ta’siri natijasida geografik qobiqqa ko‘rsatadigan ta’siri orasida
bevosita aloqa mavjud.
Tabiiy jarayonlardagi ritmiklik landshaftlar rivojlanishi-
ning muhim xususiyatidir. Landshaftlarning million yillar
davomida rivojlanishi jarayonida tarkib topgan ritmiklik organik
dunyo uchun zarur shart - sharoitga aylanib qolgan. Inson
tabiatning bir qismi, o‘z navbatida u ham faoliyati davomida
tabiatda mavjud bo‘lgan ritmiklik qonuniyatiga amal qilishi kerak.
Chunki tabiiy jarayonlardagi bu qonuniyat oqar suvlar
miqdorining o‘zgarishida, ekinlarning hosildorligida, issiqlik
resurslari ko‘lamida, ayrim hashorat yoki hayvonlarning keskin
ko‘payishi yoki kamayishida, ba’zi bir kasalliklar epidemiyasida
(yun.
epidёmia
yoppasiga tarqaladigan kasallik) va boshqa
hodisalarda namoyon bo‘ladi. Vulkanlar otilishlari, zilzilalar,
toshqinlar, atmosfera jarayonlarida ham bu qonuniyat amal qiladi.
Ritmiklik qonunini o‘rganish juda qiyin. Chunki ular juda
murakkab, xilma – xil, davom etish davri ham har xil, vujudga
kelishining sabablari ko‘p. Ayni paytda turli xil ritmiklik bir
vaqtda ro‘y berib, biri ikkinchisini kuchaytirib yoki, aksincha,
susaytirib yuborishi mumkin. Masalan, iqlimdagi ritmiklik
Quyosh faoliyatiga bog‘liq. Quyoshda kamayib va ko‘payib
turadigan dog‘lar, mash’allar, portlashlar, magnetizm o‘zgarishi
Yerdagi iqlimda 2-3 yil, 5-6 yil, 11-12 yil, 22-23 yil, 30-35 yil,
90-100 yilda takrorlanadigan ritmik o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi.
Bir qancha ritmikliklardagi tabiiy jarayonlarning (masalan,
haroratning oshishi) kuchayishi to‘g‘ri kelib qolsa, iqlim
o‘zgarishi o‘rtacha ko‘rsatkichlardan katta farq qiladi. Tabiatda
sovuq qishlar, haddan tashqari issiq yozlar, juda sernam yoki
quruq yillar ana shunday vaqtlarda kuzatiladi.
Landshaft komponentlari ritmik jarayonlarning ta’sirini
turli darajada aks ettiradi. Shu tufayli tabiiy jarayonlarning davriy
o‘zgarishlarini bashoratlashtirishni murakkablashtiradi. Tug‘on-
larning urib ketishi, kutilmagan joylarda halokatli zilzilalar ro‘y
berishi, muzlarning surilishi va boshqa hodisalar ko‘p jishatdan
ritmiklik qonunini yaxshi bilmasligimizni ko‘rsatadi. Tabiiy
geografik jarayonlardagi ritmiklik yopiq sistemani hosil qilmaydi.
Shu sababli landshaftlarning holati biror davrning boshlanishida
qanday bo‘lsa, davr to‘gab qayta boshlanayotganda yana u
2050-yilda Yerning harorati 3,5
0
ga ortishi mumkin. O‘rtacha
haroratning ko‘tarilishi, tabiiyki, dastlab dengiz muzliklarining,
keyinroq materik muzlarining erishiga va okeanlarda suv sathining
ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin. Ammo insonning aql -
zakovati o‘zi uchun halokatli bo‘lgan bunday o‘zgarishlarni oldini
oladi.
Shahar
qurilishi
ham
gravitatsiya
muvozanatini
o‘zgartiradi. Ulkan binolarning og‘irligi natijasida yuza cho‘kadi.
Yirik suv omborlarining qurilishi ham ularning tevarak atrofida
iqlimning yumshashiga, yer osti suvlari sathi hamda rejimining
o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Gravitatsiya muvozanatining
o‘zgarishi seysmik intensivlikka ta’sir ko‘rsatishi tufayli
zilzilalarning sodir bo‘lishi oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: