O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Inson xo‘jalik faoliyatining tabiatga ta’siri



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/56
Sana01.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#423373
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   56
Bog'liq
tabiatdan foydalanishning geografik asoslari (1)

Inson xo‘jalik faoliyatining tabiatga ta’siri.
Inson 
tabiatdan foydalanish jarayonida unga xilma-xil ta’sir ko‘rsatadi 
va buning oqibatida tabiiy muhitda muayyan o‘zgarishlar sodir 
bo‘ladi. Bu o‘zgarishlar orasida insonning hayotiy yoki ishlab 
chiqarish faoliyati uchun salbiy sajiyaga ega bo‘ladigan 
o‘zgarishlarning bo‘lishi ham ehtimoldan holi emas. Shu sababli 
tabiatdan oqilona foydalanishni tashkil etish tabiatga tas’ir 
ko‘rsatish jarayonida turli landshaftlarda va ularni tashkil etuvchi 
komponentlarda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lishini majmuali 
tadqiq qilishni taqoza etadi. 
P.N. G‘ulomov (1985) inson xo‘jalik faoliyatining tabiatga 
ta’sirini o‘rganishda quyidagi to‘rtta narsaga alohida ahamiyat 
berish zarurligini ko‘rsatadi: 
1) Insonning xo‘jalik faoliyati landshaft (geosistema)ning 
qanday komponentiga, komponentlar guruhiga ta’sir ko‘rsatadi, 
uning ko‘lami qanday, qanday natijalar ko‘zda tutiladi ? Masalan, 
biror daryoning ma’lum qismiga to‘g‘on qurilib, suv ombori, 
hidroenergetika inshooti bunyod etish mo‘ljallanadi. Bunda oqar 
suv rejimiga ta’sir ko‘rsatiladi, hududning ma’lum qismini suv 
bosadi va boshq hodisalar sodir bo‘ladi. 
2) Insonning bu ta’siri tabiat komponentlari o‘rtasidagi 
o‘zaro aloqalarda qanday o‘zgarishlarga olib keladi ? Chunonchi 
bunyod etilgan suv ombori ta’sirida boshqa komponentlarda 
nimalar sodir bo‘ladi, ya’ni yer osti suvi sathi ko‘tariladimi, yer 
osti suvining sho‘rligi qanday o‘zgaradi, buning ta’sirida tuproq 
jarayonlarida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi, suv omborining tevarak 
atrofidagi o‘simlik qoplamida qanday o‘zgarish ro‘y beradi, tabiiy 
geografik jarayonlar (surilma, qulash, lyossning o‘tirishi va b.)da 
o‘zgarishlar bo‘ladimi ? Havoning harorati, namligi qanday 
o‘zgaradi? Bularning hammasi o‘simlik va hayvonot olamida 
qanday o‘zgarishlarga olib keladi ? 
3) Ma’lumki, tabiat komponentlarigina o‘zaro bog‘langan 
bo‘lmay, qo‘shni landshaftlar ham o‘zaro bir-biriga ta’sir ko‘rsatib 
turadi. Binobarin, insonning xo‘jalik faoliyati ta’sirida o‘zgargan 
landshaft qo‘shni landshaftlarga ham ta’sir ko‘rsatadi. Shuning 
uchun ham insonning xo‘jalik faoliyati ta’siri bilvosita ta’sir 
ko‘rsatilgan joydan atrofga qancha masofaga yoyiladi va u qanday 
oqibatlarga olib keladi ? Buni o‘rganish ham muhimdir. 
37 
88 


chiqarish faoliyati muhiti, inson atrofining tabiiy yoki u 
tomonidan yaratilgan moddiy olam. Atrof muhit – insonning 
ishtirokisiz va u paydo bo‘lishiga qadar mavjud bo‘lgan
tabiiy
muhit
dan va inson tomonidan o‘zgartirilgan hamda yangitdan 
yaratilgan
texnogen
(sun’iy)
muhit
dan, ya’ni muhit element-
larining majmuasidan iborat. 
Tabiiy nuhit – geografik qobiq doirasidagi jamiyat 
o‘zining hayotiy va ishlab chiqarish faoliyati bilan bevosita 
bog‘liq bo‘lgan atrof muhitning bir qismidir. Jamiyatning xo‘jalik 
faoliyati jarayonida o‘zgaradigan “yashash muhiti“ nazarda 
tutilganda “tabiiy muhit” tushunchasi geografik qobiqning ijtimoy 
rivojlanishining bebosita sharoitlari bo‘lib qolgan qismini 
anglatadi. Tabiiy muhit – inson hayotining ajralmas jarayonidir. U 
inson uchun zarur bo‘lgan xom ashyo resurslarining manbaidir.
Yuqorida qayd qilinganidek, jamiyat rivojlanishi uning 
o‘ziga xos ichki qonuniyatlariga bog‘liq holda sodir bo‘ladi. 
Ammo har qanday jarayon kabi jamiyatning rivojlanishi ham 
muayyan tashqi sharoitlarni taqoza etadi. Bunday sharoitlarni esa 
tabiiy muhit vujudga keltiradi. Tabiiy muhitdan insoniyat hayotiy 
faoliyati va ishlab chiqarishni rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan 
barcha ne’matlarni (resurslarni) oladi. Jamiyat taraqqiy etib 
borishi bilan resurslarga bo‘lgan ehtiyoj ham ortib boraveradi. Shu 
sababli isoniyat ma’lum ma’noda tabiatga ko‘proq bog‘liq (qaram) 
bo‘lib qolmoqda. Insoniyatni tabiat bilan bog‘lab turuvchi 
«rishtalar» ham tobora ko‘payib bormoqda.

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish