BOB. ILMIY MAQOLALARNI TAYYORLASH VA E’LON
QILISH
1-§.Tadqiqot natijalarini e’lon qilishning
ahamiyati va zarurligi
Ilmiy-pedagogik jamoatchilikda, jumladan: talabalar, professor- o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va boshqa ilmiy xodimlar tomonidan ilmiy maqola, ma’ruza tezislari va boshqa shakllardagi ishlarni chop etish talab qilinadi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli «Oliy o‘quv yurtidan keyingi
ta’lim tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori (2-ilovasi) bilan tasdiqlangan «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risida Nizom»ning 16 bandiga muvofiq tayanch doktoranturaga: «falsafa doktori(PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadaiaoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar toplamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga ega bo‘lganlar»102 qabul qilinadi.
Shu o‘rinda tadqiqot natijalarini e’lon qilishning ahamiyati va zarurligi xususida. Ma’lum-ki, ilmiy-tadqiqot faoliyati izlanuvchidan ma’lum vaqt, energiya va mablag‘ talab etadi. Masalan, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha izlanuvchi sohaga oid qonunlar, Prezident Farmonlari va Qarorlari, Hukumat qarorlari, davlat dasturlari va boshqa me’yoriy hujjatlarni o‘rganadi. Tadqiqot mavzusiga oid ilmiy va o‘quv-uslubiy manbalarni sharhlaydi. Statistik va monografik tadqiqot ma’lumotlarini to‘plab, tahlil qiladi va natijalarini umumlashtirib, xulosa hamda tavsiyalar shakllantiradi. Agar tadqiqot natijasi chop etilmasa,
97 birinchidan, sarflangan barcha resurslar
zoe ketadi, ikkinchidan, tadqiqot natijasi va izlanuvchining unga muallifligi
tan olinmaydi. Shunday qilib, agar Siz ilmiy jamoatchilik orasida e’tirof etilishingizni istasangiz, ilmda erishgan natijalaringiz, ilgari surayotgan g‘oyalaringizni boshqa olimlar muhokamasiga taqdim etishingiz lozim. Tadqiqot natijalari nashr qilinganida:
birinchidan, ma’lumotlar tekshiriladi, mavjud (mavzuga yaqin) ishlar bilan solishtiriladi, boshqa tadqiqotlarni rejalashtirishda va muhokama qilishda foydalaniladi;
ikkinchidan, Siz ilgari surgan g‘oyalar muhokama qilinadi, isbotlanadi (yoki rad etiladi) va nihoyat, yangi g‘oyalarni yaratish jarayonida foydalaniladi. Faqat ilmiy ish dolzarb va yangiligi ilmiy qiymatga ega, taraqqiyot uchun naf keltiradigan bo‘lgandagina, uning muallifi haqiqiy olim deb e’tirof etiladi.
Shunday ekan, keyingi o‘rinlarda ilmiy-tadqiqot natijalarini e’lon qilishning asosiy shakllari va tartibi haqida batafsilroq so‘z yuritamiz.
2-§. Ilmiy maqola, uning turlari va tayyorlash jarayoni
Xo‘sh, ilmiy maqola nima? U qanday yoziladi, rasmiylashtiriladi va e’lon qilinadi?
Ilmiy maqola tushunchasi kundalik hayotda, aksariyat ilmiy- tadqiqot faoliyatida va ta’lim jarayonida ko‘proq uchraydi. Ushbu tushunchaning mazmun-mohiyati va etimologik jihatlarini batafsilroq ochib berish uchun tegishli manbalarga murojaat qilamiz. O‘zbek tili izohli lug‘atida maqola tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: «Maqola [a. - nutq, kichik asar], To‘plam, jurnal, gazeta va shu
kabilar uchun yozilgan yoki ularda bosilgan, hajmi uncha katta bo‘lmagan
ilmiy yoki publitsistik
asar»
98.
Ushbu atama O‘zbekiston milliy entsiklopediyasining 2-jildida umumiy tarzda yanada batafsilroq tavsiflangan. Jumladan, «maqola - publitsistik janr. Maqolada ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinib, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar, ilg‘or ish tajribalari ommalashtiriladi, xalq xo‘jaligidagi nuqsonlar tanqid qilinadi»
99 100 . Tavsiflar «Maqola istilohi keng ma’noda gazeta, jurnal, radio, televidenie, shuningdek, to‘plamlardagi ilmiy asarlarga nisbatan ham qodlaniladi» deb yakunlangan.
Ushbu manbalarda barcha turdagi maqolalarning lug‘aviy mazmuni keng va batafsil izohlangan, lekin, bizning fikrimizcha, bevosita ilmiy maqolaga nisbatan ularni tatbiq etish unchalik muvaffaqiyatli chiqmasligi mumkin. Chunki ilmiy maqola ilmiy- tadqiqot natijalari asosida yoziladi. Ilmiy-tadqiqot esa
«yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni, bilish faoliyati turlaridan biri. Unga obvektivlik ishonchlilik aniqlik xos. Ilmiy tadqiqot hamma shartlarga amal qilib takrorlanganda hamisha birdek natija berishi, bahs etilayotgan masalani isbotlashi lozim. Ilmiy tadqiqot bir-biri bilan bog‘langan ikki qism - tajriba va nazariyadan iborat»m Demak, o‘tkazilgan ilmiy- tadqiqotlar natijasida yozilgan ilmiy maqola boshqa turdagi maqolalardan o‘ziga xos jihatlari bilan farq qilishi lozim. Bayon qilinganlardan kelib chiqib ilmiy maqolani quyidagicha ta’riflashimiz mumkin:
Ilmiy maqola tadqiqot mavzusi bo 'yicha ilgari surilgan bitta yoki o'zaro bog'liq bo'lgan bir nechta dolzarb ilmiy muammolar aks ettirilgan, u(lar)ning ilmiy yechimiga muallif(lar)ning yondashuv(lar)i aniq ifodalangan va haqqoniy ilmiy xulosa hamda amaliy tavsiyalar bilan yakunlangan kichik ilmiy asar.
Tadqiqot maqsadi va vazifalariga ko‘ra ilmiy maqolalar:
ilmiy- nazariy, ilmiy - amaliy va ilmiy-sharhlovchi maqolalarga bo‘linishi mumkin.