O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti



Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/181
Sana11.03.2022
Hajmi4,12 Mb.
#489193
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   181
Bog'liq
Мажмуа Ozbek tili 2021doc

O‘zbek udumlari 


52 
O‘zbeklar qadimdan to‘y turlariga boy xalq. Sunnat to‘yi, nikoh to‘yi, askar to‘yi, uy 
to‘yi, muchal to‘yi, ellik va undan ortiq yoshlarni nishonlash to‘ylari…
Urf-odat ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan bo‘lib, u kishilarturmushiga singib ketadi, 
bu ko‘proq oilaviy munosabatlarda sodir bo‘ladi. Masalan, o‘zbek xalqiga xos urf-
odatlarga salomlashish qoidalari, kelin-qizlarning ertalab hovlilarni supurib, suv sepishi;
mehmonlarga alohida hurmat ko‘rsatish, bayram arafalarida bemor, yolg‘iz, muhtoj
keksalardan, qiynalganlardan xabar olish, hashar kabi udumlar kiradi.
Yaxshi niyat – yarim davlat, deydi xalqimiz. Tilak bildirish, yaxshi niyat, duo-yu 
olqishlar – bu ham o‘zbek xalqining eng qadimiy udumlaridan biridir. Inson hayotining barcha 
fasllarida, turli yoshlarda, turli munosabatlar bilan, turmushning barcha chorrahalarida bir-
biriga tilak bildiradi, yaxshi niyat qiladi.
Bola tug‘ilganda, - “Farzand, zurriyot muborak bo‘lsin deya umri-yu rizqi, ota-onasi, 
boboyu buvisi bilan bergan bo‘lsin”,-deyiladi. Bu ixcham tilakning mazmunida katta hikmat 
bor. Bola tug‘ilibdimi, avvalo, uning umri uzun bo‘lsin, rizqi nasibasi mo‘l bo‘lsin, ota-onasi 
tarbiya berib, oq yuvib, oq tarab voyaga yetkazar ekan, farzandining huzur-halovatini,
rohatini, iqbolini ko‘rishsin, xalqning og‘irini yengil qiladigan shaxs bo‘lib yetishsin kabi
ko‘pga va uzoqqa mo‘ljallangan tilaklar birgina shu ibora hikmatda o‘z jamuljamini topgan.
Mo‘ysafidlar, ota-onalar farzandlarining duoyi jonini qilisharkan, “oy borib, omon 
qaytgin”, deya kaftlarini yuzlariga surtib, fotiha tortishadi. “Omad yor bo‘lsin, olgin-u 
oldirmagin, to‘rt muchang sog‘ bo‘lsin, xudo o‘z panohida asrasin, chor-yorlar madadkor 
bo‘lsin” tilaklari ham shu holatlarda qo‘llanilishi mumkin.
Milliy urf-odatlar va an’analar 
Biz qadimda ajdodlarimiz ham bizlarning yoshimizda turli-tuman bayramlar,
marosimlar o‘tkazganliklarini yaxshi bilamiz. Albatta, bu bayramlar mavsum va
marosimlar bilan bog‘liq bo‘lgan. Ma’lumki, bahor uyg‘onish fasli, tabiatning
yangilanishi, gul-chechaklarning dunyo yuzini qayta ko‘rishi davri. Qadimda bolalar
avvalo boychechak, so‘ng binafsha, qoqigul, tolbargak ochilib, yaproq yozishini bayram 
qilishgan. Hovli to‘yida qishloqdoshlarning, qarindosh-urug‘larning katta hashari bilan
qurilgan yangi imoratga ko‘chib kirilgach, xudoyidan keyin maxsus to‘y qilingan. Bu to‘y ham 
ko‘proq kuz yo qishda o‘tkazilgan. Hovli to‘yi munosabati bilan yanada shinam, ko‘rkam,
orasta, xonakilashgan. Hovli to‘yidan keyingina yangi imorat o‘zlashtirilgan, unda
yashashga o‘rganilgan, kirishilgan. Bu to‘y ham nikoh to‘yidek oila uchun eng baxtiyor,
tantanavor marosimdir. Boshpana, imorat hovlilik yosh oila endi oyoqqa turib olgan.
Barqaror, qabila, qishloq, elatning kori xayriga yaraydigan mustahkam qo‘rg‘on sanalgan.
Hayitlar qadimiy diniy bayram bo‘lib, ularning tarkibiga kirgan ko‘pgina
marosimlar islomdan oldin ham xalq taomilida bo‘lgan. Islom ularni omuxtalab, o‘z
qonunlarini qo‘shib, hayit-bayramlarining umrini uzaytirgan. Hayitning ikki xili mavjud
bo‘lib, xalqimiz bu bayramlarga azaldan amal qilib keladi. Birinchisi - Qurbon hayiti, Katta 
hayit deb ataladi. Uning oldidan ikki kun qolganda, arafa kunlari nishonlanadi. Yolg‘on 
arafa, bir kun qolganda chin arafa, uchinchi kuni esa Hayit bayram qilinadi.
Ertalabgi osh marosimi to‘y (sunnat to‘yi yoki nikoh to‘yi) va aza ma’rakasida 
o‘tkaziladi. To‘yni o‘tkazuvchilar ertalabgi oshning kuni va vaqtini avvaldan mahalla
bilan kelishgan holda belgilaydilar.Shu kunga qarindoshlar, qo‘shnilar va tanishlariga 
taklifnomalar yuboriladi. Bir kun oldin kechqurun «sabzi to‘g‘rash» marosimi o‘tkaziladi,
unga odatda qo‘shnilar va yaqin qarindoshlar keladilar. Sabzi to‘g‘rab bo‘linganidan


53 
keyin barcha ishtirokchilar dasturxonga taklif etiladi. Ovqatlanish paytida oqsoqollar
kelganlar o‘rtasida ishlarni taqsimlaydilar. Ertalabgi osh bomdod namozining tugashi
paytigacha tayyor bo‘lishi lozim, chunki namozdan chiqqan kishilar birinchi mehmonlar 
bo‘ladilar.
Nikoh marosimi an’anaviy tarzda o‘zbeklarning hayotida nihoyatda muhim
ahamiyatga ega bo‘ladi va tantanali nishonlanadi. Umumiy xususiyatlari bo‘la turib, u
turli viloyatlarda o‘zgacha tusda bayram qilinadi. Nikoh marosimining asosiy payti 
kelinning ota-onasining uyidan kuyovning uyiga o‘tishi paytidir. To‘y kuni kuyovnikida to‘y 
oshi (palov) tayyorlanadi va kelinnikiga yuboriladi, u yerda dasturxonga tortiladi. Xuddi 
shunday osh kuyovning uyida ham o‘tkaziladi. To‘y kuni masjidning imomi ikki yoshga 
«Xutbayi nikoh» ni o‘qiydi va yoshlarga er va xotinning huquqlari va majburiyatlarini 
tushuntiradi.
Ma’naviy qadriyatlar va milliy o‘zlikni anglashning tiklanishi. Biron-bir jamiyat 
imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda 
mustahkamlamay turib o‘z istiqbolini tasavvur eta olmaydi. Xalqning madaniy
qadriyatlari, ma’naviy merosi ming yillar davomida Sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat 
manbai bo‘lib xizmat qilgan.

Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish