2-BOB. BOSHLANG‘ICH SINF О‘QUVCHILARI RIVOJLANISHIDA О‘YINLARNING AHAMIYATI.
2.1. О‘yinlarining mohiyati va ularning turlari.
О‘yin ham mehnat va ta’lim kabi insonning asosiy faoliyat turlaridan biri bо‘lib, bizning mavjudligimizning g‘aroyib fenomenidir.
Inson amaliyotida о‘yin faoliyati quyidagi funksiyalarni bajaradi:
- kundalik ishlardan chalg‘ish uchun ovunmoqlik (maza qilish, qiziqish uyg‘otish, ilhomlantirish - bu о‘yinning asosiy funksiyasidir);
- kommunikativlik: muloqot dialektikasini о‘zlashtirish;
-inson amaliyoti poligoni sifatida о‘yinda о‘zini kо‘rsatish;
-о‘yin – terapiya: hayot faoliyati davomida paydo bо‘ladigan turli tо‘siqlardan oshib о‘tish;
- tashxislovchi: о‘yin jarayonida о‘zini anglash, normal hatti–harakatlardan chetlanganlikni aniqlanishi;
- korreksiyalash funksiyasini bajarishi: shaxsiy kо‘rsatkichlar tarkibiga pozitiv о‘zgarishlarni kiritish;
- millatlararo kommunikatsiyalar: barcha insonlar uchun yagona bо‘lgan ijtimoiy-qadriyatlarni о‘zlashtirish;
- ijtimoiylashuv: jamiyat munosobatlari tizimiga kirgizish, insoniyatning umumiy yashash normalarini о‘zlashtirish[8,B.192].
Faoliyat sifatida о‘yin tarkibiga uzviy ravishda rejalashtirish, maqsadni amalga oshirish hamda shaxs о‘zini subyekt sifatida о‘zligini namoyon etishdagi natijalari tahlili kiradi. О‘yin faoliyatining motivi uning ixtiyoriyligi, tanlash imkoniyati va musobaqa elementlari, о‘zlikni namoyon qilishga bо‘lgan talabni qanoatlantirishi bilan ta’minlanadi.
Jarayon sifatida о‘yin tarkibiga: a) о‘yinchilar tomonidan о‘ziga olingan rol; b) bu rollarni amalga oshirish vositasi sifatida о‘yin harakatlari; v) predmetlarni о‘yinlarda qо‘llanilishi, ya’ni real buyumlarni о‘yinlardagi ma’lum bir shartlar bilan almashtirilishi; g) о‘yinchilar о‘rtasidagi real munosabatlar; d) mazmun – о‘yinda shartli ravishda qabul qilingan muhit sohasi kiritiladi.
О‘yin ta’lim berish metodi sifatida, keksa avlodning yosh avlodga о‘z tajribalarini о‘tkazish maqsadida qadimdan foydalanib kelingan. О‘yinlarning keng qо‘llanilishini xalq pedagogikasida, maktabgacha va maktabdan tashqari muassalarda kuzatish mumkin.
Zamonaviy umumiy о‘rta ta’lim maktablarida о‘yin faoliyatidan quyidagi holatlarda foydalaniladi:
- tushuncha, mavzu va hattoki о‘quv predmetining ba’zi bо‘limlarini о‘zlashtirish uchun mustaqil texnologiyalar sifatida;
- nisbatan keng kо‘lamli bо‘lgan texnologiyalar (ba’zida sezilarli darajadagi muhim) elementi sifatida;
- mashg‘ulot (dars) yoki uning qismi (kirish, tushuntirish, mustahkamlash, mashqlar, nazorat) sifatida;
- sinfdan tashqari ishlar texnologiyasi sifatida (masalan, svetafor, quvnoq startlar va boshqalar).
“О‘yin pedagogik texnologiyalari” tushunchasi о‘zida yetarli darajada keng bо‘lgan metodlar va turli pedagogik о‘yinlar shaklidagi pedagogik jarayonning tashkil qilish usullarini jamlaydi.
Eng avvalo о‘yin ta’limda muloqot vositasi va hayotiy tajribani tо‘plashdagi murakkab ijtimoiy-madaniy fenomen hisoblanishini e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim.
Psixolog va pedagoglar tomonidan о‘yinda eng avvalo tasavvur qilish, obrazli tafakkur qobiliyatining rivojlanishi aniqlangan[11, B.102].
Bola о‘yin davomida hayotiy obrazlardan foydalanish qobiliyatiga ega bо‘ladi, bu esa о‘z navbatida keyingi murakkab ijodiy faoliyatga о‘tishda asos bо‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari tasavvurning rivojlanishi muhimligi о‘z-о‘zidan ravshan, chunki uningsiz eng oddiy inson faoliyatining amalga oshishi ham mumkin emas.
О‘yin bolalarning boshqa odamlar bilan о‘zaro munosabatlarini rivojlanishida ham katta ta’sir kо‘rsatadi. Bundan tashqari, о‘yin davomida о‘zaro munosabat va о‘zaro harakatlarni amalga oshira turib qoidalarni о‘zlashtiradi, tengqurlari bilan о‘ynaganda u о‘zaro tushunish tajribasiga ega bо‘ladi, о‘z harakatlari va maqsadini tushuntirishni, ularni boshqa bolalar bilan kelishilgan holda olib borishga о‘rganadi.
Bolaning keyingi hayoti davomida bunday sifatlar qanchalik zarur ekanligini tushuntirib о‘tirishni hojati bо‘lmasa kerak, birinchi navbatda maktabda, u yerda bola tengdoshlarining katta jamoasiga qо‘shilishi, о‘qituvchining sinfdagi tushuntirishlariga diqqatini qaratishi, uyga berilgan topshiriqlarni bajarishda о‘z harakatlarini nazorat qilishi lozim.
Shunday qilib, qoidali va ijodiy о‘yinlar о‘rtasidagi farqlar quyidagilarda namoyon bо‘ladi: ijodiy о‘yinlarda bolalarning faolligi о‘ylangan g‘oyani amalga oshirishga qaratilgan bо‘ladi, qoidali о‘yinlarda eng asosiysi – masalani yechishga, qoidalarni bajarishga qaratilgandir.
Fanning metodikasi uchun darsda о‘quv о‘yinlarining о‘rni haqidagi savol juda muhim hisoblanadi. Ayonki, mazkur holat bо‘yicha aniq tavsiyalar berishning imkoniyati yо‘q. Darsning borishida о‘yinning о‘rni hamda uning davomiyligi kо‘pgina faktorlarga bog‘liq, ularni mashg‘ulotni rejalashtirishda hisobga olish zarurdir. Bu faktorlar quyidagilardan: о‘quvchilarning ta’lim olganlik darajasiga, ma’lumotga о‘zlashtira olish darajasiga, о‘zlashtiriladigan materialning murakkablilik darajasiga yoki boshqa tillardan kirib kelgan matirialni nazoratda bо‘lishligiga hamda о‘quv mashg‘ulotining aniq maqsadlari va vazifalaridan iboratdir.
Shaxs rivojlanishining о‘smirlik bosqichiga о‘tish yorqin jismoniy va ma’naviy о‘sish, bilish uchun qiziqishni kengayishi, о‘zini baholashga bо‘lgan intilish bilan tavsiflanadi. Bu jarayonlarni amalga oshirishda sport, harakatlantiruvchi, intellektual, rolli о‘yinlar о‘z о‘rniga egadir. Birinchi о‘ringa ijodiy va rolli о‘yinlar ilgari suriladi. Buni о‘smir hayotida muloqot ahamiyatining о‘sishi bilan tushuntirish mumkin.
Shu sababli ta’limning о‘rta bо‘g‘inida о‘quv jarayoni samarasini oshiradigan vositalar – musobaqa-о‘yinlar, konkursli-о‘yinlar hisoblanadi. Bular oddiy о‘yinlardan shu bilan farq qiladiki, unda albatta musobaqa elementlari ishtirok etadi. Predmetga qiziqishi bо‘lmagan ba’zi о‘quvchilar uchun, musobaqali-о‘yinlar qiziqishni uyg‘otishda turtki bо‘lib xizmat qilishi mumkin. Shuning uchun, sinflarda bunday о‘yinlardan foydalanish turg‘un diqqatga ega bо‘lmagan va predmetga qiziqishi past о‘quvchilar uchun sezilarli samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |