Mavzu:Tabiat qo’yniga ekskursiyaga tayyorgarlik ko’rish.
Reja:
1.MTTda ekskursiyani ahamiyati va ularni tashkil еtish.
2. Ekskursiyada og’zaki ko’rgazmali va amaliy metodlardan foydalanish.
3.Ekskursiya uchun mеhnat qurollarini, o’yinchoqlarini tanlash va ularga rahbarlik qilish.
4. Tarbiyachini va bolalarni ekskursiyaga tayyorlanishi, ekskursiyadan kеyingi ishlar
Ekskursiya
Ekskursiyalar-bolalarni tabiat bilan tanishtiruvchi mashg’ulotlardan biridir. Ekskursiya vaqtida bola tabiat hodisalarini, insonni hayot talablariga muvofiq qanday o’zgartirayotganini va tabiat kishilarga qanday xizmat qilayotganini ko’rishi mumkin. Ekskursiyada bolalar o’simlikva hayvonlarni ular muxitida ko’rish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Ekskursiya bir oyda bir marta tarbiyachi tomonidan reja asosida tashkil etiladi. MTTda quyidagi joylarga ekskursiyalarni tashkil etishimiz mumkin. Masalan: Hayvonot bog’iga, hiyobonlarga, issiqxonalarga, maktabga, oziq-ovqat do’konlariga, muzeylarga, hamda mazmuniga ko’ra ko’rsatilgan ekskursiya joylariga uyushtirishimiz mumkin.
Ekuskursiya 5 qismdan iborat:
1.Ekskursiyaning nomi.
3.Ekskursiyaga tayyorgarlik, kerakli jihozlari, o’yinchoqlari
2.Ekskursiyaning maqsadi, vazifasi
4.Ekskursiyaning borishi.
5.Ekskursiyani yakunlash.
Mazmuniga ko’ra ekskursiyalar ikki turga bo’linadi:
1.Tabiatga uyushtiriladigan ekskursiya
2. Qishloq xo'jalik ekskursiyasi
Tabiatga uyushtiriladigan ekskursiya — bog`, o'rmon, daryo, o`tloq, shuningdek, hayvonot bog‘i, botanika bog`iga (bular turli mavsumda o‘tkaziladi).
Qishloq xo'jalik ekskursiyasi — dala, parrandachilik fabrikasi, bog`, ekinzor va shu kabilarga kattalarning mehnati bilan tanishish maqsadida uyushtiriladigan ekskursiyalardir.
Ekskursiyada og’zaki ko’rgazmali va amaliy metodlardan foydalanish
Ma’lumki, tabiat bilan tanishtirish jarayonida tarbiyachi xilma-xil: og‘zaki, ko’rgazmali va amaliy metodlarni qo‘llaydi. U o‘simlik va hayvonlarni, ularning yashash sharoitlarini namoyish qiladi. Bu narsalarni oddiy mashg‘ulotlarda ko‘rsatib bo‘lmaydi. Shuning uchun tabiat bilan tanishtirish metodikasida mashg’ulotlarni to‘ldiruvchi maxsus shakllar qo‘llaniladi.
Ekskursiya uchun mеhnat qurollarini, o’yinchoqlarini tanlash va ularga rahbarlik qilish.
Bunda tarbiyachidan katta mahorat talab etiladi, chunki tanlanadigan mehnat qurollari bolalarni yoshiga mos, yengil, ranglari yorqin, bolalarni shikastlamaydigan bo’lishi kerak. Bularga chelakcha, lattacha, supurgicha, lapatkacha, xaskashcha, teshacha, xokondozchalar kiradi. O’yinchoqlar o’yin vaqtida yerga tegishini va tushib ketishini inobatga olgan holda plastmassadan hamda rezinadan yasalgan bo’lishi kerak. Ularni ekskursiyadan so’ng guruhga olib kelib yuvishlari qulay bo’lishi kerakligi inobatga olinadi.
Tarbiyachini va bolalarni ekskursiyaga tayyorlanishi, ekskursiyadan kеyingi ishlar
Bolalarni ekskursiyaga tayyorlash. Tarbiyachi bolalarni ekskursiyaga olib borishdan avval har bir bolaning sog’lig’i haqida ma’lumotga ega bo’lishi kerak.Ekskursiyadan bir necha kun oldin bolalarda mashg'ulotga qiziqish uyg‘otish, tasavvurlarni jonlantirish maqsadida tarbiyachi ular bilan kichik suhbat o`tkazadi, ya’ni ekskursiya vazifalarini qo‘yadi, topshiriq va vazifalarni taqsimlaydi, ekskursiyadagi xulq-atvor qoidalari bilan tanishtiradi, shuningdek anjom-aslaha va jihozlarni tayyorlaydi.
Ekskursiyadan keyingi ish. Ekskursiya yakunida to‘plangan materiallarni tabiat burchagiga joylashtirish (masalan, o'simliklarni vazalarga, gul tuvaklarga solish, jonivorlarni akvarium, terrarium, sadaklarga joylashtirish), o'simlik va hayvonlarni kuzatuv ostiga olish zarur. Ekskursiyadan 2—3 kun o'tgach, tarqatma material, rasm solish, loy va plastilindan narsalar yasaladi, tabiiy materiallardan foydalanib didaktik o‘yinlar, mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Badiiy adabiyotlar o‘qiladi, bolalarning ekskursiyadan olgan taassurotlari haqidagi hikoyalari tinglanadi. Ekskursiya yakunida umumlashtiruvchi suhbat o'tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |