Xo‘sh bilim o‘zi nima?
«Bilim: 1. Obyektiv borliq haqidagi yoki muayyan (ilmiy, madaniy, ma’rifiy, ma’naviy, harbiy va b.) sohalarga oid ilmiy, amaliy ma’lumotlar, tushunchalar majmui, ilm. 2.O‘qimishlilik darajasi, ma’lumot, qobiliyat (eruditsiya)»10.
Bilimlar esa qaysi sohaga oid bo‘lishidan qat’iy nazar, mantiqli - tizimli va butun bashariyat uchun naf keltiradigan bo‘lishi lozim. Darhaqiqat, «bilim - bu bizni o ‘rab turgan olam haqidagi bosh-boshdoq tasavvurlarimini mantiqli-tizimli holatga keltirish» (A. Eynshteyn).
Shunday qilib, ilmiy faoliyat - bu tabiat evolyutsiyasi va jamiyat taraqqiyotining qonuniyatlarini kashf etib, insonning biologik va ijtimoiy ehtiyojlarini ta’minlash, insoniyatning tafakkur xazinasi - fanga ulush qo‘shadigan ongli faoliyati hisoblanadi. Shunday ekan, bu faoliyatning, aniqrog‘i ilmiy faoliyatning o‘zini oqilona tashkil etish natijasida insoniyat hayot kechiradigan tabiiy muhitni asrab avaylash, ijtimoiy makonni taraqqiy ettirish, iqtisodiy samaradorlikni oshirish va hayot sifatini yaxshilashni hamda ma’naviyatni yuksaltirishni ta’minlaydigan bilimlar olinadi.
Shu bilan birga, ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasi quyidagi asosiy prinsiplarga tayanadi:
«ilmiy ijod va axborot erkinligi; samaradorlik va ijodiy raqobat; manfaatdorlik va rag ‘batlantirish; ilmiy ekspertizaning xolisligi;
inson hayoti va salomatligi, atrof tabiiy muhitga zarar yetkazmaslik»11.
Bularga erishish esa juda murakkab va sermashaqqat jarayon. Shuning uchun keyingi o‘rinlarda:
tadqiqotning falsafiy-gnoseologik asoslari, fan rivojlanishining asosiy qonuniyatlari va bilimlarning ilmiyligini baholash mezonlarini;
ilmiy nazariya va gipotezaning mohiyati, ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi o‘rni va ahamiyati, iqtisodiy nazariyalarning mazmuni va tarkibini;
tadqiqotning metodologik g‘oyasini shakllantirish va uni amalga oshirishning asosiy bosqichlarini;
tadqiqotlarda qo‘llaniladigan umumilmiy metodlar, ularning tarkibi va tavsifini;
iqtisodiy tadqiqotlarda qo‘llaniladigan metodlar va bevosita o‘ziningiz tanlagan ilmiy ish mavzusi bo‘yicha tadqiqot metodikasini shakllantirishni;
ilmiy-tadqiqot natijalarini e’lon qilish qoidalarini hamda ilmda axloq-odob masalalarini mukammal o‘zlashtirishingiz lozim!
Umid qilamizki, kitobni oxirigacha o‘qib, yakunlaganingizda dilingizni ilm shu’lasi yoritayotganini his qilasiz, ushbu xayrlik va ayni chog‘da mashaqqatli yo‘lda astoydil davom etasiz. Darhaqiqat, «ilmdan bir shu’la dilga tushgan on, shunda bilursankim, ilm bepoyon» (Abulqosim Firdavsiy).
Do'stlaringiz bilan baham: |