53
15
-MAVZU: GIDROSFERANING TUZILISHI. SUVNING AYLANMA
HARAKATI. SUVLIK VA QURUQLIKNING O’ZARO TA’SIRI
Reja:
1. Gidrosferaning tuzilishi.
2. Suvning aylanma harakati.
3. Geografik qobiqda suv muvozanati.
Tayanch iboralar:
Gidrosfera, Dunyo okeani, quruqlikdagi suvlar, Yerosti suvlari, Yer
usti suvlari, jahon suv zahirasi, transpiratsiya,kondensatsiya, sublimatsiya.
1. Gidrosferaning tuzilishi.
Gidrosfera Yer po’sti va atmosferaning o’rtasida joylashgan.
Gidrosfera okean va quruqlik suvlaridan iborat. Gidrosfera suvlarining asosiy qismi okeanlar
suviga to’g’ri keladi. Boshqa suv ob’ektlaridan Yer osti suvlari va muzliklar ajralib turadi. Ular
chuchuk suvlarning asosiy manbaidir. Yer po’stining g’ovaklarida va muzliklarda suv
resurslarining eng muhim qismi bo’lgan chuchuk suvlarning asosiy qismi joylashgan.
Demak, gidrosfera okean va quruqlik suvlaridan iborat ekan.
Okean suvlari Tinch,
Atlantika, Hind va Shimoliy Muz okeani suvlaridan iborat. Quruqlik suvlari o’z navbatida yer
usti va yer osti suvlariga bo’linadi. Yer usti suvlari daryo, ko’l, botqoq va muzliklar suvlaridan,
yer osti suvlari esa suyuq va muzloq suvlardan tashkil topgan. Ko’p yillik muzloq yerlar asosan
Yevrosiyo va Shimoliy Amerikaning shimoliy qismlarida tarqalgan. Muzlar esa Antarktida va
Grenlandiyada hamda baland tog’larda tarqalgan.
Gidrosfera Yer yuzasini yoppasiga to’xtovsiz
qoplamasa ham, uning 70,8% ni tashkil
qiladi (510,1 mln. km
2
dan 361 mln. km
2
).
Suv qanday bo’lishidan qat’iy nazar asosiy landshaft hosil qiluvchi omildir. Suv
geografik qobiqdagi hamma jismlar tarkibida u yoki bu darajada mavjud.
Jahonda suvlarning zahirasi turlicha. Juda katta maydonga va hajmga okean suvlar, 97,2% ga
ega.
Chuchuk suvlarning umumiy hajmi jahon suv zahirasining 2,15%ini tashkil qilar ekan.
Qolgan suvlar esa ichishga yaroqsiz bo’lgan sho’r suvlardir
56
.
Ko’p olimlar gidrosferaga atmosferadagi va organizmdagi suvlarni ham qo’shishadi,
ammo ularning miqdori juda ham kichikdir. Masalan, atmosferadagi
suvlar jahon suv
zahirasining 0,001% ini, chuchuk suvlarning esa 0,04% ini tashkil qiladi (9-rasm
)
Suv –Yer sharida eng ko’p tarqalgan mineral. U vodorod bilan kislorodning eng oddiy
(N
2
O) birikmasi bo’lib, o’ziga xos xususiyatlarga ega. Suv molekulalari tez harakat qilganligi
sababli muz O
0
Sda eriydi, suv esa 100
0
da qaynaydi. Shu sababli u geografik
qobiqda uch holatda
–suyuq, qattiq va bug’ holida uchrab, bir holatdan ikkinchi holatga oson o’tib turadi.
Suvning zichligi haroratga bog’liq ravishda o’zgaradi. Barcha jismlar suyuq holatdan
qattiq holatga o’tganda zichlashadi, muz esa suvdan yengil. Muzning tetraedrik tuzilishi boshqa
jismlarga qaraganda g’ovak, bu esa yonma-yon joylashgan vodorod molekulalarining o’zaro
bo’sh bog’langanligi sabablidir. Muz yengilligi sababli suv havzalari yuzasida cho’kmay turadi
va issiqlikni yomon o’tkazishi tufayli pastki qismlaridagi suvlarni muzlashiga yo’l qo’ymaydi va
organizmlarni kirilib ketishidan saqlaydi. Suv +4
0
Sda eng zich bo’ladi.
Shu sababli suv
havzalarining chuqur qismida harorati +4
0
S ga teng bo’lgan zich suv to’planib qoladi.
Bu esa gidrosfera hayotida juda muhim rol o’ynaydi. Baland tog’larda va qutbiy
o’lkalarda qor va muz qoplami tuproqning muzlashiga yo’l qo’ymaydi va mavjudotlarni muzlab
qolishdan saqlaydi. Suvning erituvchanlik xossasi geografik qobiqdagi moddalar almashinuvi,
ya’ni hayotni mavjudligini ta’minlaydi.
Dunyo okeani xususiyatlaridan biri uning dunyoda ya’ni tabiatda suvning katta aylanma
xarakatida ishtirokidir. Okeanlardan suvlar bug’lanib yog’ingarchilik yog’ishiga olib
keladi
57
56
V.Ettwein and M. Maslin. «Physical geography: fundamentals of the physical environment».2003, 115-
b (mazmun-mohiyatidan foydalanildi).