Pretsizionlik
Kolba hajmi
Kalibrlash
Temperatura
Ushbu omillarni diagramma shaklida tasvirlaymiz (4.3.1 –rasm.).
Noaniqlik
Tarozining nochiziqliligi
Moddaning tozalik darajasi
4.3.1 – rasm. Standart eritmani tayyorlashda noaniqlik manbalari diagrammasi
Noaniqlik manbalari boʼlib quyidagilar xizmat qilishi mumkin:
1) hajmni oʼlchashda: oʼlchov idishini kalibrovkasi, hajmni oʼlchash sharoiti;
2) taroizda tortishda: tarozining nochiziqliligi, moddaning tozalik darajasi;
3) pretsizionlik .
Ushbu misoldagi eritma hajmiga temperatura taʼsirini tahlil qilaylik. Bunda temperatura bir vaqtning oʼzida shisha kolbaga va uning ichidagi eritmaga taʼsir qiladi. Аmmo temperaturaning eritma (yoki bironta suyuqlik) ga boʼlgan taʼsiri, shisha kolbaga boʼlgan taʼsiriga nisbatan sezilarli darajada katta boʼlishi mumkin. Shuning uchun laboratoriya sharoitida noaniqlik manbai sifatida temperaturani suyuqllika boʼlgan taʼsirini baholash yetarli hisoblanadi.
Т2
Temperaturani shisha kolbaga taʼsiri
(Т1)
Taʼsiri baholanmaydi
Taʼsiri baholanadi
Temperaturani shisha kolbaga ichidagi suyuqlikka taʼsiri (Т2)
|
4.3.2 –rasm. Oʼlchov idishi va uning ichidagi suyuqlikka temperatura taʼsiri
|
Shu bilan birga yuqori aniqlik talab qiluvchi sohalarda, jumladan farmatsevtika, mikro va nanotexnologiyalar va boshqa sohalarda temperaturani barcha obʼektga boʼlgan taʼsirini tahlil qilish va baholash talab qilinishi mumkin. Umuman olganda, noaniqlik manbalarini asosiy va ikkilamchi omillarga ajratish, tasniflash birinchi navbatda talab qilinayotgan aniqlik darajasiga bogʼliq hisoblanadi. Quyidagi 4.3.2 – rasmda temperaturani kolba va uning ichidagi suyuqlikka taʼsiri grafik ravishda tasvirlangan.
Noaniqlik manbalari tuzilganidan keyin ularning natijaga taʼsirini oʼlchashning modeli sifatida berish mumkin boʼlib, bunda har bir taʼsir bir qancha parametrlar bilan bogʼlangan yoki tenglamadagi oʼzgaruvchi boʼlishi mumkin. Bunday tenglama oʼlchash jarayonining toʼliq modelini natijaga taʼsir qiluvchi xususiy omillar bilan ifodalangan boʼladi. Bu funktsiya baʼzan juda murakkab boʼlishi mumkin va uni yaqqol tavsiflash imkoni yoʼqligini eʼtiborga olish lozim. Аmmo buni imkoni bor holatlarda noaniqlikni xususiy tashkil qiluvchilarini yigʼindisini topishda foydalanish mumkin boʼladi.
Oʼlchashlar noaniqligi manbalari turli-tumanliligi quyidagilarni qamrab oladi:
- oʼlchanayotgan kattalikning qiyman aniqlanishi;
- oʼlchanayotgan kattalikni aniqlashning nomukammal realizatsiya qilinishi;
- tanlovning noprezentativligi ;
- oʼlchash natijasiga taʼsir qiluvchi atrof-muhit taʼsirini aniq bilmaslik yoki ushbu sharoitlarni tavsiflaydigan kattaliklarni noaniq oʼlchash;
- subʼektiv muntazam xatolik (masalan, analogli asboblarni koʼrsatishini yozib olishda, hisoblashlarda, yaxlitlash qoidalariga rioya qilmaganda va x.k.);
- qurilmani sezgirlik ostonasi;
- etalon va standart namunalarning notoʼgʼri qiymatlari;
- maʼlumotlarni qayta ishlashda foydalaniladigan tashqi manbalardan olinadigan fundamental fizik konstantalar yoki boshqa parametrlarni qiymatini aniq bilmaslik;
- oʼlchashlarning oʼzgarmas sharoitlarida takroriy kuzatuvlarning oʼzgaruvchanligi;
- oʼlchash usuli va metodikasida qoʼllanilayotgan approksimatsiya va b.
Misol 2
Maslan - poʼlatdan yasalib nominalь uzunligi 1 m boʼlgan sterjinning l uzunligini mikrometrgacha aniqlikda aniqlash kerak. Oʼlchash jaraëni bilan bogʼliq tasnifda sterjenning uzunligiga taʼsir qilishi mumkin boʼlgan kattaliklarning aniq qiymatlari eʼtiborga olinishi kerak, Masalan: oʼlchash amali olib borilaëtgan atrof muhit harorat, atmosfera bosimi, shuningdek sterjenning tekislikda joylashgan (vertikal ëki gorizontal) holati. Demak, Oʼlchanaëtgan kattalikning tasnifini tuzishdan oldin yuqorida sanab oʼtilgan kattaliklarning taʼsir darajasini baholash zarurdir. Shunday qilib, oʼlchanaëtgan kattalikni quyidagicha tasniflash zarur ekan, Masalan: 25,00 °S haroratdagi sterjenning uzunligi.
Аgarda sterjenning uzunligi millimetr-gacha aniqlikda aniqlanishi talab qilinadigan boʼlsa, u holda uning tasnifi harorat, atmosfera bosimi yoki umuman tashqi taʼsir omillarini eʼtiborga olishni talab qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |