O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi



Download 1,62 Mb.
bet41/98
Sana30.04.2022
Hajmi1,62 Mb.
#595191
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   98
Bog'liq
ILMIY TADQIQOT ISHINI TASHKIL ETISH word

Kurs ishi quyidagi tartibda bajariladi:

  1. Kurs ishi mavzusini tanlash, asoslash va dastlabki rejasini tuzish (1-ilova);

  2. Mavzuga doir adabiyotlar va boshqa manbalarni o‘rganish, ularni sharhlash;

  3. Kurs ishining mukammal aniqlashtirilgan rejasini tuzish (2- ilova);

  4. Zarur amaliy ma’lumotlarni to‘plash va tahlil jadvallarini ishlab chiqish;

  5. To‘plangan ma’lumotlarni jadvallarga tushirish va uni tahlil qilish;

  6. Tahlil natijasidan xulosalar chiqarish va uni ishlab chiqarishga joriy etish uchun takliflar tayyorlash.

Kurs ishini bajarishda quyidagi axborot manbalaridan foydalanish tavsiya etiladi:

  1. Xo‘jalikning yillik biznes-rejasi, har xil normativ ma’lumotlar;

  2. Choraklik va yillik buxgalteriya hisoboti;

  3. Statistik hisobotlar;

  4. Buxgalteriya hisobining tezkor ma’lumotlari.

Yig‘ilgan ma’lumotlar tahlil etilgandan so‘ng umumlashtirilib, korxonaning iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun aniq takliflar va tavsiyalar tayyorlanadi.
Kurs ishi uchun to‘plangan materiallar iqtisodiy - statistik metodlar yordamida tahlil qilinadi: foizlar,koeffitsiyentlar chiqariladi, guruhlarga ajratiladi, tahlil jadvallari, grafiklar, diagrammalar tuziladi va ulardagi raqamlar mazmuniga ko‘ra sharhlanadi.
Statistik va tahlil jadvallarini tuzishda ma ’lum qoidalarga qat’iy rioya qilinishi zarur:

  1. Har bir jadvalning o‘ng tomoniga raqam qo‘yiladi;

  2. Jadval mazmuni sarlavhaga muvofiq bo‘lishi kerak;

  3. Keltirilgan ma’lumotlar qaysi davrga doir bo‘lsa, o‘sha davr (yil) yoziladi;

  4. Jami ma’lumotlar qo‘yilgan masalaga to‘la javob bera olmagan taqdirda, unga qo‘shimcha materiallarni ilova qilish mumkin.

Kurs ishi muayyan qishloq xo‘jalik korxonalari materiallari asosida bajarilishi, nazariya bilan amaliyotni bog‘lashi, talabalarning bilimlarini tizimlashtirish, mustahkamlash va chuqurlashtirishni ta’minlashi kerak.
Kurs ishi talaba ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan (yoki ishlayotgan) xo‘jalikning materiallari asosida bajarilishi lozim. Bunda xo‘jalikdan olingan barcha materiallar aniq va o‘zaro bog‘liq bo‘lishi kerak.
Talaba kurs ishi bajarish uchun xo‘jalikdan zarur materiallarni o‘z mavzusiga muvofiq olishi kerak. Bunda dastlabki hujjatlar, analitik va sintetik hisob registrlaridan nusxalar ko‘chirish, mavzuga taalluqli schotlar, qaydnomalar va hisobotlardan ko‘chirmalar zarur.
Kurs ishi tarkibi quyidagi qismlardan iborat: titul, topshiriq, mundarija, matn qismi, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalar.
Mundarijada ish rejasidagi bo‘limlar va bandlar yoritilgan betlar ko‘rsatiladi.
Ishning matn qismi quyidagilardan iborat:
Kirish.

  • xo‘jalikning tashkiliy-iqtisodiy tavsifi.

  • ish mavzusiga oid adabiyotlar sharhi.

  • asosiy qism.

  • xulosa va takliflar.

  • foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

  • ilovalar.

Bo‘limlar o‘z navbatida bandlarga bo‘linadi. Bo‘limlar arab raqamlari bilan belgilanib, raqamdan keyin nuqta qo‘yiladi. Bo‘limdagi bandlar har bir bo‘lim ichida alohida raqam bilan belgilanadi. Masalan, «2.1» ikkinchi bo‘limning birinchi bandi yoki «2.2» ikkinchi bo‘limning ikkinchi bandi va h.k.
Bo‘limlar va bandlarga sarlavha qo‘yilishi kerak. Sarlavhalarda bo‘g‘in ko‘chirish, bo‘yash va tagini chizish mumkin emas.
Kirish qismida tanlangan mavzu asoslanib, ishning maqsadi va bajarish uslubi bayon qilinishi kerak.
Xo‘jalikning tashkiliy-iqtisodiy tavsifi bo‘limida korxonaning joylashgan o‘rni, yerdan foydalanishi, asosiy fondlari, mehnat resurslari va ularning tarmoqlar bo‘yicha taqsimlanishi, ishlab chiqarish va moliya faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari kamida so‘nggi ikki yillik ma’lumotlar asosida yoritilishi lozim. Xo‘jalikning tashkiliy-iqtisodiy tavsifidagi ma’lumotlar tegishli mavzuga mos bo‘lishi hamda buxgalteriya hisobining tashkil etilishi va yuritilishi qisqacha bayon qilinishi kerak.
Adabiyotlar sharhida mavjud va yangi dastlabki hujjatlar, analitik va sintetik hisob registrlari, muomalalarni schotlarda aks ettirish va hisobni oqilona tashkil etish bo‘yicha ayrim mualliflarning fikr mulohazalari, takliflari bayon qilinishi kerak. Shu bilan birga talaba bu mualliflarning fikr, mulohaza va takliflariga o‘z munosabatini ham bildirishi kerak.
Asosiy qismda mavzu rejaga muvofiq yoritilib, unda xo‘jalikning amaliyot materiallari va mavzuga taalluqli mualliflarning va talabaning o‘z fikrlari hamda takliflari batafsil bayon qilinadi. Talaba bu bo‘limda mazkur mavzu bo‘yicha xo‘jalikda hisob ishlarining yuritilishini yoritib, afzallik va kamchiliklarini ko‘rsatishi kerak. Asosiy qism savollarini yoritishda buxgalteriya hisobiga oid yangi normativ hujjatlar va boshqa tegishli manbalardan foydalanishi zarur.
Kurs ishining xulosa va takliflar qismida xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holati to‘g‘risida xulosa qilinib, xulosalar ishning matnidan kelib chiqqan bo‘lishi kerak. Xulosalar va takliflar aniq, sodda, tushunarli bo‘lib ularni amaliyotga tatbiq qilish, hisob, hisobot va tahlil ishlarini yaxshilash uchun aniq va tezkor ma’lumotlar olishni ta’minlashlari lozim.
Kurs ishidagi jadvallarga sarlavha qo‘yilib, «jadval» degan so‘zdan keyin berilishi kerak. Jadvalning sarlavhasini bo‘yash va tagini chizish tavsiya etilmaydi. Jadvallar matnda, iloji boricha o‘qishga qulay qilib joylashtirilishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatiga barcha foydalanilgan kitob yoki risola muallifi (mualliflari)ning familiyasi, ismi, sharifi kitob (risola)ning nomi, nashriyoti, nashr qilingan joyi va yili ko‘rsatiladi.
To‘plamlar, gazeta va jurnaldagi maqolalardan foydalanilganda mualliflarning familiyasi, ismi-sharifi, maqolaning nomi qo‘shtirnoqqa olinmaydi, to‘plam, gazeta va jurnalning nomi esa qo‘shtirnoq ichiga olinib, nashr qilingan yili, jildi, raqami va betlari ko‘rsatiladi.

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish