O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi


Insoniyatning butun ilmi his bilan boshlanib, tasavvurga



Download 1,62 Mb.
bet33/98
Sana30.04.2022
Hajmi1,62 Mb.
#595191
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   98
Bog'liq
ILMIY TADQIQOT ISHINI TASHKIL ETISH word

Insoniyatning butun ilmi his bilan boshlanib, tasavvurga
o‘tadi va g‘oya bilan yakunlanadi..
I.Kant
TADQIQOTNING
METODOLOGIK G‘OYASINI
AMALGA OSHIRISH
BOSQICHLARI

Ushbu bobni Organish natijasida Siz:

  • mavzuning dolzarbligini va zaruratini asoslash, o'rganilganlik darajasini baholash;

  • tadqiqot maqsadi va vazifalarini shakllantirish;

  • tadqiqot obyekti va predmetini shakllantirish;

  • tadqiqot metodlari (metodikasi)ni



- tadqiqot jarayonining bayoni va natijalarini muhokama qilish to'g'risida bilim va
ko'nikmalarga ega bo'lasiz.

shakllantirish;

  1. BOB. TADQIQOTNING METODOLOGIK G‘OYASINI AMALGA OSHIRISH BOSQICHLARI

  1. §. Mavzuning dolzarbligini va zaruratini asoslash, o‘rganilganlik
    darajasini baholash (muammoni aniqlashtirish)

Bitiruv malakaviy ishi (BMI), magistrlik dissertatsiyasi (MD) va hatto, falsafa doktori(PhD) ilmiy darajasi uchun ilmiy-tadqiqotlar olib borayotgan izlanuvchilar, ularning ilmiy rahbarlari va boshqa mutasaddilarda ilmiy ish (dissertatsiya) mavzularini shakllantirish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash davrida ilmiy no‘noqlik kuzatilmoqda. Ayrim dissertatsiya mavzularida fundamental nazariya, iqtisodiyotni modernizatsiyalashning tub mohiyati va milliy iqtisodiyot evolyutsiyasi hamda uning jahon hamjamiyatiga uyg‘unlashish xususiyatlari to‘liq o‘z aksini topmaydi.
Eskidan «an’ana» bo‘lib kelayotgan mavzularning ayrimlariga «Globallashuv sharoitida...», «Bozor iqtisodiyoti sharoitida...»,
«Iqtisodiyotni: «modernizatsiyalash sharoitida», «erkinlashtirish
sharoitida...», «diversifikatsiyalash sharoitida», «... modernizatsiyalash sharoitida ... diversifikatsiyalash...» kabi jumlalar qo‘shilgan holatlar ham uchraydi. Mavzudan esa na nazariy masala, na metodologik muammoni ilg‘ab olish qiyin. To‘g‘ri, globallashuv, fan-texnika rivojlanishi va innovatsiya faoliyati natijasida yangi-yangi atamalar chotdan kirib kelishi aniq, lekin ularni mazmun-mohiyatiga mos, o‘z o‘rnida ishlatishimiz kerak.
Mavzularni shakllantirish, dissertatsiyaning ish rejasi va dasturini tayyorlashda mavzuning dolzarbligi va o‘rganilganligini asoslash, tadqiqot maqsadi, vazifalari, predmeti, metodi va obyekti kabi muhim jihatlariga jiddiy e’tibor berish lozim. Avvalo, hozirgi vaqtda iqtisodiy makonda qanday jarayonlar kechmoqda, amaliyot qanday muammolarni
112
vujudga keltirmoqda va ularni hal etish qanday samara berishini aniq tasavvur etish kerak. Buning uchun mamlakat Prezidenti va hukumati tomonidan chiqarilgan farmon hamda qarorlarni o‘rganish, statistik ma’lumotlarni tahlil qilish va bevosita amaliyotni o‘rganish zarur. Shu bilan birga rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilm-fan, ta’limi va amaliyotidagi yutuqlari hamda tajribalarini ham o‘rganishimiz zarur.
Har qanday tadqiqotning boshlang‘ich bosqichi mavzuni tanlash va uning dolzarbligini asoslashdan iborat. «Dolzarblik» tushunchasi ilmiy ishga nisbatan qo‘llanilganda tadqiqotning tayinlanishi bilan bog‘liq ayrim xususiyatlarga ega. Jumladan, mavzu dolzarbligining asoslanishi qisqa va aniq bo‘lishi lozim. Uning bayonini juda uzoqdan boshlamaslik kerak. Ko‘pi bilan 1-1,5 betdan oshirmasdan, muhim masala - mavzuning dolzarbligi ko‘rinib turadigan muammoli vaziyatning mohiyatini ochib berish kerak.
Jumladan, tanlangan mavzu bo‘yicha muayyan ijtimoiy - iqtisodiy sharoitda mavjud muammoni hal etish uchun fan va amaliyot oldida qanday vazifalar turibdi? Umumiy holda nimalar hal qilingan, qanday muammolar hal etilmay qolgan hamda hal etilishi zarur? Buning uchun mavzuning o‘rganilganlik darajasini baholash lozim.
Mavzuning o‘rganilganlik darajasini baholash va qaysi jihatlarini tadqiq qilish lozimligini aniqlash uchun mazkur mavzuga doir ilmiy, o‘quv-uslubiy adabiyotlar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar va boshqa tegishli manbalarni chuqur o‘rganish hamda sharhlash lozim. Natijada, mavzuga oid o‘rganilmagan masalalar oydinlashtiriladi va bir tizimga keltiriladi.
Shunday qilib, tadqiqot mavzusida aniq ilmiy muammo, uni tavsiflovchi jihatlar aks ettirilishi lozim. Ma’no-mazmuni aniq shakllantirilgan mavzu muammoni yaqqol ifodalaydi, tadqiqot chegaralarini aniq belgilaydi va asosiy g‘oyasini aniqlashtiradi. Natijada, butun tadqiqotning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun puxta zamin yaratiladi.

  1. §. Tadqiqot maqsadi va vazifalarini shakllantirish


Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish