O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/23
Sana19.04.2022
Hajmi1,25 Mb.
#564098
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
kva-4 suv isitish qozonining issiqlik-texnik parametrlarini asoslash

 
 
 
 
 
 
 
 
 


2-BOB. KVA-4,0 QOZONI VA KVG-4.5 QOZONINI TEXNIK 
PARAMETRLARINI TAQQOSLASH. 
2.2-bob. KVa-4 rusumli suv isitish qozonini ish rejimini urganish. 

Issiqlik ta’minoti tizimi yashash binolarida isitish va issiq suv ta’minoti 


tizimlarini o‘z ichiga oladi. Binolarni issiqlik ta’minoti qish mavsumida juda 
katta miqdorda energiya iste’mol qiladi.
Hozirgi vaqtda isitish va issiq suv ta’minotida an’anaviy issiqlik ta’minoti 
tizimi qo‘llanilmoqda.
 
Hozirgi vaqtda «ISTAL» ICHK sanoatda ishlatiladigan isitish tizimlari 
sohasida fan yutuqlarini o‘zida mujassamlantirgan va raqobatbardosh mahsulot 
loyihasini tayyorlash va ishlab chiqarish hamda ularni joriy qilish bo‘yicha 
injiniring va konsalting xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan 
korxona bo‘lib hisoblanadi. Korxona yopiq sikl majmuasi doirasida ishlaydi: 
«fan-loyihalash-ishlab chiqarish va zaruriyatga qarab qo‘shimcha ravishda 
yig‘ish-sozlash-texnik xizmat ko‘rsatish».
Mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqish "ixtisoslashtirilgan loyiha-
konstruktorlik va texnologik byuro” (ILKTB) xodimlari tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Mahsulotni ishlab chiqarish quyidagi bo‘linmalarda amalga oshiriladi: 
qozon-boyler uchastkasi, yoqilg‘ini yoqish jihozi va mexanik ishlov berish 
uchastkasi, nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika uchastkasi, mexanika sexi, 
shuningdek Angren shahrida «Angrengazmash» MCHJ. 
1992 yilda «ISTAL» ICHK o‘z ishlanmalari negizida turli ko‘rinishdagi 
yoqilg‘ilarni yoqish uchun mo‘ljallangan bir tipdagi o‘lchamli, qator avtomatik 
yoqqichlarlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. 
1998 yilda qozonlarning loyihasini tayyorlash hamda ularni ishlab chiqarish 
va yig‘ish sohasida to‘plangan tajribaga asosan turli quvvatdagi suv isitish 
qozonlarini ishlab chiqarish jarayoni boshlandi. 2000 yilda barcha kerakli 
jihozlar bilan butlangan avtomatlashtirilgan blokli transportbop qozonxonalar 
(KBTa) va konteynerli qozonxonalarni ishlab chiqarish boshlangan edi.


Ular ekspluatatsiya joyiga o‘rnatilishi va tez ishga tushirilishi mumkin. 
Qozonxonalarning asosini «ISTAL» ICHKda to‘la-to‘kis ishlab chiqarilgan 
blokli avtomatlashtirilgan yoqqichlarlar bilan butlangan, po‘latdan tayyorlangan 
suvi sitish qozonlari tashkil etadi. 
2003 yilda texnologiya va xo‘jalik ehtiyojlari uchun, sanoat va qishloq 
xo‘jaligida keng ishlatiladigan avtomatlashtirilgan bug‘li qozonlar (KPa)ni 
ishlab chiqarilishi o‘zlashtirilgan edi. 
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotni yuqori darajada nazorat qilish va 
sifatini ta’minlash uchun «ISTAL» IICHKda sinov laboratoriyasi, texnik nazorat 
va metrologiya xizmatlari, standartlash, sertifikatsiyalash, mahsulot sifatini 
boshqarish bo‘limi bor, shuningdek korxona xodimlarining bilimini tekshirish 
va ularni attestatsiya qilish bo‘yicha doimiy komissiya faoliyat olib boradi.
Har bir mahsulot majburiy nazorat qilish hamda qabul qilib olish va 
topshirish sinovidan o‘tadi va faqat sinov natijalari ijobiy bo‘lgandan keyin 
foydalanishga yaroqli deb topiladi. «ISTAL» ICHK muhandis-texnik xodimlari 
va brigadalarining katta tajribasi va yuqori malakasi asosiy va yordamchi 
issiqlik energetikasi jihozini sifatli va qisqa muddatlarda yig‘ish va tuzatish 
imkonini beradi. 
Qozonxonalar binolari, inshootlari va jihozlar montaji "ISTAL" ICHKsi 
qozonxonalarni barcha jihozlarining (bug‘li, suv isitish qozonlari),qozonxonalar 
binolari va inshootlarida montaj ishlarini olib boradi: 
-teplomexanik jihozlar; 
-gaz jihozlari; 
-qozonxonalarga suv tayyorlash tizimi jihozlari; 
-elektromexanik jihozlar; 
-KIP va avtomatika tizimi uskunalari va jihozlari; 
-yong‘in va qorovullik signalizatsiyalari tizimi uskunalari va jihozlari; 
-isitish, ventilyatsiya, suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimi jihozlari; 
-metal tutun trubalari; 
-qozonxonalarning yoqilg‘i xo‘jaligi; 


-qozonxonalarning binosi va inshooti montaji: 
Montaj, kelishilgan loyiha hujjatlari muvofiqligi,amaldagi texnik shartlar, 
standartlar, quruvchilik meyorlari va qoidalari, ishlarni amalga oshirish va qabul 
qilish 
qoidalari, 
attestatsiyadan 
o‘tgan mutaxassislarning zamonaviy 
texnologiya, asbob-uskunalar va materiallardan foydalangan holida olib
boriladi. Statsionar qozonxonalar binosi va inshootlari va jihozlar montaji,
buyurtmachining maydonchasida olib boriladi. 
Asosiy jihoz va uskunalar montaji modullarda, blokli modulli 
qozonxonalarda, shaxsiy ishlab chiqarish maydonchalarida amalga oshiriladi va 
keyngi montaj ishlari modullar va qozonxonalarning alohida inshootida(tutun 
trubalari, deaerotor maydonchalari va boshqalar) o‘rnatilayotgan joyda olib 
boriladi. 
Montaj ishlari jadvali va muddati buyurtmachi bilan kelishilgan holda olib 
boriladi. 
Ishga tushirish va sozlash ishlari
 
i
shga tushirish va sozlash 
ishlari (ITSI) va taritibli sozlash sinovlari. Ishga tushirish va sozlash ishlari bu 
yig‘ilgan jihozni ishga tushirish tadbirlari majmuasidir. 
Taritbli sozlash sinovlari bu jihozni loyiha rejimiga moslashtirish hamda 
mazkur jihozni tejamkorlik bilan ishlashiga yo‘naltirilgan tadbirlar majmuasidir. 
Ishga tushirish va sozlash ishlari texnologik jihozni sozlash va avtomatizatsiya 
vositalari ishlariga bo‘linadi. 
Ishga tushirish va sozlash ishlari va taritbli sozlash sinovlari buyurtmachi 
tasdiqlagan ishga tushirish va sozlash ishlari va taritbli sozlash sinovlari 
dasturi asosida amalga oshiriladi, hamda o‘tkaziladigan ishlar muddati va 
asosiy texnologik jihozni kerakli rejimiga moslashtirish belgilanadi. 
Shuningdek taritbli sozlash sinovlari sinov o‘tkazish usulini reglament 
qiladi va ko‘rikdan o‘tkazish, foydalanadigan o‘lchov vositalari va boshqalarni 
belgilaydi. Ishga tushirish va sozlash ishlari va taritbli sozlash sinovlarini 
o‘tkazish natijalari hisobotida barcha olingan ma’lumotlar hamda xavfsizlik 
avtomatikasini sozlash xaritasi ko‘rsatiladi. 


“ISTAL” ICHK mutaxassislari montaj, ishga tushirish va sozlash ishlari 
va qozonxona uskunalarini ishga tushirishda amaldagi meyorlar, jihoz ishlab 
chiqaruvchilar 
tavsiyalari, 
standartlar 
va 
muolajalarga 
qattiq 
amal 
qiladilar. Montaj, ishga tushirish va sozlash ishlari tugatilgach, ijro hujjatlari 
to‘plami taqdim etiladi. 
Qozonxonalar, yoqqichlar qurilmalari va qozonxonalarning jihozlarini 
loyihalash va tayyorlash bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan «ISTAL» 
ICHK maxsus ishlab chiqilgan, bir tipdagi o‘lchamli qator KBTa seriyali 
avtomatlashtirilgan blokli transportbop qozonxonalarni (keyingi matnda 
«qozonxona» deb ataladi) taqdim etadi. 
Barcha zarur uskunalar bilan butlangan qozonxonalar ekspluatatsiya joyiga 
o‘rnatilishi va tez ishga tushirilishi bilan ajralib turadi. 
Mustahkam po‘lat asosli ramaga o‘rnatilgan qozonxonalar bir joydan ikkinchi 
joyga avtomobil va temir yo‘l transportida bexatar tashishga imkoniyat beradi. 
Qozonxonaning asosini gazli yoki gazli suyuq yoqilg‘ili yoqqichlarlar bilan 
jihozlangan, po‘latdan tayyorlangan suv isitish qozonlari tashkil etadi. Turli 
tipdagi yoqilg‘ilarni yoqishga mo‘ljallangan yoqilg‘i tizimlari kerakli jihoz, 
boshqaruv va himoya qilish asboblari bilan butlanadi. O‘zini o‘zi ushlab 
turuvchi va tarang tortish moslamalari bilan ushlab turiladigan tutun trubasi 
yig‘ilgan ko‘rinishda, alohida seksiyalar bilan yetkazib beriladi. U qozonxona 
ramasining uzunroq bo‘lgan platformasiga yoki alohida turgan fundamentga 
o‘rnatiladi.[8.10] . Blokli qozonxona ichida suv tayyorlaydigan tizim, tarmoq 
sirkulyatsiya nasoslari, sovuq suvni ta’minlaydigan nasoslar, issiq suvni 
ta’minlaydigan (IST) sirkulyatsiya nasoslari, yoqilg‘i nasos qurilmalari 
(qozonxonani suyuq yoqilg‘ida ishlashi uchun), elektr uskunalari, NO‘A va A 
(boshqarish shitlari va pultlari, kiritish taqsimlash qurilmalari), shuningdek 
boshqa kerakli yordamchi jihozlar joylashadi. 



Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish