O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 5,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/96
Sana04.03.2022
Hajmi5,19 Mb.
#482696
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   96
Bog'liq
qishloq xojaligi mashinalari 2

 
4-§. Kultivatorlar 
Tuproq palaxsasini ag‘darib, yerga ishlov berish ko‘pincha 
salbiy oqibatlarga, ya’ni bug‘lanib namlikning hamda uglerodning 
kamayishi, shamol va suv eroziyasining kuchayishiga olib kelishi 
mumkin. Shu sababli, tuproqni ag‘darmasdan yumshatib tabiiy 
namlikni saqlab qolish, begona o‘tlarga qarshi kurashish, ekilgan 
urug‘ning unib chiqishi uchun optimal sharoit yaratish kabi 
maqsadlarda yerga ishlov berish uchun kultivatorlardan keng 
foydalaniladi. 
Kultivatorlar yerga yoppasiga ishlov beradigan, maxsus va 
chopiq qiluvchi turlarga bo‘linadi. 
Yerga yoppasiga ishlov beradigan kultivatorlar 
yerni 
yumshatish va begona o‘tlarni yo‘qotish maqsadida ishlatiladi. 
Maxsus kultivatorlardan 
bog‘ va o‘rmonlarda daraxtlar orali-
g‘iga hamda eroziyaga uchragan joylarga ishlov berishda foyda-
laniladi. Bu guruhga chuquryumshatkich-keskich kultivatorlari 
ham kiradi. 


58 
Chopiq kultivatori 
sug‘oriladigan dehqonchilikda ekinlar 
qator oralig‘idagi yerga ishlov berish, begona o‘tlarni yo‘qotish va 
o‘g‘itlash uchun ishlatiladi. 
Kultivator bilan
ishlov berishda quyidagi agrotexnik talab-
larga 
rioya qilish kerak
: tuproqning pastki nam qatlamini yer 
yuzasiga chiqarmaslik, eroziyani kuchaytiradigan changsimon zar-
rachalarning hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Yumshatila-
yotgan chuqurlik tayinlanganidan ±1,0 sm dan ortiq farq qilmas-
ligiga va begona o‘tlarning 98–99 foizi yo‘qotilishiga erishish 
kerak. 
Kultivator ishchi qismlari bajaradigan
 
ishiga qarab, asosan, 
to‘rt turga: yumshatuvchi, o‘toq qiluvchi, yotiq o‘q-yoysimon va 
chuqur yumshatuvchi tishlarga bo‘linadi. 
Yumshatuvchi tishlar
iskanasimon
 
(21-d rasm),
to‘ntarma 
(21-e rasm)
va nayzasimon kabi xillarga bo‘linadi. Iskanasimon 
tishning qamrov kengligi 
в 
=20 mm, α
0
=40°, ishlov berish 
chuqurligi 
a
=16 
sm
gacha bo‘ladi. Tuproqning pastki, nam 
qismini yuzaga chiqarmaydi. To‘ntarma tish uchining kengayish 
burchagi 2γ = 60°–70°, qamrov kengligi 
в
= 35–65 
mm
bo‘ladi. 
Uning ishlatilayotgan uchi o‘tmaslashib qolsa, tish 180° ga 
to‘ntarilib o‘rnatiladi. Nayzasimon tish ko‘pyillik begona o‘tlarni 
yo‘qotishda qo‘l keladi.

Download 5,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish