1.1-rasm. Markazlashgan issiqlik ta’minotining prinsipial sxemasi.
1-issiqlik elektr markazi yoki tuman qozonxonasi,
2- isitish va ventilyatsiya tizimi,
3- tashqi issiqlikni uzatuvchi quvurlar.
Hozirgi vaqtda Qarshi shahri Markazlashgan Issiqlik ta’minoti tizimiga ega
bo‘lib, 4 ta rayon qozonxonalari orqali issiqlik beriladi.
1- RK-1 – Markaziy qozonxona (1-mikrorayonda joylashgan)
2-RK-2 – Markaziy qozonxonasi (Paxtazor mikrorayoni u/n)
3-RK-3 – Markaziy qozonxonasi (Kat mahallasida joylashgan)
4-RK-4 – “Sho‘rtan” qozonxonasi (7-mikrorayonda joylashgan)
Qarshi shahrining issiqlik ta’minoti tizimi ish jarayonini tahlil qilinganda, bir
qancha muammolar yuzaga kelganligini aniqlash mumkin. Norma bo‘yicha
isitish tizimida qozondan chiqadigan suvning harorati +150
0
S dan kam
bo‘lmasligi kerak. Iste’molchidan qaytgan suvning harorati esa +70
0
S bo‘lishi
talab qilinadi.
Issiqlik man’basi turiga ko‘ra markaziy issiqlik ta’minoti tizimlari
qo‘yidagilarga ajraladi :
a) tuman issiqlik ta’minoti tizimi.
b) teplofikatsiya tizimi.(markazlashgan issiqlik ta’minoti)
Tuman issiqlik ta’minoti tizimi qozonxonadan issiqlik bilan ta’minlansa,
teplofikatsiya tizimi-issiqlik elektr markazidan oziqlanadi.
Issiqlik tashuvchisiga issiqlik energiyasi tuman qozonxonasida yoki issiqlik
elektr markazida beriladi va bosim ostida yoki uz energiyasi xisobiga suv bug‘i
quvurlar orqali sanoat korxonalar, ma’muriy va aholii turar joy binolarning
isitish va ventilyatsiya tizimiga keladi. Isitish uskunalar bino ichida bo‘lib,
issiqlik tashuvchisi issiqlikni berib qaytish quvurlari orqali issiqlik manbasiga
qaytariladi.
Teplofikatsiya tizimida ham elektr, xam issiqlik energiyasi ishlab
chikiladi. Tuman issiqlik ta’minoti tizimi va teplofikatsiya tizimlari uxshash
elementlardan tashkil topadi.
Bulardan transport,isitish tizimi va boshkalar. Shuni ta’kidlash kerakki
teplofikatsiya tizimi iqtisodiy jixatdan tejamli va texnik jixatdan mukammaldir.
Issiqlik ta’minoti tizimi issiqlik tashuvchisi turiga ko‘ra: suv va bug‘larga
ajraladi.Suv issiqlik tashuvchisi sifatida axoli va ma’muriy binolarda issiqlik
bilan ta’minlaydi.Bug‘ esa issiqlik tashuvchisi sifatida sanoat korxonalari
issiqlik ta’minoti tizimida xamda kuch va texnologik jarayonlarni ta’minlash
maksadida qullanadi.
Lekin, oxirgi paytda issiqlik ta’minoti tizimida issiqlik tashuvchisi sifatida
suv turli parametrlarida ishlatiladi, ya’ni turli xaroratgacha isitilgan suv
texnologik jarayonlarda qullanadi.
Issiqlik tashuvchini bir turda ishlatilishi kapital sarflarini kamayishiga
xamda issiqlik ta’minoti tizimini sifatli ekspluatatsiya kilinishiga sababchi
buladi.[3.2]
Markaziy issiqlik ta’minoti tizimida qullanadigan issiqlik tashuvchilariga
qator sanitar- gigiyenik, texnik-iqtisodiy va ekspluatatsion talablar qo‘yiladi.
Asosiy sanitar-gigiyenik talabi issiqlik tashuvchisi xonaning mikroiqlim
haroitini yomonlashishi va odamlar xolatiga salbiy ta’sir kursatmasligi kerak.
Issiqlik tashuvchisi yuqori xaroratga ega bulmasligi kerak ,chunki bu
tabiiy changning uchishi va parchalanishiga olib kelib, odam organizmini
zaiflashtiriladi.
Isitish uskunalar yuzasidagi xarorat 95
o
S dan 105
o
S gacha axoli turar
joy va ma’muriy binolarda xamda 150
o
S sanoat korxonalari binolarida ortib
ketmasligi kerak.
Issiqlik tashuvchisiga qo‘yiladigan texnik-iqtisodiy talab issiqlik
tashuvchisi uzatilayotgan issiqlik tarmog‘i narxi iloji boricha arzon, isitish
uskunalar massasi kichik va xonalarni isitishga zarur bulgan yokilgi sarfi kam
bo‘lishi kerak.
Ekspluatatsion talablari issiqlik tashuvchisi sifatlari issiqlik ta’minoti
tizimining issiqlik berishini markazlashgan ravishda rostlash bilan belgilanadi.
Issiqlik yuklamani ravon rostlash usuli yilning turli faslida tashqi xavoni
xaroratini o‘zgarishiga ko‘ra zaruriy buladi.
Issiqlik tashuvchining ekspluatatsion kursatkichi isitish-ventilyatsion
tizimining xizmat qilish muddati bilan aniklanadi.
Bu borada issiqlik tashuvchilar uchun ijobiy sifatlari: nisbatan kichik xarorati va
shunga ko‘ra isitish uskunalarining yuzalaridagi kichik xarorat suvni uzok
masofaga xaroratini sezilarli uzgartirmasdan uzatish; issiqlik ta’minoti tizimini
issiqlik uzatishini markazlashgan ravishda rostlash imkoni; suvli isitish
ventilyatsiya va issiqlik suv ta’minoti tizimlarini sodda montaji; isitish va
ventilyatsiyani uzok muddatda xizmat qilishi.
Bug‘ning ijobiy sifatlari: bug‘ni nafaqat issiqlikni iste’molchilarini, balki
kuch va texnalogik jarayonlar uchun ta’minlashga; bug‘ isitish tizimlarni tez
isitish va tez sovitish xonani davriy isitish kerak bulganda; kichik bosimli bug‘
(isitish tizimi va issiq suv ta’minotida) kichik xajmli massaga ega (taxminan
1650 marotaba suvning xajmiy massasidan kichik), bunday xolat bug‘ isitish
tizimlarida gidrostatik bosimni xisobga olmaslikka imkon beradi va bug‘ni
issiqlik tashuvchisi sifatida ko‘pqavatli binolarida qo‘llash uchun ishlatilishi
mumkin; bug‘ issiqlik ta’minoti tizimida joyning xar qaysi relefida qullanishi
mumkin; isitish uskunalarning yuzasini va quvurlarning diametri kichik bulgani
uchun bug‘ tizimlarni arzonligi; dastlabki rostlashni soddaligi; bug‘ni
transportirovka qilishda elektr energiyani sarfini yo‘qligi.
Bug‘ning kamchiliklariga qo‘yidagilar kiradi: bug‘ning xarorati katta
bulgani uchun issiqlikni ko‘prok yo‘qotilishi; bug‘ isitish tizimini suv isitish
tizimiga ko‘ra ekspluatatsiya qilish muddati ancha kichik, chunki kondensat
quvurlarning ichki yuzasining korroziyasi intensivrok.
Bulardan transport,isitish tizimi va boshkalar. Shuni ta’kidlash kerakki
teplofikatsiya tizimi iqtisodiy jixatdan tejamli va texnik jixatdan mukammaldir.
Issiqlik ta’minoti tizimi issiqlik tashuvchisi turiga ko‘ra: suv va bug‘larga
ajraladi.Suv issiqlik tashuvchisi sifatida axoli va ma’muriy binolarda issiqlik
bilan ta’minlaydi.Bug‘ esa issiqlik tashuvchisi sifatida sanoat korxonalari
issiqlik ta’minoti tizimida xamda kuch va texnologik jarayonlarni ta’minlash
maksadida qullanadi.
Kurilish qoida va normalariga ko‘ra bug‘ isitish tizimlari hammom, kir
yuvish kombinatlari, kinoteatrlar, savdo binolari, sanoat korxonalari va sexlarda
qo‘llaniladi. Axolii turar joylarda bug‘ isitish tizimini qo‘llash ta’qiqlanadi.
Binolarning xavo isitish va ventilyatsiya tizimida xavo bug‘ bilan isitish ruxsat
etiladi.
Issiq suv isitish tizimida bug‘ sovuq suvni isitish uchun ishlatish ruxsat
etiladi.
Issiqlik tashuvchining parametri sifatida xarorat va bosim belgilangan.
Bosim o‘rniga ba’zida napor tushunchasi qullaniladi. Siquv va bosim qo‘yidagi
tenglama bilan boglik:
)
/(
g
Р
Н
(1.1)
bunda: N- siquv [ m ]; R- bosim [ Pa ];
-issiqlik tashuvchisining zichligi
; g-erkin tushish tezlanishi
.
Suvning issiqlik imkoniyati:
)
(
2
1
t
t
Gc
Q
(1.2)
bunda: G- isitish ta’minoti tizimi orqli o‘tayetgan suv miqdori [ kg/s ];
s-suvning solishtirma issiqlik sig‘imi (
С
кг
кдж
С
о
/
19
,
4
);
1
t
issiqlik ta’minoti tizimigacha bo‘lgan suv xarorati [ ºS ];
2
t
issiqlik ta’minoti tizimidan keyin bo‘lgan suv xarorati [ ºS ].
xaroratlarni issiqlik manbasidan keyin qo‘yidagicha olinadi:
a) axoli turar joy va ma’muriy binolarida.
0
2
0
0
1
70
),
105
(
95
C
t
C
C
t
(1.3)
b) bolalar bog‘chasi va shifoxonalardagi isitish tizimlarida.
0
2
0
1
70
,
85
C
t
C
t
(1.4)
v) qozonxona yoki issiqlik elektr markazlaridan oziqlanadigan markaziy issiqlik
ta’minoti tizimida, xamda sanoat korxonalarning binolarining isitish tizimida.
0
2
0
1
70
,
150
C
t
C
t
(1.5)
Do'stlaringiz bilan baham: |