XVIII as ruing oxiri -XIX asrning o'rtalarida Eronning xalqaro ahvoli O'zining iqtisodiy, siyosiy va madaniy qolokligiga karamasdan XVIII asr oxirigacha Eron mutsaqil davtat sifatida mavjud edi. Bungacha Yevropa davlatlari Eronga nisbatan savdo imtiyozlari tugrisidagi talablari bilan cheklangan xolos.
XVIII asr oxirlaridan yakin va o'rta sharkda bosqinchilik harakatlari uchun Eronni
plasdarmga aylantirish maksadida Angliya va Fransiya uning ichki ishlariga aralashib
boshladilar. 1796 yilda Texronga kelgan Franlsuz ilchiligi shoxni Rossiya bilan urush
boshlashga undadi va shuninmgdek Erondan Angliyaga qarshi urushda foydalanmokshi
bo'ldi. Fransiyaning Hinditsonga xujurn qilish rejasini barbot etish maksadida 1800 yilda
Malqolum boshchiligidagi ingliz diligasiyasi Texron tashrib qildi va savdo shartnomalarai
to'zdi. Unga kura Eron o'z xududiga Frantsuzlarni kuymaslik va agar Frantsuzlar
Hinditsonga xujum qiladigan bulsa, Eron qushinlari Afgonitsonga yunaltirish majburiyatini
oldi. Savdo shartnomasi Eronda inglizlarni soliqlardan ozod qildi. Eron portlarida erkin
harakat qilish bir katorda ingliz mahsulotiarini mamlakatga boj tuiovlarisiz kiritish kabi
imtiyozlari berdi. Bularning barchasi uchun inglizlar Eronni kurol-yarok bilan taminlashni
o'z buyniga oldi.
XIX asrning daslabki yillarda Rossiya Kavkaz ortini bosib olishga kirishib, 1801 yilda
Gro'ziyani zabt etdi. Rossiyaning Kavkaz ortiga yurushi Eron manfaatlariga zid bo'lib, bu.
xolal 1804 yil boshlangan rus-eron urushiga sabab bo'ldi.
1805 yil Angliya va Rossiya Napoliyonga qarshi iitifokchilik qilish tugrisida shartnoma imzolashdi. Shuning uchun Angliya Eronga xech kanday yordam bermadi. Bundan foydalangan Frantsuzlar 1807 yilda 4- mayda Texronda mudofa vaxujum tugrisida franko- eron shartnomasi imzoladi. Bu shartnoma Rossiya va Eronga karalilgan edi. 1807 yil 7- iyulda Fransiya va Rossiya o'rtasida imzolangan Tilzit sulhi xalqaro vazitatni tubdan o'zgartirib yubordi. Eron yana Angliya bilan yakinlashga urindi. Angliya va Fransiyaning Eronga kurol-yarog va moliyaviy yordamiga karamasdan Eronga nisbatan ilgor bo'igan Rossiya rus-eron urushiga birin-ketin galabalarni kulga kiritdi. 1812 yilda Napoleon armiyasining Rossiyaga xujumi ham shox qushinlarining ahvolini axshilamadi. 1812 yil oktyabrda Aslando'z yakinidagi jangda eron armiyasi tormor etilgandan sung sulh mo'zokaralar boshlandi. Mo'zokaralar 1813 yil 12 oktyabrda Rossiya va Eron o'rtasida Guliston sulh shartnomasini imzolanishi bilan nixoyasiga etdi. Bu shartnomaga muvofik Eron, Dogitson, Gro'ziya va shimoliy Azorbayjonga bo'lgan davosidan voz kichib ularni Rossiya tarkibiga kiritilganiigini etirof etdi. Kasbiy dengizida fakat Rossiyagina harbiyflot saklashga ega bo'ldi.Rus va Eron savdogorlarning maskur davlallariga erkin kelishi va savdo ishlarini yuritish kafolatlandi, kyeritilayotgan savdo mollariga 5% bojxona tulovlari belgilandi.
Guliston sulhi Angliyaning Eronni o'ziga buy sundirish rejaiari borbod qildi. Rossiyaning tasirini usishiga yul kuymaslik va shoxni Rossiya bilan yangidan urush chikarish maksadida 1814 yilda inglizlar angilo-eron shartnomasini to'zishga muvaffak bo'ldilar. Bu shartnoma shox saroyini Rossiyadan uch olish kayfayitini kuchaylirdi.l 821-1823 yillarda chegara masalasini Eron va Turkiya o'rtasida bo'lib utgan urushda Eronni galabasi ham ruslarga qarshi kayfiyatni kuchayishiga olib keldi. 1826 yil iyulda shox qushinlari lusatdan ruslarga xujum qilib ikkinchi rus-eron urushini boshladilar. Birok bu urush Eron uchun muvaffakiyatsiz bo'ldi. 1828 yil febralda Rossiya va Eron o'rlasida Turkmanchoy sulh shartnomasi imzolandi. Unga kura bu ikki davlat o'rtasidagi Arakis daryosi buylab chegara belgiladi, sharkiy Armanitson Rossiya tarkibiga kiritildi, Eronga 20 mln rubil tavon puli tulash majburiyati yuklandi. Turkmanchoy sulhi Eronda Rossiyaning tasirini mutsaxkamladi. bu esa Anglo-Eron munosabatlarini yanada keskinlashtirdi.
Rossiya bilan bo'lgan urush xajatlarini koplash va tavon puli tulash maksadida shoxning favkulotda soliq va lulovlar joriy qilishi Eron axolisining noroziligiga sabab bo'ldi. Shox saroiyi va ruxoniylar xalk noroziligini Rossiyaga va urushdan sung Rossiyaning Erondagi elchisi qilib tayinlashgan A.S.Griboedovga qarshi yunaltirish uchun qilgan harakati oxibatida 1829 yil 11 febralida gazablangan olamon elchi boshchiligidagi rus missayisini kirib tashladi.Shox Petyerburgga maxsus elchi yuborib mazkur vokrylik yo'zasida o'zur suradi.
1837 -yilda Rossiyaning tezlashi bilan Muhammadshox (1834-1848)xirotga yurush qilib, uni egalladi. Shox xirotni egallab ingilizlarning maskur xududni olish uchun qilayotgan urunishlariga chek kuyishni muljallagan edi. Bunga javoban ingilizlar 1838-yilda fors kurfaziga harbiyexpiditsiya yuborib, Xirotdan Eronga qushinlarini chakirib olishni, Angliya bilan ham Turkmanchoy sulh shartnomasiga uxshagan shartnoma imzolashni talab qildi. Urush havfi otsida shoh Angliya talablarini kabul qildi va 1841- yilda anglo-eron savdo shartnomasi imzolandi. Bu shartnoma Eronga inglizlarning erkin kirishini ta'minlab. ularni ichki bojxona soliqlaridan ozod qildi, kiritilayotgan ingliz mahsutotlariga 5% bojxona tulovi belgilandi. 1845- yilda Fransiya, keyinrok Avtsriya va 1856- yilda AKSh Eronda shu mazmundagi imtiyozlarga ega bo'ldi. Nolcng shartnoma]ami imzolashni Eronga chet cl kapitalini kirishini tezlashlirib, mamlakat hududini. G'arbiy Yevropa davlatlarining tayyor mahsulotlari soliladigan bozorga aylantirdi.
1856- yilda, ya'ni Krim urushi kelayotgan bir vaqtda Eron shohi Hirotni bosib oldi. Bu Angliyaning Eronga urush e'lon qilishiga sabab bo'ldi. Ingliz qo'shini Fors kurfazidagi bir kancha port va orollarni egalladi. Fransiya va Rossiyaning qarshiligi, Angtiyada iqtisodiy va siyosiy achvolni keskinlashuvi, Xitoy va Hindistondagi xalk ko'zgalonlari ingilizlarni Eronga urush harakatlarini tuxtatishga majbur qildi. 1857- yil Parijda anglo-eron sulh' shartnomasi imzolandi, Eron o'z qo'shinini Xirotdan, Angliya esa o'z flotini Erondan chakirib oldi.