Bayramlarni tashkil etish asoslari. O’zbekistonda o’tkaziladigan bayramlar



Download 26,68 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi26,68 Kb.
#894549
Bog'liq
Bayramlarni tashkil etish asoslari. O\'zbekistonda o\'tkaziladigann bayramlarning o\'ziga xosligi


Mavzu:Bayramlarni tashkil etish asoslari. O‘zbekistonda o‘tkaziladigan bayramlarning o‘ziga xosligi.
Reja:
1) Bayramlarni tashkil etish asoslari.
2) O’zbekistonda o’tkaziladigan bayramlar.

1) Avvalo har bir bayramni tashkil etishdan oldin malum bir g’oya tanlanadi.O’sha g’oya asosida ssenariy tuzilish boshlanadi .Ssenariy asosidagi ishlarni amalga oshirishda va ijodiy yo’nalishlarni belgilashda ishtirok etuvchi badiiy jamoalar muhim o’rin tutadi.Ssenariydagi har bir blokning tuzilmasiga qarab jamoalarning dasturlari o’rganiladi va tavsiya qilinadi .Ssenariyda g’oyalar asosida mavzular tuziladi va ular orasidagi bog’liqlik senariy oxirigacha davom etadi . Ommaviy bayram va tomoshalar dramaturgiyasining asosini ssenariy tashkil etadi. Ssenariy tadbir mazmunini adabiy tasvirlash bo’lib, bunda jiddiy ketma ketlik asosida harakat elementlari bo’lmish mavzu va g’oya, bir bo’lakdan ikkinchisiga o’tish, bloklar, bezaklar, matnlar to’liq ko’rsatiladi. Tadbirlar bir kunda o’tib ketsa ham uni “san‟at” darajasiga kelgunicha ularning ancha ter to’kib mehnat qilishlariga to’gri keladi. Bitta bayramni tayyorlaguncha oylab vaqt ketadi. Tadbirning ssenariysini yaratish, ijodiy jamoaiarni yig’ish, boshlovchilar bilan ishlash, sahna ko’rinishlarini tayyorlash, ansambllarni jalb qilish, sahnani bezash, repitisiyalami o’tkazish va boshqa tashkiliy ishlar tadbir tashkilotchisini bir zumga ham bo'sh qo’ymaydi. Ommaviy bayram va tomoshalar ssenariysi tomoshabinga ko’p tomonlama emotsional ta‟sir qilishi bilan birga tomoshabinlami bayramning faol ishtirokchisiga aylantirib, tomoshabinni, qahramonlar o’rtasidagi u yoki bu qarama-qarshiliklarga bo’lgan munosabatlari, kechinmalarida birga bo’lishni talab qilmaydi. Shuning uchun ommaviy bayram va tomoshalar ssenariysida doimo qaramaqarshilikning bo’lishi talab qilinmaydi. Masalan, «Navro’z», «Mehrjon», «Birinchi qadam» bayramlari, xalq sayillari. Bunday bayram va sayillarda teatrlashtirish janrlaridan foydalanilmasa umuman qarama-qarshilik bo’lmasligi mumkin. Bayramlar xalqning xursandchiligi, shodu xurramligini o’zida aks ettiruvchi tadbirlar turiga kiradi. Har bir xalqning tarixiy taraqqiyot davomida shakllanib kelgan o’z bayramlari bo’ladi. Ularni o’tkazish va tashkil qilish usullari yildan-yilga o’zgarib, yangilanib, zamonaviylashib boraveradi. Bayramlar o’tkazilishi jihatidan sintetik shaklga ega bo’lib, uni tayyorlashda tarixiy shaxslar, xalq qahramonlarining timsollari ishtirokidagi sahna ko’rinishlar, teatrlashtirilgan lavhalar, fan, madaniyat, san‟at arboblari bilan uchrashuvlar, konsert dasturlari, spektakllar, dorboz va qiziqchilarning chiqishlari, sport o’yin va musobaqalari, turli amaliy, tasviriy san‟at asarlari, shuningdek, bolalar texnik to’garaklari ishtirokchilari tomonidan yasalgan texnik vositalarining ko’rgazmalari kabi ko’plab shakl va usullarini birlashtiradi. Bayramlar kishilar hayotidagi eng quvonchli, hissiyotli damlar, xushkayfiyatchog’lar, birdamlik, mehr-oqibat, kelajakka ishonch tuyg’ularini o’zida qamrab oigan buyuk bir ijodiy va tashkiliy jarayondir. Hozirgi kunda Respublika miqyosida o'tkaziladigan bayram va tomoshalarning badiiy bezagi bilan shug‘ullanuvchilar ijodiga e’tibor beradigan bo'lsak, 0‘zbekiston sharoitida bunday mutaxassislar barmoq bilan sanarli darajada kam. San’atshunos olim K. Makarov dekorativ bezak haqida fikr yuritib shunday deydi: «Badiiy bezash sintezlashgan dunyoning go'zalligini tasvirlash formasidir»1. Darhaqiqat, dunyoning go‘zalligini tasvirlash har qanday rassom ijodining oliy cho'qqisidir. Leonardo da Vinchi, Rafael Mikelanjelo, Rembrandt kabi buyuk rassomlar ijod namunalarini yaratib dunyoni larzaga solganlar. Ularning asarlariga e’tibor qaratadigan bo'lsak, ular bebahodir. Rassomlar ana shunday asarlari uchun butun qobiliyati, dunyoqarashini, yuragini, davr ruhiyatini va boshqa xususiyatlarini jo qilganlarki, shuning uchun ham bu asarlar hali-hanuzgacha asrdan asrgacha, avloddan avlodgacha moddiy va ma’naviy meros sifatida yetib kelmoqda. 0‘rta Osiyoda Behzod, Moniy kabi, 0‘zbekistonda Belkov, 0‘rol Tansiqboyev, Usta Mo‘min, Abdulhaq Abdullayev, Rahim Ahmedov, Georgiy Brim, Ro‘zi Choriyev, Bahodir Jalolov, Javlon Umarbekov, Alisher Mirzayev, Baxtiyor To‘rayev kabi rassomlar rassomchilik san’atining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan ijodkorlardir. Rassomda shunday xususiyat bo‘ladiki, rejissorning tasavvuriga sig‘mayotgan tushunchani u ko‘z oldiga keltira oladi. Teatrda faoliyat ko‘rsatayotgan rassom faqat teatr binosi ichkarisida, sahna atrofidagi badiiy bezakka e’tibor beradigan bo‘lsa, ommaviy bayram va tomoshalarda uning masshtabi ming marotaba kengayadi. U nafaqat sahnani, balki butun maydonni, tomosha o‘tkaziladigan joyni to'ldirib, unga ma’no va mazmun berishi lozim.

O’zbekistonda o’tkaziladigan bayramlar.


Bayramlar o’z-o’zidan bayram shakliga kelmaydi, uni tashkil etish kerak. Kishilar imkoniyatini hisobga olib, zamon talablaridan kelib chiqib, milliylik, urfodat, an‟analarga sodiq qolgan holda, mavzu va g’oya uyg’unligida tashkil etilgan bayram va tomoshalar yuqori darajada o'tkazilgan tadbirlardan hisoblanadi. Chunki insonlar bayramlarga madaniy hordiq chiqarish uchun, bo’sh vaqtini to’g’ri tashkil etish uchun, estetik zavqlanish, kayfiyatini ko’tarish va boshqa ijobiy xislatlarni jo qilish uchun keladi. Bu esa uning ertangi kundagi amalga oshiradigan ijobiy ishlariga qiziqishini yanada orttirishga, o’z mehnatidan zavq olishiga, mehnat unumdodigiga erishishiga, oilasi, Vatanni sevishga, ijtimoiy hayotga munosabatini yaxshilik tomonga o’zgartirishiga olib keladi. Bayramlarni tashkil etishning asosiy maqsadi ham shunga qaratilgan. Bayramlarni tashkil etish uchun rejissyor va uning atrofidagi sahnalashtiruvchi, ishchi guruhlarning hamfikrligi, ularning dunyoqarashlarining birbiriga mos kelishi va bir-birlarini toidirib borishlari va eng asosiysi bayramning mohiyatini keng xalq ommasiga yetkazib berish masalasidagi ularning hamjihatligi ayniqsa muhimdir. Har qanday bayramni to’g’ri tashkil etish rejissyorning nuqtayi nazari, dunyoqarashi, uning saviyasi va tashkilotchilik qobiliyatining darajasiga bogiiq. Bayram yoki tomoshani tashkil etishda bitta tashkilotchining o’zi muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Bayram tashkilotchisming asosiy vazifasi shundan iboratki, u o’z atrofiga fikri teran, dunyoqarashi keng, o’z sohasini yaxshi biladigan, o’z ishiga mas‟uliyat bilan qaraydigan, Tashkilotchi (rejissyorning) fikri, g‟oyasi, oliy maqsadi, nuqtayi nazarini bir qarashda ilg’ab oladigan, tushunadigan ijodkorlar ansamblini yig’ib olishi kerak.Faoliyati davomida bayram tashkilotchisi ko‟p muammoli vaziyatlarga duch kelishi mumkin.Shu sababdan bayram tashkiliy ishlarini taqsimlab olishi kerak. Yangi yildan tortib, Vatan himoyacliilari kuni, Hazrat Alisher Navoiy, Mirzo Bobur, Amir Temur, Zulfiyaxonim, Muhammad Yusuf (va h.k)larning tavallud kunlari, Xotin-qizlar, Navro‟z bayramlari, Kulgu kechalari, Xotira va qadrlash, Bolalar kuni, Xalqaro SPIDga qarshi kurash kuni, Mustaqillik, Ustoz va murabbiylar, Konstitusiya, Til bayramlari, Talabalar kuni va boshqalami tashkil etish va o‟tkazishda madaniyat va san‟at sohasi xodimiariga katta bilmi, tajriba va mahorat maktabi kerak bo‟ladi.


Download 26,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish