O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


II. MEHNAT MUHOFAZASI VA XAVFSIZLIK TEXNIKASI...............53



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/23
Sana19.04.2022
Hajmi1,25 Mb.
#564098
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
kva-4 suv isitish qozonining issiqlik-texnik parametrlarini asoslash

II. MEHNAT MUHOFAZASI VA XAVFSIZLIK TEXNIKASI...............53 
III. ATROF –MUHIT MUHOFASI................................................................57 
XULOSA............................................................................................................61 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………...62 
 
 
 
 
 
 


KIRISH 
 
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti SH.M.Mirziyoyevning “Oliy ta’lim 
tizimini yanada rivojlantirish chora –tadbirlari to‘g‘risidagi” 2017 yil 20 aprel 
oyidagi 29/09 PQ qarori bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan 
harakatlar strategiyasiga muoffiq oliy ta’limni yanada rivojlantirish maqsadida 
48 ta oliy ta’lim muassasasida 180 ta o‘quv, ilmiy-laboratoriya binosi, sport 
inshoatlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmalari obektlarida qurilish, 
rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Shuningdek, 53 ta oliy ta’lim muassasasida 400 ta o‘quv laboratoriyasi 
bosqichma-bosqich eng zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari bilan 
jihojlanadi, 7 ta oliy ta’lim muassasasida o‘zaro hamkorlikda foydalanadigan 
ilmiy laboratoriyalar tashkil etiladi. 2021 yilgacha bosqichma-bosqich ravishda 
18 foizga oshirishni nazarda tutadigan bakalavriat va magistraturaga talabalar 
qabul qilishning umumiy ko‘rsatgichlarini oshirish nazarda tutilgan.
Maskur dasturda asosan 350 dan ortiq xorijlik yuqori malakali pedagog va 
olimlarning mamlakatimiz oliy yurtlariga o‘quv jarayoniga jalb etilishi ko‘zda 
tutilgan. Bundan tashqari kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish 
uchun yunaltirilgan molyaviy mablag‘lar 1.7 trillion so‘mdan ziyod bo‘lib, 
ulardan 1.2 trillion so‘mi o‘quv-labortoriya binolari, sport zallari va talabalar 
turarjoylarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashga, 500 milliard 
so‘mdan ortiq mablag‘ esa o‘quv-labortoriya uskunalari, mebel va inventar bilan 
bilan taminlash ko‘zda tutilgan. Bu ishlar albatta talabalarni bilim saviyasini 
oshirishda katta rol uynaydi.
O‘zbekiston Respublikasi energetikasi iqtisodiyotning tayanch asosiy
sektorlaridan biri bo‘lib, energiyaning har xil turlarini ishlab chiqarish, 
o‘zgartirish va uzatishni qamrab oladi va ko‘p darajada birlamchi energetik 
resurslarning yetkazib berilishiga bog‘liqdir. Biz mahsulot ishlab chiqarishga 
sanoati rivojlangan mamlakatlarga nisbatan o‘rtacha 3–5 marta ko‘p energiya va 
xomashyo sarflaymiz. Shu sababli ham yoqilg‘i–energetika resurslaridan 


foydalanish samaradorligini oshirish va O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini 
maqsadga yo‘naltirilgan energiya tejovchi rivojlanish yo‘liga o‘tkazish uchun 
sharoitlar yaratish juda dolzarb vazifadir. 
O‘zbekistonning zamonaviy rivojlanish bosqichida yoqilg‘i–energetika 
resurslaridan oqilona foydalanish juda muhim vazifalardan biri bo‘lib, umuman 
mamlakatning ham, jamiyatning ayrim a’zolarining ham farovonligi uning 
muvaffaqiyatli hal etilishiga bog‘liq. Bu vazifani hal etish yo‘llaridan biri – 
faqat energetika sohasidagina emas, balki xo‘jalik faoliyatining boshqa 
sohalarida ham mehnat qiluvchi, energiyadan foydalanish samaradorlarini 
oshirishni ta’minlashga qodir bo‘lgan kadrlarni tayyorlashdan iboratdir. 
Energetik – mutaxassislar faqat nazariy bilimlargagina emas, balki amaliy 
masalalarni hal etish malakalariga ham ega bo‘lishlari lozim. Bunday masalalar 
quyidagilardan iborat: texnologik qurilmalar, sexlar va korxonalarning energetik 
balanslarini tuzish; energiya tejamkorlik salohiyatini baholash; energetik 
tekshiruvlar doirasida o‘tkaziladigan energiya tejovchi tadbirlarni joriy etish 
samaradorligini hisoblash. 
O‘zbekistonda 300 neft va gaz konlari ma’lum. Ulardan neft 51 ta kondan, 
gaz 27 kondan, kondensat 17 ta kondan qazib olinadi. Zahiralari kattaligi 
bo‘yicha noyob konlar (Gazli, Sho‘rtan), yirik konlar, (Ko‘kdumaloq, Zevardi, 
Qandim, Dengizko‘l, Xauzak va boshqalar), o‘rtacha konlar (Garbi, Alon, Yurga 
va boshqalar) va, shuningdek, ko‘plab mayda konlar ochilgan. 
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda neft Buxoro–Xiva, Farg‘ona va 
Surxondaryo hududlarida qazib olinadi.Jami hisoblaganda Buxoro–Xiva 
hududiga O‘zbekistonda qazib olinadigan neftning 90 % dan ko‘prog‘i to‘g‘ri 
keladi. Buning katta qismi Ko‘kdumaloq gaz–kondensat koniga to‘g‘ri 
keladi.O‘zbekistonning bashoratlangan zahiralari ham o‘rtacha jahon meyorlari 
bo‘yiga juda kattadir – 14 mlrd. tonna shartli yoqilg‘i atrofida. Ochiq 
konlardagi qidirib topilgan uglevodorodlar miqdori 350 mln. tonnadan ko‘proq 
shartli yoqilg‘ini tashkil etadi. O‘zbekiston bag‘rida uglevodorodlarning 
tasdiqlangan zahiralari jahon meyorlari bo‘yicha o‘rtachadir: mamlakatimiz 594 


mln barrel neft va 1,9 trln. m
3
gazga ega. Chuqur burg‘ulashga tayyorlangan 
obektlar jumlasiga neft va gaz qazib olish uchun istiqbolli bo‘lgan va istiqbolli 
resurslari 1300 mln. tonna shartli yoqilg‘idan ko‘proq bo‘lgan 60 dan oshiq 
obekt kiradi. Neft va gaz jihatidan qiziqish uyg‘otadigan 100 dan ortiq obekt 
aniqlangan. 
Mutaxassislarning baholashlari bo‘yicha, O‘zbekistonda ko‘mirning 
bashoratlangan resursi 3 mlrd tonnani tashkil etadi (35–41). Sanoat zahiralari 1,9 
mlrd. tonnani tashkil etadi, shundan ko‘ng‘irko‘mir – 1853 mln. tonna, 
toshko‘mir 47 mln. tonna. Respublikamizda 2016 yili 4 mln. tonna ko‘mir qazib 
olingan. Hozirgi vaqtda ko‘mir uchta kon: Angren (Toshkent viloyati), Boysun 
va 
Sharg‘un (Surxondaryo viloyati) konlaridan qazib olinmoqda. 
Respublikamizda yana bir qator ko‘mir konlari qidirib topilgan, masalan, 
Qashqadaryo viloyatidagi sanoat zahirasi 50 mln tonna bo‘lgan Terakli koni. 
Angren qo‘ng‘irko‘mir konida “Angren” va “Apartak” razrezlarida ko‘mir ochiq 
usulda qazib olinadi. 2015 yili Respublikamizda ko‘mir qazib olish 2,5 mln. 
tonnani tashkil etdi. Biroq energetikada yoqilg‘i–energetika balansida 
ko‘mirning ulushini oshirishga yo‘naltirish 2021 ga kelib ko‘mir qazib olishni 
12 mln tonnaga yetkazishni talab qiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi 1900 mln. tonna qidirib topilgan ko‘mir 
zahiralariga, shu jumladan, 1853 mln. tonna qo‘ng‘ir ko‘mir zahiralariga, 47 
mln. tonna toshko‘mirga ega. Bashoratlangan resurslar 5760 mln. tonna, 
shundan toshko‘mir 571,8 mln tonnani tashkil qiladi. Qo‘ng‘ir ko‘mir zahiralari 
asosan Toshkent viloyatida – Angren konida to‘plangan. Surxondaryo viloyatida 
geologik zahiralargi 100 mln tonna bo‘lgan Sharg‘un koni joylashgan. 
Qashqadaryo viloyatida bashoratlangan zahiralari 50 mln. tonna bo‘lgan Terekli 
koni bor. Sharg‘un va Boysun konlarida toshko‘mirni qazib olish (geologik 
zahiralari mos ravishda 100 va 240 mln. tonna) shu nomli shaxtalardan ochiq 
usulda olib boriladi. Xususan, toshko‘mirdan respublikamizda motor yoqilg‘isi, 
kalsiy karbidi, aktivlashtirilgan ko‘mir va medikamentlar ishlab chiqarish uchun 
qo‘llaniladi. Bundan tashqari, Sharg‘un konining toshko‘miri qora va rangli 


metallurgiyada 
uglerodli 
qo‘shilmalar 
sifatida, 
va 
shuningdek 
“O‘zmetkombinat” da koks briketlari sifatida foydalaniladi, bu esa quyish ishlab 
chiqarish uchun koks importi hajmini pasaytirish ishlashni beradi. 
Istiqbolda yonuvchi slanetslardan foydalanish kutilmoqda. O‘zbekiston 
hududi solishtirma yonish issiqligi 1220 kkal/kg dan yuqori bo‘lgan yonuvchi 
slanetslarga ega. Qizilqum va Amudaryo yonuvchi slanets basseynlarining 
bashoratlanadigan resurslari 2 mlrd. tonnani, umumiy geologik zahiralari esa 47 
mlrd. tonnani tashkil etadi. Quyidagi BMIda 3-Trest-qozonxonaga o‘rnatilgan 
KVG-4.5 markali suv isitish qozonini texnik parametrlari va Viloyat Issiqlik 
Man’bai bosh idorasiga o‘rnatilgan KVa-4 markali suv isitish qozonini texnik 
parametrlari tahlil qilib chiqilgan. Aholini issiq suv va issiqlik bilan taminlash 
uchun asosan suv isitish qozonlari qullaniladi, suv isitish qozonlari gazda va 
mazutda ishlashga muljallangan buladi.

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish