4.5.1. –rasm. Parallaks noaniqligi
Yuqori masʼuliyatli oʼlchash sohalarida yuqoridagilarni hisobga olgan holda oʼlchashlarn noaniqligini kamaytirish maqsadida malakali, oliy maʼlumotli, masʼuliyatli, yuqori intellektual va psixologik xususiyatlarga ega boʼlgan mutaxassislarnigina oʼlchashlarni bajarishga ruxsat qilinadi.
Umuman olganda, personal bilan bogʼliq boʼlgan oʼlchash noaniqliklarini kamaytirish uchun xodim oʼz malaka va kompetentsiyasini doimiy oshirib borishi, qurilmalarni ishlash printsiplari va sxemotexnik yechimlarini puxta egallab borishi, shu bilan birga oʼzining nazariy va amaliy oʼlchashlar sohasida doimiy malaka oshirib borishi tavsiya qilinadi.
4.6. Oʼlchash sharoitlarining noaniqliklari
Oʼlchash sharoitiga iqlim (atrof muhit harorati, havoning nisbiy namligi, atmosfera bosimi), elektr va magnit (elektr tarmogʼidagi elektr toki va kuchlanishini, oʼzgaruvchan elektr toki chastotasi, oʼzgaruvchan va doimiy magnit maydonlar va b.), mexanik va akustik (vibratsiya, zarba kuchlari, tebranishlar) omillar taʼsirlar, shuningdek ion nurlanish, atmosferaning gaz tarkibi va boshqa omillar kiradi. Ushbu parametrlarni taʼsirini oʼlchash natijasiga bartaraf qilish (jilovlash) imkoni boʼlsa, bu normal oʼlchash sharoiti deyiladi. Ularga mos ravishda taʼsir qiluvchi fizik kattaliklarning nominal qiymatlari quyidagi 4.6.1 –rasmda koʼrsatilgan.
4.6.1 – rasm.Taʼsir qiluvchi fizik kattaliklarni nominal qiymatlari
Taʼsir qiluvchi kattalik
|
Nominal qiymat
|
Barcha oʼlchashlar uchun harorat
|
20 оС
|
Ion nurlanish, issiqlik-fizik, temperatura, magnit, elektr oʼlchashlar, bosim va harakat parametrlarini oʼlchashda atmosfera bosimi
|
100 kPa
(750 mm.sim.ustuni)
|
Chiziqli va burchak oʼlchashlar, massa va yorugʼlik kuchini oʼlchash, srektroskopik oʼlchashlarda atmosfera bosimi
|
101,3 kPa
(760 mm.sim.ustuni)
|
Chiziqli burchak oʼlchashlar, massa oʼlchash, spektroskopik oʼlchashlarda havoning nisbiy namligi
|
58 %
|
Elektr qarshilikni oʼlchashdagi havoning nisbiy namligi
|
55 %
|
Temperatura, kuch, qattiqlik, oʼzgaruvchan elektr toki, ion nurlanish, harakat parametrlari havoning nisbiy namligi
|
65 %
|
Boshqa oʼlchash turlarida havoning nisbiy namligi
|
60 %
|
Havo zichligi
|
1,2 kg/m3
|
Erkin tushish tezlanishi
|
9,8 m/c2
|
Harakat parametrlari, magnit va elektr kattaliklarni oʼlchashda magnit induktsiya (magnit maydon kuchlanganligi) va elektr maydon kuchlanganligi
|
0
|
Аmaliyotda taʼsir qiluvchi kattaliklarni nominal qiymatlarini taʼminlash anchayin qiyindir. Shuning uchun odatda taʼsir qiluvchi kattaliklarni normal soha chegaralari oʼrnatiladi. Masalan, koʼpgina holatlarda normal oʼlchash sharoiti sifatida quyidagi oraliqlar qabul qilinadi:
Temperatura
|
(293±5) K
|
Аtmosfera bosimi
|
(100±4) kPa
|
Havoning nisbiy namligi
|
(65±15) %
|
Elektr tarmogʼi kuchlanishi
|
(220±10) V
|
Аsosan, koʼrilayotgan noaniqlikka temperatura, namlik, bosim, binoning tozaligi, magnit va gravitatsion maydonlar, titrashlar, turli nurlanishlar, yoruvlik va h.k. larni oʼlchash va tutib turish noaniqliklari kiradi.
Masalan, oʼlchov shisha idishi oʼzi kalibrlangan temperaturadan farqlanuvchi temperaturada qoʼllanilishi mumkin. Katta temperaturalar tuzatmalar kiritib hisobga olinishi lozim, ammo bunday holda suyuqlik va shisha temperaturalarining qiymatlaridagi har qanday noaniqlikni koʼrib chiqishga toʼgʼri keladi. Huddi shunday, agar atrof muhit namligini oʼlchashda qoʼllaniladigan materiallar namlikning oʼzgarishiga sezgir boʼlsa, atrof muhit namligining qiymati ham ahamiyatga ega boʼlishi mumkin. .
Oʼlchash vositalarining noaniqliklariga noaniq kalibrlash, koʼrsatuvlarning variatsiyalanishi, oxirgi qiyoslash va kalibrlashdan keyin oʼtgan vaqt, oʼlchash vositasining sezgirlik chegarasi yoki chekka ajrata olish qobiliyati va h.k. ga bogʼliq boʼlgan noaniqliklar ham kiradi.
Metrologik oʼlchashlar sohasida maʼlum bir oʼlchash turlarini uchun atrof-muhit parametrlariga oʼrnatilgan talablar standartlar bilananiq meʼyori oʼrnatiladi. Аtrof-muhit parametrlari meʼyorlaridan ogʼishadigan holatlarda ushbu omillarni noaniqlikka taʼsirini miqdoriy hisoblash zarur boʼladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |