O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


-rasm. Markazlashgan holda bug‘ bilan ta’minlash sxemasi



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/23
Sana19.04.2022
Hajmi1,25 Mb.
#564098
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
kva-4 suv isitish qozonining issiqlik-texnik parametrlarini asoslash

1.2-rasm. Markazlashgan holda bug‘ bilan ta’minlash sxemasi
 
1.3 –rasm. Markazlashgan holda issiq suv bilan ta’minlash sxemasi 
Issiqlik ta’minotining suv tizimilarida, suv isitgichlariga keladi va bunda 
suv isitiladi, issiqlik tarmog‘ida va issiqlikni istemol etayotgan tizimda 
sirkulyatsiyalanadi.
Issiqlik energetikasida suv isitkichlari sifatida issiqlik almashinuv yuzalari 
ishlatiladi. Yuzalar ketma-ket ulangan bir necha seksiyadan iborat bo‘ladi va xar 
biri kojuxli quvur ko‘rinishidagi issiqlik almashinuv apparati bo‘lib diametri 
kichik bo‘lgan quvur va kojux bilan jamlanadi. Seksiyali issiqlik almashinuv 
apparatlarda suv teng sarfli bo‘lganda issiqlik tashuvchiningquvurdagi tezligi 
xam teng bo‘ladi, natijada issiqlikni uzatish koeffitsiyenti ortadi. 


 Amalda seksion isitgichlar keng qo‘llaniladi. Ushbu isitgichlarning 
korpuslari po‘lat naychalardan bajarilgan, isitish yuzasi esa latunndan bajarilgan 
L-68 naychalaridan iborat. Naychalarning diametri 14 ÷ 16 mm ga teng. Quvurli 
panjaralar isitkichning korpusiga payvandlangan. Issiq suv ta’minoti uchun 
isitkichlar linzali kompensatorsiz qilib bajariladi. Bajarilgan tadqiqotlar 
ko‘rsatishiga, bunday isitkichlarni issiq suv ta’minoti uchun qo‘llashda isitilgan 
suv latun naychalar orqali, isitayetgani esa quvurlar aro o‘tadi va xarorati 150ºS 
dan ortmaydi. Bunday sharoitda qurilmaning korpusiga linzali kompensatorlarni 
o‘rnatish keraksiz, chunki naychalarning devorlari va korpusdagi kuchlanish 
ruxsat etilgan chegarasidan chiqib ketmaydi. Isitish tizimida qo‘llanadigan 
isitkichlarda suv naychalardan o‘tadi, isituvchi suv esa quvurlar aro fazodan 
uzatiladi. 
Suv- suvli isitkichlarda issiqlikni uzatish koeffitsiyenti yuqori bo‘lib, 
taxminan 1000 ÷ 1500 vt/m

ºS oraliqda bo‘ladi. Issiqlik uzatishni jadalligi 
naychalar dastasining bajarish sifatiga xamda chegaraviy qatlamning 
gidrodinamik rivojlanish xususiyatiga bog‘liq. 
Issiqlik bilan ta’minlash tizimlari xalq xo‘jaligini rivojlantirishning katta 
bir bo‘lagini tashkil etadi. Buni anglib yetish uchun xalq xo‘jaligida qazib 
olinadigan va ishlab chiqariladigan yoqilgining issiqlik ta’minotiga 25 foizi 
sarflanishini aytishning o‘zi kifoya qiladi. Xozirgi yoqilg‘i tanqis zamonda 
undan unumli foydalanish davlat miqyosidagi vazifalardan biri xisoblanadi.
Markaziy issiqlik bilan ta’minlash yirik tuman qozonxonalari tomonidan 
amalga oshiriladi. Yirik tuman qozonxonalarining foydali ish koeffitsiyenti 
mayda qozonlar FIK dan ancha yuqori. Issiqlik elektr markazlari yordamida 
issiqlik bilan ta’minlash tizimlari, issiqlik bilan ta’minlash tizimlarining oliy 
formasini tashkil etadi.
U yoqilg‘i sarflanishini 20 dan 25 foizgacha qisqartirish imkonini beradi. 
Bundan tashqari markaziy issiqlik bilan ta’minlash katta ijtimoiy axamiyatga, u 
ishlab chiqarish mehnat unumdorligini oshirib, odamlarning yashash sharoitini 
yaxshilaydi. Markaziy issiqlik bilan ta’minlash tizimlari mayda isitish 


tizimlarini yo‘qotish imkonini beradi. Chunki bunday mayda uskunalar atrof-
muxitni muxitni iflos chiqindilar bilan zaxarlaydi. Shunday qilib markaziy 
isitish tizimlari atrof-muxitni muxofaza qilishda xam katta rol o‘ynaydi. 
Markaziy issiqlik ta’minoti tizimlari quydagi asosiy elementlardan iborat: 
issiqlik manbai, issiqlik tarmoqlari va istemolchilar. Istemolchilarga isitish, 
ventilyatsiya va issiq suv bilan ta’minlash tizimlari kiradi. Markaziy issiqlik 
ta’minoti tizimlarida issiqlik manbai sifatida ikki turdagi issiqlik manbalari 
ishlatiladi: issiqlik elektr markazi va rayon qozonxonasi. Issiqlik elektr markazi 
bir vaqtning o‘zida xam elektr, xam issiqlik energiyasi ishlab chiqaradi.[4.3]
Bu o‘z vaqtida yoqilg‘ini tejash imkonini beradi. Issiqlik elektr markazida ishchi 
jism, birlamchi energiyasi turbina valini aylantirishga ya’ni, elektr energiyasini 
xosil qilishga ishlatiladi. Ma’lum miqdorda ishlagan bug‘ esa isitkichlardan o‘tib 
issiqlik bilan ta’minlash tizimiga o‘z isiqligini beradi. 
Issiq suv iste’molchilarga uzatuvchi issiqlik yo‘llari yordamida berilib, u 
o‘z issiqligini issiqlik almashtiruvchilar yordamida iste’molchilarga beradi va 
qaytish yo‘li orqali yana issiqlik manbaiga tushadi. Shu yo‘l bilan issiqlik 
tashuvchi iste’molchi va issiqlik manbai o‘rtasida aylanib yuradi. Issiqlik 
tashuvchining aylanishi esa issiqlik manbaiga tushadi. Shu yo‘l bilan issiqlik 
tashuvchi iste’molchi va issiqlik manbai o‘rtasida aylanib yuradi. Issiqlik 
tashuvchining aylanishi esa issiqlik manbaida joylashgan nasoslar yordamida 
amalga oshiriladi. 
Issiqlik uzatuvchilarni yer ostiga, yer ustiga, yer ostiga maxsus kanallar, 
tonnellarga qo‘yish mumkin. Issiqlik tashuvchi harakati davomida issiqlikni 
kam yo‘qotishni xisobga olib, issiqlik uzatuvchilar maxsus issiqlik 
o‘tkazmaydigan materiallar bilan o‘raladi.
Isitish tizimlarini gidravlik va issiqlik tomonidan boshqarish uchun maxsus 
pnevmatik qurilmalar ishlatiladi. Iste’molchilardan eng kup issiqlik talab 
qiluvchi tizim – bu istish tizimlaridir. Tashqi harorat o‘zgarishi bilan iste’mol 
qiluvchi issiqlik miqdori ham o‘zgarib turadi. Shuning uchun bu tizimlarda 
markaziy boshqaruv ya’ni issiqlik manbaidan turib boshqarish amalga 


oshirilgan. Shu bilan birga boshqarishning mustahkam bo‘lishini ta’minlash 
uchun issiqlik punktlarida ham avtomatik boshkaruvchilar o‘rnatiladi.
Issiq suv bilan ta’minlash tizimlari esa avtomatik ravishda 65
0
gradusli suv 
berash bilan ta’minlangan. Issiqlik punktlari markaziy va individual issiqlik 
punktlariga bo‘linadi. 
Markaziy issiqlik punktidan bir necha binoni issiqlik bilan ta’minlash 
amalga oshiriladi markaziy issiqlik punkti alohida, bir qavatli binoga 
joylashtiriladi. Issiqlik individual punkti esa binoning o‘ziga joylashtiriladi. 
Isitish sistemalarini loyixa qilish mobaynida ularni shakli tarmoqlarining 
ichki diametrlari, isitish asboblarining turlari, boshqaruv jixozlari, tashqi 
tarmoqlarning izolyatsiya qatlamlari o‘zgarishi mumkin. Issiqlik ta’minoti 
tizimining istemolchilariga quyidagilar kiradi: binoning issiqlik energiyasini 
iste’mol qiladigan sanitar-texnik tizimlari xar xil issiqlik iste’mol qiladigan 
texnologik qurilmalar (300-350
o
gradusgacha). 
Yil davomida issiqlik iste’mol qilishga qarab iste’molchilar ikki guruxga 
bo‘linadi: mavsumiy va yil davomida uzluksiz issiqlik istexmol qiliuvchi 
tizimlar. Birinchi guruxga istish, ventilyatsiya va xavoni konditsiyalash va 
normal xolatga solib turuvchi tizimlar kiradi. Ikkingchi guruxga esa issiq suv 
bilan ta’minlash tizimlari va ishlab chiqarish qurilmalarini issiqlik bilan 
ta’minlash kiradi. Issiqlik iste’mol qiluvchi binolar uch guruxga bo‘linadi: 
yashash binolari, jamoat binolari, ishlab chiqarish binolari va inshoatlari. 
Yashash binolarida isitish, ventilyatsiya va yil davomida issiq suv ta’minoti 
tizimlari uchun issiqliklar sarflanadi. Jamoat binolari uchun esa isitish va 
ventilyatsiya tizimlariga saralanadigan issiqliklar xarakterlidir. Ishlab chiqarash 
binolarida xamma turdagi issiqlik tizimlarga sarflanadigan issiqliklar miqdorini 
topish uchun yaqinlashtirib olingan usullardan foydalaniladi. Quyida bir soat 
davomida sarflanadigan issiqlik miqdorini isitish, ventilyatsiya va issiq suv bilan 
ta’minlash tizimlari uchun aniqlash formulalarini keltiramiz. Kvartal foydali 
yashash maydoni quyidagi formula yordamida aniqlanadi: 


Iste’molchilarga beriladigan issiq suv davlat tomonidan quyiladigan 
standart DAST 2874-82 "Ichimlik suvi”ga javob berishi kerak. Suv isitgichdan 
keyingi suvning issiqligi sanitar gigiyena normalariga asoslanadi. Yuqoriga 
chegara uchun 75
o
gradus belgilangan. Bu xarorat iste’molchilarning suvni 
ochib qo‘yib qolishliklari oldini olish uchun belgilangan. suvning haroratini suv 
isitgichdan keyin emas balki suv olish nuqtalarida belgilaydi: Issiqlik tarmog‘iga 
yopiq usul bilan ulangan markaziy issiq suv bilan ta’minlash tizimlari uchun 60 
gradusdan past bo‘lmasligi kerak. 
Agar 
iste’molchilarga ko‘rsatilgan yuqori chegaradagi suvning 
xaroratidan (75
0
gradus) oshiq bo‘lgan xaroratdagi suv kerak bo‘lsa (masalan 
jamoat ovkatlanish korxonalarida yog‘li idishlarni yuvish uchun), suvni 
qo‘shimcha, joyning o‘zida elektr yoki gaz pechkalari yordamida isitiladi. 
Qozonning markaziy quvurida (QMQ )da berilgan suv haroratining yuqori va 
quyi chegarasi suv– 10foizga soviydi, shuning uchun suv isitgichdan keyin 
belgilangan suvning harorati quyidagicha bo‘lishi kerak: 
Berk tizimlarda: t berk = 50+10=60 gadus 
Ochiq tizimlarda: t ochiq = 60+5=65 gradus
 
-yashash fondining zichligi kvartalining o‘rtacha qavatlariga qarab QMQ dan 
olinadi; 
Bir kishi uchun berilgan yashash maydoni 9m

ga teng deb olib, kvartaldagi 
yashovchilar sonini aniqlanadi: 

Bir soatlik issiqlik sarflarini aniqlash isitishga, ventilyatsiya va issiq suv 


bilan ta’minlashga sarflanadigan issiqliklar miqdorini kattalashtirilgan 
ko‘rsatkich orqali quyidagi formulalar yordamida aniqlanadi: 
a) yashash binolarini isitish uchun sarflanadigan issiqlik
(
1.6) 
Bu yerda:q- yashash binolarini isitish uchun bir soat davomida sarflanadigan 
issiqlikning hisoblangan kattalashtirilgan ko‘rsatkichi; 
F-kvartalning yashash maydoni. 


Bu yerda: β=0,8- issiq suvning yozda kamroq ishlatilishini hisobga oluvchi 
koeffitsent. t
sv
–yozgi mavsumda olingan suvning xarorati,t
ca
– qishki mavsumda 
olingan cuvning harorati. Oddiy ko‘rinishda issiq suv ta’minoti tizimlari: suv 
isitgichdan va issiq suv tashuvchi quvurlardan, suv olish nuqtasidan iboratdir. 
Hozirgi vaqtda markazlashtirilgan issiq suv ta’minoti tizimlarida bir joydan turib 
bitta bino, ko‘pgina hollarda esa bir nechta bino yoki kvartal, mikrorayon yoki 
posyolkalar issiq suv bilan ta’minlanadi.[7.8]
Issiq suv ta’minoti tizimlarida 
quvurning tez yemirilishini oldini olish uchun sirlangan quvurlar ishlatiladi. 
Quvurning DASTi 3262-75 va DAST 8734-75. Quvurning diametri 150 mm dan 
oshganda esa sirlanmagan quvurni qo‘llash ruxsat etiladi. Quvurlar bir biriga 
rezbalar yordamida yoki payvandlab ulanadi. Quvurlar issiqlikdan uzayishi 
natijasida yuz bergan reaksiya kuchini o‘z ichiga oluvchi maxsus 
kompenmatorlar va tabiiy burilishlar ishlatiladi.
Berkitadigan armaturani bo‘luvchi quvurlarga, alohida binolarga bo‘linish 
joyiga, aloxida xonadonlarga bo‘linish joyiga, alohida ustunlarga bo‘linish 
joyilariga qo‘yiladi. Ta’mirlash ishlarini bajarish maqsadida alohida 
ustunlarning yuqori nuqtasiga va pastiga berkituvchi armatura va tiqinli uchlik 
qo‘yiladi. Tarqatuvchi quvurlarning qiyaligi 0.002 dan kichik bulmasligi kerak.
Sarflangan issiqlik suvning miqdorini aniqlash uchun suv o‘lchagichlar 
o‘rnatiladi. Berk tizimlarda suv isitgichdan oldin sovuq suv tarmog‘iga quyiladi. 
Ochiq tizimlarda issiq suv ta’minoti suv aralashtirgichdan keyin qo‘yiladi. 

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish