2. Ekskursiyalarni amalga oshirish bosqichlari. Ekskursiyalarni rejalashtirish va amalga oshirish



Download 58,5 Kb.
Sana27.01.2022
Hajmi58,5 Kb.
#413319
Bog'liq
Texnologiya fanida ekskursiyalarni tashkil etish metodikasi


Mavzu: Texnologiya fanida ekskursiyalarni amalga
oshirish metodikasi
Reja:
1. Texnologiya fanida ekskursiyalarni amalga oshirishning maqsad va vazifalari.
2. Ekskursiyalarni amalga oshirish bosqichlari.
3. Ekskursiyalarni rejalashtirish va amalga oshirish.


1. Texnologiya fanida ekskursiyalarni amalga oshirishning maqsad va vazifalari. Ekskursiya - texnologiya ta’limining shunday bir shaklidirki, uning borishi jarayonida o‘quvchilar asbob- uskunalarni, tehnologiya va mehnat jarayonlarini, ishlab chiqarish sharoitida mehnatni tashkil etishni kuzatadilar va o‘rganadilar. Umumiy tanishtirish xususiyatiga ega bo‘lgan ekskursiyalarni texnologiya ta’limining biror bo‘limi yoki yo‘nalishi boshlanishidan oldin o‘tkzilgani maqul. Aniq maqsadga bag‘ishlangan ekskursiyalarni dasturdagi biror mavzudan oldin yoki keyin o‘tkazish lozim. Ekskursiyalar frontal ravishda (15-20 o‘quvchiga) o‘tkazilinadi. O‘qituvchi ekskursiya jarayonida o‘quvchilarning ishlab chiqarish jarayonini kuzatishlariga raxbarlik qiladi, mashina va asboblarning ishlash prinspini va maxsulot ishlab chiqarish texnologiyasiga, mehnatni tashkil etishva x.k. o‘quvchilar e’tiborini jalb qiladi. Masalan: 5- sinf o‘quvchilari o‘quv ustaxonasidagi mashg‘ulotlarda asosn yog‘och va metalga ishlov berishning qo‘lda bajariladigan sohalarini o‘rganadilar. Ekskursiya jarayonida esa ular yangi stanoklar, asbob-uskunalar va yuqori unumli mehnat usullari bilan tanishadilar. O‘quvchilar o‘quv ustaxonasidagi va ishlab chiqarishdagi mehnat jarayonlarini taqqoslab, o‘quvchilar mehnatini sifatini emas, balki mehnat unumdorligini oshiadigan stanoklar, asbob-uskunalar, moslamalardan keng foydalanish yo‘li bilan, qo‘lda bajariladigan ishlarni mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish zarur degan xulosaga keladilar. Bunday ekskursiyalar o‘quvchilarda o‘zlari ko‘rgan narsalar to‘g‘risida yorqin ta’surotlar qoldiradi, bilim doirasini kengaytiradi, bo‘lajak kasbiga bo‘lgan qiziqishini va mehnatga yangicha munosabatini shakillantiradi, bilish faolligini rivojlantirishga va ishlab chiqarish intizomini yaxshilashga imkon beradi.
2. Ekskursiyalarni amalga oshirish bosqichlari. O‘tkaziladigan har qanday ekskursiyaning mazmuniga quyidagi 3 ta bosqichni kiritish mumkin:

  1. Kuzatish ob’ekttini oldindan tanlash, uning aniq maqsad va vazifalarini aniqlash, ob’ekttni borib ko‘rish zarur xujjatlarni (o‘quvchilarga beriladigan topshiriqlar va xisobot shakillari) tayyorlash;

  2. Mehnat o‘qituvchisi ekskursi maqsadlari va vazifalari, ekskursi o‘tkaziladigan joyda o‘quvchilarni o‘zini tutish qoidalari, kuzatish ob’ekttlari, ekskursiya marshruti to‘g‘risida suxbat o‘tkazishi, o‘quvchilarning kuzatishi va zaruriy vazifalarni bajarishi;

  3. Ekskursiyaga yakun yasash, ekskursiya jarayonida paydo bo‘lgan masalalarni hal qilishga qaratilgan yakunlovchi suxbat o‘tkazish.

Navbatdagi mashg‘ulotda ekskursiya to‘g‘risidagi o‘quvchilar xisobotni taxlil qilishva jamoa bo‘lib muxokama qilish yo‘li bilan ekskursiyani yakunlash.
Ekskursiya – ko‘rsatmali ta’lim bo‘lib bunda o‘quvchilar buyumlarni texnologik va mehnat jarayonlarini, mehnatni tashkil etilishini ishlab chiqarish sharoitida o‘rganadilar. Texnologiya ta’limida ekskursiyaga aloxida e’tibor beriladi. Bu ekskursiyaning o‘ziga hosligi maqsadga qaratilganligidadir.
Ekskursiyaning turlari:
Kirish ekskursiyasi – katta axamiyatga ega, unga puxta tayyogarlik ko‘rish talab qilinadi. Ekskursiya rejasi tuziladi, ob’ktlar belgilanadi va tanishib chiqiladi. O‘rganilayotgan mavzuga kirish sifatida uyushtiriladi.
Illyustratsiya - mavzuni o‘rganish jarayonida o‘tkaziladi.
YAkuniy ekskursiya - bo‘lim yoki dastur mataeriallarini to‘liq o‘tib bo‘lingandan so‘ng uyushtiriladi.
3. Ekskursiyalarni rejalashtirish va amalga oshirish.
Ekskursiyaga tayyorgarlik:
1.O‘tkazilgan ekskursiyaning maqsadini belgilash.
2.Kuzatish uchun ob’ktlarni tanlash, zarur tushuntirishlarini rejalashtirish.
3.Ekskursiya o‘tkaziladigan joyni borib ko‘rish, ekskursiya rejasini tuzish.
4.O‘qkvchilarni ekskursiyaga tayyorlash. Buning uchun ularga ekskursiyani, maqsadini, rejasini o‘tish vaqtini va ekskursiya vaqtida nimalarga e’tibor berish zarurligi aytiladi.
Ekskursiya o‘tkazish:
1.Maqsad va vazifalarni to‘la bayon qilish.
2.Ekskursiya o‘tkaziladigan korxona, joy to‘g‘risida ma’lumot berish, kuzatiladigan obktlarni aytish.
3.Ekskursiyadan keyin beriladigan savollarni aytish.
4.Xavsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish.
5.Ekskursiyaga raxbarlik qilish.
YAkunlash:
1.Kirish suxbaida berilgan savollarga javobni eshitib, fikr almashishi, bilimni mustaxkamlash.
2.Kuzatishlarni, o‘quvchilar javoblari qisqacha umumiylashtirish.
3.Ekskursiya axamiyatini tushuntirish.
Muhokoma uchun savollar:
1. Ob’ektt qanday tanlanadi?
2. Ekskursiyaga tayyorgarlik, o‘tkazish va yakunlashni izohlang?
3. Ekskursiyalar uyushtirish va uning kasbga yo‘naltirishdagi ahamiyatini tushuntiring?
Xulosa:
Texnologiya ta’imida nazariy bilimlarni mustahkamlash va uni amalda qo‘llay bilish maqsadida ekskursiyalar uyushtiriladi. Ekskursiyani o‘tkazish uchun ob’ektt tanlanadi, tayyogarlik ko‘riladi, o‘tkazish va yakunlash metodikasi o‘qituvchi tomonidan ishlab chiqiladi.
Download 58,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish