O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi


Innovatsiya - bu ijodiy-intellektual faoliyatning yakuniy natijasi bo4ib, yangi yoki takomillashgan mahsulot ko‘rinishida



Download 1,62 Mb.
bet10/98
Sana30.04.2022
Hajmi1,62 Mb.
#595191
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   98
Bog'liq
ILMIY TADQIQOT ISHINI TASHKIL ETISH word

Innovatsiya - bu ijodiy-intellektual faoliyatning yakuniy natijasi bo4ib, yangi yoki takomillashgan mahsulot ko‘rinishida
mujassamlashadi va bozorda sotishga mo‘ljallanadi yohud amaliy faoliyatda foydalaniladigan yangi yoki takomillashgan texnologik jarayon hisoblanadi.
Yangi g‘oyalar ishlab chiqilgan chizmalar, rasmlar yoki batafsil tavsifnoma ko‘rinishida ifodalangan bo‘lsa-yu, lekin undan birorta tarmoq yoki sohada foydalanilmasa, bozorda iste’molchisini topmasa, ushbu g‘oya yoki bilim, ilmiy-ijodiy mehnat natijasi bo‘lsa-da, innovatsiya hisoblanmaydi.
Ushbu fikr-mulohazalarni umumlashtirib, innovatsiyalarni yangiligi bo‘yicha 3 turga bo‘lish mumkin (2.1-rasm).






    1. rasm. Innovatsiyalarning yangiligi bo‘yicha turkumlanishi

Agar yangilikning unga o‘xshashi(analogi) bo‘lmasa, mutlaq yangilik deb ataladi. Agar innovatsion mahsulot oldin boshqa korxonalarga qo‘llanilgan, mazkur korxonada esa birinchi marta qo‘llanilayotgan bo‘lsa, nisbiy yangilik hisoblanadi. Qisman yangilik - bu buyumning qandaydir elementini yoki tarmog‘ini yangilash.
Yangilik darajasi bo‘yicha bazisli, yaxshilovchi va soxta
innovatsiyalarga bo‘linadi.
Bazisli innovatsiyalar yirik kashfiyotlarni ro‘yobga chiqaradi va texnikani rivojlatirishning yangi avlodlari va yo‘nalishlarini shakllantirish uchun asos bo‘ladi.
Yaxshilovchi innovatsiyalar mayda va o‘rta ixtirolarni joriy etish bilan bog‘liq va tarqalish bosqichida hamda fan-texnika siklining barqaror rivojlanishida ustunlik qiladi.
Soxta innovatsiyalar eskirgan texnika va texnologiyalarni qisman yaxshilashga yo‘naltiriladi.
Vujudga kelish sabablari bo‘yicha reaktiv va strategik
innovatsiyalarga bo‘linadi.
Reaktiv innovatsiyalar firmani saqlab qolish uchun yo‘naltirilgan bo‘lib, ular raqobatchilar tomonidan amalga oshirilayotgan radikal (keskin) innovatsion o‘zgarishlarga qarshi qo‘llaniladi.
Strategik innovatsiyalar ogohlantiruvchi tavsifga ega va istiqbolda nisbiy ustunlikka erishish uchun yo‘naltiriladi. Innovatsiyalar qo‘llanilish sohasiga ko‘ra: mahsulot ishlab chiqarishga mo‘ljallangan, bozorni kengaytirish, jarayonlarni boshqarish, ijtimoiy va kompleks innovatsiyalarga bo‘linadi.
Mahsulot ishlab chiqarishga mo‘ljallangan innovatsiyalar yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish va foydalanishga yo‘naltiriladi. Bozor innovatsiyalari mahsulotlarni qo‘llashning yangi sohalarini ochib beradi va yangi bozorlarda mahsulot, ish va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlaydi. Jarayonli innovatsiyalari yangi texnologiyalar, jarayon va boshqaruvni tashkil etishga qaratiladi. Ijtimoiy innovatsiyalar yangi ijtimoiy tuzilmalarni barpo etish va faoliyat ko‘rsatishiga yo‘naltiriladi. Kompleks innovatsiyalar bir necha turdagi
innovatsiyalarni o‘zida birlashtiradi.
Bayon qilinganlardan kelib chiqqan holda innovatsiyaning asosiy mezonlarini quyidagicha belgilash mumkin:
• ilmiy-texnik jihatdan yangiligi;

  • amalga oshishi, ya’ni innovatsiyadan amalda, masalan, sanoat, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, ta’lim yoki faoliyatning boshqa sohalarida foydalanish;

  • yangilikning bozorda sotilishi, ya’ni xaridor yoki

buyurtmachilar talabini qondirish.
Shunday qilib, yangi g‘oya qanchalik batafsil bayon qilinmasin, chizmalar, rasmlar yoki boshqa ko‘rgazmalar shaklida taqdim etilmasin, bu hali innovatsiya degani emas. Innovatsiya bo‘lishi uchun g‘oya hayotiy ehtiyojni qondiradigan mahsulot, xizmat yoki jarayonlarda mujassamlashgan bo‘lishi lozim. Faqat yangi mahsulot yoki jarayonlarda amalga oshiriladigan yangi g‘oyalargina innovatsiya bo‘la oladi. Boshqacha aytganda, innovatsiyalarning muhim xususiyatlari, mezonlari - g‘oyaning yangiligi va amalga oshishi, amaliy faoliyatga, yangi mahsulot yoki jarayonlarga safarbar qilinishi, bozorda o‘z o‘rnini topishidan iborat.


  1. Download 1,62 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish