73
Umumlashtirib aytganda, yuqorida tilga olingan asarlarning
g‘oyasi va mazmuni insonning
dunyoqarashini kengaytirish,
go‘zal hayotga intilish, hayotdagi muammolarga, nuqsonlarga
barham berishga da’vat etadi.
1991-yilning 1-sentabrida o‘zbekiston o‘z mustaqilligiga
ega bo‘ldi. Buyuk istiqlol sharofati ila mamlakatimizning
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiyva ma’naviy hayotida tub islohotlar
boshlandi. Bu jarayon o‘laroq san’atkorlar,
shu jumladan, musiqa
ijodkorlari va olimlari faoliyatida ham yangi ufqlar namoyon
bo‘la boshladi. Ma’lumki, insonning falsafiy dunyoqarashini,
ma’naviy saviyasini oshirishda teatming ma’jizakor kuchi
beqiyosdir. shunirig uchun ham, o‘zbek musiqali teatri xalqning
olamshumul ong shakllanishi, ma
5
naviy o‘z-o‘zini angiash, erkin
fikrlash va rahiyatni erkin tarbiyalash masalalariga safarbar
etadigan sahna asarlari yaratishga harakat qildilar. so‘nggi
yillarda kenja avlod yozuvchi-dramaturglar
bilan hamkorlikda
samarali ijod qilib, musiqali teatr repertuarini boyitishga o
‘
z
hissalarini qo‘shdilar. muqimiy nomidagi musiqali drama teatrida
“oqibat” (B.Umidjonov
musiqasi, R.ma
’
diyev librettosi),
“dilafiro‘zga to‘rt oshiq” (N.Xalilov musiqasi, T.minullm,
X.Valiullin pyesasi), “Bir kam dunyo” (a.Rasulov musiqasi,
T.yunusov pyesasi), “Nodirabegim” (F.alimov musiqasi,
Turob Tola pyesasi), “Fotima va Zuhta” (F. alimov musiqasi,
J.Umarbekov asari), “soyibxo‘ja operatsiyasi” (F. alimov
musiqasi, s.imomov pyesasi), “Kelin tanlov” (X.Rahimov
musiqasi, R.azizxo‘jayev pyesasi), “ibrohim alayhissalom”
(T.qurbonov musiqasi, N. qobul asari), “Taqdir” (B.lutfuliayev
musiqasi, R.ma’diyev librettosi), “ sevgi nidosi” (m. Bafoyev
musiqasi, s.Jo‘ra pyesasi) kabi asarlar sahna yuzini ko‘rdi.
musiqiy-sahnaviy asarlar yaratgan kompozitorlar orasida
i.akbarov, m.Bafoyev, F.alimov, X.Rahimov, a.Ergashev va
boshqa kompozitorlarni alohida ko‘rsatish mumkin.
74
iste’dodli kompozitor Farhod alimovning “Fotima va
Zuhra”, “devona”, “Nodirabegim”, “Checha’\ “super qaynona”,
“soyibxo‘ja operatsiyasi” kabi musiqali drama va komediyalari
alohida o‘rin tutadi. Uning “Fotima va Zuhra”musiqali
dramasi
va “superqaynona” musiqali komediyasi muqimiy nomidagi
musiqali drama teatri repertuaridan muhim o”rin olgan
spektakllar sifatida diqqatga sazovor.
so‘nggi yillarda o‘zbek musiqali drama va komediyalarida
ayni milliylik sari harakatlarning jadallashtirilganini kuzatish
mumkin. ma’lumki, musiqali drama janrining rivojida
1930-yillardan 70-yillaigasha asosan ovropacha shakllar
qo‘llanilib, ko‘proq operabop vokal uslubi hukmronlik qilar edi.
Bu vaziyat so‘nggi yillarda xalqchillik,
milliy uslub tomonga
o‘zgardi. yangi-yangi o‘zbek musiqali drama va komediyalarida
xalq qo‘shiq va ashulachiligiga xos ohanglar, milliy ijrochilik
yo‘sinidagi uslublar, raqsbop jo‘shqin sur’atlar va xiima-xil
usullar ifoda vositalari sifatida keng ishlatilmoqda. Xuddi
shu sifatlarga ega bo‘lgan B.lutfullayevning «yor istab» va
«Samarqand ushshog‘i”, S.Xayitboyevning «Наг kimki vafo
qilsa», F.alimovning «Fotima va Zuhra», «super qaynona»
musiqali drama va komediyalari tomoshabinlar tomonidan
qizg‘in
qarshi olinib, respublikamiz teatrlari repertuarlaridan
mustahkam o‘rin egalladi.
Yuqorida tilga olingan ijodkor mualliflar, musiqali drama
teatri jamoalari xalqning ma’naviy ruhini mustahkamlash va
rivojlantirish, estetik didini yanada oshirish yo‘lida samarali
ijod qilmoqdalar.