O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi



Download 1,62 Mb.
bet45/98
Sana30.04.2022
Hajmi1,62 Mb.
#595191
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   98
Bog'liq
ILMIY TADQIQOT ISHINI TASHKIL ETISH word

Ilmiy-nazariy maqola hodisalar va ularning yuzaga kelish qonuniyatlarini nazariy tadqiq qilish hamda tushuntirish asosida amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalarining bayonidan iborat. Shunday ekan, ilmiy-nazariy yo‘nalishda maqola yozish uchun qo‘yilgan ilmiy muammo doirasida puxta nazariy izlanishlar olib borilishi lozim.
Shu o‘rinda izlanuvchi ilmiy nazariya nima? Nazariy tadqiqot qanday amalga oshiriladi? degan savollarga ham javob bera olishi zarur.
Umiy-amaliy (empirik) tavsifdagi maqola o‘tkazilgan
eksperimentlar va tajribalar natijalari asosida yoziladi.
Sharhlovchi-maqolada so‘nggi bir necha yillarda muayyan sohadagi ilmiy yutuqlar tahlili va unga muallif(lar)ning munosabati ifodalanadi.
Shunday qilib, ilmiy maqolada izlanuvchi(lar)ning o‘z ilmiy tadqiqotlari, o‘tkazilgan eksperimentlari yoki tajribalarining oraliq yoki yakuniy natijalari va mualliflik xulosalari bayon qilinadi. Demak, ilmiy maqola, avvalo, ilmiy yangilikka ega bo‘lishi, unda bayon qilingan natijalar oldin e’lon qilinmagan va ma’lumotlari soxtalashtirilmagan bo‘lishi lozim. Ilmiy maqolani chop etish natijasida izlanuvchi o‘zi tanlagan tadqiqot sohasida olingan ilmiy natijalarga shaxsiy muallifligini isbotlashi shart!
Bunga qanday erishish mumkin? Agar biron-bir ilmiy jurnalga maqola tayyorlayotgan bo‘lsangiz, eng avvalo, qabul qilinadigan maqolalar uchun qo‘yilgan talablarni (jurnal sohasi, ruknlari, material hajmi, rasmiylashtirish tartibi va h.k.) o‘rganishingiz zarur.
So‘ngra maqola mavzusining dastlabki maqbul variantini shakllantirish kerak. Mavzu qanchalik mujassam, ilmiy muammo va uning yechimiga yondashuv(lar)ni aniq ifodalaydigan va ixtisoslashgan bo‘lsa, maqola shunchalik muvaffaqiyatli bo‘ladi. Mavzuni juda kengaytirib, tadqiqot maqsadi, vazifalari va kutilayotgan natijalar doirasidan chotga chiqib ketmaslik lozim. Bevosita maqolani tayyorlashga kirishishdan oldin to‘plangan materiallaringizni qayta ko‘rib chiqish va ulardan qanday foydalanish xususida fikr yuritish kerak.
Maqolaning mavzusini shakllantirganingizdan so‘ng taxminiy reja tuzib, maqsad va vazifalarni aniqlashtirish, materiallarni qanday ketma- ketlikda hamda shaklda taqdim etish to‘g‘risida o‘ylash zarur. Shundan so‘ng maqsadga erishish uchun belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish, aniqrog‘i, toiaqonli va haqiqiy ilmiy xulosalar hamda amaliy tavsiyalar shakllantirish uchun nima qilish zarurligini bilishimiz lozim.
Masalan, maqoladagi taklifning ilmiyligini va tavsiyalarning uslubiy asoslanganligi hamda amaliy jihatdan qo‘Uanuvchanligini ta’minlash zarur. Buning uchun esa ilmiy va o‘quv-uslubiy manbalarni chuqur ilmiy sharhlash, tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni o‘rganish, monografik tadqiqot obyekti bo‘yicha yetishmayotgan ma’lumotlarni to‘plash hamda tahlil qilish lozim. Shuningdek, zarur hollarda qo‘shimcha eksperimentlar va laboratoriya sinovlari o‘tkazish kerak. Bunda albatta, Siz tadqiq qilayotgan muammo (mavzuingiz) bo‘yicha so‘nggi 5-6 yildagi nashrlar (ilmiy jurnal, konferensiya to‘plamlari va b.)ga alohida e’tibor berish zarur. Avvalo, maqolangiz mavzusi dolzarb bo‘lib, yuqorida aytilgan manbalarda boshqa mualliflar tomonidan chop etilgan ishlanmalarga tayanish kerak.
Zarur materiallarni to‘plab, guruhlang va tegishli
uslublar(metodika) asosida tahlil qiling, umumlashtiring hamda xulosalar shakllantiring. Bajarilgan ishlar va olingan natijalaringiz yaxshi idrok etilishi uchun ularni jadval, diagramma, grafik, chizma va boshqa ko‘rgazmali shakllarda taqdim qiling. Bu nafaqat olingan natijalarni bir tizimga keltirish, balki o‘quvchilar ham yaxshi tushunishi va ular o‘z tadqiqotlarida Sizning ishingizdan foydalanishiga ham yordam beradi.
Ko‘pchilik izlanuvchilar va ilmiy-pedagogik xodimlar ilmiy maqola yozishda nimadan va qanday boshlashga qiynaladilar. Birdaniga mutlaq to‘g‘ri fikr shakllantirish va yozish, «maftunkor», «jimjimador» atamalarni izlash yoki jumlalar tuzishga urinmang. Maqola yozmoqchi bo‘layotgan muammo (mavzu) to‘g‘risida o‘zingizda shakllangan fikrlaringizni qanday bo‘lsa, shundayligicha xatga tushiring. So‘ngra ularni bir tizimga keltiring, muammoli, «kemtik» jihatlarini, jumladan, fikringizni asoslash uchun yetishmayotgan ilmiy sharhlar, iqtiboslar, statistik ma’lumotlar va monografik obyekt ma’lumotlari (empirik baza) zarur bo‘lgan joylarini belgilab, bir chotga olib qo‘ying (bir necha kun, balki hafta, oy yotsin). Shu muddat davomida topgan qo‘shimcha ma’lumotlaringizni to‘plab, bir tizimga keltirib va o‘zingizda shakllangan fikr- mulohazalaringizni xatga tushirib boring.
Ma’lum darajada «pishgan» g‘oyalar bilan materiallaringizni qayta ishlashga kirishing. Shunda yangi-yangi fikrlar paydo bo‘lib, muammoning «ichiga kirayotganligingizni» his qila boshlaysiz. Ma’lum hajmdagi, ma’lum darajada «pishgan» materiallar to‘planganidan so‘ng maqolaning asosiy qismini yozing, so‘ngra xulosalar shakllantiring va kirish qismini qayta ko‘rib chiqing.
Tayyor bo‘lgan dastlabki «xomashyo»ni 2-3 marta o‘qib, ilmiy tahrir qiling va ko‘rgazmali materiallar (rasm, grafik, jadval, diagramma va b.)ni rasmiylashtiring. Shundan so‘ng ushbu materialning butun mazmunini o‘zida mujassam etadigan mavzuning yakuniy variantini shakllantiring, annotatsiya va kalit so‘zlari tuzing hamda oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini keltiring.

  1. §. Ilmiy maqola tarkibi, rasmiylashtirish va e’lon

qilish tartibi
Ushbu tuzilmadagi qismlar mazmunini batafsilroq ochib beramiz. Avvalo, maqola mavzusi haqida. O‘zbek tili izohli lug‘atinmg 2 jildida «Mavzu [a. -joylashtirilgan; to‘qib chiqarilgan; tema, syujet]
Ilmiy tadqiqot, badiiy asar, fikr-mulohaza yuritish, suhbat, ma’ruza va sh.k. uchun tanlab olingan obyekt»101.
Demak, mavzu butun maqolaning mazmun-mohiyatini o‘zida mujassam etgan, qisqa va lo‘nda bo‘lishi zarur. Mavzu hajmi eng ko‘pi bilan 10-12 so‘zdan iborat bo‘lishi maqsadga muvofiq. Shuningdek, mavzu ilmiy-adabiy tilda, nafis va jozibador tuzilgan bo‘lishi lozim. Bu o‘quvchilarning e’tiborini jalb qiladi va ularda qiziqish uyg‘otadi.
Tayyorlangan ilmiy maqolani umumqabul qilingan tarkib bo‘yicha rasmiylashtirish muhim jarayon hisoblanadi (13.1-rasm).



Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish