O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/56
Sana01.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#423373
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bog'liq
tabiatdan foydalanishning geografik asoslari (1)

Geoekologik (geosistemali) monitoringning
kuzatish 
ob’yektini turli kattalikdagi tabiiy va o‘zgartirilgan geosistemalar 
tashkil etadi. Geoekologik monitoringda geosistemalarda modda 
va energiya almashinuvi, ularning mahsuldorligi, inson ta’siriga 
chidamliligi, ifloslanishning REM va o‘z-o‘zini tozalash 
imkoniyatlarining ko‘rsatkichlari nazorat qilinadi. Bu xildagi 
monitoringni tashkil etishda geosistemalarning o‘ziga xos 
xususiyatlarini hisobga olish asosiy vazifa qilib qo‘yiladi.
Geoekologik monitoring geografik statsionarlarda (nazorat 
stantsiyalarida) va test poligonlarida (uchastkalarida) o‘tkaziladi. 
Nazoratgohlarda 
olib 
borilayotgan 
kuzatishlar 
muayyan 
geosistemalar lanshaft komponentlariga va inson salomatligiga 
bevosita yoki ishlab chiqarish faoliyati jarayoniga salbiy ta’sir 
ko‘rsatayotgan omillar hamda ifloslantiruvchi manbalar nazorat 
qilinadi. Geologik monitoring hududiy (regional) sajiyaga ega 
bo‘lib, quruqlik yoki akvatoriyada tanlangan nazoratgoharda 
o‘tkaziladi.
3.
Biosferaviy monitoring
atrof muhitni inson ta’sirida 
o‘zgarishini global miqyoslarda kuzatishlarga asoslanadi. 
Biosferaviy monitoringining asosiy vazifasi insonning mavjudligi 
va hayotiy faoliyati uchun biosferada sodir bo‘layotgan 
o‘zgarishlarni ekologik jihatdan baholash va bu o‘zgarishlarning 
sabablarini aniqlash maqsadida kuzatishlar olib borishdan iborat. 
Bunday kuzatishlar barcha biosfera jarayonlarining energetik asosi 
bo‘lgan 
Quyosh 
radiatsiyasininig 
geofizikaviy 
tavsiflarini 
o‘rganishdan boshlanadi. Geofizikaviy tavsif azon qatlamining 
holati, radiatsiya oqimlarininig atmosfera oqimlari orqali o‘tishi, 
atmosfera gaz tarkibining o‘zgarishi va uninig oqibatlari, inson 
faoliyati tufayli vujudga keladigan issiqlik va uninig biosfera
energetikasiga ta’siri to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham o‘z 
ifodalanadi. 
Hududiy bo‘linma sifatida TRKning chegaralari landshaft 
chegaralariga mos tushadi, chunki tabiiy resurslarni har qanday 
turining joylanishi va sifatiy xususiyatlarining qonuniyatlari tabiiy 
muhit (geografik qobiq)ning qonuniyatlariga bo‘ysunadi. Masalan, 
hududni sug‘orish uchun zarur bo‘lgan salohiyatining shakllanishi 
shu joyning suv rejimining xususiyatlariga va yuza tuzilishining 
sajiyasiga bevosita bog‘liq; agroiqlimiy resurslar esa mahalliy 
iqlim sharoitlari bilan, yer resurslari esa tuproq qoplamining 
fizikaviy – kimyoviy xossalari va yuzaning qiyalik darajasi bilan 
belgilanadi. Shu sababli tabiiy resurslarni har bir turining sifat va 
miqdor ko‘rsatkichlari turli landshaftlarda turlicha bo‘ladi. 
Demak, ayrim resurs turlarining vujudga kelishi, ularning sifat va 
miqdoriga ko‘ra hududiy joylashuvi, bu turlarni muayyan 
birikmalarining, ya’ni TRKlarinnig vujudga kelishi tabiiy
hududiy tabaqalashuvni vujudga keltiradigan umumiy tabiiy 
qonunlarga bo‘ysunadi. Shu sababli landshaftlarning tipologik va 
regional birliklarining (tur,xil, sinf va b.; rayon, oblast, provintsiya 
va b.) chegaralari nafaqat landshaftlarning tuzilmasi va 
xususiyatlaridagi tub o‘zgarishlari bilan birgalikda muayyan 
hudud tabiiy salohiyatining o‘zgarishlarini ham ifodalaydi. Xullas, 
bir xil resurs turlaridan iborat bo‘lgan landshaft xususiyatlariga 
ko‘ra nisbatan bir xil hududda shakllanishi mumkin. 
Tabiiy 
resurslardan 
xo‘jalikda 
foydalanish 
nuqtai–
nazaridan har bir TRKda hozirgi paytda eng ko‘p va kattaroq 
qiymatga ega bo‘lgan bitta yoki ikkita resurs turini ajratish 
mumkin. Resurslarning bu ustivor turlari TRKning tiplarini 
belgilashda tasnifiy belgi bo‘lib xizmat qiladi. Resurslarning 
ustivor turlari yer jamg‘armasidan foydalanish tuzilmasiga ko‘ra 
belgilanadi. 
Tabiiy resurslarning turli xillarini o‘rganishda tabiatning 
bir butunligidan va uning umumiy tabiiy geografiyadagi ikki 
asosiy modelidan: geografik qobiqning modeli va geosistemaning 
modelidan kelib chiqish zarur. Landshaftlarning turli xillari 
resurslar tushunchasida iborat bo‘lib, ular tabiiy resurslarining 
ayrim turlarining muayyan yig‘indisi bilan tasniflanadi va 
hududdan maqsadli foydalanish uchun shart - sharoit yaratadi.
55 
70 


ichiga oladi. Bundan tashqari, tuproqlar va Dunyo okeani 
suvlarining mahsuldorligi, biosferaning umumiy fotosintez 
faoliyati, geografik qobiqda modda va energiyaning aylanishi, 
inson faoliyatining tabiiy muhit va uning komponentlariga ta’siri, 
atrof 
muhitning 
ifloslanishi 
va 
boshqa 
umumzaminiy 
jarayonlarning sodir bo‘lishi va kechishini kuzatish va nazorat 
qilish ham biosfera monitoringining vazifalarini tashkil etadi. 
Biosferaviy 
monitoring 
kuzatishlari 
sayyoramizning 
deyarli barcha geografik mintaqalarida, inson ta’siri eng kam 
bo‘lgan geosistemalarda olib boriladi. Shuningdek, biosferaviy 
monitoring Yerning sun’iy yo‘ldoshlari yordamida bajariladigan 
masofali kuzatishlariga, axborotlarni avtomatlashtirilgan ishloviga 
asoslanadi. 
Shunday qilib, atrof muhit monitoringining har bir turi 
muayyan jarayonlar va sistemalarning holatini kuzatish, nazorat 
qilish, baholash va bashoratlash imkonini beradi.

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish