O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti


Bola bilan birga o‘sadigan kiyim yaratildi



Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/181
Sana11.03.2022
Hajmi4,12 Mb.
#489193
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   181
Bog'liq
Мажмуа Ozbek tili 2021doc

Bola bilan birga o‘sadigan kiyim yaratildi 
Britaniyalik muhandis Rayan Yasin kichik bolalar uchun kiyim ixtiro qildi, u bola bilan 
birga o‘sadi. U shu tariqa bolalar kiyimiga doimiy ravishda pul sarflash muammosini
hal qilmoqchi. Muhandis o‘z ixtirosi haqida loyiha saytida aytib o‘tdi. Olim eniga va bo‘yiga 
cho‘ziluvchi material yaratdi, shu bilan birga, u xuddi rezina kabi
ingichkalashmaydi. Bunday effekt plissirovka sabab yuzaga keldi. Yangi materialdan 
tayyorlangan kiyim namga chidamli bo‘ladi. Modelni ikki yosh toifasidagi bolalar uchun
chiqarish rejalashtirilmoqda – 6 oydan 36 oygacha va ikki-besh yosh oralig‘ida. «O‘suvchi»
kiyim nafaqat ota-onalar
pulini tejab qoladi, balki atrof-muhitni kamroq ifloslantirishga ham yordam beradi. Faqatgina
2016 yil davomida chiqindixonalarda 30 ming tonna kiyim-kechak aniqlangan. Yosh
bolalarning kiyimini bir necha oyda almashtirishga ehtiyoj qolmasligi esa bu raqamni
kamaytirish imkonini beradi. Bundan tashqari, ixtirochining so‘zlariga ko‘ra, yangi material 
qayta ishlanishiham mumkin. Yasin materialni yaratgani uchun James Dyson Award
sanoat dizayni sohasida mukofotni qo‘lga kiritdi. Kiyimmukofot egasiga to‘langan pullar 
hisobidan ishlab chiqariladi. 
GRAMMATIKA: ILMIY USLUB VA UNING XUSUSIYATLARI
Reja: 
1. Ilmiy uslub. 
2. Ilmiy uslubi va uning xususiyatlari. 


120 
3.Ilmiy uslub va tilning aloqadorligi. 
Ilmiy uslub fanning turli sohalariga aloqador so‘z va terminlarni qo‘llashi, bayonning 
ko‘proq mantiqiy dalillarga suyanishi va daliliy ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy 
xulosalarga (qoidalar, ta’riflarga) boy bo‘lishi bilan boshqa uslublardan farqlanadi. Ilmiy 
uslubda tabiat va jamiyat hodisalari aniq qoidalar, formulalar asosida ifodalanadi. Ilmiy 
uslubda har bir fanning o‘ziga xos atamalaridan foydalaniladi, unda to‘liqsiz gaplar, ko‘chma 
ma’noli so‘zlar, so‘z-gaplar, dialogik nutq turlari qo‘llanilmaydi. Aksincha, sabab-maqsad, 
natija-qiyoslash, miqdor-daraja, o‘rin-payt ma’nolarini, ob’ektni, belgi-holatni ifodalovchi 
sodda va qo‘shma gaplardan keng foydalaniladi.
Ilmiy uslubning sof ilmiy, ilmiy-uslubiy va ilmiyz-ommabop yo‘nalishlari bor. Sof ilmiy 
uslubda ilmiy maqolalar, tezislar, ilmiy tadqiqot ishlari – dissertatsiyalar; ilmiy-uslubiy 
yo‘nalishda fan va texnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar; ilmiy-
ommabop uslubda keng xalq ommasiga mo‘ljallangan risolalar, izohli, imlo va tarjima 
lug‘atlari yoziladi.
Til birliklarining fan sohasida, ilmiy bayon jarayonida ishlatilishi mazkur 
uslubning shakllanishiga asos bo‘ladi. Ilmiy tafakkur fikrlashning o‘ziga xos usuli ekanligi, 
obyektiv borliqni idrok etishda faqatgina dalil va faktlarga tayanish, fikriy izchillik kabi 
ekstralingvistik omillar ham nutqning ushbu turining shakllanishida, binobarin, nutqiy 
me’yorning o‘ziga xos turining yuzaga kelishida muhim omil sanaladi. 
Yuqorida bu kabi xususiyatlarning mushtarakligi bilan ilmiy uslub rasmiy uslubga yaqinligi
aytib o‘tilgan edi. 
Ilmiy uslubning janr xususiyatlari ham keng. Monografiya, risola, darslik, o‘quv qo‘llanmasi, 
o‘quv-metodik qo‘llanma, dastur, ma’ruza matnlari, taqriz va referat singarilar uning ana shu 
janr ko‘rinishlari hisoblanadi. Garchi ularning har birining bayon usuli va uslubi ma’lum 
darajada bir-birlaridan farq qilsa-da, til birliklaridan foydalanish me’yoriga ko‘ra umumiylikni 
tashkil etadi. 
Ilmiy uslubga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat: 

Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish