Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Quduqlarni anomal yuqori va anomal past bosimga ega bo‘lgan qatlamlarda burg‘ilashda yuvish eritmalarining parametrlarirni tanlash va uni tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish talab qilinadi. Bunday anomallikka ega qatlamlarda burg‘ilash ishlarini olib borishda har xil turdagi qiyinchiliklar va avariya – asoratlar burg‘ilash eritmalarining tarkibiga bog‘liq holda sodir bo‘lishi mumkin. Murakkab sharoitda burg‘ilash ishlarini avariyasiz va asoratsiz olib borish va o‘z vaqtida ishga tushirishda zamonaviy texnologiyalar qo‘llaniladi va mavzu ilmiy jihatdan dolzarb hisoblanadi.
Quduqlarni burg‘ilash jarayonlari va uning muammolari bilan Aminov A.M., Baranov V.S. , Basarigin Y.M, Budnikov V.F., Bulatov A.M., Bashlik SM., Zagibaylo G.T., Vadetskiy Y.V., Gauf V.A., Mamadjanov U.D., Polyakov G.A., Xodjayev M.I., Maxamatxojayev D.R., Nikishin V.A., Nifantov V.I., Raximov A.K., Sereda N.G., YE.M.Solovyev., Tagirov K.M.lar va shug‘ullanishganlar.
Tadqiqot maqsadi va vazifalar. Anomal yuqori bosimli qatlamlarda burg‘ilash ishlarini olib borish ishlari tahlil qilingan va texnologik jarayonlarga baho berilgan. APBQli sharoitda burg‘ilash ishlarini olib borishdagi avariyalarni keltirib chiqaruvchi sabablarni faktorlari tahlil qilingan. Burg‘ilash jarayonida sodir bo‘ladigan murakabliklarni oldindan prognoz qilish ishlari ilmiy asoslangan. Sho‘rtan sharoitidagi ma’lumotlar tahlil qilingan va olingan natijalarga asosan burg‘ilash ishlarini olib borish va yuvuvchi eritmalarni qo‘llash texnologiyasi, rapali maydonlarda burg‘ilash ishlarini olib borish bo‘yicha ilmiy asoslangan ko‘rsatmalar berilgan. Mazkur dissertatsiya ishida “Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ga qarashli konlarida olib borilgan burg‘ilash ishlari tahlil qilingan va uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiliklari. Anomal past qatlam bosimiga ega bo‘lgan konlarda burg‘ilash ishlarini olib borishda sodir bo‘lgan murakkabliklar va avariyalar o‘rganib chiqilgan va tahlil qilingan. Bu muammo bir nechta konlar misolida o‘rganilganda tuzli qatlamlarning tagini burg‘ilashda yuqori bosimli gaz uyumlarini paydo bo‘lishi va avariyalarni keltirib chiqargan. Shuning uchun dissertatsiya ishida murakkab sharoitda burg‘ilash ishlarini olib borishni ilmiy asoslash uchun asosiy maqsad anomal past bosimli qatlamni tuz tagida paydo bo‘lish jarayonlariga geotektonik, tuzli tektogenezning va harorat faktorlarining ta’sirini ilmiy asoslashga qaratilgan hamda burg‘ilash ishlarida murakkabli va avariyalarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan holatlar prognoz qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |