Korrupsiyaga qarshi kurashishda yangi tizim va yangi mexanizm yaratiladi



Download 1,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana31.12.2021
Hajmi1,97 Mb.
#249945
  1   2   3
Bog'liq
Korrupsiyaga qarshi kurashishda yangi tizim va yangi mexanizm yaratiladi



Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘z 


Ўз  Руc  En  Kz  Tj

undefined


Qidirish



Korrupsiyaga qarshi kurashishda yangi tizim va yangi mexanizm yaratiladi

 Suhbat

8 Oktabr 2020

2079


Matn: Улуғбек Асроров

Korrupsiya – jamiyat kushandasi. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga

qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qoʻyishga

qaratilgan keng koʻlamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.

Jumladan,  byurokratik  toʻsiqlarni  bartaraf  etish  choralari  koʻrilmoqda,  “Korrupsiyasiz  soha”  loyihalari

amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Jamiyat  va  davlat  hayotining  barcha  sohalarida  korrupsiyaning  oldini  olish  va  unga  qarshi  kurashishga

qaratilgan  davlat  siyosatining  samaradorligini  oshirish  maqsadida  Prezidentimizning  2020-yil  29-iyundagi

“Oʻzbekiston  Respublikasida  korrupsiyaga  qarshi  kurashish  tizimini  takomillashtirish  boʻyicha  qoʻshimcha

chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi.

Bugun fuqarolarimiz tomonidan agentlik faoliyatiga doir turli fikrlar bildirilmoqda, savollar tugʻilmoqda. Keng

jamoatchilik  oʻrtasida  yuzaga  kelayotgan  turfa  qarashlarga  oydinlik  kiritish  maqsadida  Korrupsiyaga  qarshi

kurashish agentligi direktori Akmal BURXONOV bilan suhbatlashdik.

– Yaqinda agentlik boshqaruv apparatiga 10 nafar xodim tanlov asosida ishga qabul qilinganidan xabarimiz

– Yaqinda agentlik boshqaruv apparatiga 10 nafar xodim tanlov asosida ishga qabul qilinganidan xabarimiz

bor.  Ular  orasida  xotin-qizlar  yoʻqligi  muhokamalarga  sabab  boʻlmoqda.  Tanlovning  qanday  oʻtkazilgani,

bor.  Ular  orasida  xotin-qizlar  yoʻqligi  muhokamalarga  sabab  boʻlmoqda.  Tanlovning  qanday  oʻtkazilgani,

umuman, tashkilotga xodimlarni saralash bilan bogʻliq jarayon haqida gapirib bersangiz?

umuman, tashkilotga xodimlarni saralash bilan bogʻliq jarayon haqida gapirib bersangiz?

–  Prezidentimizning  agentlikni  tashkil  etish  toʻgʻrisidagi  farmonida  tashkilot  boshqaruv  xodimlarini  xalqaro

mezonlar  asosida  tanlov  yoʻli  bilan  ishga  qabul  qilish  belgilangan.  Bu  jarayonda  xorijiy  davlatlar  va  xalqaro

tashkilotlar tajribalarini oʻrgandik, ular bilan muzokaralar oʻtkazdik, tavsiyalarini inobatga oldik. Dastlab tanlov

komissiyasini  tashkil  qildik.  Komissiya  aʼzoligiga   Prezident  Administratsiyasi,  Bosh  prokuratura,  Davlat

xavfsizlik xizmati Adliya vazirligi shuningdek xalqaro tashkilotlarning qatʼiy tavsiyasiga koʻra jamoat




xavfsizlik  xizmati,  Adliya  vazirligi,  shuningdek,  xalqaro  tashkilotlarning  qatʼiy  tavsiyasiga  ko ra  jamoat

tashkilotlari vakillarini, psixologlarni jalb qildik.

Komissiya  aʼzolari  yordamida  tanlovning  xalqaro  standartlarga  asoslangan  nizomini  ishlab  chiqdik.

Tanlovning  birinchi  bosqichida  13  186  talabgordan  onlayn  shaklda  arizalar  kelib  tushdi.  Ular  orasidan  146

nomzod  saralab  olindi  va  test  sinovlari  bosqichiga  oʻtdi.  Test  savollari  orqali  qonunchilikni  bilish,  xalqaro

hayotdan,  korrupsiya  bilan  bogʻliq  tendensiyalardan  xabardorlik  darajasi,  tarix,  falsafa  kabi  fanlarni

oʻzlashtirgani va psixologik qobiliyati sinaldi. Test jarayoni toʻgʻridan-toʻgʻri “Feysbuk” ijtimoiy tarmogʻi orqali

translyatsiya qilindi, OAV va jamoat tashkilotlari vakillarini ham kuzatuvchi sifatida taklif qildik.

Test  natijalariga  koʻra,  23  nomzod  toʻrtinchi  bosqichga  yoʻl  oldi.  Bu  bosqichda  talabgorning  kasbiga

layoqatliligi, tayyorligini koʻrsatuvchi psixofiziologik test boʻldi. Jarayondan barcha oʻtdi. Beshinchi bosqichda

tanlov  komissiyasi  aʼzolari  talabgorlar  bilan  birma-bir  suhbatlashdi.  Suhbatda  ularning  malakasi,  oʻzlari

tanlagan  lavozimga  mos  yoki  aksincha  ekani,  korrupsiyaga  qarshi  kurashish  boʻyicha  salohiyati  baholandi.

Pirovardida 10 nafar nomzod agentlikka ishga qabul qilish uchun tavsiya etildi.

Nima  uchun  tarkibda  xotin-qizlar  yoʻq,  degan  savolingizga  javoban  aytishim  mumkinki,  avvalo,  bu  men

uchun ham kutilmagan natija boʻldi. Agentligimiz boshqaruv apparati xodimlari soni 50 kishidan iborat. Biz

tanlovni  30  lavozim  uchun  eʼlon  qilgandik.  Talabgorlarning  10  foizga  yaqini  xotin-qizlar  edi.  1200  dan  ziyod

xotin-qizdan  uchinchi  bosqichga  15  nafari,  toʻrtinchi  bosqichga  esa  2  ayol  oʻtdi.  Ular  ham  suhbat  chogʻida

maʼqul koʻrilmadi. Albatta, bu bizning xohishimiz emas edi. Hammaga bir xil imkoniyat berildi...

Shu  oʻrinda  tanlovdan  oʻtib,  yaqinda  ish  bosh lagan  mutaxassislarimiz  tarjimayi  holiga  eʼtibor  qaratsak,  ular

turli  sohada  faoliyat  yuritganiga  guvoh  boʻlamiz.  Huquqni  muhofaza  qiluvchi  organlarda,  moliya-iqtisod

sohasida,  jamoat  tashkilotlarida  ishlaganlar,  tadbirkorlik  bilan  shugʻullanganlar  ham  bor.  Bir  soʻz  bilan

aytganda,  oʻz  sohasini  mukammal  bilgan,  yetarli  bilim  va  tajribaga  ega,  korrupsiya ga  qarshi  kurashish

mexanizmini tushunadigan  kadrlar tanlab olindi.

Endi 20 ta boʻsh ish oʻrnimizni tezroq toʻldirishimiz kerak. Buning uchun, avvalo, uchinchi bosqichga oʻtgan,

nisbatan  yaxshi  natija  koʻrsatgan  talabgorlarning  ayrimlarini  suhbatga  taklif  qilyapmiz.  Ular  orasida  ayollar

ham  bor,  albatta.  Shu  bois,  agentlikka  ayollar  ishga  olinmadi,  degan  xulosaga  kelishga  hali  erta.  Qolaversa,

vazirlik  va  idoralardan  ham  tanlovimiz  talablariga  javob  beradigan  ayollar  nomzodini  tavsiya  qilishni

soʻrayapmiz.

Lekin  talab  va  qoidalar  oʻzgarmay  qoladi,  aslo  yumshatilmaydi.  Bunga  haqqimiz  yoʻq.   Komissiya  aʼzolari

talabgorlar  qobiliyatini  qatʼiy  iroda  bilan  koʻrib  chiqadi.  Agar  biz  talablarimizni  xotin-qizlar  uchun  istisno

qiladigan boʻlsak, boshidan yoʻnalishimizni notoʻgʻri tanlagan boʻlamiz.

Bugun  barcha  boshqarmalarimizda  vakillar  ishlayapti.  Bundan  tashqari,  bizda  texnik  va  yordamchi

personallar bor. Hozirgacha 20 ga yaqin xodimni ishga qabul qildik. Yaʼni biz toʻlaqonli ish  boshladik.

–  Bu  juda  yaxshi,  albatta.  Yana  bir  mulohazali  savol  tugʻiladi  –  Korrupsiyaga  qarshi  kurashish  agentligi  oʻz

–  Bu  juda  yaxshi,  albatta.  Yana  bir  mulohazali  savol  tugʻiladi  –  Korrupsiyaga  qarshi  kurashish  agentligi  oʻz

zimmasidagi  vazifa  va  yoʻnalish larni  bajarishi  uchun  qay  darajada  huquqiy  asosga  ega.  Taʼsir  mexanizmi

zimmasidagi  vazifa  va  yoʻnalish larni  bajarishi  uchun  qay  darajada  huquqiy  asosga  ega.  Taʼsir  mexanizmi

bormi?  Yoki  shunchaki  monitoring  yurituvchi,  mamlakatda  korrupsiya  holatlarini  tahlil  qiluvchi,  shu  asosda

bormi?  Yoki  shunchaki  monitoring  yurituvchi,  mamlakatda  korrupsiya  holatlarini  tahlil  qiluvchi,  shu  asosda

tegishli tashkilotlarga maʼlumot yetkazuvchi tashkilot boʻlib qoladimi? Umuman, yangi tuzilma korrupsiyaga

tegishli tashkilotlarga maʼlumot yetkazuvchi tashkilot boʻlib qoladimi? Umuman, yangi tuzilma korrupsiyaga

qarshi qanday kurashadi, demoqchimiz.

qarshi qanday kurashadi, demoqchimiz.

–  Toʻgʻri  aytdingiz.  Agentlik  tashkil  etilganiga  yaqinda  3  oy  boʻldi  va  xalqimiz  bizdan  koʻp  narsa  kutyapti.

Shaxsan  oʻzimga  ham  murojaatlar  boʻlyapti,  ijtimoiy  tarmoqlar  orqali  munosabat  bildirishimizni,  qaysidir

jinoiy xatti-harakatlarga baho berib, ularga tegish li choralar koʻrishimizni soʻrashyapti. Hatto agentlikdan hali

natija koʻrmadik, degan  fikrlar ham yoʻq emas.

Men  bugun  “Yangi  Oʻzbekiston”  gazetasi  orqali  aytmoqchimanki,  normal  demokratik-huquqiy  mamlakatda

bitta siyosiy davlat tuzilmasining tashkil etilishiga bir necha oy, baʼzan yillar kerak boʻladi. Bizda Korrupsiyaga

qarshi  kurashish  agentligini  tashkil  qilish  gʻoyasi  shu  yil  boshida  Prezidentimiz  Murojaatnomasida  aytilgan




edi. Koʻp tayyorgarlik koʻrildi. Buning uchun farmon tayyorlash, tashkilot faoliyat mexanizmini ishlab chiqish,

bunda  boshqa  bir  huquqni  muhofaza  qiluvchi  organ  faoliyatini  takrorlab  qolmaslik  yoki  oʻxshash  vakolatlar

boʻlmasligi kabi tamoyil va mezonlar hisobga olindi. Nihoyat, oradan 6 oy oʻtib Prezident farmoni eʼlon qilindi.

Agentlikning tashkil etilishi katta ishning debochasi, xolos. Endi agentlik toʻlaqonli choralar koʻrishi, u yoki bu

vazifalarni bajarishi, turli masalalarga munosabat bildirishi, reaksiya qilishi uchun mustahkam huquqiy asos

kerak. Bu farmonda ham koʻrsatib oʻtilgan.

Shuning uchun ham biz hozir agentlik faoliyatini bevosita tartibga soluvchi qonun loyihasi ustida ishlayapmiz.

Bu qonunda fuqarolarimiz tomonidan koʻtarilayotgan, turli gap-soʻzlarga mavzu boʻlayotgan muhokamalarga

chek qoʻyamiz. Muhimi, har bir murojaat, har bir korrupsion holat chetda qolmasligi, davlat idoralari, birinchi

oʻrinda,  huquqni  muhofaza  qiluvchi  organlar  tomonidan  oxirigacha  yetkazilishi,  jinoyat  uchun  jazo

muqarrarligini  taʼminlovchi  mexanizmga  asos  boʻladigan  qonun  maromiga  yetkazilyapti.  Jumladan,  qonun

loyihasiga koʻra, bizda davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining qarorlarini, agar agentlikda shu qarorga doir

korrupsion  holatlar  boʻyicha  shubha  boʻladigan  boʻlsa,  toʻxtatib  turish,  vazirlik  va  idoralarga  taqdimnoma

kiritish  vakolati  boʻladi.  Korrupsion  jinoyatlarni  fosh  etish  jarayonlarida  huquqni  muhofaza  qiluvchi  idoralar

bilan birga agentligimiz vakillari ishtirok etishini ham taʼminlaymiz.

Hozirda bu qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan.

Taʼkidlash  joizki,  bu  qonun  faqatgina  agentlik  faoliyatini  tartibga  soladi.  Agentlik  faoliyatining  toʻgʻri  yoʻlga

qoʻyilishi, umuman, Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashda yangi tizim, yangi mexanizm yaratish uchun

esa  yana  bir  qator  meʼyoriy-huquqiy  hujjatlarni  ham  tamomila  qayta  koʻrib  chiqish  kerak.  Shu  kunlarda

amaldagi  qonun  hujjatlariga  tegishli  qoʻshimchalar  va  oʻzgartirishlar  kiritish  boʻyicha  ham  ishlar  boshlab

yuborilgan.

Agentlik  faoliyati  doirasida  mamlakat  hayotining  turli  jabhalarida  yangi  yoʻnalish lar  ochilyapti.

Demoqchimizki,  oldimizda  davlat  xaridlarini,  davlat  xizmatchilari  faoliyatini  nazorat  qilish  vazifasi  turibdi.

Davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiyalashni biz yaqin yillargacha rivojlangan davlatlarda kuzatardik.

Prezidentimiz topshirigʻiga koʻra, bu amaliyotni Oʻzbekistonda ham tez orada yoʻlga qoʻyamiz. Har bir vazirlik,

idora  faoliyat  mezonlari  asosida  odob-axloq  kodeksini  ishlab  chiqish  masalasini  koʻtaramiz.  Bular  boʻyicha

alohida  qonunlar  ishlab  chiqiladi.  Bundan  tashqari,  korrupsion  jinoyatlar  boʻyicha  tergov,  surishtiruv

harakatlarini  olib  borish,  umuman,  jinoyat-protsessual  qonunchilikka  oʻzgartirishlar  kiritish  zarurati

tugʻilmoqda.  Chunki  yangi  tuzilma  tashkil  etildi.  Uning  samarali  ish  yuritishi,  Oʻzbekistonda  korrupsiyaga

qarshi kurashda yangi tizim yaratish uchun bizda mustahkam huquqiy poydevor boʻlmogʻi kerak.

Hozirdan aytish mumkinki, yangi qonun qabul qilinishi bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tegishli

majburlov  choralarini  koʻrishga,  tegishli  protsessual  vakolatlarga  ega,  eng  asosiysi,  korrupsion  jinoyatlarga

jazo muqarrarligini taʼminlovchi idoraga  aylanadi.

– Bugun Oʻzbekistondagi korrupsiya bilan bogʻliq vaziyat qanday?

– Bugun Oʻzbekistondagi korrupsiya bilan bogʻliq vaziyat qanday?

–  Yaqin-yaqingacha  men  ham  Oʻzbekistonda  korrupsiya  holatlari  juda  koʻpligini  bilardim.  Lekin  yangi

lavozimga oʻtganimdan keyin mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hali oldimizda katta ishlar

borligini tushunib yetdim. Muammolar juda koʻpligi, korrupsiya ildiz otib ketgani, bunga oddiy fuqarolar ham,

davlat  idoralari  rahbarlari  yoki  davlat  xizmatchilari  ham,  kerak  boʻlsa,  qonunchilikda  ham,  maishiy  hayotda

ham, davlat xizmatchilari bilan fuqarolar oʻrtasidagi munosabatlarda ham yaqqol amin boʻlishimiz shu fikrga

kelishimga asos boʻldi. Ayniqsa, qonunchiligimizda yashirin korrupsiogen omillar mavjudligi barcha sohalarda

bu  illat  ildiz  otishiga  zamin  yaratyapti.  Yaʼni,  aytmoqchimanki,  masala  juda  jiddiy.  Bugun  bironta  sohada

korrupsiya  yoʻq,  deb  aytolmaymiz.  Oʻzbekistonda  keyingi  yillarda  juda  katta  islohotlar  amalga  oshirilyapti.

Baʼzi  vazirlik  va  idoralar  “bizda  korrupsiya  yoʻq,  unga  barham  berdik”  deb  maqtanishyapti  ham,  koʻkrak

kerishyapti.  Yoʻq,  aslida  bunday  emas.  Afsuski,  oddiy  fuqarodan  soʻrasangiz,  “hali  korrupsiya  hamma  joyda

bor”, dey di. Biz vaziyatga kompleks yondashish kerakligini tushunib yetyapmiz.

–  Korrupsiyaga  qarshi  kurashishda  dunyo  mamlakatlari  tajribasi  bilan  tanishgan,  bevosita  tahlil  qilib

–  Korrupsiyaga  qarshi  kurashishda  dunyo  mamlakatlari  tajribasi  bilan  tanishgan,  bevosita  tahlil  qilib

borayotgan  mutaxassis  sifatida  ayting-chi,  siz  qaysi  mamlakatlarning  bu  boradagi  strategiyasi,  saʼy-

borayotgan  mutaxassis  sifatida  ayting-chi,  siz  qaysi  mamlakatlarning  bu  boradagi  strategiyasi,  saʼy-

h

k tl i i


ʼ

ll

i



ff

i tli d b

i ?

h

k tl i i



ʼ

ll

i



ff

i tli d b

i ?



harakatlarini maʼqullaysiz, muvaffaqiyatli deb sanaysiz?

harakatlarini maʼqullaysiz, muvaffaqiyatli deb sanaysiz?

–  Hattoki  eng  rivojlangan,  biz  uchun  korrupsiya  begona,  deya  bong  urayotgan  davlatlarda  ham  u  yoki  bu

yoʻnalishda  boʻshliqlar  bor.  Korrupsiya ga  toʻliq  barham  berilmagan.  Biz,  albatta,  eng  ilgʻor  tajribalarni

oʻrganishga  harakat  qilyapmiz.  Yevropa,  Osiyoning  rivojlangan  davlatlari  –  Singapur,  Yaponiya  va  Janubiy

Koreya ham bu borada ildamlayapti. MDHning ayrim davlatlari tajribasini ham oʻrganyapmiz.

Bulardan xulosa qilish mumkinki, korrupsiyaning oldini olishga kompleks yondashmasak, hech qachon biz bu

illatni  yenga  olmaymiz.  Faqatgina  bitta  sohani  tanlab,  bir  yoʻnalishda,  masalan,  qonunchilik  yoʻnalishi

boʻyicha kurashadigan boʻlsak, korrupsiya zanjirini uzib boʻlmaydi.

Shu  oʻrinda  oʻrganishlarim  xulosasi  asosida  alohida  taʼkidlamoqchiman,  barcha  mamlakatlarda

korrupsiyaning oʻchogʻi davlat xizmatchisi ekan. Korrupsiyaga yoʻl ochib beradigan ham, unga yoʻl qoʻyadigan

ham,  birinchi  navbatda,  davlat  xizmatchisi  boʻlib  chiqyapti.  Shuning  uchun  ham  biz,  avvalo,  davlat

xizmatchilarining odob-axloqiga alohida urgʻu berishni maqsad qilganmiz. Buning uchun nima qilamiz?

Biz  korrupsiyaga  qarshi  kurashishni  faqatgina  DXX,  prokuratura  yoki  ichki  ishlar  idoralarining  vazifasi,  deb

bilar  edik.  Prezidentimiz  taklifiga  koʻra,  endi  barcha  idoralarda  korrupsiyaga  qarshi  kurashish  boʻyicha  ichki

nazorat  tuzilmasini  tashkil  etish  vazifasi  qoʻyilmoqda.  Chunki  barcha  idoralarda,  aksariyat  davlat

xizmatchilarida korrupsion moyillik bor.

Bu jarayonni boshlab yuborganmiz. Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Hisob palatasi va bosh qa manfaatdor

tashkilotlar  bilan  birgalikda  davlat  va  xoʻjalik  boshqaruvi  organlarining  26  tasida  korrupsiyaga  qarshi  ichki

nazorat tizimini (“komplayens nazorat”) joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqdik.

Oʻrni kelganda, korrupsiyaga zamin yaratayotgan yana baʼzi omillarni ham aytish kerak. Bu yerda faqat davlat

xizmatchilarini  ayblash  ham  adolatdan  emas.  Demak,  omillardan  asosiysi  –  oylik  maoshning  kamligi,

fuqarolarimiz uchun ijtimoiy himoya, ijtimoiy imkoniyatlar yetarli emasligi. Oddiygina aholiga tibbiyot, taʼlim

tizimidagi  imkoniyatlarini  taʼminlab  bera  olmas  ekanmiz,  hech  qachon  korrupsiyani  yenga  olmaymiz.  Buni

xorij taj ribasi ham koʻrsatib turibdi.

Bu kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun xalqaro tashkilotlar koʻmagida Janubiy Koreya, Sloveniya va

Singapurdan  ekspert-maslahatchilarni  jalb  qilganmiz.  Bugungi  kunda  ular  qonun  hujjatlarini  ishlab

chiqishda, agentlik faoliyatini toʻgʻri yoʻlga qoʻ yishda bizga yordam beryapti.

– Agentlik tashkil etilganidan bugungi kungacha qanday ishlar amalga oshirildi?

– Agentlik tashkil etilganidan bugungi kungacha qanday ishlar amalga oshirildi?

–  Davlat  va  xoʻjalik  boshqaruvi  organlarining  26  tasida  korrupsiyaga  qarshi  ichki  nazorat  tizimini  yoʻlga

qoʻyganimizni  aytdik.  Hozir  bir  qator  qonun  loyihalari  ustida  ishlayapmiz.  Davlat  xizmatchilarining

daromadlari, mol-mulki va manfaatlari toʻqnashuvini dek laratsiya qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi, normativ-

huquqiy  hujjatlar  va  ular  loyihalarining  korrupsiyaga  qarshi  ekspertizasi  toʻgʻrisidagi  qonun  loyihalari  shular

jumlasidan.

Prezidentimiz bizga xalqaro tashkilotlar grant va kredit mablagʻlarining maqsadli sarflanishini nazorat qilish

vazifasini ham yuklagan. Bu boʻyicha ish boshlandi. Ishchi guruh tuzildi.

Taʼkidlash kerakki, eng koʻp korrupsion jinoyatlar xalqaro grant va kredit mablagʻlari sarflanishida kuzatiladi.

Oʻgʻrilik ham shu yerda, talon-tarojlik ham shu mablagʻ atrofida kechadi. Bu borada juda koʻp imkoniyatlar,

koʻp jihatlarning nazoratsiz qolganini koʻrdik.

Koʻpchilik  biladi,  100  millionlab  dollar  mablagʻ  aholini  toza  ichimlik  suv  bilan  taʼminlashga,  yoʻllarni

taʼmirlashga  ajratilgan.  Lekin  siz  bironta  viloyat  yoki  tuman  misolida  aholi  toʻliq  toza  ichimlik  suv  bilan

taʼminlangan,  barcha  yoʻllar  taʼmirlangan,  qurilgan,  deb  ayta  olasizmi?  Yoʻq.  Demak,  bu  yerda  mablagʻlar

talon-taroj  qilingan,  korrupsiyaga  yoʻl  qoʻyilgan.  Agar  ajratilgan  mab lagʻ  100  foiz  oʻzlashtirilganida,  hech

boʻlmasa  olisdagi  bitta  tuman  aholisining  barchasi  toza  ichimlik  suvi  ichayotgan,  tabiiyki,  xalqimiz  sogʻlom,

avlodlarimiz baquvvat boʻlar edi. Biz endi buni qatʼiy nazoratga olamiz va aniq mexanizm yaratamiz.

Jamoatchilik  bilan  ishlash  boʻyicha  yangi  mexanizmni  joriy  qilyapmiz.  Shu  maqsadda  davlat  hokimiyati  va



boshqaruvi  organlarining  korrupsiyaga  qarshi  kurashish  sohasidagi  faoliyati,  shuning dek,  ushbu  sohadagi

davlat  va  boshqa  das turlar  samaradorligini  monitoring  qilish  hamda  baholash  imkonini  beruvchi  “E-

Anticor.uz”  elektron  platformasini  ishga  tushirmoqchimiz.  Bu  platforma  orqali  davlat  idoralarining

korrupsiyaga  qarshi  kurashish  boʻyicha  faoliyati  monitoring  qilib  boriladi.  Shuningdek,  fuqarolarimiz

korrupsion  holatlar  boʻyicha  bizga  tezkor  murojaat  qilish  imkoniyatiga  ega  boʻladi.  Bu  platforma  yaqin

kunlarda ishga tushadi.

“Korrupsiyasiz soha” loyihasi doirasida sogʻliqni saqlash va davlat xaridlari tizimida dasturlar ishlab chiqishni

boshladik. Yirik investitsion dasturlar, loyihalar nazoratini yoʻlga qoʻyish boʻyicha ham aniq rejalarimiz bor.

Eng  asosiysi,  hamma  yoʻnalishda  shaffofl ikni  taʼminlamoqchimiz.  Bun da  oʻzimiz  oʻrnak  boʻlmoqchimiz.  Biz

hali  moddiy-texnik  bazamizni  mustahkamlab  olishimiz  kerak,  buning  uchun  kompyuter  texnikalari,  boshqa

jihozlar  sotib  olamiz.  Barcha  xaridlarimizni  internet  tarmogʻida  ochiq  amalga  oshiramiz.  Qanday  tender

oʻtkazdik,  qaysi  tashkilotdan  qancha  pulga  nima  oldik  –  hammasi  shaffof  boʻladi.  Barcha  vazirlik,  idoralar

davlat byudjetidan sarflayotgan pulini jamoatchilik bilib turadigan tizim  yaratamiz.

Oldimizda  turgan  eng  muhim  vazifalardan  yana  biri  –  keyingi  yildan  boshlab  korrupsiya ning  darajasini

baholovchi milliy indeksni ishlab chiqish. Xabaringiz boʻlsa, bu boradagi xalqaro indeksda hozircha 180 davlat

ichida  Oʻzbekiston  153-oʻrinda  turibdi.  Endi  biz  oʻzimizning  milliy  indeksimizni  ishlab  chiqamiz.  Shu  tariqa

mamlakatdagi qaysi vazirlik, qaysi idorada, qaysi sohada korrupsion holatlar koʻpligi, qaysi davlat xizmatchilari

korrupsiya ga  koʻproq  moyilligi  toʻgʻrisida  jamoatchilikni  tanishtirib  boramiz.  Bu  jarayonda  davlat  idoralari

rahbarlarining reytingi ham shakllanadi.

– Bu mexanizm qanday amalga oshiriladi, qaysi mezonlar asosida?

– Bu mexanizm qanday amalga oshiriladi, qaysi mezonlar asosida?

– Biz aniq indikator ishlab chiqamiz. Masalan, tashkilot faoliyatining jamoatchilikka ochiqlik indikatori. Hozir

aksariyat  tashkilotlar  bitta  brifing  oʻtkazib,  faoliyatimiz  ochiq,  deydi.  Bu  ochiqlik  emas.  Ochiq  boʻlishi  uchun

tashkilot  faoliyati  ham  ochiq  boʻlishi  kerak.  Ikkinchi  indikator  davlat  xizmatchilari  manfaatlari  toʻqnashuvi

bilan  bogʻliq.  Biz  bilamiz,  bitta  viloyat  hokimining  jiyanlari,  qarindosh lari  qaysidir  tuman  miqyosidagi  biror

tashkilot  rahbari  boʻlib  ishlaydi.  Hattoki  viloyat  miqyosidagi  tashkilot  rahbarlari  ham  bor.  Bu  ham  reytingga

taʼsir qiladi. Yoki respublika darajasidagi davlat idorasi rahbari qaysidir qarindoshining firmasidan davlat xarid‐ 

larini  amalga  oshiradi.  Bu  ham  bitta  reyting  natijasi  sifatida  qayd  etiladi.  Bundan  tashqari,  davlat

xizmatchilarining xatti-harakatlari ham bitta indikator boʻladi. Deylik, yoʻl harakati qoidasini buzganligi ham

indikatorda  oʻz  aksini  topadi.  Xuddi  shunaqa  juda  koʻp  indikatorlar  boʻladi.  Hozir  BMT  va  Jahon  banki  aniq

indikatorlarni ishlab chiqishda bizga yordam beryapti.

Reyting natijalari xalqaro tashkilotlar uchun ham ochiq boʻladi. Xalqaro tashkilotlar  ham oʻz hisobotini eʼlon

qilishda bu maʼlumotdan foydalanishi mumkin. Baʼzan xalqaro tashkilotlarning bu reytingi notoʻgʻri, deymiz.

Chunki ular rasmiy maʼlumotni ololmaganidan keyin norasmiy manbalardan soʻraydi. Ular bergan maʼlumot

qay darajada haqqoniy ekanini kim biladi deysiz.

Taʼkidlash  joiz,  Prezidentimiz  BMT  Bosh  Assambleyasining  75-sessiyasidagi  nutqida  Oʻzbekistondagi  keng

koʻlamli  islohotlar  haqida  gapirar  ekan,  mamlakatimizda  korrupsiyaga  qarshi  murosasiz  kurash  yangi

bosqichga koʻtarilganini ham alohida taʼkidladi. Bu yoʻlda biz sobitqadamlik bilan zimmamizdagi vazifalarni

bajarishdan sira toʻxtamaymiz, albatta.

Ulugʻbek ASROROV,

Ulugʻbek ASROROV,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri

Nashr etmoq

# Korrupsiya




Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish