O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi



Download 1,62 Mb.
bet37/98
Sana30.04.2022
Hajmi1,62 Mb.
#595191
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   98
Bog'liq
ILMIY TADQIQOT ISHINI TASHKIL ETISH word

a

m =
Vn

Bunda,
o- o‘rtacha kvadrat chotlanishi; n - kuzatishlar soni.







m =

P xq n ’

(1)

Bunda,
ko‘rsatkich;

p - %, 0/ 00,

0/ 000 va hokazolarda ifodalangan
Nisbiy ko‘rsatkich xatosi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
q = (100 - r), p % da ifodalanganida;
yoki (1000 - r), p 0/ 00 da ifodalanganida;
yoki (1000 - r), p 0/ 000 da ifodalanganida va h.k.











m =

a

Vn — 1

, (2)

va

m =

Л1

P xq

n — 1’

(3)
Kuzatishlar soni 30 tadan kam bo‘lganida reprezentativlik xatosi mos ravishda quyidagi formulalar bo‘yicha aniqlandi:
Ishonch chegaralarini aniqlash formulalari quyidagicha: o‘rtacha miqdorlar uchun (M): Mbosh = Mtan yo tm
nisbiy ko‘rsatkichlar uchun (R): Rbosh = Rtan yo tm Bunda, Mbosh va Rbosh - mos ravishda bosh to‘plam o‘rtacha miqdori va nisbiy ko‘rsatkichining qiymati;
Mtan va Rtan - tanlama to‘plam o‘rtacha miqdori va nisbiy ko‘rsatkichining qiymati; m - reprezentativlik xatosi; t - ishonchlilik mezoni (ishonch koeffitsiyenti).
Ushbu usul tanlama to‘plam natijalari bo‘yicha o‘rganilayotgan hodisa (yoki belgi)ning bosh to‘plamdagi o‘lchamlari to‘g‘risida xulosa chiqarish zarur bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi.
Bu usulni qo‘llash uchun tanlama to‘plam reprezentativ bo‘lishi shart. Tanlama tadqiqotlarda olingan natijalarni bosh to‘plamga o‘tkazish uchun xatosiz prognoz ehtimoli (R) qay darajadaligini bilish zarur. Bu daraja o‘rganilayotgan belgi (hodisa) bo‘yicha tanlama tadqiqot natijalarining qancha foizi bosh to‘plamda mavjudligini ko‘rsatadi.
O‘rtacha miqdorlaming ishonch chegaralarini yoki bosh
to‘plamning nisbiy ko‘rsatkichini aniqlash chog‘ida tadqiqotchining o‘zi xatosiz prognoz ehtimoli(R)ning ma’lum (zarur) darajasini belgilaydi.
Shunday qilib, tadqiqotning ilmiy natijasini asosli, hissiyotlarsiz shakllantirish, mantiqan uzviy va izchil bayon qilish tadqiqotning o‘ta muhim bosqichi hisoblanadi.

  1. §. Ilmiy-tadqiqot natijalarining samaradorligini

baholash
Innovatsiya faoliyatini rivojlantirish borasida mamlakatimiz Prezidenti va hukumati tomonidan yetarli shart-sharoitlar yaratilmoqda. Jumladan, innovatsiya faoliyatining normativ-huquqiy asoslarini takomillashtirish, korxonalarda innovatsiya faoliyatini soliq imtiyozlari orqali bilvosita moliyalashtirish tizimini joriy etish, korxonalarning innovatsiya faoliyati xarajatlarini va jami ishlab chiqarilgan mahsulot hajmida innovatsion mahsulotlar ulushini ko‘paytirishdan manfaatdorligini oshirish tizimlari rivojlantirilmoqda.
Shu bois, ilmiy-tadqiqotlar samaradorligini baholash uchun ularning natijadorligini tavsiflaydigan mezonlarni shakllantirish alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Fundamental tadqiqotlar uchun qilingan kapital qo‘yilmalar ishlanmalar boshlanganidan ancha davr o‘tganidan so‘ng qaytarila boshlaydi. Ularning natijalari odatda, har xil, ayrim hollarda umuman kutilmagan tarmoqlarda keng qo‘llaniladi.
Shuning uchun ba’zan bunday tadqiqotlarning natijalarini rejalashtirish oson bo‘lmaydi. Fundamental nazariy tadqiqotlar samaradorligini miqdor va qiymat ko‘rsatkichlari bilan baholash qiyin.
Odatda faqat sifat mezonlarini belgilash mumkin:

  • tadqiqot natijalarini milliy iqtisodiyotning turli tarmoqlarida keng qo‘llash imkoniyati;

  • eng dolzarb tadqiqotlarni tubdan (prinsipial) rivojlantirish uchun katta turtki beradigan yangilik;

  • mamlakatning mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlashga sezilarli ulush qo‘shilishi;

  • mamlakatda ilm-fan taraqqiyotining yangi ustuvor yo‘nalishlari belgilanishi;

  • biron-bir tarmoqda amaliy tadqiqotlar boshlanishi;

  • xalqaro miqyosda e’tirof etilishi;

  • fundamental monografiyalar yaratilishi va ularga turli mamlakatlar olimlari tomonidan iqtibos (sitata)lar keltirilishi.

Amaliy tadqiqotlar natijalarining samaradorligini baholash ancha soddaroq. Bunda samaradorlikni baholashning miqdor va qiymat mezonlarini qo‘llash mumkin.
Har qanday tadqiqot natijalarining samaradorligini ular joriy qilinganidan so‘ng, ya’ni milliy iqtisodiyot uchun naf keltira boshlaganida baholash mumkin.
Shuning uchun amaliy mavzular bo‘yicha tadqiqotlarni amalga oshirish davri imkon qadar qisqaroq bo‘lishi lozim. Amaliy tadqiqotlar asosan uch yilgacha mo‘ljallanadi. Hozirgi vaqtda ko‘pchilik amaliy tadqiqotlardan samara olish o‘rtacha 75-80% dan oshmaydi.
Ilmiy-tadqiqot natijalari samaradorligini baholashning yana muhim jihati-ular ilmiy jamoa (laboratoriya, bo‘lim, kafedra va h.) va bitta ilmiy xodim tomonidan amalga oshirilishi bilan bog‘liq.
Ilmiy xodim faoliyatining samaradorligi har xil mezonlar bilan baholanadi. Masalan, chop etilgan ishlar, iqtisodiy ahamiyati, ishlanmaning yangiligi, asarlaridan iqtibos (sitata) keltirilishi va boshqalar.
Chop etilgan ishlar - jami nashr etilgan ishlar soni, ularning umumiy hajmi (bosma taboq), monografiyalar, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar soni muallifning umumiy faoliyatini tavsiflaydi. Ushbu mezon ilmiy xodim faoliyatining samaradorligini hamma vaqt xolis baholamasligi mumkin. Masalan, ilmiy xodim tomonidan chop etilgan ishlar soni kam bo‘lganida, samarasi ko‘p sonli ishlardan yuqori bo‘lishi ham mumkin.
Alohida ilmiy xodim faoliyatining iqtisodiy samaradorligini baholash kamdan-kam hollarda qo‘llaniladi. Ko‘pincha iqtisodiy
samaradorlik mezoni sifatida ilmiy xodimning mehnat unumdorligi ko‘rsatkichidan foydalanish maqsadga muvofiq.
Ilmiy-tadqiqot ishining yangiligini baholashda olingan patentlar va mualliflik guvohnomalari muhim mezonlar hisoblanadi.
Olimning ilmiy ishlaridan iqtibos (sitata) keltirish mezoni uning nashr etilgan ishlariga qilingan havolalar soni hisoblanadi. Fikrimizcha, bu mezon juda muhim emas.
Ilmiy-tadqiqot guruhi yoki tashkiloti faoliyatining samaradorligi bir qancha mezonlar bilan baholanadi:

  • o‘rtacha yillik ilmiy ishlanmalar;

  • amaliyotga joriy etilgan mavzular soni;

  • ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini joriy etishning iqtisodiy samaradorligi;

  • umumiy iqtisodiy samara;

  • olingan mualliflik guvohnomalari va patentlar soni, sotilgan litsenziyalar yoki valyuta tushumi.

Iqtisodiy samaradorlikning uchta turi mavjud:

  • dastlabki samaradorlik;

  • kutilayotgan samaradorlik;

  • haqiqiy samaradorlik.

Dastlabki iqtisodiy samaradorlik ilmiy-tadqiqot mavzusini asoslash va uni rejaga kiritish chog‘ida aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich tadqiqot natijalarini muayyan tarmoqdagi bir guruh korxonalarga joriy etish bo‘yicha prognoz hajmi hisobga olingan holda, taxminiy va yiriklashtirilgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha hisob-kitob qilinadi.
Kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik ilmiy-tadqiqot ishini bajarish jarayonida aniqlanadi. U ilmiy mahsulot joriy etiladigan ma’lum davrlarga nisbatan shartli ravishda hisoblanadi.
Kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik - dastlabki iqtisodiy samaradorlikka nisbatan aniqroq iqtisodiy mezon. Lekin joriy etish hajmini taxminan aniqlash mumkin bo‘lganligi bois, ushbu ko‘rsatkich ham ayrim hollarda taxminan aniqlanadi.
Kutilayotgan samaradorlik nafaqat bir yilga, balki uzoqroq davrga hisob-kitob qilinadi. Bunday yangi materiallar joriy etilgandan boshlab 10 yilgacha; konsruktsiyalar, priborlar va texnologik jarayonlar uchun 5 yilgacha bo‘lishi mumkin.
Haqiqiy iqtisodiy samaradorlik ishlanmalar amaliyotga joriy qilinganidan so‘ng, ammo bir yil o‘tganidan keyin aniqlanadi. Uni hisob-kitob qilish ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish va joriy etilgan korxona (tarmoq)ning aniq qiymat ko‘rsatkichlari hisobga olingan joriy etish xarajatlari bo‘yicha hisob-kitob qilinadi. Deyarli hamma vaqt haqiqiy tejalgan mablag‘ taxmin qilinganidan ancha past bo‘ladi. Chunki kutilayotgan samaradorlik ITI yoki ITB tomonidan, taxminan, ayrim hollarda oshirib hisob-kitob qilinadi. Haqiqiy samaradorlik esa joriy etilgan korxonada qilingan barcha haqiqiy xarajatlarga asosan aniqlanadi.
Kutilayotgan yoki haqiqiy iqtisodiy samaradorlik (IS) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
IS=KX2 - KXi, (4)
Bunda, KX2 va KX1 - mos ravishda eski va yangi variantdagi mahsulotlar birligi uchun keltirilgan xarajatlar.
Keltirilgan xarajatlar quyidagi formula bo‘yicha hisob-kitob qilinadi:
KX= T+NKis*K, (5)
Bunda, T - mahsulot birligi tannarxi, so‘m;
NKis-iqtisodiy samaradorlikning normativ koeffitsiyenti (NKis = 0,15)
K-ilmiy-texnik mahsulotni yaratish uchun kapital qo‘yilmalar, so‘m.
Ilmiy-tadqiqot natijalari samaradorligini baholashning eng ishonchli mezoni joriy etishdan olingan haqiqiy samara.
Shunday qilib, innovatsiya faoliyati milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Faqat innovatsiya faoliyatini rivojlantirish asosida eksportbop, tashqi va ichki bozorda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlash mumkin.
Shuningdek, ilmiy-tadqiqot faoliyatini moliyalashtirish bo‘yicha xalqaro tajribadan foydalanishni kuchaytirish maqsadga muvofiq.
Xususan, mazkur yo‘nalishda ishlaydigan yangi tuzilmalar (venchur fondlari va firmalari, ilmiy-moliyaviy guruhlar) shakllantirish hamda tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni ular faoliyatiga muvofiqlashtirish va zarur infratuzilmalarni yaratish lozim.

  1. §. Qishloq xo‘jaligiga oid tadqiqotlar natijalarining
    samaradorligini baholash xususiyatlari

Qishloq xo‘jaligida kam xarajat qilib yuqori natijalarga erishish ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosiy mezoni bo‘lib kelmoqda. Yalpi foydaning qo‘shimcha o‘sishini aniqlash samaradorlik darajasini hisoblab chiqarish uchun eng sodda usul bo‘lib, shartli bir yillik iqtisodiy samara (ISshy) deb ham ataladi.
ISshy = (YaFya - YaFb) - (Xya - Xb), (6)
Bunda, YaFya va YaFb - texnologiyalar (usullar, vositalar) ning
yangi va bazis variantlari bo‘yicha yalpi foyda, ming so‘m/ga;
Xya va Xb - yangi va bazis variantlar bo‘yicha 1 ga yerga qilingan bevosita xarajatlar.
Hisob-kitoblarni soddalashtirish uchun taqqoslash variantlarida umum ishlab chiqarish xarajatlari hisobga olinmaydi.
Keltirilgan xarajatlarni tejash bo‘yicha aniqlanadigan yillik iqtisodiy samara (ISy) ko‘rsatkichi qishloq xo‘jaligida ko‘p yillar davomida yangi ishlanmalar samaradorligini baholashning asosiy ko‘rsatkichi hisoblangan:
ISy = [(Tb + KyaKb) - (Tya + KnKya)] X Mn , (7)
Bunda, Tb va Tya - bazis va yangi variantlar bo‘yicha mahsulot birligining tannarxi, ming so‘m;
Kb va Kya- bazis va yangi variantlar bo‘yicha mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan kapital qo‘yilmalar, ming so‘m;
Kn - kapital qo‘yilmalar samaradorligining normativkoeffitsiyenti;
Mn - hisobot yilida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, natural birliklarda.
Agar yangi variantda mahsulot sifati yaxshilanib, shunga yarasha uning narxi oshgan bo‘lsa, yangi va avvalgi (eski) narxlar o‘rtasidagi farqni ham hisobga olish zarur.
Ba’zi hollarda ishlab chiqarish samaradorligi ko‘rsatkichini 1 ga yerdan olinadigan foydaning 1 ga yerga qilingan haqiqiy xarajatlarga nisbati (foiz hisobidagi) orqali yoki foydaning ma’lum hajmdagi mahsulot uchun qilingan xarajatlarga nisbati sifatida hisoblash maqsadga muvofiqdir. Lekin bu ko‘rsatkichlar ko‘p jihatdan o‘zgarib turadigan narx va tariflarga bog‘liq ekanligini inobatga olish zarur.
So‘nggi yillarda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishga sarflangan va unda mujassamlashgan (mehnat sarfining energetik
ekvivalenti) energiyalarni hisobga oladigan, samaradorlikni baholashning energetik usulini keng qo‘llash maqsadga muvofiq. Bu usulda energetik samaradorlikkoeffitsiyenti (Kes) asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkich mahsulotda mujassamlashgan energiya miqdorining ushbu mahsulotni ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarga nisbati kabi aniqlanadi:
Kes = Mh *Ee / E, (8)
bunda, Mh - asosiy mahsulot hosildorligi, t/ga;
Ee - 1 tonna mahsulotning energetik ekvivalenti, MDj/t;
E - asosiy mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan energiya miqdori, MDj/ga.
Bunda E o‘lchovi energiyaning bevosita sarfi (yonilg‘i-moylash materiallari, elektroenergiya, issiqlik), uning moddiylashgan
(o‘g‘itlardagi, gerbitsidlardagi, kimyoviy preparatlardagi va boshqalar) xarajatlari, jonli mehnat energiya sarfi va mexanizatsiya vositalarining energiyatalabligi summasi sifatida belgilanadi.
Energetik samaradorlikni baholashning boshqa metodikalari ham mavjud. Jumladan, P.N. Sinkevich mehnatning energetik samaradorligini umumiy ko‘rsatkich sifatida ko‘rib chiqishni taklif qiladi:
Em =( Ea - Emm)/ Mx, (9)
Bunda, Ea — mahsulotdagi almashtirma energiya miqdori;
Emm — mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan energiyaning moddiylashgan miqdori;
Mx — mahsulot ishlab chiqarishga qilingan bevosita mehnat xarajatlari.
Ishlab chiqarish samaradorligini baholashga energetik yondashuv moliyaviy yondashuvga qaraganda afzalliklarga ega. Chunki bozor kon’yunkturasi energetik ko‘rsatkichlarga ta’sir ko‘rsatmaydi va ularning mumkin bo‘lgan o‘zgarishlari yangi texnologiya va texnikalarni qo‘llash bilan bevosita bog‘liq. Lekin qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishga ketadigan energiya xarajatlarini hisob -kitob qilishda ishlab chiqarish omillarini aks ettiradigan va uning yakuniy natijalariga turlicha ta’sir qiladigan ko‘rsatkichlar jamlanadi. Bular hisobga olinmayapti. Shu bois, A.K. Nanayenko90 tomonidan yangi texnologiya va uning elementlari samaradorligini baholash uchun sermahsul va umumlashma ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladigan kompleks ko‘rsatkich yordamida baholashni taklif qilingan:
P
Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish