O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi



Download 1,62 Mb.
bet43/98
Sana30.04.2022
Hajmi1,62 Mb.
#595191
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   98
Bog'liq
ILMIY TADQIQOT ISHINI TASHKIL ETISH word

BMIning sifati va o'z vaqtida DAKka taqdim etilishi uchun talaba javobgar!
BMIning ilmiy rahbari ish rejasidagi masalalarning uslubiy hal etilishi, mazmuni va tuzilishi, talaba tomonidan huquqiy-me’yoriy hujjatlar, buxgalteriya hisobi va auditning milliy hamda xalqaro standartlariga rioya qilinishi uchun mas’ul hisoblanadi.
Kafedra mudiri BMIning ilmiy rahbari bilan bir qatorda mavzudagi masalalarning uslubiy hal etilishi va talaba tomonidan BMIni rasmiylashtirish qoidalariga rioya qilinishi uchun mas’ul hisoblanadi.

  1. §. Bitiruv malakaviy ishini rasmiylashtirish va himoya qilish

BMI A-4 format yozuv qog‘ozida kompyuterda yoziladi va muqova qilinadi. Boshqa ko‘rinishda BMI ni himoyaga taqdim etish mumkin emas.
BMIning matni vertikal holda : chapdan 30 mm, o‘ngdan 15 mm, yuqoridan 25 mm va pastdan 25 mm joy qoldirilib yoziladi.
BMIning xar bir betida, betining boshida yoki oxirida jadval yoki boshqa ko‘rgazmali material keltirilgan betlardan tashqari 28-30 qator bo‘lishi kerak. Agar ishning beti jadval yoki boshqa ko‘rgazmali material bilan to‘liq band qilinmagan bo‘lsa, u holda ushbu betda bundan tashqari tegishli qatorlar joylashtiriladi. Bitta fikrni bayon qilishdan ikkinchisiga o‘tishda matn yangi xat boshidan boshlanadi. Bunda xat boshi beshta belgidan keyin boshlanishi lozim.
BMIning boblari arab raqamlari bilan, paragraflari nuqta bilan ajratilgan ikkita arab raqamlari bilan raqamlanadi. Birinchi raqam tegishli bobni, ikkinchisi paragrafni bildiradi. Bob va paragraflar raqamlaridan so‘ng nuqta qo‘yiladi. Masalan, 1.3 - bu birinchi bobning uchinchi paragrafini, 2.4.-ikkinchi bobning to‘rtinchi paragrafini bildiradi va h.k. Bob yoki paragrafning raqami uning boshlanishida ko‘rsatiladi.
Kirish, har bir bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, ilovalar yangi betdan boshlanadi. Ularning boshlanishi bosh harflar bilan, paragraflar esa kichik harflar bilan yoziladi. Ularda bo‘g‘in ko‘chirish mumkin emas va oxirida nuqta qo‘yilmaydi. Boblar matndan yuqori va quyi qismidan uchta interval (10 mm) joy qoldiriladi. Bob va paragraf o‘rtasida ikki interval bo‘lishi lozim. Boblar va paragraflar nomi ularning mazmuniga mos va qisqa bo‘lishi kerak. Agar paragraf bandlarga ajratilgan bo‘lsa, ular ushbu paragraf doirasida raqamlanadi. Masalan, 3.2.4- uchinchi bob ikkinchi paragrafning to‘rtinchi bandida ekanligini bildiradi. Bandning raqami u boshlanadigan xat boshining birinchi satriga qo‘yiladi.
BMIning barcha betlari varaqning yuqori qismi markazida arab raqami bilan ketma-ket raqamlanadi. Raqamlash titul varag‘idan boshlab, alohida betlarda joylashgan jadvallar va boshqa ko‘rgazmali materiallarni ham qo‘shgan holdagi oxirgi betgacha ketma-ket bo‘lishi lozim. Bunda titul varag‘ida, rahbar fikrnomasida va BMIning topshirig‘ida bet raqami qo‘yilmasdan, ular birinchi, ikkinchi va uchinchi betlar bo‘lib hisoblanadi.
BMIning raqamli materiallari jadvallarda rasmiylashtiriladi. Ular qisqartirilgan ko‘rinishda zarur ma’lumotlarni aks ettirishi va oson o‘qilishi lozim. Jadvallarni ko‘plab ko‘rsatkichlar bilan
murakkablashtirmaslik kerak. Jadvallardan keyin tegishli xulosalar bilan ularning tahlilini ifodalaydigan matn keltiriladi va ularda keltirilgan raqamlar takrorlanmasligi kerak (BMIni rasmiylashtirish bo \yicha texnik talablar Uslubiy ko ‘rsatmalarda beriladi!).
Bitiruvchilarning yakuniy davlat malakaviy attestatsiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 22.05.2009 yil 160-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy Davlat attestatsiyasi to‘g‘risida Nizom»ga muvofiq amalga oshiriladi.
Bitiruv malakaviy ishi barcha imzolar (bitiruvchi talaba, ilmiy rahbar, kafedra mudiri) qo‘yilgan holda, rahbar xulosasi va taqrizlar bilan birga DAK yig‘ilishida belgilangan himoya kunidan 3 kun oldin kafedraga topshiriladi.
Himoyaga qo‘yish rad etilgan holda (istalgan sabab bo‘yicha) va BMIga salbiy taqriz berilganda mazkur ish kafedra majlisida muhokama qilinib, asosli xulosa chiqariladi.
Kafedra majlisining bayonnomasi universitetning o‘quv ishlar bo‘yicha prorektoriga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Bitiruv malakaviy ishining himoyasi ochiq bo‘lib, DAK yig‘ilishida uning a’zolaridan yarmidan ko‘pi ishtirok etganida amalga oshiriladi.
Bitta BMIni himoya qilish uchun DAK kotibining bitiruvchi - talaba to‘g‘risidagi axboroti bilan birga 0,5 soat ajratiladi. Bitiruvchining ma’ruzasi, berilgan savollarga javobi, rahbar xulosasi va taqrizlarni o‘qib eshittirish hamda taqrizda ko‘rsatilgan javoblar uchun 12-15 minut ajratiladi.
Himoya tartibi quyidagicha: DAK raisi bitiruvchi talabaning familiyasi va ismi-sharifi, bitiruv malakaviy ishining mavzusi ilmiy rahbar va taqrizchining familiyasi va ismi - sharifini e’lon qiladi. So‘ngra talaba ma’ruza qiladi va DAK a’zolari tomonidan berilgan savollarga javob beradi. Shundan so‘ng ilmiy rahbar va taqrizchiga so‘z beriladi. Ular himoyada qatnashmaganida xulosa va taqriz o‘qib eshittiriladi.
Keyinchalik DAK a’zolari va himoyada qatnashayotgan boshqa shaxslar so‘zga chiqishi va fikr - mulohazalarini bildirishi mumkin. Oxirida talabaga yakunlovchi so‘z beriladi. Yakunlovchi so‘zda u taqrizchining kamchiliklariga javob berishi lozim. Talaba taqrizchining kamchiliklariga rozi bo‘lmaganda ularga nisbatan o‘z nuqtai nazarini asoslangan holda bayon qilishi mumkin.
Bitiruvchi talaba DAK majlisida BMI himoyasini ma’ruza shaklida aniq va tushunarli (iloji boricha ma’ruza matnini o‘qimasdan) bayon qilib, uni jadvallar, rasmlar, grafiklar va boshqalar ko‘rinishidagi ko‘rgazmali qurollar bilan izohlashi lozim. Berilgan savollarga qisqa va to‘g‘ri javob berilishi kerak. Ma’ruzaning mazmuni, savollarga berilgan javoblarni to‘liqligi va aniqligi BMIning yakuniy bahosiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
BMIni himoya qilish natijalari DAK majlisi tugatilib, bayonnomasi DAK raisi tomonidan imzolanganidan so‘ng bitiruvchi-talabalarga darhol e’lon qilinadi.
o l=^=k Mushohada uchun savollar

  1. Kurs ishi nima? Uni yozishdan maqsad qanday?

  2. Kurs ishini bajarishda qanday vazifalar hal etilishi zarur?

  3. Kurs ishi bo‘yicha tanlangan mavzuning dolzarbligi qanday asoslanadi?

  4. Kurs ishining rejasi qanday tuziladi? Ma’lumot manbalari qanday shakllantiriladi?

  5. Kurs ishining tarkibiy qismlari (kirish, asosiy qism va b.) qanday yoritiladi?

  6. Kurs ishini rasmiylashtirish va taqdimot qilish tartibi qanday?

  7. BMIning mazmuni, maqsadi va vazifalari qanday?

  8. BMI mavzusi qanday tanalanadi va dolzarbligi qanday asoslanadi?

  9. BMIning rejasi qanday tuziladi? Ma’lumot manbalari qanday shakllantiriladi?

  10. BMIning tarkibiy qismlari (kirish, asosiy qism va b.) qanday yoritiladi?

  11. BMI ni rasmiylashtirish, himoyaga taqdim etish va himoya qilish tartibi qanday?







  1. BOB. TADQIQOT NATIJALARINI TAQDIM ETISH SHAKLLARI VA ILMIY - ADABIY TILDA RASMIYLASHTIRISH

1-§. Ilmiy-tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish va taqdim
etish shakllari
Ilmiy-tadqiqot natijalari ilmiy jamoatchilik (kafedra, fakultet kengashi va b.) oldida muhokama qilinib, referat, ilmiy maqola, ilmiy ma’ruza tezislari, ilmiy hisobot, tavsiyanoma, monografiya va boshqa shakllarda e’lon qilinishi lozim.
Referat tadqiqot natijalarini yozma ko‘rinishda taqdim etishning dastlabki shakllaridan hisoblanadi. Odatda, referatlarda mavzuning nazariy va amaliy ahamiyati ochib beriladi, mavzuga doir nashrlar tahlil qilinadi, tahlil qilingan ilmiy materiallar yuzasidan baho beriladi va xulosalar qilinadi. Referat izlanuvchining zakovatini, uning mavjud ilmiy axborotni mustaqil tahlil qilishi, turkumlashi va umumlashtirishini ko‘rsatishi lozim.
Ilmiy maqola tadqiqot natijalarini e’lon qilishning eng ko‘p tarqalgan shakli hisoblanadi, odatda, maqola hajmi 5 betdan 10 betgacha bo‘ladi. Ilmiy maqolada materiallar tizimli, ketma-ket bayon qilinishi va uning bo‘limlari o‘zaro mantiqan bog‘langan bo‘lishi lozim. Bunda maqolaning ilmiy uslubiga alohida e’tibor berish zarur. Ilmiy uslub uchun quyidagi asosiy talablar xosdir: tushunarli bayon qilish, so‘zlarni aniq ishlatish, matnning qisqa va lo‘ndaligi, ilmiy atamalarni o‘rinli qo‘llash, mantiqiylik va qismlarning o‘zaro bog‘liqligi. Matnni yakuniy ilmiy-adabiy tahrir qilishga alohida e’tibor berish zarur. Ilmiy maqolada xulosa, ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalarni bayon qilish ulkan ahamiyatga ega.
Ilmiy hisobot, ma’ruza. Ilmiy hisobotga quyidagi talablar qo‘yiladi: tarkiban aniq tuzilishi, materialning mantiqan izchil bayon qilinishi, ishonarli asoslanishi, jumlalarning qisqa va aniqligi, ish
natijalarini aniq bayon qilinishi, xulosa va takliflarning
isbotlanuvchanligi.
Ilmiy hisobot tarkiban titul varag‘i, mualliflar ro‘yxati, qisqacha referat, mundarijasi, ishning asosiy qismi, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat.
Ilmiy ma’ruza mazmuniga ko‘ra hisobot bilan bir xil bo‘lib, ammo u tadqiq qilingan barcha muammolarni to‘liq qamrab olmasligi, balki qandaydir mantiqan yakunlangan qismini, qaysidir jihatini aks ettiradi.
Uslubiy qo‘llanma. Bunday qo‘llanmaning asosini tadqiqot natijalari negizida shakllantirilgan tadqiq qilingan jarayonni
takomillashtirish bo‘yicha nazariy asoslangan uslubiy tavsiyalar tashkil etadi. Uslubiy qo‘llanma eng murakkab ilmiy nashr mahsulotlaridan hisoblanadi. Bunday qo‘llanmalar qisqa, aniq va ravshan yozilgan bo‘lib, asosan amaliyotchilarga mo‘ljallanadi.
Uslubiy qo‘llanmalar ta’lim tizimida to‘liq kursni o‘qitish usullari; o‘quv dasturining alohida bo‘limi yoki mavzusini o‘qitish uslublari yoritilgan uslubiy ishlanmalar; ta’lim-tarbiya jarayonining ayrim jihatlariga bag‘ishlangan uslubiy tavsiyalar.
Uslubiy qodlanmalarni risolalar yoki kitoblar ko‘rinishida rasmiylashtirish mumkin. Risola deb kichik hajmdagi (5-6 betdan 50 betgacha) yumshoq muqovali nashr mahsulotlariga aytiladi. Kitoblar esa hajmi 48-50 betdan ko‘p, qoidaga ko‘ra, qattiq muqovali nashr mahsulotlari hisoblanadi.
Monografiya deb biron-bir ilmiy muammo yaxlit va yetarli darajada har tomonlama tadqiq qilingan ilmiy nashr mahsulotiga aytiladi.
Izlanuvchi tadqiq qilinayotgan muammoning avval ilmiy-uslubiy manbalarda va amaliyotda qanday (qay darajada) hal etilganligini, hozirgi vaqtda qanday hal etilayotganligini monografiyada ko‘rsatib beradi. So‘ngra ushbu muammoning yechimiga doir o‘zining nazariy va uslubiy g‘oyalarini ochib beradi, tadqiqot uslublari(metodikasi)ni bayon qiladi. Shundan so‘ng o‘z tadqiqotlarining natijalari batafsil bayon qilinadi, isbotlangan xulosalar va tadqiq qilinayotganjarayonni takomillashtirish uchun ilmiy asoslangan tavsiyalar beriladi.
Monografiyaning oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltiriladi. Monografiya risola yoki kitob ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.
Tezislar, odatda konferensiya yoki seminarlardan oldin chop etiladigan, ma’ruza qilinadigan ilmiy ishning juda qisqa (1 betdan 3 betgacha) bayoni. Ilmiy ma’ruza tezislarini tayyorlashning asosiy vazifasi, ma’ruzachi tomonidan konferensiya (seminar, o‘qish) ishtirokchilariga yetkazishni rejalashtirilayotgan, tadqiqotning eng muhim natijalarini juda qisqa, konspekt shaklida bayon qilishdan iborat.
Dissertatsiya [lot. dissertation - fikr yuritish, tadqiq qilish] Ilmiy daraja olish maqsadida yoziladigan va maxsus ilmiy kengash majlisida himoya qilish uchun taqdim etiladigan ilmiy-tadqiqot ishi.
(Ilmiy maqola va ilmiy ma’ruza tezislarining mazmun-mohiyati, tarkibi va tuzilishi, ularni tayyorlash, rasmiylashtirish hamda e’lon qilish masalalari kitobning 13 va 14 boblarida batafsil bayon qilingan).
2-§. Ilmiy-tadqiqot natijalarini ilmiy - adabiy tilda bayon qilish
Iqtisodiyot ilmi va ta’limi sohasidagi keng qamrovli va dolzarb muammolarni hal etishning muhim jihatlaridan biri - BMI, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari, monografiyalar va o‘quv adabiyotlari, xususan darsliklarning yozilish uslubi hamda tilini mukammallashtirishdir. Afsuski, bu sohada yoki mujmal va tushunish qiyin bo‘lgan yoki juda silliq - «six ham, kabob ham kuymaydigan» holatlar davom etib kelmoqda. Har ikkalasi ham yaramaydi, albatta. Bunday holatlarda o‘quvchilar «buni kim yozdi ekan, nima deyilmoqchi o ‘zi?» degan mavhumlik, shubhalanishdan nariga o‘ta olmaydi.
Shuningdek, bunday tushunarsiz, jimjimador so‘zlar, hech qanday sharhsiz ishlatiladigan, fan va ta’lim rivoji uchun hech naf keltirmaydigan jumlalar ko‘pincha «ha endi, bu fan tili-da» (yoki «kitobiy til») deb izohlanadi. Bunday holat hozirgi kunda ko‘pchilik eshitib ulgurmagan «import» so‘zlar va jumlalarni qo‘llaydigan havaskorlarga «fan tili» deb o‘zlarining «nufuzi»ni oshirish uchun, yoki fanning mohiyatini yaxshi tushunmaydiganlarga «ehtiyotkorlik» uchun qulay. Aslida esa, buni tushunish haqiqiy, qomusiy asarlarni, umuman kitoblarni ko‘proq mutolaa qilishimizni, hamda amaliyotdan xabardor bo‘lishimizni talab etadi.
To‘g‘ri, globallashuv natijasida ayrim maxsus fanlarga xorijdan kirib kelgan, tarjima qilish qiyin bo‘lgan va sun’iy ravishda boshqa bir atama bilan almashtirilsa mazmuni ochib berilmaydigan iboralar mavjud. Ular birinchi marta qo‘llanilganda mohiyati tavsiflanib, keyingi o‘rinlarda aynan o‘zi qo‘llanilishi maqsadga muvofiq. Chunki, «fanda shunday tushunchalar borki, ularni soddalashtirib bo ‘Imaydi, soddalashtirilsa-tushuntirib bo Imaydi» 95.
Iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi, moliya, iqtisodiy tahlil kabi maxsus bilimlar sohasi ham o‘z tadrijiy taraqqiyoti yo‘lida dastlab ijtimoiy-iqtisodiy makondagi ehtiyojni qondiradigan hodisa sifatida vujudga kelib, taraqqiyot natijasida keyinchalik adabiy tilning bir bo‘lagiga va nihoyat, professional bilimlar sohasiga aylangan hamda shu tarzda takomillashib bormoqda. Shu bois, haqiqiy, hayotiy, qomusiy badiiy asarlarni mutolaa hamda mushohada qilish ham, tor ixtisoslashgan bilim sohasini o‘rganishning zaruriy shartlaridan biri hisoblanadi. Demak, izlanuvchilar, magistrantlar va talabalarimizda ham mumtoz jahon va o‘zbek badiiy adabiyotini ko‘proq o‘qish, mushohada qilish ko‘nikmasi rivojlangan bo‘lishi zarur.
Endi bevosita dissertatsiya ishlariga keladigan bo‘lsak, tadqiqotning yakunlovchi bosqichida olingan natijalarni amaliyotga tatbiq qilish, dissertatsiya va avtoreferatni o‘rnatilgan qoidalarga muvofiq ilmiy-adabiy jihatdan yuksak saviyada rasmiylashtirish ishlari amalga oshiriladi.
«Dissertatsiya - muallif tomonidan olib borilgan, tadqiqot mohiyati tegishli talablarga javob bergan, tugallangan va mazmunan yaxlit ilmiy ish sifatida ilmiy yangiligi va amaliy natijalari tizimli ravishda asoslab berilgan qo‘lyozma huquqiga ega bo‘lgan ilmiy asar;
Dissertatsiya avtoreferati - dissertatsiya tadqiqoti yuzasidan umumiy ma’lumotlar keltirilib, ishning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari tizimli ravishda umumlashtirilgan holda qisqacha bayon qilingan hamda nashr etilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berilgan va tegishli tavsiyalar asosida rasmiylashtirilgan qo‘lyozma huquqiga ega bo‘lgan ilmiy asar»96.
Dissertatsiya ishi va uning avtoreferatini talab darajasida, nashr- tahrir talablariga muvofiq rasmiylashtirish ilmiy tadqiqotning muhim yakunlovchi qismi bo‘lib, sermehnat va mas’uliyatli ishdir.
Izlanuvchi dissertatsiya va avtoreferatni ilmiy-uslubiy va adabiy jihatdan rasmiylashtirish jarayonida to‘plangan materiallardan asosiy g‘oyalarni, qoidalarni, xulosa, taklif va tavsiyalarni tushunarli, yetarli darajada to‘liq va aniq tarzda ajratib olish hamda shakllantirishga intilishi zarur.
Albatta, bunga hamma izlanuvchilar ham muvaffaqiyatli erisha olmaydi. Chunki dissertatsiyani rasmiylashtirish jarayoni hamisha u yoki bu jihatlarni qayta ishlash, xulosalarni asoslashda mazmunan aniqlashtirish, argumentlash va bo‘shliqlami toddirish bilan bog‘liq holda kechadi. Bu borada ko‘p narsa nafaqat izlanuvchining malakaviy tayyorgarlik darajasiga, balki uning umumiy va shaxsiy dunyoqarashi, adabiy va tahliliy qobiliyati hamda o‘z fikrlarini rasmiylashtirish mahoratiga ham bog‘liq. Shu o‘rinda izlanuvchilarga yana bir tajribada sinalgan maslahat - avtoreferatni yozish uchun dissertatsiyani to‘liq yakunlashni kutmasdan, har bir bob yakunlanganidan keyin eng muhim jihatlar va natijalarni avtoreferatga o‘tkazib boring.
Dissertatsiya ishi, eng avvalo malakaviy ish. Shu bois, uni bayon qilish tili va uslubiga juda jiddiy e’tibor qaratish zarur. Darhaqiqat, ilmiy ishning stilistik madaniyati muallifning umumiy madaniyatini baholaydigan muhim mezon hisoblanadi.
Ilmiy ishning tili va uslubi yozma ilmiy nutqning bir qismi sifatida ilmiy tarbiya va ilm odobi ta’sirida shakllanadi. Buning mohiyati ilmiy haqiqatni asoslash maqsadida shaxsan muallifning va boshqalarning nuqtai nazarlarini xolis talqin qilishdan iborat. Ilmiy faoliyat evolyutsiyasi natijasida olimlar o‘rtasidagi o‘zaro og‘zaki nutqda ham, yozma nutqda ham ma’lum an’analar shakllangan. Lekin bu ilmiy nutqni yozma bayon qilishning «yagona standarti» deb tushunilmasligi kerak.
Bu yerda faqat ilmiy tilning an’anaga aylangan xususiyatlari to‘g‘risidagi so‘z yuritilmoqda.
Yozma ilmiy nutqning eng muhim xususiyati-ma’lumotlarni rasmiy va mantiqiy tarzda bayon qilishdir. Bu nutq vositalarining butun tizimida o‘z ifodasini topadi. Ilmiy bayon qilish asosan mulohazalardan tashkil topgan bo‘lib, ularning maqsadi tadqiqotlar natijasida aniqlangan ilmiy yangilikning haqiqiyligini isbotlashdan iborat.
Ilmiy ish matni o‘zaro bog‘langan, yaxlit va mantiqan yakunlangan bo‘lishi lozim. Matnning mantiqiy bog‘liqligini ifodalaydigan eng muhim vositalar qo‘llanilishiga ko‘ra quyidagicha turkumlanadi:

  1. fikr rivojlanishining izchilligini ko‘rsatuvchi grammatik bog‘lanish vositalari: «avvalo», «boshida», «so'ngra», «birinchidan», «ikkinchidan», «demak», «xo‘sh» va b.);

  2. o‘zaro ziddiyatli munosabatlarni ifodalashda: «ammo», «lekin», «biroq», «ayni chog'da», «shunga qaramasdan», «aksincha», ... ;

  3. sabab-oqibatli munosabatlarni ifodalashda: «shunga ko‘ra», «shundan kelib chiqqan holda», «shu tufayli», «shu bilan monand», «buning natijasida», «bundan tashqari», «buning ustiga»;

  4. bitta fikrdan boshqasiga o‘tishda: «...ga o'tishdan oldin», «...ga murojaat qilamiz», «...(lar)ni ko‘rib chiqamiz», «ko‘rib chiqib», «...ga o ‘tiladi», «... ga to ‘xtalish zarur», «...(lar)ni ko ‘rib chiqish zarur»;

  5. fikrlarni umumlashtirish, xulosa qilishda: «shunday qilib, ... », «demak, ... », «bayon qilinganlarni umumlashtirib, ... », «xulosa qilib aytganda ... », «ta’kidlash joizki, ... » kabi yorlamchi so‘zlardan foydalanish mumkin.

Yuqorida keltirilgan va shularga o‘xshash so‘zlar hamda so‘z birikmalari hamma vaqt ham jumlanining chiroyli chiqishini ta’minlay olmasligi mumkin. Lekin ular muallif fikrini ko‘rsatuvchi o‘ziga xos «yo‘l belgilari» hisoblanadi.
Ilmiy ishni o‘qiyotgan odam «darhaqiqat» yoki «haqiqatan ham» so‘zlari ulardan keyin keladigan matnning dalillovchi sifatida xizmat qilishi uchun mo‘ljallanganligini darhol anglab oladi.
Ayrim hollarda yuqoridagi kabi so‘z birikmalari nafaqat muallifning bir fikrdan keyingisiga o‘tishini bildiradi, balki matnni bo‘laklashga ham yordam beradi. Masalan, gapda «...larni ko'rib chiqishga kirishamiz» so'z birikmasi matn bo'lagining mavzusi o'rnini bosishi mumkin.
Shunday qilib, matnda fikrlarni aniq va to'liq bayon etish, mantiqiy bog'liqlikni ifodalash uchun til qoidalarigato'liq rioya qilish lozim. Bu ilmiy asarning savodlilik darajasini ko'rsatadi.

  1. §. Maxsus ilmiy atamalarni qo‘llash va ilmiy nutq madaniyati

Ilmiy ishning matni yana shunisi bilan tavsiflanadiki, unga faqat tadqiqot davri davomida o'tkazilgan kuzatishlar va eksperimentlar natijasida olingan aniq faktlar hamda ma’lumotlar kiritiladi. Bu matnning aniq, ikki xil talqin qilinmaydigan so'zlar bilan bayon qilinishini, shunga ko'ra esa, maxsus atamalardan foydalanishni taqozo etadi.
Maxsus atamalardan o'rinli foydalanish tufayli ilmiy faktlar, tushunchalar, jarayonlar va hodisalarni qisqa va tejamli shaklda, mazmunan keng bayon qilishga erishiladi. Ma’lumki, globallashuv, zamonaviy ilm-fan va innovatsiya faoliyatining rivojlaninishi natijasida maxsus atamalar soni ortib bormoqda.
Shuni unutmaslik kerakki, ilmiy atama oddiygina so'z emas, balki mazkur hodisa mohiyatining ifodasidir. Bitta matnda har xil atamalarni aralashtirib yubormaslik lozim. Chunki har bir fan faqat uning o'zigagina xos bo'lgan atamalar tizimiga ega
Yozma ilmiy nutq uchinchi shaxs tomonidan bayon qilinadi. Chunki e’tibor matnning mazmuni va mantiqiy izchilligiga qaratiladi, subyektga emas. Birlikdagi birinchi shaxs olmosh nisbatan kam qo'llaniladi, ikkinchi shaxs shakli esa umuman qo'llanilmaydi. Matnda muallif «men», «menimcha», «mening fikrimcha» kabi so'zlarni ishlatmasligi kerak. Hozirgi vaqtda umume’tirof etilgan qoidaga ko'ra, matnda «biz», «bizningcha», «bizning fikrimizcha» kabi so'zlar qo'llaniladi. Bunda muallif ilmiy kamtarinlik qoidalariga rioya qilib, o'z yondashuvini hamfikr jamoa nomidan bildiradi, bayon qilinayotgan fikrga ko'proq obyektivlik beradi.
Darhaqiqat, mualliflik yondashuvini ko‘plikda, ya’ni «biz» orqali ifodalash o‘z fikrini ilm ahlining ma’lum bir guruhi, jamoasi, ilmiy maktab yoki ilmiy yo‘nalish fikri sifatida aks ettirishga imkon beradi. Buning boisi, hozirgi zamon faniga integratsiyalashuv, jamoa (komanda) ijodi, muammoni hal etishga kompleks yondashuv kabi tendensiyalar xosligidadir.
Lekin dissertatsiya va avtoreferat matnida «biz», «bizningcha», «bizning fikrimizcha» kabi so‘zlarni juda ko‘p qo‘llash ham erish tuyuladi. Shuning uchun ilmiy ish mualliflari ushbu so‘zlarning o‘rnini bosadigan boshqacha konstruktsiyalardan foydalanishga harakat qilishlari kerak. Shu bilan birga, muallifning fanga qo‘shayotgan shaxsiy ulushini ham ko‘rsatishi talab qilinadi. Bunda quyidagi so‘z birikmalaridan foydalanish tavsiya etiladi: «ish muallifi tomonidan aniqlanganidek, ...», «dissertantning fikriga ko‘ra,...», «o'tkazilgan dissertatsiya tadqiqotlari natijasida», «dissertatsiyada ishlab chiqilgan uslublar»,«muallifning shaxsiy ulushi sifatida» va sh.k.
Ilmiy nutq madaniyatini belgilovchi mezonlar: aniqlik, ravshanlik va qisqalik hisoblanadi. Mazmunan aniqlik dissertatsiyalarning ilmiy va amaliy qiymatini ta’minlaydigan asosiy shartlardan biri hisoblanadi.
So‘zlarni noto‘g‘ri tanlash oqibatida yozilgan jumlaning mazmunini chigallashtirish, u yoki bu jumlani ikki xil talqin qilish va butun matnning mazmunini buzib qo‘yish ham mumkin.
Natijada, ilmiy nutqning aniq va ravshanligini yo‘qotadigan har xil leksik xatolarga yo‘l qo‘yiladi.
So‘nggi vaqtlarda hali ko‘pchilik eshitib ulgurmagan, «zamonaviy» so‘zlarni qo‘llab, boshqalarni hayratda qoldirish odatga aylanmoqda. Ayniqsa, xorijdan kirib kelgan so‘zlarni qo‘llashda suyiste’mol qilish hollari, bayon qilinmoqchi bo‘lgan fikrni mavhumlashtiradi. Ko‘pincha bunday so‘zlar ma’nosini tushunmasdan qo‘llaniladi.
Ilmiy asarlar va o‘quv adabiyotlarida sinonim atamalarni qo‘llash natijasida ham mazmunning aniqligi buziladi. Bitta matnda bir necha sinonim atamalarni qo‘llash mumkin emas. Afsus, ayrim ilmiy ishlarda «xo‘jalik operatsiyasi», «xo‘jalik muomalasi», «xo‘jalikfakti», «xo‘jalik jarayoni», «xo‘jalik hodisasi», «xo‘jalik harakati» deb yozish hollari uchraydi.
Ilmiy nutqning yana bir muhim jihati - uning tushunarliligi. Tushunarlilik bu muallifning sodda va tushunarli yozish mahoratini bildiradi.
Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, bayon qilinmoqchi bo‘layotgan fikrning tushunarsizligi muallifning aniq miqdor ko‘rsatkichi o‘rniga mavhum yoki juda umumlashtirilgan so‘z va so‘z birikmalaridan foydalanganida vujudga keladi. Yosh izlanuvchilar ko‘pincha keltirilayotgan faktlar sanog‘ini qanday davom ettirishni bilmaganliklari bois, «va h. », «va boshqalar», «va shu kabilar» deb yozadilar. Fikrlarni asoslab bera olmagan vaqtlarda esa matnga «ko ‘rinib turibdiki», «ma’lumki, ... » degan jumlalarning ko‘p ishlatilishi, muallifning bilish darajasi sayozligini ko‘rsatadi.
Ko‘p hollarda tushunarlilik qoidasining buzilishi ba’zi mualliflar tomonidan o‘z ishlarida «ilmiylik»ni kuchaytirish uchun ortiqcha urinishlari oqibatida ham kelib chiqadi.
Ilmiy ish materiallarini rasmiylashtirishda yuqorida bayon qilingan nutq qoidalari bilan birga quyidagi umumiy qoidalarga rioya qilish ham tavsiya etiladi:

  • boblar hamda bo‘limlarning nomlanishi va mazmuni mavzuga mos kelishi va undan chotga chiqmasligi lozim. Boblar mazmuni mavzuni, bo‘limlar mazmuni esa bobni to‘la qamrab olishi lozim;

  • dastavval, navbatdagi bob(bo‘lim)ni yozish uchun materiallarni o‘rganib, uning rejasini, asosiy g‘oyalarini va argumentlash tizimini o‘ylab ko‘rish hamda bularning barchasini yozib borish zarur. Bunda ilmiy ishning bosh g‘oyasini e’tibordan chiqarmaslik, har bir holatini aniqlashtirib, ayrim qismlar va qoidalarni «sayqallab», zarur qo‘shimchalarni kiritib, ortig‘ini chiqarib, tahrir qilib, imlo xatolarini tuzatib borish zarur;

  • dalillar rasmiylashtirilishini tekshirish, adabiyotlar manbalariga havola qilinishini joyida tekshirish va aniqlashtirish;

  • oxirgi tuzatishlarni kiritishga shoshmasdan, bir oz vaqt o‘tganidan so‘ng, materiallar bir oz «yotganidan» so‘ng yana qayta ko‘rib chiqish kerak. Bunda ayrim noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan, kuchsiz dalillar va ahamiyatsiz fikr-mulohazalar va xulosalar aniqlanadi. Shundan so‘ng, bularni to‘g‘rilash yoki chiqarib tashlash, haqiqatda zarurlarinigina qoldirish mumkin;

  • jimjimador jumlalar tuzish, keraksiz «import» atamalarni ko‘paytirish va «so‘z o‘yini»ga berilmaslik kerak. Chunki katta miqdordagi iqtiboslarni keltirish, ko‘pchilik eshitib ulgurmagan, yangi, izohsiz va sharhlarsiz tushunib bo‘lmaydigan «import» atamalar izlanuvchining fikrini tushunarsiz qiladi. Darhaqiqat, sayoz, g‘ayriilmiy va «dumbul» fikrlarni «aqlli» so‘zlar bilan asoslashga urinish «ilmdagi ahmoqlik» hisoblanadi! Shuning uchun fikrni bayon qilish uslubi ilmiy jihatdan qat’iy, amaliy jihatdan qo‘llanuvchan, tushunarli va ifodali bo‘lishi lozim;

  • mazmuniga ko‘ra materialning adabiy bayoni osoyishta (hissiyotsiz), argumentlangan yoki munozarali, tanqidiy, qisqa yoki batafsil, yoyiq bo‘lishi mumkin;

  • tadqiq qilinayotgan muammo bo‘yicha o‘zingizdan oldingi va zamondosh olimlar tomonidan bajarilgan barcha ishlarni inobatga olgan va ta’kidlagan holda, ilmiy kamtarinlikka rioya qilish, ilmga qo‘shgan o‘zingizning shaxsiy ulushingizni hissiyotlarga berilmasdan, xushyor va xolisona baholash kerak;

- tadqiqot materiallarining oxirgi (toza) variantini bosmadan chiqarishdan oldin natijalarni sinov(aprobatsiya)dan o‘tkazish: taqrizlar olish, ekspertiza qilish, seminarlar, konferensiyalar va simpoziumlarda muhokama qilish, so‘ngra aniqlangan kamchiliklarni tuzatish lozim.
Shunday qilib, olim bo‘lishimizdan oldin yozilgan ilmiy ishning har bir jumlasi o‘qilganda mufassal tasavvur shakllantiradigan darajada fikrimizni o‘zbek ilmiy-adabiy tilida bayon qilish layoqati shakllangan bo‘lishi lozim. Shuningdek, dissertatsiya va uning avtoreferati hamda boshqa ilmiy adabiyotlarda bayon qilinayotgan matnning uslub jihatdan aniq, asosli, mantiqan to‘g‘ri va izchil, maqsadga muvofiq yoritilishi, o‘z ona tilimiz qadriga yetib, tushunarli va ravon ifodalanishi - ularning ilm xazinasini yangi bilimlar bilan boyitishiga yordam beradi.
Va nihoyat, muvaffaqiyat, ilmiy ish natijalarini qanday taqdimot qilishga ham bog‘liq:
TAQDIMOT (PREZENTASIYA) QILISH SAN’ATI KIRISH:

  • Tinglovchilarning e’tiborim jalb qiling;

  • Taqdimotning maqsadini ochib bering;

  • Tinglovchilarning talabini hisobga oling;

  • Ularning qiziqishlarini tushunishga harakat qiling.

  • ASOSIY QISM:

  • Birlamchi axborotlar, faktlarni va asosiy qoidalarni dalillang.

Tinglovchilarni o‘zingizning haq ekanligingizga
ISHONTIRING!

  • YAKUNLASH:

  • Savollarga javob berish san’ati.

  • Prezentatsiya qilayotganda o‘zingizni tutishingiz:

  • Doska (ekran) va tinglovchilar oldida qaddingizni to‘g‘ri tuting;

  • Qo‘llaringizni to‘g‘ri ishlating.

  • HAMMA VAQT TINGLOVCHILAR (AUDITORIYA) BILAN MULOQOTDA BO‘LISH:

  • Tinglovchilarni kuzatib turing;

  • Hayotiy va hazil misollar keltiring;

  • Ma’ruza boshidan o‘tgan vaqtni nazorat qiling va belgilangan muddatda tugating.

OVOZINGIZNING BALANDLIGI VA TEMBRI:

  • Bir xil ovozda emas, intonatsiya bilan gapiring;

  • Keskin harakat qilmang;

  • Uzoq vaqt to‘xtab qolmang.

о



  1. jgQi Mushohada uchun savollar
    Ilmiy-adabiy til nima? Uning oddiy muloqat tilidan farqi?

  2. Ilmiy - adabiy tilni rivojlantirishda badiiy adabiyotning ahamiyati qanday?

  3. Ilmiy ishlarni ilmiy-adabiy til bayon deganda nimani tushunasiz?

  4. Ilmiy ish matnining mantiqiy bog‘liqligini ta’minlashda qanday vositalardan foydalaniladi?

  5. Ilmiy ishlarda maxsus ilmiy atamalar qanday qo‘llaniladi?

  6. Ilmiy nutq madaniyati nima?

  7. Ilmiy ish materiallarini rasmiylashtirishda qanday umumiy qoidalarga rioya qilish lozim?

  8. Ilmiy ishni taqdimot qilishda nimalarga e’tibor berish kerak?




Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish