§. Innovatsiya faoliyatining rivojlanish istiqbollari
Bozor iqtisodiyotidagi kuchli raqobat sharoitida korxonalarda innovatsion faoliyatni rivojlantirish tadbirkorlik faoliyatining xarajatlarini kamaytirish va foydani ko‘paytirishga intilish bilan bog‘liq. Eskirgan texnika va texnologiyalar qo‘llanilganda xarajatlar optimal darajadan oshib ketadi. Agar raqobatchilarimiz mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va taklif etilayotgan mahsulot (ish, xizmat)larining bahosini pasaytirish asosida bozorni egallash yo‘llarini topgan bo‘lsa, tadbirkorlikdan zarar ko‘rishimiz mumkin. Shunday ekan, hamma vaqt tadbirkorlikni innovatsion model asosda rivojlantirib borishimiz lozim (2.1-jadval).
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, innovatsiyalar joriy qilgan korxona va tashkilotlar hamda joriy qilingan innovatsiyalar soni so‘nggi yillarda dinamik o‘sish tendensiyasiga ega. Bunda asosiy ulush texnologik innovatsiyalarga to‘g‘ri kelmoqda.
jadval
Korxona va tashkilotlarning innovatsion faoliyati29
|
2008
y.
|
2009
y.
|
2001 0 y.
|
2011
y.
|
2012
y.
|
2013
y.
|
2014
y.
|
2015
y.
|
2016
y.
|
Innovatsiyalar joriy qilgan korxona va tashkilotlar soni:
|
texnologik
|
268
|
140
|
145
|
185
|
164
|
725
|
819
|
894
|
893
|
marketing
|
15
|
4
|
1
|
2
|
9
|
14
|
13
|
14
|
20
|
tashkiliy
|
21
|
7
|
3
|
9
|
14
|
22
|
20
|
27
|
20
|
Joriy qilingan innovatsiyalar soni:
|
texnologik
|
578
|
462
|
462
|
818
|
624
|
1262
|
1382
|
1737
|
1816
|
marketing
|
58
|
42
|
32
|
9
|
17
|
32
|
41
|
36
|
51
|
tashkiliy
|
47
|
23
|
6
|
15
|
58
|
40
|
42
|
46
|
39
|
Innovatsion
mahsulot
(tovar, ish va
xizmat)
hajmi,
mlrd.so‘m
|
1325,
1
|
1660,
4
|
1849,
0
|
1348,
7
|
3635,
9
|
4614,
7
|
7043,
0
|
8023,
6
|
10688
,2
|
Innovatsiyala rga qilingan xarajatlar, mlrd.so‘m
|
521,5
|
333,7
|
264,4
|
372,6
|
311,9
|
4634,
2
|
3757,
4
|
5528,
3
|
2571,
4
|
Erkin bozor raqobati sharoitida har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt nisbiy ustunlikka erishishga intiladi. Bunga esa faqat innovatsion faoliyatni amalga oshirish orqali erishiladi. Innovatsiya jarayoni qanchalik tez amalga oshirilsa, faoliyat muvaffaqiyati shunchalik yuqori bo‘ladi. Mahsulotlarning yangilanishi, ularning bozorga o‘z vaqtida chiqarilishi qo‘shimcha foyda olish ehtimolini oshiradi va bunday foyda fan-texnika rentasi deb ataladi.
Innovatsiya jarayonlarini amalga oshirish natijasida korxonalar xarajatlarni kamaytirib, ishlab chiqarish hajmini oshiradi, bozorda o‘z o‘mim egallaydi, foydani ko‘paytiradi, tadbirkorlik samaradorligini oshirish va milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga yordam ko‘rsatadi.
Innovatsion mahsulot (ish va xizmat) lar hajmi 2017 yilda 18543,3 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Ushbu ko‘rsatkich 2016 yilga
nisbatan 1,7 barobar, 2008 yilga nisbatan 14 barobarga ko‘paygan. Innovatsiyalarga qilingan xarajatlar esa 2008 yilga nisbatan 8 barobarga ko‘paygan bo‘lsa, 2016 yilga nisbatan 1,6 barobarga oshgan (2.1-rasm).
2008 2009 2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017
Innovatsion mahsulot (ish va mahsulot)lar hajmi, mlrd so'm
rasm. Innovatsion mahsulot (ish va xizmat) lar hajmi va
xarajatlari dinamikasi (2010-2017 yillar)30
Innovatsiya jarayonlarini rivojlantirishga har xil omillar ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, iqtisodiy, texnologik, siyosiy, normativ-huquqiy, tashkiliy-boshqaruv, sotsial-psixologik, madaniy va h.k. Ushbu omillardan ayrimlari innovatsiya faoliyatini rivojlantirishga yordam ko‘rsatsa, ayrimlari to‘sqinlik qilishi mumkin. Masalan, iqtisodiy va texnologik omillar guruhida korxonaning innovatsiya faoliyatiga zarur moliyaviy resurslar, moddiy-texnika vositalari, ilg‘or texnologiyalar, xo‘jalik va fan-texnika infratuzilmalari ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu guruhning o‘zidagi omillardan investitsiya uchun mablag‘lar yo‘qligi yoki yetishmasligi, moddiy va fan-texnika bazasining yomonligi, joriy ishlab-chiqarish manfaatlarining ustunligi va hokazolar innovatsiya faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunday misollarni boshqa guruh omillari bo‘yicha ham keltirish mumkin.
jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 2010 yilda innovatsiyalar asosan tashkilotning o‘z mablag‘lari hisobidan (69,7 foizi) moliyalashtirilgan bo‘lsa, 2017 yilga kelib, o‘z mablag‘lari hissasi 71,0 foizga yetgan. 2017 yilda tashkilotning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish 2010 yilga nisbatan 16,0 barobar oshgan.
jadval
Moliyalashtirish manbalari bo‘yicha texnologik, marketing va
tashkiliy innovatsiyalarga xarajatlar, mlrd.so‘m (2010-2017 yillar)31
Ko‘rsatkichlar
|
Yillar
|
2010
|
2011
|
2012
|
2013
|
2014
|
2015
|
2016
|
2017
|
Jami xarajatlar
|
264,4
|
372,6
|
311,9
|
4634,2
|
3757,4
|
5528,3
|
2571,4
|
4162,3
|
shu jumladan, moliyalashtirish manbalari bo‘yicha:
|
|
tashkilotning o‘z mablag‘lari
|
184,3
|
263,2
|
213,4
|
2501,5
|
1381,5
|
1251,8
|
1180,0
|
2956,0
|
xorijiy kapital
|
48,3
|
24,9
|
39,9
|
1228,7
|
32,3
|
156,6
|
314,9
|
799,1
|
tijorat banklari kreditlari
|
30,0
|
63,7
|
26,8
|
533,5
|
262,5
|
280,1
|
157,3
|
88,4
|
boshqa mablag‘lar
|
1,8
|
20,9
|
31,7
|
370,6
|
2081,0
|
3839,7
|
919,1
|
318,8
|
Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash innovatsiyalarni bosh- qarishda eski boshqaruv nazariyalaridan voz kechishni talab etmoqda. Endi korxona menejmenti raqobatbardoshlikni saqlab turish uchun innovatsiya faoliyatini har tomonlama rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan yangicha yondashuvlarni ishlab chiqish va qo‘llashga majburdir.
Quyidagi rasmda so‘nggi yillarda o‘z kuchi bilan innovatsion mahsulot (ish va xizmat) lar ishlab chiqargan korxona va tashkilotlar dinamikasi keltirilgan (2.2-rasm). Innovatsion mahsulot (ish va xizmat) lar ishlab chiqargan korxona va tashkilotlar soni 2010 yildan 2017 yilga qadar 7,5 barobarga ko‘payib, 289 tadan 2171 taga yetgan. Lekin, bu ko‘rsatkich 2016 yilga nisbatan 203 taga (2171-2374) kamaygan. Birinchi marta innovatsion mahsulot (ish va xizmat) lar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan korxonalar soni esa, 2017 yilda 2010 yilga nisbatan 5,4 barobar (947 ta)ga ko‘paygan.
rasm. O‘z kuchi bilan innovatsion mahsulot (ish va xizmat) lar ishlab chiqargan korxona va tashkilotlar soni (2010-2017 yillar)32
Boshqacha aytganda, innovatsiya yangi g‘oya va bilimlarning iste’molchilar(bozor) talablarini qondirish maqsadida amaliy
foydalanish uchun joriy etilishidir. Respublikamizda 2017 yilda innovatsiyalarning joriy etilishini innovatsion mahsulotlar va tashkilotlar kesimida taqdim etamiz (2.3-jadval).
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 2017 yilda korxona va tashkilotlar tomonidan jami 1946 turdagi texnologik innovatsiyalar joriy etildi. Shu jumladan, mahsulotlar bo‘yicha - 1118 ta, jarayonlar bo‘yicha - 698 ta, marketing innovatsiyalari - 51 ta, tashkiliy innovatsiyalar - 39 tani tashkil etgan. Joriy qilingan texnologik innovatsiyalar obyektlar bo‘yicha: o‘z kuchi bilan - 1786 ta (91,8 foiz); boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda - 72 (3,7 foiz) ta (ITIlari - 42, OTMlar bilan bilan - 20) hissasiga to‘g‘ri keladi.
Respublikamizda 2017 yilda har bir innovatsion faol tashkilotga to‘g‘ri keladigan innovatsiyalar soni bo‘yicha Xorazm viloyati birinchi o‘rinni egallab, o‘rtacha 6 tadan innovatsiya joriy qilingan.
|
ja-
mi
|
Shu jumladan joriy qilingan obyektlar bo‘yicha:
|
o‘z
kuchi
bilan
|
boshqa
tashki-lotlar
bilan
hamkorlikda
|
ulardan :
|
boshqa
tashkilotlar
tomonidan
|
ITIlari
bilan
|
OTMlar
bilan
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |