§. Fan rivojlanishining umumiy qonuniyatlari va
bilimlarning ilmiyligi
Fan rivojlanishining umumiy qonuniyatlari. Gnoseologiyada fan rivojlanishining oltita umumiy qonuniyati mavjud (3.1-rasm).
3.1-rasm. Gnoseologiyada fan rivojlanishining qonuniyatlari
Bilimning ilmiyligi (yoki g‘ayriilmiyligi, soxtaligi) qanday aniqlanadi? Har qanday fan, har qanday ilmiy-tadqiqot uchun olingan
bilimlarning ilmiyligini baholash mezonlari to‘g‘risidagi masala muhim hisoblanadi. Bu masalaga turlicha yondashuvlar mavjud. Shulardan eng ko‘p e’tirof etiladiganlari: haqiqiylik, intersubyektivlik va tizimlilik (3.2- rasm).
rasm. Bilimning ilmiyligini aniqlash mezonlari
1. Bilimning haqiqiyligi deganda, uning tadqiq qilinadigan predmetga mosligi tushuniladi. Lekin, haqiqiylik belgisi nafaqat ilmiy bilimlarga xosdir. Kundalik hayotdagi bilimlar, fikr va farazlar ham haqiqiy bo‘lishi mumkin.
Gnoseologiyada «haqiqat» va «bilim» tushunchalari bir-biridan farqlanadi. «Haqiqat» tushunchasi bilimning voqelikka mosligini, uning mazmuni o‘rganiladigan subyektga qaramasdan, ishonchli va o‘zining obyektivligi tufayli undan mustaqil holda mavjud bo‘lgan tushunchani bildiradi. «Bilim» haqiqatni e’tirof etish shakli bo‘lib, u yoki bu asoslar mavjudligi faraz qilinadi. Bunday asoslarning yetarliligiga ko‘ra haqiqatni tan olish shakllari har xil bo‘ladi (3.3-rasm).
rasm. Asoslar yetarliligi bo‘yicha haqiqatni tan olinish shakllari
Ilmiy bilim u yoki bu mazmunning haqiqiyligi to‘g‘risida bildirish emas, uning haqiqiyligini isbotlovchi asoslar (masalan, eksperiment natijalari, teoremaning isboti, mantiqiy xulosa va h.k.) keltiriladi.
Shuning uchun ilmiy bilimning haqiqiyligini tavsiflaydigan belgi sifatida uning yetarlicha asoslanganligi talab qilinadi. Ilmiy bilim boshqa turdagi bilimlardan yetarli darajada asoslanganligi bilan farq qiladi. Shuning uchun asoslar yetarliligi prinsipi (u mantiqda «asosning yetarlilik qonuni» deb ham ataladi) har qanday fanning fundamenti hisoblanadi. Unga muvofiq har qanday haqiqiy fikr haqiqiyligi isbotlangan boshqa fikrlar bilan asoslangan bo‘lishi lozim.
Bilimlar ilmiyligining intersubyektivlik mezoni. Ushbu mezon bilimlarning umumbashariy va umummajburiyat hamda ommaviylik xususiyatlarini ifodalaydi.
Bu holda ilmiy bilim haqiqiyligi va uning boshqa modifikatsiyalari haqiqiyligi quyidagicha chegaralanadi. Masalan, kundalik hayotdagi bilimning haqiqiyligi, ishonchning haqiqiyligi va shu kabilar haqiqatni tan olish uchun asoslari yetarli bo‘lmagan bilim shakllariga kiradi.
Ilmiy bilimlar haqiqiyligiga keladigan bo‘lsak, ular universal, «xususiy emas» va obyektiv yetarli asoslar bo‘yicha haqiqatni tan olishga asoslangan bilim shakllariga kiradi. Intersubyektivlik belgisi ilmiy bilimlarning qayta tiklanishi (yangilanishi)ni talab qiladi. Boshqacha aytganda, bitta obyekt, bir xil sharoitda alohida tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilganda olinadigan natijalarning bir xilligi bilan ifodalanadi. Aksincha, agar bilim har qanday o‘rganiladigan subyekt uchun barqaror hisoblanmasa, u ilmiylikka da’vo qila olmaydi, chunki u qayta tiklanish (yangilanish) xususiyatiga ega emas.
Bilimlar ilmiyligini baholashning tizimlilik mezoni. Tizimlilik bilimning har xil shakllarini tavsiflaydi. U ham ilmiy, ham badiiy, ham kundalik hayotdagi bilimning uyg‘unlashganligi bilan bog‘liq. Ilmiy bilimning tizimli tashkillashtirilganligi uning quyidagi xususiyati bilan tavsiflanadi: shunday asoslanganlik bilanki, uning mazmuni
haqiqiyligiga shubha yo‘qligini yuzaga keltiradi, chunki qat’iy induktiv- deduktiv strukturaga, mavjud tajriba ma’lumotlariga asoslangan bog‘liq mulohaza natijasida olingan sermulohaza bilimning xususiyatiga ega.
Shunday qilib, yuqorida ta’kidlaganimizdek, bilimning ilmiyligi uchta: a) haqiqiylik; b) intersubyektivlik; v) tizimlilik mezonlari bilan baholanadi. Har bir mezon alohida bilimning ilmiyligi(yoki g‘ayriilmiyligi)ni isbotlay olmaydi. Masalan, fanga taalluqli bo‘lmagan narsa ham haqiqiy bo‘lishi mumkin; «umumiy adashish» ham intersubyektivlik xususiyatiga ega bo‘lishi mumkin; bular ikkalasidan ajralgan holdagi tizimlilik esa go‘yoki ilmiy asoslangan bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Ushbu uchala mezon bir vaqtda amalga oshirilsagina, har qanday tadqiqot natijasining ilmiyligini to‘laqonli baholash mumkin. Shunday ekan, har qanday ilmiy-tadqiqot ishining natijasi asoslanganlik, yangi bilimlar barpo bo‘lishi (yangilanish), tizimlilik mezonlari (talablari)ga javob berishi shart.
о Mushohada uchun savollar
Gnoseologiya nima? Uning ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi o‘rni qanday?
Gnoseologiya, fanshunoslik va metodologiya tushunchalarini ta’riflang. Ular o‘rtasidagi nisbat (umumiylik va xususiylik) qanday?
Dunyoqarash tushunchasini tavsiflang.
Dunyoqarashning qanday shakllari mavjud? Ularning o‘xshashligi va farqlari nimalardan iborat?
Falsafiy danyoqarashning ilmiy-tadqiqot metodologiyasini o‘zlashtirishdagi ahamiyati qanday?
Gnoseologiyada fan rivojlanishining qanday asosiy qonuniyatlari mavjud? Ularni tavsiflang.
Bilimning ilmiyligi (yoki g‘ayriilmiyligi) deganda nimani tushunasiz?
Bilimning ilmiyligini baholashning qanday mezonlari mavjud? Ularni tavsiflang.
Ilmiy haqiqat qanday shakllarda namoyon bo‘ladi va tan olinadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |