O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Issiqlik tizimining sxemalari quyidagilarga bo‘linadi



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/23
Sana19.04.2022
Hajmi1,25 Mb.
#564098
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
kva-4 suv isitish qozonining issiqlik-texnik parametrlarini asoslash

Issiqlik tizimining sxemalari quyidagilarga bo‘linadi: 
Ochiq va yopiq tizimli. 
Suvli va bug‘li istish tizimli. 
Bir quvurli, ikki quvurli va ko‘p quvurli. 
Ochiq isitish tizimida issiq suv kranlar yordamida binodagi axoli 
tomonidan xo‘jalik maqsadlar uchun ichte’mol qilinadi. Yopiq isitish tizimlarida 
issiq suv sarflanmaydi va olinmaydi. Turar – joy, ma’muriy, jamoat binolarida 
(xonadonlar, maktablar, bog‘chalar va xokazo) asosan suvli istish tizimlari 
qo‘llaniladi.Sanoat korxonalarida suvli yoki bug‘li isitish tizimlari qo‘llaniladi. 


Agar imoratda yertula bo‘lsa va cherdak qismi bo‘lmasa, magistral 
quvurlarni imoratning quyi qismiga joylashtirilsa qoidaga muvofiq bo‘ladi. Aks 
xolda imoratning yuqori qismiga magistral quvurlar joylashadi. 
Xammaga ma’lumki issiqlik ham energiyaning bir turi bo‘lib hisoblanadi. 
Shuning uchun aloxida olingan obektlarni yoki tumanlarni energiyalar bilan 
ta’minlashda issiqlik ta’minoti tizimini, elektr energiyasi ta’minoti, gaz 
ta’minoti tizimlari bilan bir qatorda qarash kerak. Issiqlik ta’minoti tizimlari 
quyidagi asosiy elementlardan tashkil topgan: issiqlik manbaalari, issiqlik 
tarmoqlari, abonentlarga kirish va maxalliy issiqlik iste’molchilari.
Markaziy isitish tizimlarida issiqlik manbai sifatida issiqlik elektr 
markazlari yoki yirik tuman qozonxonalar ishlaydi. Issiqlik tarmog‘lariga esa: 
uzatuvchi va qaytaruvchi quvurlar, quvurlarga o‘rnatilgan berkituvchi va 
ochuvchi, avtomatik boshqaruvchi qurilmalar, kompensatorlar, tayanchlar, nasos 
stansiyalari, issiqlik punktlari va tarmoqda uchrovchi barcha turdagi elementlar 
kiradi. Abonentga kirish joyida issiqlik tarmog‘idan kelayotgan issiqlikni 
istemolchilarga qaysi usul bilan o‘tkazish masalasi hal qilinadi. Maxalliy issiqlik 
iste’molchilari bu: istish, ventilyatsiya va issiq suv bilan ta’minlash tizimlaridir. 
Issiqlik manbaasidan olingan issiqlik u yoki bu ko‘rinishdagi issiqlik 
tashuvchilar yordamida issiqlik tarmog‘i bo‘ylab iste’molchilarga o‘zatiladi. 
Issiqlik bilan ta’minlash tizimlarida issiqlik tashuvchi sifatida suv yoki suv bug‘i 
ishlatiladi. 
Suvli issiqlik ta’minoti tizimlari, tizimda ishlatilgan issiqlik uzatuvchi 
quvurlarining soniga qarab bir quvurli, ikki quvurli, uch quvurli, to‘rt quvurli va 
aralash tizimlarga bo‘linadi. 
Iqtisodiy jixatdan eng qulay tizim bir quvurli tizim bo‘lib, u faqat bir soat 
davomida issiqlik suv ta’minotiga saflanayotgan suvning o‘rtacha miqdori, bir 
soat davomida isitish va ventilyatsiya tizimlariga sarflanayotgan suvlarning 
o‘rtacha bir soatlik miqdoriga teng bo‘lsagina qo‘llaniladi. Lekin bizning 
respublikamiz ko‘pgina tumanlarida isitish va ventilyatsiya tizimlariga 
sarflangan issiq suvlar miqdori, issiq suv ta’minotiga sarflanadigan issiq suv 


miqdoridan ko‘p. Shuning uchun ortiqcha issiq suvni kanalizatsiyaga tashlab 
yuborishga to‘g‘ri keladi. Bu iqtisodiy jixatdan maqsadga muvofiq emas. 
Shuning uchun respublikamizda ikki quvurli ochiq va ikki quvurli yopiq tizimlar 
keng tarqalgan. 
Loyixalashda issiqlik tarmog‘i quvurlarini boshqa turdagi muhandislik 
inshoatlari bilan ham qo‘yish mumkinligini hisobga olish kerak. Agar bu 
ularning ishonchli ishlashlari mumkunligiga putur yetkazmaganligiga ishonch 
xosil qilinsa, muhandislik inshoatlari bilan birgalikda kuyish mumkin bo‘lsa 
ularni yer ostida, yer osti kanallarida yoki yer usti ko‘p yarusli machta va 
estokadalarida qo‘yilishi mumkin. Bunday yechim ularning umumiy qiymatini 
arzonlashtiradi. 
Shaxar yashash tumanlarida issiqlik quvurlari odatda ko‘chaning qizil 
chizig‘iga parallel bo‘lgan muhandislik tarmoqlari uchun ajratilgan texnik 
yo‘llarga yotkiziladi. Diametri 300 mm kichik bo‘lgan quvurlarni uylar, binolar 
pol osti kanallarida, texnik kanallarda va tonnellarda yotqizishga ruxsat beriladi. 
Yer osti issiqlik quvurlarida yemirilishni kamaytirish uchun ularni turli yer 
osti daydi toklari bilan kesishishdan qochish, botqoq yerlardan olib o‘tishdan 
qochish, suv tez-tez bosib turadigan yerlarga yotqizilishidan qochish va 
ifloslangan yerlarga yotqizilishdan qochish kerak.
Qurilish qilinmaydigan yerlarda issiqlik quvurlari past turuvchi tayanchi 
tayanchlarda yotqiziladi. Ishlab chiqarish tashkilotlari maydonlarida issiqlik 
tarmog‘i quvurlari maydonining qatnalmaydigan qismida ajratilgan maxsus 
texnik yo‘llarda, boshqa turdagi ishlab chiqarish quvurlari bilan birgalikda 
yotqiziladi. Quvurlarni yer ostidan yotqizilganda ularning qiymati ortib 
ketmasligi uchun ularda ishlatiladigan issiqlik kameralari soni iloji boricha 
kamroq ishlatilishi kerak. 
Quvurlar va armaturalar issiqlik tarmog‘iga gaz yoki elektr payvandlar 
yordamida ulanadi. Issiqlik tarmog‘ida po‘latdan tayyorlangan quvurlar 
ishlatiladi. Po‘lat quvurlar ichki va tashqi yemirilishga kam chidamli bo‘lganligi 
uchun tarmoq ishonchliligini kamaytiradi.


Shuning uchun issiq suv bilan ta’minlash tizimlarida maxsus sirlangan 
quvurlar ishlatiladi. Hozirgi kunda 3, 4, 5, 10, 20, markali po‘latdan 
tayyorlangan elektr payvandli quvurlar ishlatilmoqda. Quvurlar 1400 mm gacha 
chiqariladi. [4.3] 
Choksiz quvurlar esa 400 mm gacha ishlab chiqiladi. Keyingi vaqtlarda 
metall emas: asbest-sement, polimerli va shishali quvurlar ishlab chiqarish 
ustida ish olib borilmoqda. Bu quvurlarning avfzalligi ularning yuqori 
yemirilishga chidamliligidadir.
Polimer va shisha quvurlar bundan tashkari ancha kichik qovurg‘aga ega. 
Asbest-sementli va shisha va quvurlar maxsus konstruksiyalar orqali ulanadi, 
polimer quvurlar esa payvandlash orqali ulanadi. Yuqoridagi aytilgan 
quvurlarning asosiy uning yuqori parametrlarga chidamsizligidir. 100

gradus 
gacha xarorat va 0,6 MPa gacha bo‘lgan bosim. Shuning uchun bunday quvurlar 
suvning uncha katta bulmagan parametrlari uchun ishlatiladi. Masalan: issiq suv 
ta’minoti tizimlarida yoki kondensat yo‘naltiruvchi sifatida. Issiqlik 
tarmoqlarida ishlatiladigan armaturalar vazifasiga qarab, berkitadigan, 
boshqaradigan, ximoyalaydigan, drosselaydigan, kondensat yo‘naltiradigan, 
nazorat qiladigan va o‘lchaydigan armaturalarga bo‘linadi. Berkitadigan asosiy 
armatura, zadvijka va ventildir, zadvijkalar odatda suvli tizimlarda, ventil esa 
suv bug‘li tizimlarda ishlatiladi.
Ular po‘lat yoki cho‘yandan flanets va muftalar yordamida ulanadigan qilib 
tayyorlanadi. Berkituvchi armatura issiqlik tarmog‘ida barcha quvurlarga 
qo‘yiladi. Bundan tashqari sektsiyalovchi zadvijkalar ham qo‘yiladi. 
Issiq suv ta’minoti tizimi o‘z ichiga jihozlar va quvurlar tizimini o‘z 
ichiga olgan bo‘lib uning asosiy vazifasi hisobiy tugunda joylashgan suv 
iste’molchilarga isitilgan suvni kerakli temperaturada yetkazib berib 
tarqatishdan iboratdir.
Ba’zi kategoriya binolarida issiq suv ta’minoti bir vaqtning o‘zida 
vannaxona va xojatxonalarni isitish uchun ishlatiladi. Shuning uchun bu 
xonalarida sochiq quritgichlar ishlatiladi, ular isitish jixozlari vazifasini bajaradi. 


maxalliy suv isitish vositalari markazlashtirilgan issiq suv tizimi yo‘q bo‘lgan 
sababli qo‘llaniladi. Maxalliy suv isitish tizimlarini ijobiy tomonlariga 
quyidagilarni kiritish mumkin: issiqlik yo‘qotilishi, jixozlarni ta’minlanishini 
boshqa jixozlarga bog‘lanmay olib borish mumkinligi. 
Markazlashtirilgan issiq suv tayyorlash tugunlarni paydo bo‘lishi katta 
quvvatga ega bo‘lgan issiqlik manbalariga bog‘liqdir markazlashtirilgan issiq 
suv tayyorlash maskanlari iste’molchilariga yetarli miqdorida va yaxshi sifatida 
yetkazib berish bilan qulaydir, ammo ularga xizmat ko‘rsatish katta mablag‘ 
talab etadi, uzoq masofalarga suvni uzatish vaqtida issiqlik yo‘qolishi ko‘payadi. 
Vositachisi sifatida isitilgan suv ishtirok etadi. Ochiq issiqlik suv uzatish 
tarmoqlarning suvlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashtirgichlar orqali iste’mol 
qilinayotgan suv bilan birga qo‘shilib iste’mol qilinadi.
Yopiq issiqlik uzatish tarmoqlari iste’molchiga issiq suvni quvur yuzasi 
orqali isitish tutudi, bu vaqtda xajm ichidagi suv issiq quvurlar orqali isitish 
iste’molchilarga uzatiladi.[7.6] 

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish