’lim” yo’nalishi -guruh o’quvchisi ________________________________________________________________________ning BITIRUV MALAKAVIY ISHI ________________________________________________________________________mavzusidan TAQDIMOTI Tasdiqlayman: D.I.Ch.T.B.O’ M.Normamatov Taqdimot ilmiy rahbari: _______________________ Taqdimot bajaruvchi: ___________________________ Shahrisabz 2022 Xor to’garagini tashkil etishning maqsad va vazifalari Ilmiy rahbar : Rozikova Marg’uba Reja : - XORI RAVNAQI.
- BOLALAR XOR JAMOALARIDA OLIB BORILADIGAN O’QUVTARBIYAVIY ISHLAR.
- XOR TO’GARAGINI TASHKIL ETISH.
- TO’GARAKDAGI TARBIYAVIY ISHLAR.
- TO’GARAKDA O’QUV – TARBIYA ISHLARI.
1 Mustaqillik sharoitida xalqning ma’naviy ma- daniyatini rivojlantirish va mustahkamlash ishlari muhim davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Xalq an’analarini va qadimgi bayramlarni tiklash, yangi bayramlarni joriy etish, xalqaro («Sharq taronalari» va boshqa) musiqa festival va anjumanlarini tashkil etish — bularning hammasi musiqa, shu jumladan, xor madaniyati sohasida yangi shakllarni izlab topish faoliyatini jadallashtirishni talab etmoqda. Respublikamizdagi ijodiy kuchlarning yuksalishi bolalar ijodi sohasida ham o‘z aksini topmoqda. Yosh avlod estetik tarbiyasi ishlarining rivojida «Biz — O‘zbekiston bolalarimiz», «Chegarasiz go‘zallik» tanlovlari, «Ustalar shaharchasi», «Qadimgi rivoyatlar kulgisi», atoqli hofiz va bastakorlar Hoji Abdulaziz Abdurasulov, J o ‘raxon Sultonov, M a’murjon Uzoqov, Komiljon Otaniyozovlarga bag‘ishlangan xonandalar tanlovlari muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.Bu yo‘nalishdagi yangi tashabbuslar sifatida «O‘zbekiston — Vatanim manim» qo‘shiq tanlovi, yosh ijodkorlar (shu jumladan, yosh xonandalar) tanlovlarini ko‘rsatish mumkin. Ayniqsa, 1997-yildan boshlab o‘tkazilayotgan «O‘zbekiston — Vatanim manim» qo‘shiq tanlovida boy va qiziqarli tajribalar orttirilgan. Unda barcha maktab xor jamoalari qatnashib, ijodiy iqtidorlarini namoyish etmoqda. Jamoalarning badiiy repertuari rang-barang bo‘lib, E. Shvars, Sh. Yormatov, N. Norxo‘jayev, A. Varelas, A. Mansurov, D. Omonullayeva va boshqa kompozitorlarning asarlarini qamrab olgan. Xor rahbarlari qo‘shiq tanloviga tayyorlanish jarayonida bolalar bilan katta ijodiy va tarbiyaviy ishlarni bajarishmoqda. Respublika madaniy hayotida «Bizning kelajagimiz» bolalar ijodiy festivali ham yorqin iz qoldirgan. U «Yorqin yulduzchalar» jamg‘armasi, Uspenskiy nomidagi musiqa maktabi va «Festival» interklubi tomonidan 2002-yilda tashkil etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |