O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/56
Sana01.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#423373
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   56
Bog'liq
tabiatdan foydalanishning geografik asoslari (1)

 
ATROF MUHIT VA TABIATDAN
FOYDALANISH 
Mavzuning asosiy masalalari 
Atrof muhit – tabiiy hodisa. Atrof muhit muammolarining 
geografik jihatlari.Atrof muhitni muhofaza qilish.Tabiiy muhitni 
optimallashtirish - barqaror rivojlanish asosi. Atrof muhit 
monitoringi. 
Atrof muhit – tabiiy hodisa.
XX asrning ikkinchi yarmida 
ishlab chiqarish va urbanizatsiyaning (lot. 
urbanus
shaharga oid) 
zararli 
ta’sirlaridan 
inson 
salomatligini 
muhofaza 
qilish 
muammolariga bog‘liq holda fanda “atrof muhit” termini 
(tushunchasi) keng qo‘llanila boshlandi. “Atrof muhit” iborasining 
negizida inglizcha “
envyronment
” so‘zi turadi. Bu so‘z o‘zbek 
tilida “muhit, atrof, atrof holati” ma’nolarini anglatadi. Maxsus 
so‘z sifatida ishlatilishida “envyronment” so‘zi har qanday 
mavjudot yashaydigan va rivojlanadigan sharoit yoki hayotning 
rivojlanishini va uning xususiyatlarini o‘zgartiradigan hamda 
belgilaydigan barcha ta’sirlar majmuasini bildiradi. Inglizcha 
“envyronment” so‘zi rus tiliga “
okrujayushaya sreda
” deb tarjima 
qilinganligi boisidan o‘zbek tilida ham “atrof muhit” iborasi 
sifatida ilmiy iste’molga kirgan.Horijiy adabiyotlarda soddaroq 
qilib “muhit” termini ishlatiladi va u tabiiy muhitni anglatadi. 
Hozirgi paytda “atrof muhit” termini (tushunchasi) siyosiy, 
maxsus ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarda eng ko‘p 
qo‘llaniladigan termindir. Keyingi 30-40 yil davomida chop 
etilgan turli maxsus ilmiy manbalarni o‘rganish “atrof muhit” 
terminini yildan-yilga ko‘proq qo‘llanilayotganligidan dalolat 
beradi. 
Hozirgi ilmiy tasavvurlarga ko‘ra tabiatning jamiyat 
hayoti va faoliyati kechadigan qismi atrof muhitni hosil qiladi. 
Atrof muhit – butun kishilik jamiyati mavjudligining zaruriy 
Mineral resurslarning qazib olinishi, ko‘mirning yer ostida 
gazga aylantirilishi natijasida bo‘shliqlar hosil bo‘ladi, gaz va 
neftning olinishi natijasida jinslar orasidagi bosim pasayadi. 
Bularning hammasi yer yuzasining cho‘kishiga, o‘pirilib 
tushishiga va yer yuzasida uydum-chuqurliklar paydo bo‘lishiga 
olib keladi.
Bevosita ta’sirlarga suv inshootlari qurish yo‘li bilan suv 
rejimni o‘zgartirish, oqimni qayta taqsimlash, qishloq xo‘jaligi, 
sanoat va maishiy xizmatlar uchun suv ishlatish kiradi. 
Bilvosita ta’sirda oqar suvlar hosil bo‘ladigan hududda 
o‘zgarishlar qilib, suv rejimi o‘zgartiriladi. Masalan, daryolarning 
suv yig‘adigan havzalari o‘simlik qoplamini, tuproqlari holatini, 
qisman relefni o‘zgartirish bilan oqim rejimga ta’sir ko‘rsatish 
mumkin. Ma’lumki, oqar suvlar rejimiga o‘simlik qoplami 
ayniqsa katta ta’sir ko‘rsatadi. O‘simlik qoplamiga ta’sir 
ko‘rsatish bilan suv rejimi o‘zgaradi. Tog‘li hududlarda 
yonbag‘irlarda ixota o‘rmonlari bunyod etish bilan daryolar oqimi 
barqarorlashadi, buloq suvlari ko‘payadi, sel oqimlari kamayadi. 
O‘rmonlar kesib olingan yoki chorva mollari ko‘plab boqiladigan 
yonbag‘irlarda esa buning aksi ro‘y beradi.

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish