Ko‘rsatkichlar
|
2013 у
|
2014 у
|
2015 у
|
2016 у
|
0‘zgarishi,
|
Summa
|
%
|
Summa
|
%
|
Summa
|
%
|
Summa
|
%
|
Summa
|
%
|
Bajarilgan ITTKIlari hajmi, min. so‘m
|
244345,4
|
100
|
280603,4
|
100
|
339856
,9
|
100
|
426122,9
|
100
|
352709,3
|
480,4
|
shujumladan:
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
ilmiy tadqiqot ishlari
|
171411,3
|
70,2
|
216111,7
|
77,0
|
258870
,6
|
76,2
|
292803,5
|
68,7
|
245551,5
|
519,7
|
shundan fundamental
|
34957,1
|
14,3
|
44070,2
|
15,7
|
53050,
2
|
15,6
|
61487,6
|
14,4
|
54092,8
|
731,5
|
loyiha-konstruktorlik va texnologik ishilar
|
5205,9
|
2Д
|
16363,2
|
5,8
|
19521,
5
|
5,7
|
23917,2
|
5,6
|
17044,8
|
248,0
|
tajriba nusxa-namunalar, partiyalar, buyumlar (mahsulotlar) tayyorlash
|
578,6
|
0,2
|
1659,7
|
0,6
|
1997,3
|
0,6
|
3086,2
|
0,7
|
2109,8
|
216,1
|
qurilish uchun loyiha ishlari
|
30679,6
|
12,6
|
28033,9
|
10,0
|
30748,
8
|
9,0
|
43750,3
|
10,3
|
35734,2
|
445,8
|
ilmiy-texnik xizmatlar
|
36470
|
14,9
|
18434,9
|
6,6
|
28718,
7
|
8,5
|
62565,7
|
14,7
|
52269
|
507,6
|
Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar tarkibiga «Fan va ilmiy xizmat» tarmog‘i tashkilotlarida, sanoat korxonalarining ilmiy va konstruktorlik bo‘linmalarida, oliy ta’lim muassasalarida va boshqa tashkilotlarda bevosita ITTKI bajarishda bevosita ishtirok etadigan oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar, ilmiy tashkilotlar va bo‘linmalammg rahbarlari kiradi. Bundan tashqari, oliy ta’lim muassasalarining ilmiy tadqiqot shtat jadvaliga kirmaydigan, lekin kafedralarda ilmiy-tadqiqot rejasi yoki xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar bilan shug‘ullanuvchi professor-o‘qituvchilari ham shu tarkibga kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi PF-4958-son «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoniga binoan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va samaradorligini tubdan oshirish, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim sohasini yanada takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatida yoshlarning intellektual salohiyatini har tomonlama namoyon etish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali shakli dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi «tayanch doktorantura» va dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi «doktorantura» tizimini joriy qilindi.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, shaxsning ijodiy ta’lim, kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilgan.
Shu bois, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida doktorantura, tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilik faoliyatini tashkil etish asosida amalga oshirilmoqda. 2013-2018 yillarda jami 1990 nafar talabgor, jumladan 854 nafar talabgor fan doktori (DSe) 854 va 1136 nafar talabgor falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasida tasdiqlanib, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali tizimi sharoitida (2017 - 2018 yy.) mazkur ko‘rsatkichlar fan doktori (DSs) ilmiy darajasi
2013 y. 2014 y. 2015 y. 2016 y. 2017 y. 2018 v. 0
bo‘yicha 466 va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi bo‘yicha 1136 nafarni tashkil etdi (1.2 va 1.3- rasmlar).
1000
900
800
700
600
500
a.
400
300
200
100
0
0
0
0
0
932
2017 y.
2018 y.
2013 y.
2014 y.
2015 y.
2016 y.
rasm. Ilmiy darajalarda jami tasdiqlanganlar soni (DSc, PhD)17 18
rasm. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasida tasdiqlanganlar
21
soni
Bu borada yuqori sifat o‘zgarishlariga erishishimiz uchun, fikrimizcha, innovatsiya faoliyatini jadal rivojlantirishimiz lozim. Xo‘sh, innovatsiya va innovatsion faoliyat nima? Uning turlari va tan olinish mezonlari qanday? Bu haqdagi fikr-mulohazalarimizni keyingi o‘rinlarda davom ettiramiz.
Mushohada uchun savollar
Fanga oid umumilmiy atamalarni ta’riflang.
Ilm-fan va ilmiy faoliyat tushunchalarini ta’riflang.
Jamiyat, taraqqiyot, qonuniyat va bilim tushunchalarini ta’riflang. Ularning umumiyligi va farqlari nimalardan iborat?
Ilmiy-tadqiqot faoliyatining turkumlanishi qanday? Farqlari nimada?
«Fan va ilmiy xizmat» tarmog‘i deganda nimani tushunasiz?
Ilmiy-tadqiqot faoliyatining rivojlanish istiqbollari qanday ?
2
INNOVATSIYA - BU KELAJAK DEGANI.
Sh.Mirziyoyev
BOB
INNOVATSIYA,
INNOVATSIYA FAOLIYATI
VA UNING RIVOJLANISH
ISTIQBOLLARI
Ushbu bobni O rganish natijasida Siz:
innovatsiya, ularning turlari va xususiyatlari;
innovatsiya faoliyatining mazmun- mohiyati to‘g‘risida bilimlarga;
innovatsiya faoliyatining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari tOg'risida tasavvurlarga ega bO lasiz.
BOB. INNOVATSIYA, INNOVATSIYA FAOLIYATI VA UNING RIVOJLANISHIISTIQBOLLARI
§. Innovatsiya va innovatsion faoliyatning mazmuni
Innovatsiya - bu kelajak degani.
Sh.Mirziyoyev
Mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning hozirgi bosqichi xo‘jalik yurituvchi subyektlardan tadbirkorlik faoliyatida yangi mahsulotlar va texnologiyalar yaratish hamda eksportbop tovarlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan innovatsion siyosat yurgizishni talab etmoqda. Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, «Innovatsiya, bu kelajak degani. Biz buyuk
kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo ‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak»19 20.
Darhaqiqat, «ilm-fan va texnika yutuqlarini keng qo‘llagan holda iqtisodiyot tarmoqlariga, ijtimoiy va boshqa sohalarga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni tezkor joriy etish O‘zbekiston Respublikasi jadal rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi» 21.
Ma’lumki, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish ikkita: an’anaviy va innovatsion modelga bo‘linadi. Shu o‘rinda ularni ta’riflash, tavsiflash va qiyoslash maqsadga muvofiq.
An’anaviy model - bu tadbirkorlikning an’anaviy, sermashaqqat va reproduktiv shakliga asoslanadi. Bunda tadbirkor korxona foydasini ko‘paytirish va rentabellikni oshirish uchun ichki rezervlarni safarbar qilishi taqozo etiladi. Mazkur modelga muvofiq, tadbirkorlikning
muvaffaqiyati davlat tomonidan mablag‘ ajratilishi va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi bilan bog‘liq.
Innovatsion model esa tadbirkorlikni innovatsiyalar asosida rivojlantirish bilan tavsiflanadi. Bunda korxonani rivojlantirish innovatsiya, ya’ni ilmiy ixtirolarga asoslanadi. Innovatsion mahsulot yoki texnologiyaning haqiqatdan ham yangiligi undan foydalanish natijasida hamma vaqt iqtisodiy samaraga erishish bilan belgilanadi.
Innovatsiya faoliyatining mazmuni, uning o‘ziga xos belgilari va xususiyatlari innovatsiya tushuchasida mujassamlashgan. Ta’kidlash joizki, bu tushuncha xorijlik olimlar asarlarida ham, mamlakatimiz olimlarining ishlarida ham turlicha ta’riflanib kelinmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Milliy Entsiklopediyasining 4-jildida quyidagicha ta’riflangan:
«Innovatsiya - (ing. - innovationas - kiritilgan yangilik, ixtiro) - 1) texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni ta’minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablag‘lar; 2) ilmiy-texnika yutuqlari va ilg‘or tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qo‘llanilishi» 22.
Do'stlaringiz bilan baham: |