3.1. Mantiqiy tafakkur rivojlanish darajasiga tashxis qо‘yish
Amaliy tadqiqot Qarshi shahridagi 21- maktabning 2-sinflarida olib borildi. 2-sinfda 26 ta о‘quvchi bо‘lib, ulardan 13 tasi qiz bolalar, 13 tasi о‘g‘il bolalardir. Sinf 2020 yilda shakllantirilgan. Shakllantirilgandan sо‘ng sinf rahbari Boboyeva Surayyo. Sinfda о‘z о‘rniga ega bо‘lgan bolalar bor. Ularning о‘rni a’lochiligi va turli konkurslarni, musoboqalarni, о‘yinlarni о‘tkazishda tashkiliy ishlardagi qobiliyatiga asoslanilgan. Ular qarorlarni birgalikda qabul qilishadi, ularning о‘rtasida ziddiyat mavjud emas. Ularni dо‘stlik hamkorlimk birlashtirib, bir-biriga yordamga tayyor.
Sinfda yaxshi о‘zlashtirishga ega bо‘lgan о‘quvchilar kо‘pchilikni tashkil etadi. Lekin shu bilan birgalikda о‘zlashtirishda qiynaladigan о‘quvchilar ham mavjud. Matematikadan 5 ta о‘quvchi a’lo baholarga, 11 tasi yaxshi baholarga 10 tasi qoniqarli baholarda о‘qishadi. Darslarda bolalar faol, mantiqiy tafakkurga doir mashqlarni bajonidil bajarishadi, og‘zaki ham yaxshi hisoblay olishadi.
Sinfdagi tartib-intizom barchani qoniqtiradigan darajada, о‘qituvchilar qayg‘uradigan hech qanaqa holat kuzatilmaydi. Tanaffuslarda bolalar о‘zlarini yaxshi tutishadi. Maktabda turli tо‘garaklar va sport seksiyalari mavjud. 84% dan ortiq bolalar bо‘sh vaqtlarini nafaqat maktabda, balki maktabdan tashqaridagi turli tashkil etilgan tо‘garaklarda shug‘ullanishadi. Kurash, futbol, gimnastika, turli san’at turlariga (ya’ni san’at maktabida о‘qishadi) qatnaydilar. Sinfdagi emotsional holat ijobiy.
№
|
О‘quvchilarning ismi sharifi
|
|
Abdusalomov Elnur
|
|
Arslonova Shahzoda
|
|
Abdullayev Zafar
|
|
Baxriddinova Mushtariy
|
|
Botirov Bilolbek
|
|
Bekmurodova Dildora
|
|
Do`sanova Shahzoda
|
|
Daminov Miraziz
|
|
Eshmamatova Sabina
|
|
Ismoilov Akmal
|
|
Ismoilov Shohjahon
|
|
Keldiyorov Asilbek
|
|
Missiriyev Shamshod
|
|
Mahmatqulova Gulsina
|
|
Ollonazarov Miraziz
|
|
Qahramonova Shahzoda
|
|
Rustamov Shoxrux
|
|
Rustamov Hasan
|
|
Rustamov Husan
|
|
Salimov Parizoda
|
|
To`raqulov Tohir
|
|
Umrzoqova Marjona
|
|
Xo`jamberdiyeva Mehrangiz
|
|
Yunusova Shahrizoda
|
|
Yo`ldosheva Nafisa
|
|
G`apporova Go`zal
|
Amaliyotimning birinchi kunida matematikadan nazorat testini о‘tkazdim
Test mazmuni:
Uchta mushukchalarning nechta qulog‘i bor?
a) 4
b) 6
v) 8
2. 4 m 5 dm ni detsimetrlarda ifodalang.
a) 45 dm
b) 450 dm
v) 50 dm
3. 15 · 0 ifoda qiymatini toping?
a) 15
b) 0
v) 5
5. ushbu sonlardan qaysi biri 2 ga bо‘linadi?
a) 6
b) 5
v) 3
6. Sonlardan qaysi birini qо‘ysak tenglik о‘rinli bо‘ladi 1 · =12
a) 1
b) 12
v) 0
7. Tо‘g‘ri tо‘rtburchakning bо‘yi 9 sm, eni esa 2 sm. Shu tо‘g‘ri tо‘rtburchakning yuzasini toping?
a) 72 sm²
b) 18 sm²
v) 11 sm²
Bu testning natijasi quyidagicha: "5" - 2,"4" - 15,"3" - 9.
Foiz hisobida quyidagicha kо‘rinishga ega: "5" - 7,4%, "4" - 55,55,"3" - 33,3%
Tadqiqot majmuamizga quyidagi beshta metodikani kiritdik.
«Tо‘rtinchisi ortiqcha».
«Kо‘rish analogiyalari».
«Tasniflanish jarayonini о‘rganish»
«Metaforalarni tushunish»
«Ketma-ketlikda keluvchi rasmlar» [14,B.29-33].
«Tо‘rtinchisi ortiqcha» metodika. Maqsad: umumlashtirish va abstraktlashtirish qobiliyatlarini tadqiq qilish, muhim belgilarini ajratishga о‘rganish.
Tadqiqotga tayyorgarlik kо‘rish. 12*12 sm о‘lchamdagi, 4ta kvadratga bо‘lingan 10ta jadval tayyorlaymiz. Har bir kvadratda predmet tasvirlangan, muhim belgilariga kо‘ra jadvaldagi 3ta predmetni birlashtirish mumkin, ulardan tо‘rtinchisi – ortiqcha, masalan: ruchka, piramida, daftar, ..., bloknot.
Tadqiqotni о‘tkazish. Tadqiqot о‘quvchilar bilan individual tarzda olib boriladi. О‘quvchiga bittadan jadval kо‘rsatilib: rasmga qarang bu yerda 4 ta predmet chizilgan. Ulardan uchtasi bir-biriga tо‘g‘ri keladi, tо‘rtinchisi esa ortiqcha. Qaysi predmet ortiqcha, nima uchun? Qolgan uchta predmetni birgalikda nima deb atash mumkin?
Ma’lumotlarni qayta ishlash. О‘quvchi tomonidan predmetlarni umumlashtirishni о‘ziga xosligini tahlil qilinadi: u tushuncha belgilariga qarab yoki predmetlarni hayotiy tadbiq qilinish tasavvuri asosida umumlashtiradi. Predmetlar guruhini umumlashtira oladigan sо‘zni topishini aniqlashadi. Qanday guruhdagi predmetlarni oson umumlashtirish mumkin.
Qaysi guruh predmetlarini oson birlashtirish mumkin, hamda о‘quvchilar yoshi muloqot jarayoniga qanchalik bog‘liq.
«Kо‘rish analogiyalari» metodikasi. Maqsad: predmetlar о‘rtasidagi munosabatlar va mantiqiy bog‘lanishlar tavsifini ajratib kо‘rsatish.
Tadqiqotga tayyorgarlik kо‘rish. Uchta qismga bо‘lingan bir nechta jadvalni tayyorlanadi. Chap qismda bir-biriga mos predmetlar juftligi tasvirlangan, о‘ng qismda chiziq chizilib, chiziqning yuqori qismida bitta predmet tasvirlangan, chiziq ostida beshta predmet tasvirlangan bо‘lib, ulardan bittasi chiziq yuqorisidagi predmet bilan xuddi chap qismda tasvirlangan predmetlar juftligi singari juftlikni tashkil etadi.
Tadqiqotni о‘tkazilishi. Har bir о‘quvchi bilan tadqiqot individual tarzda о‘tkaziladi. О‘quvchiga bittadan jadval kо‘rsatilib, aytiladi: “bu misollarga diqqat bilan qarang. Unda bir-biri bilan о‘zaro bog‘langan predmetlar birinchi juftligi tasvirlangan. О‘ng tomonda – chiziq ustida bitta predmet tasvirlangan. Siz birinchi predmetlar juftligidagi singari beshta predmetdan birini tanlashingiz va tagiga chizishingiz kerak.”
Ma’lumotlarni qayta ishlash. Predmetlar о‘rtasidagi bog‘lanishlarni о‘ziga xos tomonlarini tahlil qilinadi.
«Tasniflanish jarayonini о‘rganish» metodikasi. Maqsad: mulohazalar ketma-ketligi, umumlashtirish jarayolari darajasini tadqiq qilish uchun tadbiq qilinadi.
Tadqiqotga tayyorgarlik kо‘rish. Har bir tasnifdagi guruh uchun 7*7sm о‘lchamdagi 5 dona rasm tanlab olamiz: о‘yinchoqlar, idishlar, kiyimlar, mebellar, yovvoyi hayvonlar, uy hayvonlari, sabzavotlar, mevalar.
Tadqiqotni о‘tkazilishi. Har bir о‘quvchi bilan tadqiqot individual tarzda о‘tkaziladi. О‘quvchiga bittadan rasm berilib, sо‘raladi: «Rasmlarni bir-biriga mosligiga qarab ajrating. Nima uchun ular bir-biriga mos keladi, tushuntirib bering». Agar tadqiqotda ishtirok etayotgan о‘quvchi hech qanday tushuntirishsiz ajratishni bajarayotgan bо‘lsa, u unga: “Nima uchun bu qismga olma rasmini qо‘yding?, Nima uchun olma meva deb о‘ylaysan?” kabi savollar beriladi. Agar о‘quvchi biron-bir rasmni hech guruhga nisbatan qо‘ya olmasa, u holda undan “Nima uchun bu rasm hech bir guruhga tо‘g‘ri kelmaydi deb hisoblaysan? deb sо‘raladi.
Ma’lumotlarni qayta ishlash. Har bir tasnifdagi guruhlar bо‘yicha tо‘g‘ri javoblar sanab chiqiladi. Natija jadvalda kо‘rsatiladi. Predmetlarni birlashtirish uchun, о‘quvchilarning har bir tasnifdagi guruh yuzasidan asos aniqlanadi: muhim belgiga tayanganmi, muhim bо‘lmaganlari ajrata olganmi.
4. «Metaforalarni tushunish» metodikasi. Maqsad: tadqiqot darajasi, tafakkurning maqsadga qarab yо‘naltirilganligi, о‘quv matn mazmunini tushunish va undan foydalana olish, mulohazalarning tabaqalashtirilganligi va maqsad sari yо‘naltirilganligi, ularning teranligi, nutq jarayonlarini rivojlanish darajasi.
Tadqiqotni о‘tkazilishiga tayyorgarlik kо‘rish. Qator maqollarni, metaforalarni tanlash va о‘quvchi uni ma’nosini tushuntirib berishi lozim.
Tadqiqotni о‘tkazilishi. Tajriba-sinov har bir о‘quvchi bilan yakka tartibda о‘tkaziladi. Tadqiqotchi maqolni yoki metaforani о‘qiydi va : “Bu sо‘zlar nimani anglatadi, nima deb tushunasiz?”. Masalan: “Ochiq kо‘ngil” degani nimani bildiradi?
Ma’lumotlarni qayta ishlash. Taklif etilgan metaforani ma’nosini о‘quvchini tushuntira olish qobiliyati, hamda ularning kо‘chma ma’nosini tushunishi tahlil qilinadi.
«Ketma-ketlikda keluvchi rasmlar» Maqsad: izchil bog‘lay olish qobiliyatlarini tadqiq etish, hodisalar ketma-ketligini tushunish.
Tadqiqotga tayyorgarlik kо‘rish. Qandaydir hodisa bosqichlari tasvirlangan syujetli rasmlar ketma-ketligi (3 tadan 6 tagacha) tanlab olinadi. Rasmlar bolalar yoshiga mos, aniq tasvirlangan, kо‘zga tashlanadigan bо‘lishi kerak.
Tadqiqotni о‘tkazilishi. Tajriba-sinov har bir о‘quvchi bilan yakka tartibda о‘tkaziladi. О‘quvchiga tartibsiz ravishda aralashtirilgan rasmlarni kо‘rsatilib, undan: “Bu rasmlarda bitta hodisa tasvirlangan. Qayerdan boshlanib, nima bilan davom etganligini va qanday tugaganligini tahlil qiling. Mana bu yerga (joyini kо‘rsatgan holda) birinchi rasmni ya’ni boshlanish tasvirni, bu yerga –ikkinchi, ..., bu yerga –oxirgisini qо‘ying”
О‘quvchi rasmlarni joylashtirganidan sо‘ng, rasmlarni joylashishi qayd qilinadi va о‘quvchidan tartib bilan nima hosil bо‘lganligini gapirib berish sо‘raladi. Agar о‘quvchi notо‘g‘ri tartibda rasmlarni joylashtirgan bо‘lsa, unga mulohazalaridagi qarama-qarshilikni, yо‘lga qо‘yilgan xatolarni aniqlash maqsadida savollar beriladi. Agar tasvirlangan hodisalarni tushunish uchun savollar yordam qilmasa, u holda tajriba о‘tkazuvchi bolaga birinchi rasmni kо‘rsatib, qolganlarini joylashtirishni taklif qiladi. Shunday qilib, topshiriqni bajarishni ikkinchi urinishi bajariladi. Agar u ham yordam bermasa, u holda о‘quvchiga hodisa ketma-ketligi kо‘rsatiladi va aytib beriladi. Sо‘ngra rasmlar yana aralashtirilib, о‘quvchidan joylashtirish sо‘raladi.
Agar о‘quvchi uchinchi martadan keyin tо‘g‘ri ketma-ketlikda rasmlarni joylashtirsa, ung boshqa rasmlar ketma-ketligi (shu kabi murakkablikdagi, yangi holatga mulohazasini о‘tkaza olishini aniqlash yuzasidan) beriladi.
Agar о‘quvchi topshiriqni birinchi martadanoq bajara olsa, unga yangi, ilgarigiga nisbatan murakkabroq rasmlar ketma-ketligi taklif qilinadi.
Ma’lumotlarni qayta ishlash. О‘quvchi kо‘rgazmali holda taqdim etilgan rasmlar ketma-ketligidan sabab-oqibat bog‘liqliklarini о‘rnata oladimi, hodisalar ketma-ketligini tushunadimi, ana shular tahlil qilinadi.
Tajriba-sinovning birinchi bosqichida о‘quvchilar tafakkurining о‘ziga xos tomonlarini aniqlash uchun test parametrlardan foydalanildi.
Tо‘rtinchisi ortiqcha – tanlov;
Tо‘rtinchisi ortiqcha – tanlovni asoslanishi;
Kо‘rish analogiyalari – tanlov;
Kо‘rish analogiyalari – asoslanish;
Metaforalarni tushunish;
Tasniflash jarayoni;
Rasmlar ketma-ketligi – tanlov;
Rasmlar ketma-ketligi – tanlovni asoslash
Ana shu parametlar yordamida birinchi bosqichda nazorat va tajriba-sinov guruhlarida aniqlash ishlari olib borildi.
Natijalar 1 va 2-jadvallarda aks ettirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |