Inqilobiy harakat. «Svaraj» va «svadeshi» shiorlari.
Tilak va tilakchilar harakati.
1906 yil dckabrida Tilakchilar talabi bilan HMK qaror qabul qilib, unda uch narsa ilgari surildi:
Birinchisi - «Svaryaji» (o'z hokimiyatimiz), ikkinchisi - Svadeshi» (o'z ishlab chiqarishimiz) va Uchinchisi - ingliz mollariga boyqot e'lon qilish.
Tilak nafaqat ingliz mollaridan, balki ingliz boshqaruvidan ham voz kechishga chaqirdi. «Paysa fond» jamiyalini lo'zib, hind sanoati ko'rgazmasini tashkil qildi.
1905 yilda Angliyada hokimiyat tepasiga kelganda ingliz hukumali mustamlakachilik siyosatini davom ettirdi. 1907 yili qurg'oqchilik va o'latdan 1,5 mln kishi o'ldi. Bengaliya, Ravalpindi, Panjobda qo'zg'olonlar bo'ldi. 1905 yil Bombay da HMK qurultoyi bo'lib o'tdi. Unda «Mo"tadil» oqim bilan «radikal» oqim o'rlasida qattiq lortishuv bo'ldi. «Mo"tadillar» koloniya bo'lib mamlakatni o'zlari Jdora qilmoqchi, Tilak boshliq radikallar mustamlakachilikka qarshi edilar. Radikallar zaldan haydab chiqarildi. Shunday qilib, HMK ikkiga bo'linib ketdi. Qurultoy mustamlakachilarga yon bosuvchi qaror qabul qildi. Asta-sekin boruvchi islohotlar yo'lini tanladi. Tilak va lining izdoshlari «Millatparvar» partiya to'zganliklarini e'lon qilib, ko'plab varaqalar chiqardilar. Ularni butun htnd xalqi quvvatladilar, asosan ishchilar ular tarafida bo'ldilar.
1905 yilda Bombay ishchilari ish tashladilar, martda ularga aloqachilar qo'shildi. Kalkuttada, Madrasda ish tashlashlar boshlanib ketdi. Tijevelli shahrida «Svaraj» harakati tarafdorlari qamaldi.
1908 yil 24 jyunda Tilak qamoqqa olindi va sud qilindi. Sudda so'zlagan nutqida Tilak inglizlarning mustamlakachilik qiyofasini fosh qildi, o'sha nutqi boshdan oyoq mustaqillik ruhi bilan sug'orilgan edi. U 6 yil katorga ishlariga hukm qilindi. Bombay mehnatkashlari bunga qarshi bosh ko'tardilar, dokyer va boshqa 100 minglab ishchilar Tilakni ozod qilishni, talab qildilar. Ma'murlar yon berishga majbur bo'ldilar, biroq jazoning katorga qismigina olindi-yu, u qamoq bilan almashtirildi, xolos. Xalq kurashi davomi ettirdi, qurollana boshladi.
1906-1908 yiilardagi inqilobiy harakat HMK va inglizlarni cho'chitib yubordi. HMK dagi o'ng qanot kelishuvchilari dominionlitkni (o'z-o'zini boshqarish huquqini) berishni talab qildilar. Tilak va uning tarafdorlari to'la mustaqillik nuqtai nazarida turdilar.
Panjob xalqi ham ularni quvvatladi, ayniqsa, ishchilar, dchqonlar ular taratida edifar. HMK Tilakchilarni partiya safidan chiqardilar. Hind zamindorlari, rajalar va yirik moliyachilar bu qo'zg'olonlarni bostirishni talab qildilar va qo'zg'olon bostirildi. Inglizlar hindlar o'rtasidagi bu kelishmovchiliklardan ustalik bilan foydalandilar, ularni bir-biriga qarshi qo'yib, adovat o'tini yoqdilar. Shu bilan birga hindilar va musulmonlar o'rtasida nizo chiqarib, mustaqillik kuchlarini zaiflashtirdilar. Inqilobiy harakat so'ndi. Inglizlarning hukmronligi ta'minlandi va ular Hindistonni talab, boyliklarini tashib ketdilar.
SHunday qilib, birinchi jahon urushi arafasida Hindiston amalda ingliz mustamlakasi sifatida Angliyani zarur xom-ashyo bilan ta'minlovchi o'lka bo'lib qolaverdi. 1909 yil noyabrda «Hindiston kengashlari haqida qonun» qabul qilindi. Unga muvofiq joylardagi kengashlarning a'zolari soni oshirildi, aholining yarim foizi saylov huquqini oidi, xolos. Saylovlar diniy jamoaga qarab o'tkaziladigan bo'ldi. Bu biian ular o'rtasiga nifoq solindi.
1912 yilda mustamlaka ma'muriyati 12 soatli ish kunini joriy qildi, ilgari u 13-19 soat edi. Bu qonun yirik korxonalarni ko'zda tutgan bo'lib, amalda kichik korxonalari ko'p bo'lgan Hindiston ishchilariga hech bir naf bermadi.
Ishchilar harakati o'sib bordi, mustaqillik masalasi nihoyatda o'lkir, ahvol esa tangligicha qoldi.
Bundan cho'chigan mustamlaka ma'murlari hind xalqini chalg'itadigan (ovutadigan) tadbirlarni o'ylab topdilar, masalan, Bengaliya 3911 yilda birlashtirildK lord Kerzon poytaxtni Dchliga ko'chirdi, chunki Kalkutta ozodlik markazi edi.
XX asr boshlarida Hindiston ana shunday murakkab ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy vaziyatlar girdobida o'z taraqqiyot yo'lidan ilgaritab borar edi. Milliy ozodlik harakatida muvaffaqiyatsizliklar, orqaga ketish ro'y berdi.
Sarmoyadorlar, savdo, sanoat va moliyachilar har qanday sharoitdan o'z manfaatlari yo'lida foydalandilar.
Hindiston MK, uning ilg'or qanoati shakllanishi ijtimoiy, milliy ozodlik harakatiga kalta ta'sir qildi. Shu yo'Harda Hindislonda mustamlakachilarga qarshi kurashda o'ziga xos kurash usullariga asos solingan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |