xil vositalaridir. Shu sababli tabiiy resurslarga tabiatning ham
ishlab chiqarish, ham noishlab chiqarish jabhalarida iste’mol
qilinadigan moddiy jismlari va kuchlari mansub. Bunday
tushunchada tabiiy resurslar deb tabiiy muhitning ijtimoiy ishlab
chiqarish jarayoniga bevosita kirmasligi ham mumkin bo‘lgan
barcha komponentlari tushuniladi.
Tabiiy resurslar kishilarning yashashi uchun shunday
vositalarki, ular jamiyatga bevosita emas, balki ishlab chiqaruvchi
kuchlar va ishlab chiqarish vositalari orqali ta’sir etadi.
Shuningdek, tabiiy resurslar va tabiiy sharoitlar har qanday hudud
boyliklarining
asosiy
turlaridan
biri,
uning
iqtisodiy
rivojlanishining eng muhim omilidir. Shu sababli tabiiy resurslar -
ham tabiat jisimlarini, ham iqtisodiy kategoriyani tashkil etadi.
Tabiiy resurslar tabiiy sharoitlardan tashqarida mavjud
bo‘la olmaydi va foydalanilishi mumkin emas. Tabiiy sharoit juda
keng tushuncha bo‘lib, tabiatning barcha tomonlarini ishg‘ol etadi.
Tabiatning organizmlari, jismlari va hodisalarining majmuasi
bo‘lgan tabiiy sharoitlar jamiyat hayoti va ho‘jalik faoliyati uchun
ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishning muayyan bosqichida
muhim bo‘lgan, ammo kishilarning moddiy, ishlab chiqarish va
noishlab chiqarish faoliyatida bevosita ishtirok etmaydigan
jismlardir. Muayyan turdagi resurslarning vujudga kelishi bevosita
tabiiy sharoitlarga bog‘liq.Tabiiy resurslar tabiatning ijtimoiy
ahamiyatini va foydali tomonlarini, inson foydalana oladigan
xususiyatlarini namoyon qiladi.
Tabiiy resurslar tushunchasi tabiatning inson faoliyati bilan
bevosita aloqasini ifodalaydi.Tabiiy resurslar kishilarni hayotiy va
ho‘jalik faoliyatining turli hil vositalari bo‘lib, ularning barchasi
tabiatdan olinadi. Tabiiy kategoriya sifatida qaralganda tabiiy
resurslar inson bevosita tabiatdan oladigan, uning hayotiy va
xo‘jalik faoliyatida foydalanadigan tabiat vositalari yoki
unsurlaridir.
Tabiiy resurslar makon va zamonda doimiy rivojlanishda
bo‘lgan moddiy unsurlarning murakkab majmuasi, jamiyat va
tabiatni o‘zaro bog‘langan tuguni, aql–zakovat hamda kuch
sarflanadigan jabhadir. Tabiat kishilarning ehtiyojini qondirish
uchun cheklanmagan imkoniyatlarga ega. Ammo inson o‘zining
bilimi va amaliy ishlab chiqarish faoliyati bilangina tabiiy
bilan bo‘lgan tabiiy aloqalarini yo‘qotgan va boshqa sistemalar
tarkibiga kiradigan resurslar;
b) mehnat predmetiga aylangan, ularning Yer bilan
bevosita aloqasidan ajratib olingan resurlar (qazib olingan
madanlar, kesilgan o‘rmon materiallari va b.);
v) moddiy ishlab chiqarishga jalb qilingan, lekin tabiiy
muhit bilan dastblabki aloqalarini saqlab qolayotgan resurslar
(qishloq xo‘jalik yerlari, sun‘iy o‘rmonlar va asosiy resurslar
sikllariga energiya resurslari va energiya, metal madanlari va
metallar, nometal qazilma xom ashyo, o‘rmon resurslari va
o‘rmon materiallari, tuproq resurslari, iqlim resurslari va qishloq
xo‘jalik xom ashyosi, fauna va flora resurslarining sikllari
mansubdir.
Tabiiy resurslarning asosiy guruhlari (mineral, o‘simlik,
yer va boshqa resurslar) mustaqil sikllarni hosil qiladi. Ayrim
resurslar
sikllari
jamiyat
va
tabiat
orasidagi
moddalar
almashuvining bir qismi bo‘lib, umumzaminiy miqyosdagi
(geologik, biologik va b.) aylanma harakatlarning ijtimoiy
bo‘g‘inini tashkil etadi va to‘liq tugallanmaganligi sababli ko‘p
sikllik (polisikllik) sajiyasiga ega.
Resurslar silkllari bir-biri bilan mujassam aloqada bo‘lgan
holda rivojlanadi, chunki tabiatning biror-bir moddasidan
foydalanish odatda boshqa moddalardan foydalanish bilan bir
paytda sodir bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: