O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti magistratura bo‘limi qo‘lyozma huquqida udk 372. 36 Xalilova zilola zamirovna maxsus topshiriqlar tizimi asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida mantiqiy fikrlashni


Boshlang‘ich sinflarda о‘quvchilar tafakkurining о‘ziga xosligi



Download 8,96 Mb.
bet6/15
Sana10.06.2022
Hajmi8,96 Mb.
#652920
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Diss. Zilola

1.2 Boshlang‘ich sinflarda о‘quvchilar tafakkurining о‘ziga xosligi



Bolaning ruhiy sog‘lomligining о‘ziga xosligi - uning bilimga nisbatan faolligidir.
Bola qiziquvchanligi doimo о‘rab turgan atrofimizdagi olamni va dunyo tuzilishini bilishga yо‘naltirilgandir. Bola о‘ynab turib, tajribasida sabab-oqibat va ular о‘rtasidagi bog‘liqliklarni aniqlashga harakat qiladi. Masalan uning о‘zi qanday predmetlar chо‘kishini, qanday predmetlar suzishini fahmlashi mumkin. Bolaning aqliy munosabatlari qanchalik faol bо‘lsa, u shunchalik kо‘p savollar beradi va bu savollar turlicha bо‘lib boradi. Bola dunyodagi barcha narsalar bilan qiziqishi mumkin: okeanning chuqurligi qancha? Hayvonlar qanday nafas oladi? Nima uchun tog‘larning tepasida qor saqlanadiyu pastda erib ketadi?
Bola har doim bilishga intiladi, bilimlarni о‘zlashtirish esa kо‘p sondagi “nimaga?”, “qanday, “qanday qilib”, “nima uchun” kabi savollarga javob olishi orqali amalga oshadi.
U о‘zida bor bilimlaridan foydalanishga majbur holda, holatni tasavvur qiladi va savolga javob topish uchun mumkin bо‘lgan yо‘lni topishga harakat qiladi. Bola haqiqiy holatni tasavvur qilib, о‘z hayolida unda harakatlanadi. Ichki obrazli harakatlar natijasida masalani yechimini amalga oshish tafakkuri kо‘rgazmali-obrazli deb ataladi. Obrazli tafakkur – boshlang`ich sinfda tafakkurning asosiy kо‘rinishidir. Albatta, boshlang‘ich ta’lim yoshida bola mantiqiy fikrlaydi, lekin bu yoshda ular kо‘pincha kо‘rgazmalilikka tayanadilar.
Psixologlar tomonidan tafakkur ikkita turi о‘rganilgan – empirik va nazariy.
Nazariy tafakkur quyidagilar bilan tavsiflanadi:
- refleksiya, ya’ni bola tomonidan о‘z harakatlari va ularni masala shartlariga mos kelishini anglanishi;
- masala mazmunini umumiy yechimni topish maqsadida tahlil qilinishi, sо‘ngra boshqa shunga о‘xshash masalalar sinfiga tadbiq etish uchun о‘tkazilishi;
- ularni rejalashtirish va ongda bajarish uchun ichki harakat rejasini tuzish[3, B.72].
Tadqiqotlar natijasida aniqlanganki, maktabda ta’lim olish jarayonida bolaning bilim olishi boshqa kо‘rinishdagi tafakkur natijasida amalga oshishi mumkin va u empirika nomini olgan. Empirik tafakkur asosida bilimlarni о‘zlashtirish, atrof-olamdagi predmet va hodisalarning tashqi о‘xshashliklarini taqqoslash, umumiy belgilari aniqlash natijasida amalga oshiriladi.
О‘quvchilarda empirik va nazariy tafakkurning о‘ziga xosligi qanday namoyon bо‘ladi, qanday aniqlanadi, boshlang`ich sinfdagi bolalarda tafakkurning rivojlanishi qaysi yо‘ldan boradi?
Masalan, boshlang‘ich sinflarda о‘quvchilar tomonidan о‘zlashtiriladigan muhim matematik amallar qо‘shish, ayirish, kо‘paytirish va bо‘lish amallari hisoblanadi. Bu amallar о‘zlashtirilganligidan sо‘ng, ularni mustahkamlanganligi odatda kо‘p sondagi bir xil kо‘rinishdagi matematik masalalarni yechish orqali tekshiriladi.
Nazariy tafakkurning shakllanganligini aniqlash uchun ikki qismdan iborat bо‘lgan tajriba-sinov holati tuziladi.
Birinchi qismda о‘quvchilarga ketma-ket bir nechta masalalar taklif etiladi, ular shunday tanlanganki, bir xillari ifodalanishiga kо‘ra, ikkinchi xillari javoblariga kо‘ra о‘xshashdir, lekin ularning matematik yechilish usullari turlicha bо‘lishi mumkin.
1-masala. Daraxtga uchta qush kelib qо‘ndi. Ularga yana bitta qush kelib qо‘shildi. Daraxtda nechta qush qо‘nib turibdi?
2-masala. Daraxtda 17 ta qush qо‘nib turibdi. 13 ta qush uchib ketdi. Daraxtda nechta qush qoldi?
3-masala. 18 ta qush 3ta teng tо‘daga bо‘lindi. Har bir tо‘dada nechtadan qush bor?
4-masala. Bolaga 7 ta olma va 2ta nok berishdi. Bolaga nechta meva berishdi? (Yechish usuli birinchi masala bilan umumiy).
Taqdim qilingan masalalar muvaffaqiyatli yechilgandan sо‘ng, о‘quvchilarga ularni tasniflash (gruppalash) taklif etiladi.
Berilgan masalalarni yechishda о‘quvchi qanday belgilarga qarab mо‘ljal olganligiga e’tibor qaratadigan bо‘lsak, bu yerda ikkita asosiy tasniflash varianti bо‘lishi mumkin: о‘quvchining masalani muhim bо‘lmagan, tashqi belgilariga qarab mо‘ljalni olganligi (empirik yondashuv) va о‘quvchining masalaning muhim belgilariga, amallarning matematik usullariga qarab mо‘ljalni olishi (nazariy yondashuv).
О‘quvchining keyingi variantni tanlashi, masalani yechish davomida u nafaqat oxirgi natijani oldi, balki mos kо‘rinishdagi masalalar tо‘plami uchun umumiy usulni ham ajratdi.
Yechilgan masalalarni tasniflash chog‘ida bolalar turlicha yondashdilar: masalalarni javobiga, bayon qilinish shakliga hamda yechilish usuliga qarab guruhlarga ajratishdi.
Nazariya jihatidan umumlashtirish tahlilining о‘ziga xosligi о‘quvchilar tomonidan murakkablik darajasi о‘sib borish tartibidagi bir xil tipli masalalarni yechish davomida aniqlanishi mumkin. Lekin, bunday masalalarni yechilish tasnifiga qarab, о‘quvchilarda nazariy tahlilning bor yoki yо‘qligi haqida mulohaza yuritish mumkin.
Masalan, quyidagi topshiriq beriladi: har bir taqdim etilayotgan qatorda sonlar ketma-ketligini buzmasdan, ular orasiga arifmetik amallarni (qо‘shish, ayirish, kо‘paytirish va bо‘lish) va qavslarni shunday joylashtiringki, bu amallar natijasida har bir qatorda bir soni hosil bо‘lsin:
1) 123 = 1
2) 1234 = 1
3) 12345 = 1
4) 123456 = 1
5) 1234567 = 1
6) 12345678 = 1 va boshqalar.
Agar о‘quvchi har bir masalani о‘zi uchun yangi masaladek, ulardagi tuzilish umumiy prinsipini ajratmasdan yechadigan bо‘lsa, u holda bola tashqi, muhim bо‘lmagan belgilarga e’tibor qaratganidan darak beradi. Bu holda yechish xatolar va ularni tekshirib kо‘rish metodi orqali olib borilayoganligini bildiradi. Agar bola bir yoki ikkita masalani yechish davomida uning umumiy yechish prinsipini kashf etadigan bо‘lsa, demak u dastlabki masalalarni yechishni tahlil qilgan va boshqalarini yechishda ulardan chiqargan xulosa hamda shartlariga tayangan bо‘ladi.
Bu topshiriqlar arifmetik amallardan tizimsiz foydalanish asosida, empirik ravishda bajarilishi mumkin:
(1 + 2) : 3 = 1; 1×2 + 3 – 4 = 1; (1 + 2) × 3 : (4 + 5) = 1; 1 + 2 + 3 – 4 + 5 – 6 = 1 va boshqalar.

Xuddi shuningdek 1, 3, 5, 7... (toq) masalalar о‘ziga xos yechimga egadir: (


1 + 2) : 3 = 1; ((1 + 2) : 3 + 4) : 5 = 1; (((1+2) : 3+4) :5 + 6) : 7 = 1 va boshqalar.
2, 4, 6, 8… (juft) masalalar quyidagicha yechiladi:
1 – 2 + 3 – 4 = 1; (1 × 2 + 3 – 4 + 5) : 6 = 1; ((1 × 2 + 3 – 4 + 5) : 6 + 7) : 8 = 1 va boshqalar.
Kо‘pchilik psixolog va pedagoglarning tadqiqotlari shuni kо‘rsatdiki, boshlang‘ich sinf о‘quvchilari matematika, ona tili va boshqa о‘quv predmetlarining nazariy materiallarini ma’lum bir shartlar asosida (о‘rganilishi lozim bо‘lgan masalalarini qо‘yilishi va ularni taqdim etilayotgan usullar yordamida yechilishi)muvaffaqiyatli о‘zlashtirishlari mumkin.




    1. Download 8,96 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish