TAYANCH IBORALARI:
Safaviylar hukmronligi. Davlat to'zumi. Afgonlar hukmronligi. Pyotr 1 ning Eronga yurushi. Nodirshoh Afshor va uning tashki siyosati. Kojariylaming hokimiyatga kelishi. Eronda ingiz-frantsuz raqobati. Birinchi rus-eron urushi. Guliston sulhi. Ikkinchi rus-eron urushi. Turkmanchoy sulhi.A.S.Griboedov boshchiligidagi rus elchiligi. Xirot yurushlari. Yevropa davlatlari tomonidan Eronning asoratga solinishi. Said Ali Muhammad "Bob'' talimoti. Bobiylar harakati. Amir Nizom islohotlari.
XV1I1 asr boshlarida Eronning ijtimoiy-iqtisodiy va davlat to'zumi.
XVIII asr boshlarida Eron agrar fcodal davlat bo'lib, unda Safaviylar sulolasi hukmronlik qildi. Safaviylar davlatiga Eronning azaliy mulklaridan tashqari XVI-XVII asr boshlarida zabt etilgan kavkaz orli, Kavkazning bir qismi, O'rta Osiyoning Marv shahrigacha bo'lgan qismi, Ilirot Farrax va Qandahordan iborat Avgonitsonring garbiy qismi va Balujitson hududlari kirar edi. Eron iqtisodiyotining asosini dehqonchilik, chorvachilik va hunarmanchilik tashkil qilar edi.
XVII asr oxiri-XVIII asr boshlarida Eronda feodal ishlab chiqarish munosabatlari
hukmron bo'lib, yer va suvga feodal mulkchilik mavjud edi. Davlat ycrlari devoniy, shoh
xonadoni vakillariga tegishli bo'lgan-xos, saroy va boshqa ma'muriy amaldorlarga xizmatlari
uchun vaqtincha beriigan shartli yer egaligi-tiulga va merosiy yer mulki bo'lgan-
suyurg'olga egalik qilganlar. Ishlov bcriladigan yerlarning kattagina qismi vaqf yerlaridan
iborat edi. Atsa-sekin mulk, yoki arbobi, deb ataluvchi xususiy yer egalari ham keng tarqala
boshlagan.
XVIII asrning daslabki choragigacha bo'lgan davrda Eron markazlashgan davlatini
Safavuylar sulolasidan chiqgan shohlar boshqardi. Shoh mamlakatning mutloq hukmdori edi.
Davlat ishilarini boshqaruvchisi bo'lgan bosh vazir va boshqa oliy mamuriy, diniy, harbiy
amaldorlar ham shox tomonidan tayinlangan. Ba'zan shoh maslahat vazifasini o'tagan Oliy
kengash yigilishini chaqirib turgan.
Mamlakat mamuriy jihatdan xoslar va devonlar, deb ataluvchi viloyatlarga bo'lingan. Devonlarni-Beklarbegi, xoslarni esa maksus vazirlar boshqargan. Viloyal boshqaruvchilari ham shoh tomonidan tayinlangan.
Eronning ijtimoiy-siyosiy hayotida ruhoniylar katta nufo'zga ega edi. Ularning qo'llarida nafaqat din ishlari, balki shariat sudlari, vaqf mulklari, maktab va madrasalari ham-jamlangan edi.
XVII asrning ikkinchi yarmida Safaviylar davlatming siyosiy va iqtisodiy tushkinlik davri boshlanib, u XVIII asrning boshlarida ogir ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy inqirozni yo'zaga keltirdi. Natijada mamlakatni tashqi siyosiy ahvoli yomonlashdi, ichki va tashqi savdosi qisqardi, feodal guruhlari o'rlasida hokimiyat uchun kurash boshlandi, davlat xazinasi bo'shab qoldi, feodal va milliy zulm kuchaydi. Safaviylaming so'ngi shohi Sulton Husayn (1694-1722) davrida aholidan olinadigan soliq, va yig'imlar 2-3 barobar ko'paytirildi.Viloyatlarda xalqning norozilik chiqishlari boshlandi, ayniqsa afg'on qabilalari va Kavkaz xalqlarining milliy ozodlik qo'zg'olonlari avj oldi.
Qandahor atrovlarida yashagan afg'on qabilalari Safaviylar davlatining inqirozidan' foydalanib, 1709 yilda mutsaqillikga chiqdilar. 1722 yilda Mir-Muhammad boshchiligidagi afg'on qo'shinlari Eronga hujum qildi. Afg'onlar poytaxt Isfaxonni egallab, Safaviylarni taxldan agdardilar. Shu yili Rossiya impyeratori Pyotr 1 o'zining "Eron yurushi"ni boshladi, rus qo'shinlari Darbantni va Kaspiy bo'yidagi Eron yerlarini egallagach, Pyotr 1 Alstraxan orqali Petirburgga qaytdi. Erondagi mazkur holatdan foydalangan Turkiya 1723 yilda Kavkaz ortiga yurush qilib, Tiflisni va keyinrok Eronning butun shimoliy-g'arbiy qismini bosib oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |