II -bob. TAMPONAJ ARALASHMALARINING QO‘LLANILISHI VA UNING XOSSALARINI TADQIQOTLASH
2.1
|
Gaz quduqlarini mustahkamlashda tamponaj aralashmalarining texnologik xossalarini boshqarish
|
24
|
2.2.
|
Tamponaj aralashmalarini tayyorlash va haydash texnologiyasi
|
31
|
2.3.
|
Gorizontal quduqlarda retsepturani tanlashda tamponaj aralashmalariga qo‘yilgan talablar
|
35
|
2.4.
|
Qiya stvolda mustahkamlash kolonnasini sementlash uchun tamponaj aralashmasini ishlash usulining retsepturasini tanlash
|
36
|
2.5.
|
Tamponaj aralashmasini quvurning orqa halqasiga haydashni optimal rejimini aniqlash
|
41
|
II bob bo‘yicha xulosa
|
47
|
Foydalanilgan adabiyotlar
|
48
|
Kirish
Respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy siyosat jarayonlarni barqaror rivojlanishiga yo‘naltirilgan bo‘lib, barqarorlik iqtisodiyotning yutug‘i sifatida qaralgan hamda neftgaz sanoatidagi karxonalarning rivojlanishi muhim iqtisodiy ko‘rsatgichlardan biri hisoblangan.
Respublikamiz mustaqilligidan so‘ng, barcha sohalar qatorida neft va gaz sanoati rivojlanishiga alohida e’tibor berildi, to‘liq yoqilg‘i ta’minoti mustaqilligiga erishildi. Mustaqil respublikamizning rivojlanishida hozirgi zamon neft va gaz sanoati qisqa muddatlarda katta muvaffaqiyatlarga erishdi, respublikamiz neft va gaz mahsulotlariga o‘z ehtiyojlarini ta’minlash bilan bir qatorda energiya manbalarini chetga sotishni yo‘lga qo‘ydi. Yangi neft va gaz obyektlari ishga tushirilishi bilan jahon andozalari darajasiga javob beruvchi yuqori texnologik quvvatli ishlab chiqarish qurilmalari foydalanila boshlandi.
Yuqoridagi masalalarni tizimli ravishda amalga oshirish uchun tabiiy gazni gidravlik rejimiga va tashish texnologiyasiga rioya qilish, gaz transport tizimini modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan qayta jihozlash, gazni taqsimlash tizimlarida tabiiy gazdan foydalanishni tejamkorligini ta’minlash, avtomashtirilgan gazni o‘lchashni tadbiq qilish zarurdir.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, 2012 yilda Surg‘il koni bazasida, hatto, dunyo mezonlari bo‘yicha ham noyob bo‘lgan, qiymati 25 milliard dollardan ziyodni tashkil etadigan Ustyurt gaz-kimyo kompleksi qurilishi 2016 yilda nihoyasiga yetkaziladi va bu korxona 4 milliard 500 million kub metr tabiiy gazni qayta ishlash, 400 ming tonna polietilen va 100 ming tonna polipropilen ishlab chiqarish imkonini beradi.
Bugungi kunda neftgaz va gazkondensatlari mahsulotlariga bo‘lgan talabni oshib ketganligi sababli, hamda aholi toza gaz mahsulotlari ta’minlash, transport vositalarini yoqilg‘i resurslar bilan ta’minlash uchun geologik qidiruv ishlarini kuchaytirish, yangi maydonlarni ochish, konlarni ishga tushirish, eski konlarni yangi texnika va texnologiyalar bilan jihozlash zarurdir.
Quduqlarni burg‘ilab ochish va sinash ishlari geologik-qidiruv va quduqlarni ishlatishning asosiy jarayonlari hisoblanadi hamda ularning samaradorlik ko‘rsatgichlarni mahsuldor qatlamlarni sifatli ochilish ko‘rsatgichiga bog‘liqdir.
Shu maqsadda mazkur dissertatsiya ishimda murakab sharoitli anomal yuqori qatlam bosimiga ega bo‘lgan qatlamlarda burg‘ilash ishlarini olib borishdagi muammolar o‘rganiladi, burg‘ilash texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi. Anomal yuqori qatlam bosimga ega bo‘lgan qatlamlarda burg‘ilash ishlarini olib borish va tugallashda tuzli qatlamlarni mavjudligi har xil turdagi avariyalarni keltirib chiqarganligi uchun tuz qatlamining paydo bo‘lishi o‘rganiladi va ilmiy asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |