Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаxsus tа’lim vаzirligi p. M. Matyaqubova, sh. M. Mаshаripov, X. sh. Jabborov “fan va texnikada o’lchashlar noaniqligi”



Download 5,6 Mb.
bet34/81
Sana31.03.2022
Hajmi5,6 Mb.
#521410
TuriУчебное пособие
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   81
Bog'liq
2 5199668041977172415

5-Noaniqlik byudjetini tuzish.

Noaniqlik byudjetida eng kamida quyidagi axborotlar boʼladi:


- barcha noaniqliklar manbalarining, yaʼni modelda qabul qilingan belgilari koʼrsatilgan kirish kattaliklarining roʼyxati;
- хi kirish kattaliklari baholarining qiymati va bular bilan bogʼliq u(xi) standart noaniqliklar;
- сi sezgirlik koeffitsientlari;
- har qaysi kirish kattaligi ui (y) noaniqligining qoʼshgan hissalari;
- noaniqlikni aniqlash turi;
- taqsimot turi;
- kattalik qiymatlarining diapazoni (koʼlami);
- har bir noaniqlik manbaining yigʼindi noaniqlikka qoʼshgan hissasi va h.k.

3.3.1.- jadval. Noaniqlik byudjeti



Kattalik
Хi,

 Kattalik birligi

baho qiymati xi

Interval
± Дх



Noaniqlik turi

Ehtimollik taqsimoti

Standart noaqiqlik
u(xi )

Ozodlik darajasi,
ν

Sezgirlik koeffisienti,
ci

Noaqiqlik hissasi,


Hissa,
%

X1




x1










u(x1 )




c1

u1(y )




X2




x2










u(x2 )




c2

u2(y )
































Xn




xn










u(xn )




cn

un(y )




Y




y










u(y)













Noaniqlik byudjeti tuzilgandan keyin y chiqish kattaligining bahosini va bu bilan bogʼliq boʼlgan u(у) standart noaniqlikni hisoblash mumkin.




6- bosqich. Chiqish kattaligi qiymatini hisoblash.

Chiqish kattaligining yigʼindi standart noaniqligini topishni osonlashtirish uchun ilgari kirish kattaliklari toʼgʼrisida olingan va tahlil qilingan barcha axborotni miqdoriy shaklda jadval koʼrinishida umumlashtirish va yaqqol tasvirlash tavsiya etiladi. Bunday jadval noaniqlik byudjeti deb ataladi.


Noaniqlik byudjetidan, shuningdek, oʼlchash aniqligini topish, oʼlchash modelini toʼgʼrilash yoki baʼzi noaniqliklar manbalarining taʼsirini kamaytirish usullarini izlash maqsadida, har bir noaniqlik manbaining yigʼindi noaniqlikka qoʼshgan hissasini tahlil qilishda ham foydalanish mumkin.


7- bosqich. Kengaytirilgan noaniqlikni hisoblash.

Baʼzi hollarda, savdo, sanoatda va tartiblashtiruvchi bayonnomalarda, shuningdek sogʼlik va xavfsizlik toʼgʼrisida gapirilganda, oʼlchashlar natijasining intervalini koʼrsatuvchi noaniqlik oʼlchovini berish zarur boʼladi. Ushbu interval chegaralari ichida, oʼlchanadigan kattalikka yetarlicha asos bilan qoʼshib yozish mumkin boʼlgan qiymatlar taqsimotining katta qismi joylashadi, deb kutish mumkin. Bunday qoʼshimcha noaniqlikning oʼlchovi U bilan belgilanadigan kengaygan noaniqlikdan iborat boʼladi.


U kengaygan noaniqlik chiqish kattaligining u(у) standart noaniqligini k qamrash koeffitsientiga koʼpaytirish yoʼli bilan olinadi:

U = k.uс(y).

(3.3.10)

Tan olish lozimki, yigʼindi standart noaniqlikni biror kattalikka koʼpaytirish hech qanday yangi axborot bermaydi, balki uni yangicha koʼrinishda tasvirlaydi, chunki oʼlchanadigan kattalik toʼgʼrisidagi barcha mavjud axborot ehtimolliklar taqsimoti funktsiyasining parametri yordamida berilgan boʼladi. Standart noaniqlik ushbu funktsiya parametri boʼladi.
Qamrash koeffitsienti k ning qiymatini tanlashda quyidagilarni:
- talab etilgan ishonchlilik darajasini;
- taxmin qilingan taqsimot toʼgʼrisida biror axborotni;
- tasodifiy effektlarni baholash uchun foydalanilgan kuzatuvlar soni toʼgʼrisidagi axborotni eʼtiborga olish kerak.


8- bosqich. Oʼlchashning oxirgi natijasini taqdim qilish.

Noaniqlik toʼgʼrisida hisobot tuzishda, oʼlchashlar natijasini hujjatlashtirish uchun zarur boʼlgan axborot miqdorining bu natijadan qanday maqsadda foydalanilishiga bogʼliq ekanligini eʼtiborga olish kerak.


Oʼlchashlar aniqligi pogʼonalari boʼylab yuqoriga, texnik oʼlchashdan pretsizion oʼlchashgacha harakatlanganda (shu jumladan bozordagi tijorat va tartiblashtiruvchi faoliyat, sanoatdagi muhandislik ishlari, sanoatdagi va akademik tadqiqotlar va ishlanmalar, quyi darajadagi kalibrlash va qiyoslash xizmatlari, ishchi etalonlar va kalibrlash laboratoriyalari, milliy etalonlar laboratoriyasi), oʼlchanadigan (chiqish) kattalik bahosining va bu bilan bogʼlik boʼlgan noaniqlikning qanday olinganligi toʼgʼrisida mumkin qadar koʼp batafsil axbrotlar talab qilinadi.
Oʼlchashlar aniqligining har qanday pogʼonasida noaniqlik toʼgʼrisidagi hisobotga barcha axborotni kiritish kerak. Bunday amal har qanday boshqa mutaxassisning tushuna olishi va agar talab etilsa, kelajakda yangi axborot yoki yangi maʼlumotlar paydo boʼlganda oʼlchashlar sifatini takror baholash yoki uni yaxshilash uchun zarur boʼladi. Juda kam axborotdan koʼra, juda koʼp axborot keltirgan har doim yaxshi boʼladi.
Oʼlchanadigan kattalikning bahosi va noaniqligidan iborat boʼlgan oʼlchashlarning sonli toʼliq natijasini yozishda quyida keltirilgan usullarni qoʼllanish tavsiya etiladi:
Misol tariqasida, yozuv usullarini massasining nominal (belgilangan) qiymati 100 g, oʼlchash natijasi – 100,02147 g, yigʼindi standart noaniqligi 0,35 mg va kengaytirilgan noaniqligi k=2,26 da 0,00079 boʼlgan mэ etalon massa uchun koʼrib chiqamiz.

Аgar noaniqlik oʼlchovi

Yozuv shakli

uс(у) yigʼindi standart noaniqlik boʼlsa

mэ = 100,02147 g; uс(mэ)= 0,35 mg

mэ = 100,02147(0,35) g

mэ = 100,02147(0,00035) g

U kengaygan noaniqlik boʼlsa

mэ = (100,02147 ± 0,00079) g; k=2,26

100,02147 g ± 0,00079 g; (k=2,26)




Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish