O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi



Download 1,62 Mb.
bet32/98
Sana30.04.2022
Hajmi1,62 Mb.
#595191
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   98
Bog'liq
ILMIY TADQIQOT ISHINI TASHKIL ETISH word

Rejasiz odam ma ’lum faktlar ko ‘chasida ham adashadi.
D.I.Mendeleev
Ilmiy-pedagogik faoliyat jarayonida to‘plangan tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, hali ko‘pchilik magistrantlar, hatto tayanch doktorantlar ham tanlagan dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tadqiqotni rejalashtirish va tashkil etish haqida aniq tasavvurga ega emas. Albatta, buning sabablari ko‘p. Shulardan biri - avvalo, ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish va rejalashtirishning o‘zi tashkiliy - uslubiy jihatdan yaxshi ta’minlanmaganligi hisoblanadi. Shu sabab yosh izlanuvchilar tadqiqot dasturi va rejasini ishlab chiqishda qiyinchiliklarga uchramoqda.
Xo‘sh, dastur nima? Reja nima? Ularning tarkibi, tuzish tartibi va o‘zaro nisbati qanday?
Reja va dastur tushunchalari kundalik hayotda ko‘p qo‘llanilib, ayrim hollarda ular bir-birlaridan farqlanmaydi, o‘zaro nisbati va bog‘liqligiga e’tibor berilmaydi.
Ushbu atamalar o‘zbek tilining izohli lug‘atida quyidagicha izohlangan: «Reja — biror ishni tartibi bilan va o‘z vaqtida bajarish uchun oldindan belgilab olingan aniq yoki taxminiy mo 4jal»85 86
«Dastur — yo‘l - yo‘riq, ko‘rsatma, tartib-qoida; Muayyan maqsad, ish-harakat yoki tadbirning oldindan belgilab chiqilgan yo ‘l- yo‘rig‘i, uni amalga oshirishning tartibi, qonun-qoidasi;programma»91.
Ushbu izohlardan reja va dastur tushunchalarining ilmiy-tadqiqot faoliyatiga nisbatan mohiyatini, o‘zaro nisbatini (xususiylik va umumiylik kategoriyasi bo‘yicha) anglab olish qiyin. Shu bois, ilmiy- tadqiqot faoliyatiga nisbatan qo‘Uanilganda ushbu tushunchalar ta’rifi, tavsifi va uzviy bog‘liqligini chuqurroq bilish zarur bo‘ladi.
Eng muhim farqli jihatlaridan biri - amaliy faoliyatda oldin reja tuzilib, so‘ngra uni amalga oshirish uchun batafsil dastur ishlab chiqiladi. Ilmiy-tadqiqot faoliyatida dastur maqsadga erishish vositasi, uning aniqlashtirilgan shakli - reja esa maqsad sari izchil harakatning tashkillashtiruvchi omili sifatida qaraladi. Shu bois, ilmiy-tadqiqot faoliyatida har qanday ilmiy ishning avvalo dasturini ishlab chiqish maqsadga muvofiq.
Dastur biron - bir sohani rivojlantirish maqsadini belgilash va ahamiyatini anglash, bunga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni aniqlash, ulardan hal qilinishi maqsadga qisqa yo‘l bilan olib boradiganlarini ajratib olish asosida ishlab chiqiladi.
Dastur quyidagi savollarga aniq javob berishi lozim:

  1. T adqiqot o‘tkazish nima uchun zarur?

  2. Tadqiqot predmeti (o‘rganiladigan muammo) nima va u qanday o‘rganiladi (tadqiqot metodlari)? Dasturda avvalo tadqiq qilinadigan masala (mavzu)ning dolzarbligi va zarurligini tadqiqotning predmeti sifatida asoslash, uning umumiy mazmunini ochib berish va boshqa muammolarga nisbatan rolini asoslash lozim. Shuningdek, muammoni muvaffaqiyatli hal etish uchun zarur shart-sharoitlar (tashkiliy ishlar, mablag‘(moliyalashtirish), mutaxassis ta’minoti, zarur vaqt va b.) ham aks ettirilishi zarur.

Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha magistr va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun dissertatsiya ishining dasturi, qoidaga ko‘ra, quyidagi bo‘limlardan iborat:

  1. muammoning mazmuni, dolzarbligi va zarurligini asoslash;

  2. o‘rganilganlik darajasini baholash;

v) tadqiqot obyektini aniqlash va predmetini shakllantirish;
g) tadqiqot maqsadini shakllantirish va vazifalarini belgilash;

  1. tadqiqotning dastlabki (ishchi) gipotezalarini shakllantirish;

  2. tadqiqotni zarur moddiy-texnik, moliyaviy va mehnat resurslari ta’minoti;

yo) kutilayotgan ilmiy natija va uning samaradorligi.
Shunday qilib, tadqiqot dasturi -mavzuning dolzarbligini va zaruratini asoslash, o‘rganilganlik darajasini baholash, tadqiqotning maqsadi va vazifalarini belgilash, predmeti, obyekti va metodlarini shakllantirish, uni o‘tkazish shart-sharoitlari, ishlatiladigan resurslar hamda kutilayotgan natijalar majmuidan iborat.
Endi tadqiqot rejasi xususida. Rejada tadqiqot dasturidagi belgilangan masalalar tashkiliy jihatdan aniqlashtiriladi, hal etiladigan muammo amaliy imkoniyatlar va hal etish variantlari bilan uyg‘unlashtiriladi.
Ilmiy muammolarning barchasi ham izchil va bosqichma-bosqich muvaffaqiyatli hal etilmasligi mumkin. Tadqiqot jarayonida noxush omillar, kutilmagan vaziyatlar va holatlar vujudga kelishi mumkin. Ular rejaning bajarilishiga ta’sir ko‘rsatadi, ayrim hollarda rejaga zudlik bilan tuzatishlar kiritishni ham taqozo etadi. Agar tadqiqot rejasi dasturga muvofiq, puxta va malakali tuzilmasa, bunday reja butunlay barbod bo‘lishi ham mumkin. Shu bois, tadqiqotning ayrim murakkab muammolari bo‘yicha alohida algoritm ishlab chiqish tavsiya etiladi. Bunday algoritm rejalashtirilgan tadbir muvaffaqiyatsiz chiqqanida yoki ko‘zda tutilmagan qiyinchiliklar vujudga kelganida operatsiyalarni qaytadan bajarishni nazarda tutishi zarur. Algoritm-bu muammoni hal etish texnologiyasi bo‘lib, nafaqat ayrim operatsiyalarning ketma-ket va parallel bajarilishini nazarda tutadi, balki ularning muvafaqqiyatsizlik ehtimolini mazkur dastur doirasida muammoni hal etishning yangicha yo‘llarini izlash, muammolarning o‘zaro ta’siriga tuzatishlar kiritishni ham nazarda tutadi. Bu holda tadqiqotning moslashuvchan rejasi tuzilib, uning algoritmida muammoning o‘ziga xosligi va murakkabligi aks ettiriladi. Bunday rejada belgilangan ishlarni bajarish muddatlarining qat’iy emas, balki normativ ko‘rsatkichlari keltiriladi. Shuningdek, qo‘shimcha kelishuv bandlari va baholash natijalarini ham kiritish maqsadga muvofiq.
Demak, tadqiqot rejasi - bu tadqiqot jarayonida amalga oshiriladigan asosiy tadbirlar (ish, harakat va boshqalar) o‘zaro
bog‘liq va izchil aks ettiriladigan, dasturni to‘liq amalga oshirish va muammoni hal etishni ta’minlaydigan tadbirlar tizimi.
Tadqiqot samaradorligini ta’minlashda tadqiqot dasturi, rejasi va alohida ishlarni bajarish algoritmi katta ahamiyatga ega bo‘lishiga qaramasdan, amaliyotda ularni tuzish hamda o‘zaro muvofiqligini ta’minlashga yetarli darajada rioya qilinmaydi. Fikrimizcha, tadqiqot dasturi, umumiy rejasi va individual reja (zarur hollarda alohida tadqiqot amallarini bajarish algoritmi)ni birgalikda tuzish, ya’ni bitta ish hujjati sifatida rasmiylashtirish maqsadga muvofiq. Bunda tadqiqot dasturini tuzish, algoritmlar ishlab chiqish va reja ko‘rsatkichlarini hisob-kitob qilish hamda ular orasidagi uzviylikni ta’minlashga intilish zarur.
Demak, ilmiy-tadqiqot ishini rejalashtirish-uning dasturini ishlab chiqish, dasturda belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda umumiy reja_(dissertatsiyaning mundarijasi)ni tuzish va nihoyat tadqiqot davri uchun (masalan, tayanch doktoranturada 3 yilga) individual reja tuzishdan iborat o‘ta murakkab hamda mas’uliyatli jarayon.
Ushbu jarayonni samarali amalga oshirish uchun quyidagi asosiy prinsiplarga rioya qilinishi lozim:

  1. Topshiriqlarni aniq shakllantirish prinsipi. Reja aniq va ravshan shakllantirilgan topshiriqlardan iborat bo‘lishi lozim. Topshiriqlar qo‘shimcha tushuntirishlar va aniqliklar kiritishni talab qilmasligi hamda har xil talqin qilinmasligi lozim.

  2. Puxta tashkiliy tayyorgarlik prinsipi. Reja tadqiqotchi(lar) faoliyatining tashkil etilishiga mos kelishi yoki uni muvaffaqiyatli bajarish uchun oldindan ishlab chiqilgan yangi tashkiliy shakllar kiritilishi lozim.

  3. Mehnat sarfini aniq hisob-kitob qilish prinsipi. Tadqiqot - bu mutaxassislar tomonidan bajariladigan ish bo‘lib, topshiriqlar hajmi ularni bajarish uchun sarflanadigan vaqt (mehnat sig‘imi) bilan mos kelgandagina, muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin.

  4. Faoliyatning integratsiyalashganlik prinsipi. Reja tadqiqotchining boshqa mutaxassislar va bo‘linmalar bilan o‘zaro aloqadorligi (ta’siri) omili, ular faoliyatini birlashtiruvchi omilga aylanishi, imkon boricha ishlar (vazifa)lar takrorlanishi va ziddiyatlarning oldini olishi lozim.

  5. Nazorat qilish prinsipi. Rejadagi barcha topshiriqlar va ko‘rsatkichlar ularning bajarilishini nazorat qilish talablariga javob berishi lozim. Nazorat qilish tizimining o‘zi rejada mujassam bo‘lishi lozim. Nazorat qilish imkoni bo‘lmaydigan masalalarni rejalashtirmaslik kerak.

  6. Mas’uliyatni ta’minlash prinsipi. Qoidaga ko‘ra, rejaga topshiriqlarni bajarish uchun mas’ul shaxs(lar) (masalan, talaba, magistrant, tayanch doktorant, ilmiy rahbar, kafedra (bo‘lim) rahbari va b.) kiritiladi. Manzili va mas’ul shaxslar ko‘rsatilmagan topshiriqlar rejaga kiritilmasligi lozim.

  7. Haqqoniylik prinsipi. Rejaga bajarilish imkoni yo‘q yoki ehtimoli kam bo‘lgan topshiriqlar kiritilmasligi kerak. Reja topshiriqlarining bajarilish imkoniyati zarur resurslar mavjudligi, vaqt (mehnat) sarfini hisob-kitob qilish, tadqiqotchi (doktorant) va ilmiy rahbarlarning malakasi, shunga o‘xshash ishlardagi tajribalardan foydalanish, faoliyatni tashkil etish (tashkilotchilik) imkoniyatlari, tegishli moddiy-texnik baza va boshqalar mavjudligi bilan baholanadi.

Shunday qilib, ilmiy-tadqiqot ishining dasturi va rejasini malakali hamda puxta ishlab chiqish, uni muvaffaqiyatli va samarali amalga oshirishning muhim omili hisoblanadi. Shuningdek, bunda boshqa faoliyat turlariga qaraganda ko‘proq ijodiy yondashuv, tashabbuskorlik, manbalardan to‘g‘ri foydalanish kabi omillar ham ta’sir ko‘rsatadi.
и £33 Mushohada uchun savollar

  1. Umumiy holda g‘oya nima? Tadqiqot g‘oyasini ta’riflang.

  2. Tadqiqot g‘oyasi dasturda qanday mujassamlashtiriladi? Ya’ni dastur tuzish qanday amalga oshiriladi?

  3. Nima uchun tadqiqot dasturidagi ayrim murakkab masalalar bo‘yicha alohida algoritm ishlab chiqish zarur?

  4. Tadqiqotning ish rejasi qanday tuziladi? Uning tarkibiga nimalar kiradi?

  5. Tadqiqot dasturi va rejasini tuzishda qanday prinsiplarga tayanish kerak? Ularning mazmuni?

  6. Topshiriqlarni aniq shakllantirish prinsipining mazmuni qanday?

  7. Puxta tashkiliy tayyorgarlik prinsipi qanday amalga oshiriladi?

  8. Mehnat sarfini aniq hisob-kitob qilish prinsipi nima uchun qo‘llaniladi?

  9. Faoliyatning integratsiyalashganlik prinsipi nimani bildiradi?

  10. Nazorat qilish prinsipi qanday ta’minlanadi?

  11. Mas’uliyatni ta’minlash prinsipi nima uchun zarur?

  12. Haqqoniylik prinsipining mazmuni qanday?

BOB




Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish