§. Ilmiy faoliyatning asosiy turlari va rivojlanish tendensiyalari
«Ilmiy faoliyat obyektlar, hodisa (jarayonlar)ning xususiyatlari, o‘ziga xosliklari va qonuniyatlarini aniqlash maqsadida borliqni o‘rganish va olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llashga yo‘naltirilgan faoliyat hisoblanib, fundamental va amaliy tadqiqotlardan iboratdir.
Fundamental tadqiqotlar tabiat, jamiyat va insonning tuzilishi, shakllanishi va rivojlanishiga oid asosiy qonuniyatlar haqida yangi bilimlar olish, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik, shuningdek muayyan faoliyat natijasida yaratilgan obyektlarni o‘rganishga yo‘naltirilgan nazariy va (yoki) tajribaga yo‘naltirilgan faoliyat hisoblanadi»12. Demak, fundamental tadqiqotlar yangi bilimlar barpo etishga yo‘naltirilgan
nazariy yoki eksperimental tadqiqotlar bo‘lib, ular natijasida ilmiy
gipotezalar, nazariyalar, uslublar va boshqa yangi bilimlar barpo bo‘ladi.
«Amaliy tadqiqotlar amaliy maqsadlarga erishish va aniq vazifalarni hal etish uchun asosan yangi bilimlar va fundamental tadqiqotlar natijalarini qo‘llashga yo‘naltirilgan faoliyat hisoblanadi»13.
Shuningdek, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari ilmiy-tadqiqotlar va amaliy tajribalar natijasida olingan mavjud bilimlarga asoslanadi hamda yangi materiallar, mahsulotlar, jarayonlar, qurilmalar, xizmatlar, tizimlar yoki uslublar yaratishga yo‘naltiriladi. Bunday ishlanmalar tarkibiga konstruktorlik ishlari, loyihalash ishlari va texnologik ishlar kiradi.
«Ilmiy faoliyat yurituvchi jismoniy va yuridik shaxslar ilmiy faoliyat subyektlari hisoblanadi»14
rasm. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini
bajargan tashkilotlar dinamikasi (2000-2016 yillar)15
Tarkibiy islohotlar, ilmiy-tadqiqot faoliyatini modernizatsiyalash, optimallashtirish va ilm-fanni tijoratlashtirishga qaratilgan chora- tadbirlar ijrosi natijasida ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar tarkibida ham, ular tomonidan bajarilgan ilmiy ishlar va xizmatlar hajmida ham sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Jumladan, ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning umumiy soni 2016 yilda 2010 yilga nisbatan 136 taga ko‘paygan. Ushbu o‘zgarishlar asosan loyihalash va loyiha-tadqiqot, konstruktorlik tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari va sanoat korxonalarining ko‘payishi hisobiga sodir bo‘lgan. Shu davr ichida bajarilgan ilmiy ishlar va xizmatlar hajmi 273331,3 mln. so‘mga, ya’ni 222,8 % ga oshgan (1.1 -rasm)
Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini bajargan tashkilotlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatining turlari kesimida quyidagicha taqdim etish mumkin (1.1.-jadval). Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini bajargan tashkilotlar soni 2016 yilda 2008 yilga nisbatan 29 taga ko‘paygan. Ular tomonidan asosan, ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilgan bo‘lib, bu toifa tashkilotlar soni 78 taga ortgan, shundan fundamental ishlar bajarilgan tashkilotlar mos ravishda 19 taga ko‘paygan. Shuningdek, so‘nggi yillarda ilmiy-texnik xizmatlar ko‘rsatish keskin ortib bormoqda. Masalan, 2008-2015-yillarda bu ko‘rsatkich sezilarli o‘zgarmagan bo‘lsa, 2015-2016 yillarda 77 taga ko‘paygan. Bu o‘z navbatida respublikamizda ilmiy-texnik xizmatlar bozorining rivojlanayotganligidan dalolat bermoqda.
Ilmiy ishlarning turlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot va tajriba- konstruktorlik ishlanmalari hajmining tarkibini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, ular ichida eng katta ulushni ilmiy-tadqiqot ishlari tashkil etadi. Uning tarkibida fundamental tadqiqotlar hissasining oshib borishi ham kuzatiladi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, bajarilgan ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari hajmi 2016 yilda 2008 yilga nisbatan 352709,3 mln so‘mga, ya’ni 480,4 % ga oshgan. Undan eng katta ulushni ilmiy-tadqiqot ishlari tashkil etib, o‘rganilayotgan davr ichida 64-77 % ni tashkil etgan va umumiy o‘sishi esa 245551,5 mln. so‘m, ya’ni 519,7 % bo‘lgan. Alohida e’tiborga loyiq jihat - so‘nggi yillarda bajarilgan ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari qiymati tarkibida fundamental tadqiqot ishlari, qurilish uchun loyiha ishlari va ilmiy-texnik xizmatlar ulishining barqaror oshib borayotganligidadir (1.2-jadval).
jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |