Ammo odamdagi biologik va ijtimoiy birlik tufayli jamiyat
tabiatning bir qismi bo‘la olmaydi. Jamiyat esa biosotsial mahsula
emas. Tabiat va jamiyat ulkan (super) sistemani hosil qiladi va bu
sistema biosotsial mahsulani hosil qiladi va o‘zining rivojlanishida
bir paytning o‘zida ham jamiyat qonunlariga, ham tabiat
qonunlariga bo‘ysunadi. Bu ulkan sistemaning kichik sistemalarini
tabiat va jamiyat tashkil etadi va ular o‘zaro ta’sirda bo‘ladi.
Tabiat – jamiyat sistemasining mavjudligi va rivojlanishi negizida
ikki kichik sistemaning birligi yotadi. Tabiat va jamiyatning birligi
tabiat qonunlari bilan belgilanadi. Tabiat
bilan aloqani buzmaslik
uchun jamiyat mazkur birlikni e’tiborga olishi, tabiatga nisbatan
o‘zining munosabatlarini tabiat rivojlanishining ob’yektiv
qonunlari asosida tashkil etmog‘i lozim. Shunday qilib, jamiyat va
tabiat o‘zaro ta’sirining muhim tamoyilini tabiatning ustuvorlik
tamoyili tashkil etadi. Bu tamoyil tabiatga jamiyatning ta’siri
tabiat qonunlarini hisobga olgan holda bo‘lishini taqoza etadi. Bu
tamoyilning buzilishi jamiyat rivojlanishining tabiiy negiziga
putur yetkazishiga sabab bo‘ladi. Demak, jamiyat – tabiat
sitemasida
tabiat
qonunlari
bog‘lovchi,
jipslashtiruvchi
ahamiyatga ega.
Tabiatning ijtimoiylashuv (sotsiallashuv) tamoyili
tabiatni
umumiy mulk, boylik, noz–ne’matga aylanishini anglatadi.
Ijtimoiylashuv tamoyili tabiatdan foydalanish sohasida jamiyat
manfaatlarini ayrim tarmoqlar, idoralar, mintaqalarning manfa-
atlaridan ustun qo‘yadi.
Tabiatning ijtimoiylashuv
jarayoni barcha xalqlarnig
manfaatlarini ifodalashi lozim, ya’ni tabiiy resurslardan faqat
jamiyat farovonligi va barcha xalqlarning umumiy manfaatlari
uchun foydalanish zarur. Tabiiy resurslardan foydalanish
jarayonida barcha zaruriy qoida va me’yorlarga
rioya qilinishi
kerak.
Tabiatning ijtimoiylashuv tamoyili jamiyat va tabiat
orasidagi o‘zaro aloqalarni keng va har taraflama uyg‘unlashgan
bo‘lishi zarurligini taqoza etadi. Bu tamoyil tabiatdan oqilona
foydalanishning asosiy xususiy tamoyillari asosida amalga
oshiriladi. Bunday xususiy tamoyillar quyidagilar: ilmiylik,
optimallik, mintaqaviylik (regionallik), majmuiylik (kompleks-
lilik), to‘lovli.
yaratadi.
Texnogen aylanma harakatdagi atomlarning (yun.
atomos
bo‘linmas) harakati bilan turli oqibatlar bog‘liq.
Ularning
ko‘pchiligi,
ayniqsa
atmosferaga
tashlanadiganlari,
global
aylanma harakatning turli bo‘g‘inlari orqali o‘tadi.
Havo
muhitining
harakatchanligi
tufayli
texnogen
tashlandiqlar katta maydonlarda tarqaladi; ularning katta qismi
tuproqqa, yuza va yer osti suvlariga, ozuqa zanjiriga tushadi.
Ayrim organizmlar muayyan (ko‘pgina hollarda zaharli (toksik)
elementlarni, shu jumladan radioaktiv izotoplarni (yun.
Do'stlaringiz bilan baham: