Mavzu: Miraziz A'zam Tursunboy Adashboyev Qambar Ota va Muhammad Ali ijodi



Download 6,91 Kb.
Sana11.09.2021
Hajmi6,91 Kb.
#171394
Bog'liq
3 mavzu


Mavzu: Miraziz A'zam Tursunboy Adashboyev Qambar Ota va Muhammad Ali ijodi.

1.Miraziz A'zam hayoti va ijodi.

2.Tursunboy Adashboyev ijodi

3.Qambar Ota ijodi

4.Muhammad ali ijodi.

1.Bolalar va kattalar shoiri, ayni chog‘da tarjimon. Miraziz A’zam o‘z faoliyatini talabalik yillaridan boshlagan. O‘ttizdan ziyod hikoyalar, she’rlar, romanlar, turk adabiyoti dostonlarini tarjima qilgan.

1936 yil Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetini tamomlagach, Toshkent telestudiyasida, “G‘uncha” oynomasida va boshqa tahririyatlarda muharrir bo‘lib ishlagan. Ko‘p yillar davomida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi ma’muriyatida maslahatchi bo‘lib faoliyat yuritgan.

Ilk she’rlari 1960 yil nashr etilgan, 1964 yil “Metallurg” nomli she’riy to‘plami chop etilgan. Shundan so‘ng “Aqlli bolalar” (1969), “Senga nima bo‘ldi” (1970), “Bir cho‘ntak yong‘oq” (1990) nomli bolalar uchun she’riy to‘plamlari bosmadan chiqqan. Shoir o‘z she’rlarida bolalar tuyg‘ulari orqali odamlarni va dunyoni yaxshilik va yovuzlikni anglashga chorlaydi.

Shoir, shuningdek, kattalar uchun ham yozgan. Masalan, “Sevaman” (1977), “Tuyg‘ular” (1980), “Sabot” (1983) kabi she’rlari o‘zining hayotiyligi va go‘zalligi bilan kitobxon qalbini egallab oladi.

Miraziz A’zam, shuningdek, shijoatli va dadil publitsistdir. Adabiy merosni saqlashga qaratilgan bir nechta maqolalari ham bor. U tomonidan qilingan turk, rus, nemis adabiyotshunoslarining kitoblarini tarjimasi ko‘plab mutaxassislar va kitobxonlar e’tiborini tortgan.

Shuningdek, u o‘ttizdan ziyod hikoyalar, she’rlar, romanlar, Nozima Hikmat, Najiba Xoji, Mahmat Osif, Badiuzzamon Ali Oqbosh, Urfon Kamol kabi turk adabiyotshunoslarining dostonlarini tarjima qilgan.

Ushbu xizmatlari uchun u Turkiyaning adabiy jamiyati tomonidan e’tirof etilgan. 1993 yilning dekabrida Turkiyning Yozuvchilar uyushmasi uni o’zining O‘zbekistondagi ramzi deb e’lon qildi.

Tursunboy Adashboyev 1939 yil 1 yanvarda Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh viloyati, Olabuqa tumanidagi Safed Bulon qishlogʻida tugʻildi. Qishloqdagi 57-oʻrta maktabni bitirgach, Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida (1961–1966), Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutida (1978–1982) tahsil oldi.

“Buni toping, bolalar, aytib bermang, onalar” nomli birinchi sheʼriy toʻplami 1962 yilda chop etildi. Shundan soʻng shoirning “Kamolning olmasi” (1964), “Biz sayohatchilar” (1966), “Arslonbob sharsharasi” (1969), “Nur daryo” (1975), “Olatogʻ ‒ lolatogʻ” (1978), “Guldesta” (qirgʻiz tilida, 1979), “Oslik na shesti nogax” (“Olti oyoqli xoʻtikcha” latish tilida, 1983, tarjimon Leons Briyedis), “Quyushqon” (1984), “Arslonbob afsonasi” (1988), “Pesnya javoronka” (rus tilida, tarjimon Yunna Morits), “Uch boʻtaloq va sirli qovoq” (1990), “Top jildiz” (qirgʻiz tilida, 1991), “Topishmoqli alifbe” (1997), “Hushtak chalib turasiz” (A. Obidjon bilan hamkorlikda, 2002), “Oltin yolli tulpor qissasi” (2003), “Orzularim ‒ qoʻsh qanotim” (2003), “Parodiyalar” (kinoya, muqallid, lutf, 2010), “Osmondagi darvoza” (saylanma, 2012), “Qirq yolgʻondan bir yolgʻon”, “Gʻoz karnaychi boʻlmasin” (2015), “Maxfiy jang” (parodiyalar kitobining toʻldirilgan nashri, 2016), “Orzularim qoʻsh qanotim”, “Sichqonning orzusi”, “Maqtanchoq chumoli” (2016) kabi sheʼriy kitoblari dunyoga keldi. Rus, turkman, qirgʻiz, tojik va qozoq tillaridagi adabiy almanaxlarda turkum sheʼrlari bosildi. Shuningdek, T. Adashboyevning “Jashtik sapar” (qirgʻiz tilida, 1964), “Biz sayohatchilar” (1966), “Guldasta” (1968), “Bizdin belek” (qirgʻiz tilida, 1967), “Ir mayrami” (qirgʻiz tilida, 1967), “Zvonkoye detstvo” (rus tilida, 1981), “Chashmalarin ovozi” (turkman tilida, 1982), “Raduga nad arikom” (belorus tilida, 1986), “Navohoi guldara” (tojik tilida, 1988), “Solniʼshko na listyax” (1990), “Gʻaroyib qishloqning ajoyib odamlari” (2015) kabi turli yil va turfa tillarda chop etilgan kitoblarini ham sanab oʻtish joiz.

Shoir “Oʻzbek bolalar adabiyoti antologiyasi” (Sheʼriyat, 1-jild, 1995) va mazkur kitobning rus tilidagi “Pro solnse jarkoye rasskaz, Pro nashu zemlyu i pro nas” (Poeziya, 2007) nashrlariga muharrirlik qildi.

2 Tursunboy Adashboyev tarjima sohasida ham samarali fqaoliyat yuritib, Temirqul Umetaliyevning “Toʻrgʻay navosi” (1969), Suyunboy Eraliyevning “Togʻlar farzandiman” (1972), Sovronboy Jusuyevning “Dovon” (1974), “Qanot bilan Zarina” (2004), Musa Jongʻoziyevning “Quvonchbekning quvonchi” (1983), Qanibek Junushevning “Doʻppili toʻrgʻay” (1988), Nurmoʻldaning “Zamona” (1998), Nodirbek Alimbekovning “Bir kam dunyo” (1998), “Gulning umri” (1994), Samuil Marshakning “Tentak ovchi” (2006), Korney Chukovskiyning “Doʻxtir Voyjonim” (2006), “Moydadir ‒ yuvin doʻmbogʻim”, Jovani Rabonining “Mushuk Kotangensning arifmetika daftari” (1977), V. Pyuzoning “Choʻqintirgan ota yoki Mafiya sardori” (roman, 2006), S. Arapovaning “Merri inglizchani oʻrganadi” (1996), V. Kulikovning toʻrt kitobdan iborat rasmli sheʼriy toʻplamlari (2006) va boshqa asarlarni oʻzbek tiliga oʻgirib, chop ettirdi.

Tursunboy Adashboyev sheʼrlarining qahramonlari quvnoq, topqir, xayolkash, mehnatkash, zavqiyu ishtahasi tobida boʻlgan aqlli bolalardir.

Kichkintoylarga qisqa va loʻnda yozish, qissadan hissa chiqarish shoir ijodining muhim fazilatlaridan biridir.

Tursunboy Adashboyev oʻzbek bolalar adabiyotini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun 2001 yilda “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi. U, shuningdek, oʻzbek va qirgʻiz xalqlari oʻrtasidagi doʻstlik rishtalarini mustahkamlashdagi xizmatlari uchun “Qirgʻizistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat arbobi” unvoni va “Manas” ordeni bilan ham mukofotlangan.

3.Qambar Ota (Oʻtayev) 1941 yil 12 yanvarda Kattaqoʻrgʻon shahrida tavallud topdi. Samarqand suv xoʻjaligi texnikumida, Samarqand davlat universiteti oʻzbek filologiyasi fakultetida (1958–1967) tahsil oldi. Mehnat faoliyatini 1967 yilda “Samarqand universiteti” gazetasi muharriri sifatida boshladi. Keyinchalik Samarqand qishloq xoʻjalik kooperativ institutida ijtimoiy fanlar fakulteti rahbari, falsafa kafedrasi oʻqituvchisi sifatida dars berdi.

1976 yili Toshkentga koʻchib kelib, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida, “Oʻzbekiston agitatori” jurnalida, “Xalq soʻzi”, “Maʼrifat” gazetalari hamda Oʻzbekiston istiqbolini belgilash davlat qoʻmitasida turli lavozimlarda ishladi.

Shoirning “Ona Vatan” deb nomlangan ilk sheʼri 6-sinfda oʻqib yurgan paytida Kattaqoʻrgʻon tuman gazetasida bosildi. “Kitobcha va buzoqcha” nomli dastlabki toʻplami 1965 yili chop etildi. Shundan soʻng bolalarga bagʻishlangan “Yoshlik sururi” (1972), “Chinor ansambli” (1976), “Adashboy” (1975), “Bizning kosmos” (1976), “Tinim bilmas shamolvoy”, “Chavandoz orzusi” (1985), “Shirin soʻz” (1988), “Gʻildirak” (1989), “Tabiatga rahmat” (1991), “Sizday yashagim kelar” (1994), “Bolalarning koʻzlari” (1995), “Toshpolvon va ishpolvon haqida ertak”, “Guldasta” (2001), “Alifbe bayrami” (2003), “Quyosh bilan gaplashdim” (2005), “Kitobsevar Oftoboy” (2006), “Tomda uxlagan bola” (2008), “Quyosh bola, oy bola” (2010), kattalar uchun “Vatan tuprogʻi” (1976), “Diydor” (1981), “Izlar” (1991), “Tinmay izlan, yuragim”, “Dil koʻrki” (2010) kabi koʻplab kitoblari nashr qilindi.

Tarjimon sifatida belorus, ukrain, latish, eston, rus, shuningdek, jahon bolalar shoirlari ijodidan saralab oʻzbek tiliga oʻgirdi. Ayni choqda oʻzining ham koʻplab sheʼrlari rus, belorus, qozoq, qoraqalpoq, turkman, tojik, uygʻur, turk tillariga tarjima qilindi.

Qambar Otaning ellikka yaqin sheʼri boshlangʻich sinf darsliklari, darsdan tashqari oʻqish kitoblari, maktab va bogʻchalar uchun metodik qoʻllanmalar, tabiat darsliklariga kiritilgan. Yuzdan ortiq sheʼrlariga kuylar bastalangan.



Qambar Ota bolalar adabiyoti rivojiga qoʻshgan xizmatlari uchun 1999 yilda “II-darajali Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlandi.

Muhammad Ali (Muhammad Ali Ahmedov) – 1942-yil 1-martda Andijonning Boʻz tumanida tugʻlgan. U shoir, yozuvchi, olim, tarjimon, pedagog va jamoat arbobi. Filologiya fanlari nomzodi (1992). Bekoboddagi oʻrta maktabni (1959), Moskvadagi Gorkiy nomidagi adabiyot institutini (1966) tamomlagan. Qisqa muddat Andijon va Fargʻona viloyatlari maktablarida oʻqituvchilik qilgan (1962–1963). Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir, boʻlim mudiri, bosh muharrir (1967–1985), Oʻzbekiston Televideniyasida bosh muharrir (1985–1988), Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida Tarjima markazi raisi (1989–1993), Toshkent Davlat Universitetida Etika va Estetika kafedrasi mudiri, professor (1993–1996), G'afur G'ulom nashriyotida oʻzbek adabiyoti bo'limi boshlig'i (1997–1999), Xalqaro Oltin Meros xayriya jamgʻarmasi boshqaruvi raisi (1999–2003) boʻlib faoliyat koʻrsatgan. 2003-yildan u xalqaro Amir Temur xayriya jamgʻarmasi boshqaruvi raisi bo'lib ishlagan (2003-2013).
Download 6,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish