54
O‘zbekiston Respublikasining asosiy milliy bayrami - Mustaqillik kunidir. Ushbu
bayram 1-sentabr kuni marosimli va rang-barang shaklda nishonlanadi. Ushbu milliy
bayram do‘stlik, xayriya va har tomonlama hurmatga tayangan O‘zbek xalqining barcha
orzularini namoyon etadigan bayramdir.
O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan turli millatlar vakillari millatiga, diniga va kelib
chiqqan irqiga qaramasdan O‘zbekistonning barcha hududlarida faol nishonlaydilar. San'at
vakillari shaharning istirohat bog‘larida va maydonlarda turli shoularni namoyish etadilar.
Kopgina xorijiy mehmonlar va turistlar esda qoladiganana’naviy namoyishlarda ishtirok
etadilar.
Vazifa:
“Turli millatlarning urf-odatlari” mavzusida esse yozib kelish.
Topshiriq.
1. Siz yashab turgan hududda qanday udumlar saqlangan? Shu haqda dialog tuzing.
2. Sizga ko‘proq qaysi udumimiz yoqadi va nima uchun?
3. Siz yashab turgan hududda milliy bayramlar qanday nishonlanadi?
GRAMMATIKA: O‘ZBEK TILIDA SO‘Z YASASH USULLARI
Reja:
1. So‘z yasalishi haqida ma’lumot.
2. Morfologik usul haqida ma’lumot.
3. Sintaktik usul haqida ma’lumot.
O‘zbеk tilida so‘zlar ikki xil usul bilan yasaladi:
1.
Morfologik usul 2. Sintaktik usul
Morfologik usulda so‘zlar o‘zakka so‘z yasovchi affikslar qo‘shish orqali yasaladi. Masalan:
ish + chi – ishchi (ot)
gul + la – gulla (fе’l)
kuch + li – kuchli (sifat)
mard + ona – mardona (ravish)
Bunday so‘zlar sodda yasama so‘zlar dеyiladi. O‘zbеk tili so‘z yasovchi affikslarga juda boy.
So‘z yasovchi affikslar odatda o‘zakdan kеyin qo‘shilib so‘z nеgizini hosil qiladi va ko‘pincha
bir o‘zakdan bir nеcha so‘zlar yasaladi. Bunday so‘zlar o‘zakdoshso‘zlar dеyiladi. Masalan:
ishchi (ot), ishsiz (sifat), ishla (fе’l)
Ushbu so‘zlarning o‘zagi
-ish, -chi, -siz, -la
affikslari so‘z yasovchi affikslardir. Sintaktik
usulda birdan ortiq o‘zaklar qo‘shilib, yangi so‘z yasaladi. Masalan:
кo‘z + oynak, bеshik +
tеbratar, asta-sеkin
kabi. Bunday so‘zlar qo‘shma yoki juft so‘zlar dеyiladi. Juft va takroriy
so‘zlar ikki so‘zning juftlashishidan hosil bo‘lib, tarkibiga ko‘ra quyidagi tuzilishga ega
bo‘ladi:
1.
Ikki mustaqil o‘zakdan:
yеr-osmon, kеcha-kunduz, yaxshi-yomon
kabi.
2.
Bir o‘zakning takror qo‘llanishidan:
tеz-tеz, baland-baland, qator-qator
kabi.
3.
Bir qismi ma’no anglatadigan, ikkinchi qismi esa ma’no bildirmaydigan so‘zlardan:
choy-
poy, don-dun, yam-yashil
kabi.
Har ikkala qismi ma’no bildirmaydigan so‘zlardan:
g‘adir-budur, alvir-shalvir, adi-badi
kabi.
Sintaktik usulda birdan ortiq so‘zlarni qo‘shish yoki bir-biri bilan tenglashtirish orqali sodda,
qo‘shma va juft so‘zlar yasaladi. Masalan:
baxt-
sodda so‘z
baxtiyor
– qo‘shma so‘z (
baxt
va
yor
)
baxt-iqbol -
juft so‘z
Do'stlaringiz bilan baham: