Musiqali drama - musiqa hamda so‘z san’atiga asoslangan
sahna asari. musiqali dramada sahna voqealari, qahramonlarning
ichki kechinma va holatlari, o’zaro munosabatlari soz musiqa,
dramatik harakat, shuningdek, raqs orqali ifodalanadi, musiqa
va so‘z bir-birini toldirib, asar mazmunini ochishga xizmat
qiladi. ilk namunalari sharqda (V asr Hindiston, Xii - Xitoy)
da shakllangan.
Respublika o‘zbek davlat musiqali teatri rasman 1929-yilda
vujudga keldi. Bu jamoaning tashkil topishida muhiddin qori
yoqubov rahbarligida 1926-yilda tashkil topgan «o‘zbek davlat
etnografik ansambli» zamin tayorladi. O‘zbekistonda musiqali
drama janrining shakllanishida «Halima», ”Gulsara”, «Farhod va
shirin», «layli va majnun» asarlari zaminiy ahamiyat kasb etdi.
Chunki bu asarlarda musiqali drama janrining asosiy xususiyatlari
mujassamlashgan edi. o‘zbek davlat musiqali drama teatri
o‘zining an’ana bo‘lib qolgan konsert dasturini saqlab qolgan
holda yangi-yangi musiqali sahna asarlarni namoyish etishga
katta ahamiyat berdi va ijro qilish usullarini tubdan o‘zgartirish
hamda zamon talablariga javob bera oladigan repertuar
tanlashga, musiqiy yangiliklarga tobora intildi. musiqali drama
teatri o‘tmish va zamonaviy turmush manzaralarini tasvirlovchi
musiqali komediyalar bilan bir qatorda inson hayotida uchrab
turadigan jiddiy muammolarni yoritishga ham e’tibor berdi.
masalan, teatrning dastlabki sahnaga qo‘ygan asarlari orasida
«o‘rtoqlar», «o‘tdan parchalar», «Po‘rtana», «ichkarida»,
61
«Farhod va shirin», «layli va majnun» nomli musiqali drama
va komediyalari bunga misol bo‘la oladi. ”o‘rtoqlar”, «otdan
parchalar», «Po‘rtana» kabi musiqali spektakllar o‘zbek musiqa
teatrida zamonaviy mavzuni tasvirlashda birinchi tajriba edi,
xolos. spektakllar qator nuqsonlari bo‘lganligi sababli sahnada
uzoq yashay olmadi.
o‘zbek va boshqa markaziy osiyo xalqlarining musiqa
san’ati ko‘p asrlardan beri bir ovozli musiqiy uslubda rivojlangan.
30-yillarga kelib o‘zbek musiqa san’atida ko‘p ovozlik uslubi
qo‘llanila boshladl o‘zbekistonda ijod qilayotgan kompozitorlar
o‘zbek xalq kuy va qo‘shiqlarini garmoniyalash yo‘li orqali
ko‘p ovozlik asarlarni yaratdilar. Xususan, N.mironov,
a.Chetvertakov kabi kompozitorlar tomonidan «Po‘rtana»,
«ichkarida» spektakllariga o‘zbek xalq kuylari asosida ikki, uch
ovozli xor lavhalari va o‘zbek xalq cholg‘u asboblari tarkibiga
qo‘shimcha skripka, violonchel, truba, valtorna, fortepiano kabi
cholg‘u asboblari kiritildi. lekin bu tajribalar yaxslii natija
bermadi.
o‘zbekiston Rcspublikasining 10 yillik to‘yini o‘tkazish
munosabati bilan, o‘zbek xalq musiqa merosining bilimdoni,
kompozitorlar Va. Uspenskiyga «Farhod va shirin» musiqali
dramasini yangicha tarzda sahnaga olib chiqish vazifasi
topshiriladi. ya’ni, asar ko‘p ovozlik bo‘lib, xalq cholg‘u
asboblari o‘rniga simfonik orkestr ijrosi uchun qayta ishlanishi
lozim edi
53
. Partiturani qayta ishlashda Uspenskiyga yordam
berish uchun kompozitor G. mushel va dirijyor s. Zveyfel
jalb etildi. Bu jiddiy vazifani bajarishda, kompozitorlar zo‘r
badiiy did va ehtiyotkoriik bilan ishlaganligi natijasida ulkan
yutuqlarni qo‘lga kiritdilar. asarning ikkinchi variantini muhim
xususiyatlari sifatida shuni ko‘rsatib o‘tish kerakki, unda drama
voqealari musiqa vositalari bilan ifodalandi, rechitativ va beshta
53
Jabborov a. musiqiy drama va komcdiya janrlari o‘zbekiston kompozi-
torlari ijodiyotida. 61-bet.
62
ko‘p ovozli xor kiritildi hamda simfonik orkestrga katta ahamiyat
berildi. qo‘shimcha raqslar (qilichbozlar raqsi), har parda uchun
musiqiy kirish lavhalari qo‘shilib, butun spektaklga maxsus
muqaddima (uvertura) ham kiritilgan edi. Ushbu asar 1937-yil
may oyida moskvada o‘zbek san’atining uch yilligi munosabati
bilan katta teatr filialida namoyish etildi va katta e’tibor qozondi.
o‘zbek kompozitorlari musiqali drama musiqasining
ifodaviy imkoniyatlarini kengaytiidilar. ”Farhod va shirin”,
”layli va majnun”, ”Gulsara” kabi musiqali dramalar shular
jumlasidandir.
Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonida рок
muhabbat, do‘stlik tuyg‘ulari olqishlanib, yovuzlik, urush,
sotqinlik qoralanadi. shamsiddin Xurshid Navoiyning ushbu
asarini mazmuni va g‘oyasiga izchillik bilan sodiq qolgani holda,
pyesani anchagina qisqartirgan va unga qisman o‘zgartirishlar
kiritgan. asar dastlab olti parda sakkiz ko‘rinishdan iborat bo‘lsa,
keyinchalik to‘rt parda yetti ko‘rinishga keltirildi. dramaning
asosi ikki qarama-qarshi kuchlar kurashidan iborat. Biri Farhod,
shirin, shokir va mehinbonu obrazlarida gavdalantiradigan
yuksak insoniy tuyg‘ularni ifoda qiladi. Eron shohi Xisrav, uning
atrofidagi kishilar hamda makkor yosuman kampir obrazlari esa
salbiy kuchlar ifodasi bo‘lib xizmat qiladi.
54
musiqali dramaning uverturasi bir-biridan farq qiluvchi
ikkita mavzuga asoslangan: «Naylaram», «askari». - shirin
sevgisi mavzusi. «Askari» - Xisrav obrazining tavsifi, xalq kuyi
marsh ko‘rinishida berilgan.
mazkur musiqali dramada rivojlangan qo‘shiq-ariyalar juda
ko‘p. spektaklning bosh qahramoni Farhodga o‘n bitta ariya
berilgan. Bu qo‘shiq ariyalarning barchasi maqom va o‘zbek
xalq ijodiyoti namunalari vositasida ifodalanadi. «To‘lqin»
nomli qo‘shiqda Farhod go‘zal hayot haqida, «dugoh-Xusayni»
da esa u shirmning go‘zalligi haqida kuylaydi.
54
Jabborov a. musiqiy drama va komediya janrlari o‘bekiston kompozitorlarining
ijodiyotidan. 63-bet.
63
«miskin ii» da shirinni axtarishi kuylansa, «Bayot i» da esa
Farhod shamolga murojaat qilib, sevgilisiga salomini yetkazishni
so‘raydi. Keyinchalik Farhodning «Farg‘onacha» qo‘shig‘i,
Dugoh П, Chorgoh II, Chorgoh IV ariyalari keltiriladi.
spektaklning yana bir qahramoni - shirin obrazidir. Uning
«Naylaram», «dugoh», “Rajabiy”, «mo‘g‘ulcha» ariyalari
maqom va ashulalar asosida yozilgan. asarda o‘zbek xalq lirik
ashulasi «Naylaram» asosida yuzaga kelgan Farhod va shirin
sevgisining mavzusi to‘laqonli ifodalanadi:
Ijobiy qahramonlarning tavsifi ga Xisravshoh leytmotivi
(uning asosida «askari» kuyi) qarama-qarshi qo‘yiladi.
Kompozitor uning bir yo‘nalish bo‘ylab olg‘a siljishini, «ochiq»
kvarta va kvintali parallelizmlar orqali mavzuning dag‘al
qiyofasini ifodalaydi:
64
«Farhod va shirin» asaridagi xorlar o‘zbek musiqasidagi ilk
ko‘p ovozli xorlardandir. Kompozitor Uspenskiy imitatsiyadan
ko‘proq foydalanib, asosiy kuy (folklor) intonatsiyasidan
ohanglar tuzilmasi bo‘yicha mustaqil ikkinchi ovozni yaratadi.
“Farhod va shirin” musiqali dramasining tomoshabinlar
tomonidan zavq bilan kutib olinishida artistlarning ijrochilik
mahorati ham muhim rol o‘ynadi. Halima Nosirova yaratgan
Shirin, Lutfi xonim Sarimsoqova yaratgan Yosiman obrazlari
tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
ii Jahon urushi yillarida musiqali drama janri yetakchi
o‘rinni egalladi. Bu yillarda yaratilgan asarlar vatanni himoya
qilish, bosqinchilarga qarshi kurash va kishilarning mamlakat
ichkarisidagi fidokorona mehnatiga bag‘ishlangan bo‘lib,
xalqni vatanparvarlik rahida tarbiyaladi. Urash yillarida o‘zbek
ijodkorlari o‘z asarlarida front ichkarisi va orqasidagi mehnat
va jang qahramonlarini ulug‘lovchi yangi-yangi musiqali sahna
asarlarini yaratdilar. Jumladan, 1941-yil muqimiy nomidagi
Respublika musiqali teatri jamoasi dramaturglar s.abdulla va
Chustiyning “qurbon Umarov” nomli to‘rt pardali musiqali
dramasini, s.abdulla, Chustiy va K.yashinning “davron
ota” hamda sh.Turg‘un, a.Umariy, bastakor Yu. Rajabiy,
B.Nadejdinlaming “qasos” nomli musiqali dramalaiini
tomohabinlarga havola etdilar. 1942-yili “qo‘chqor Turdiyev”,
1944-yili “oftobxon”, shu yili yana “muqanna” kabi musiqali
dramalarini saqnalashtirdilar. davr voqealari bilan hamohang
yaratilgan bu asarlar xalqni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga
munosib hissa qo‘shdilar.
65
shunday qilib, 20-30-yillarda yuzaga kelgan “Halima”,
“Farhod va shirin”, “layli va majnun”, “Gulsara” kabi
spektakllarda musiqali drama janri o‘zbek xalqining an’anaviy
bir ovozli musiqiy merosi hamda ko‘p ovozli asarlar asosida
shakllangan bo‘lsa, 40-yillarda esa musiqiy drama janrini
rivojlantirish borasida izlanishlar yanada rivoj topdi. “davron
ota”, “qurbon Umarov”, “oftobxon”, “muqanna” kabi musiqali
dramalar ham xalq musiqiy merosi asosida yaratilgan bo‘lsalar-
da, lekin ular ko‘p ovozli uslubda simfonik orkestr jo‘rligida
bunyodga keldi. deyarli qisqa vaqt ichida o‘zbekistonda
“musiqali drama”janri mukammal ravishda shakllandi va rivoj
topdi. yuqorida nomlari tilga olingan asarlarda musiqali drama
janrining barcha tarkibiy qismlari mujassam boldi. ya”ni adabiy
mazmun, musiqa san’atining turli shakllari, raqs san’ati, badiiy
sahna bezaklari, sahna o‘yin harakatlari tarkibi mohirona uzviy
qorishtirish (sintez) natijasida o‘zbek milliy musiqali drama
janrining asosiy xususiyatlari bunyodga keldi.
50-yillarning o‘rtalaridan boshlab musiqali teatrlarning
ijodiy faoliyatlarida o‘zgarishlar ro‘y bera boshladi, ya’ni
teatrlarning ma’muriy-moddiy masalalariga repertuarni
boyitishda ko‘rinarli burilish va e’tibor kuchaydi. masalan,
urush yillarida teatr repertuarida Vatan himoyasi bilan bog‘liq
mavzu yetakchi o‘rinda turgan bo‘lsa, tinchlik davrida esa o‘zbek
xalqining tarix va zamonaviy hayoti bilan bog‘liq turli mavzular
teatr repertuaridan o‘rin ola boshladi. Keksa bo‘g‘inga mansub
bo‘lgan dramaturg bastakor, kompozitor, rejissor, dirijorlar
yoniga birin-ketin maxsus oliy o‘quv maskanlarida ta’lim olgan,
iste’dodli yosh avlodlar teatrlarga kirib keldilar.
ikkinchi jaqon urashidan avvalgi va urush yillarida
yaratilgan asarlar o‘zbek bastakorlari va rus kompozitorlari
bilan hamkorlikda qaytadan ishlash usuli va simfonik orkestrga
moslash orqali yuzaga kelgan edi. Urushdan keyingi yillarda
professional o‘zbek kompozitorlarining mustaqil ijodlariga
66
muhim e’tibor berilishi munosabati bilan juda ko‘p musiqiy
drama va komediyalar yuzaga keldi.
50-90-yillarda yaratilgan musiqali drama va komediyalar
m.leviyevning “oltin kolit musiqali drama-komediyasi,
X.Rahimovning «ishqing bilan» musiqali dramasi,
a.muxamedovning «Jon qizlar» komediyasi tarixiy mavzuda
yaratilgan s.Boboyevning «Vatan ishqi», s.Jalilning «anvar
va Ra’no», i.akbarovning “momo yer” musiqali dramalari va
boshqalar. 50-90-yillarda tarixiy shaxslar mavzulari ham alohida
o‘rin egailaydi. Biogralik mavzuda yaratiigan va uzoq yillar
davomida teatr repertuarini boyitib kelayotgan musiqali dramalar
orasida quyidagi spektakllarni ko‘ramiz: «Nurxon» K.yashin
pyesasi, T.Jalilov va G.sobitov musiqasi; «muqimiy» s.abdulla
pyesasi, T.Jalilov va G.mushel musiqasi; «G‘azal fojiasi» a.
Bobojonov pyesasi, m.yusupov musiqasi; «Nodira» X.Razoqov
pyesasi, s.Xayitboyev va K.Jabborov musiqasi; «alisher Navoiy
astrabodda» l.mahsumov pyesasi, yu.Rajabiy va s.Jalil
musiqasi; «Zavqiy» iC.mahkamov pyesasi, s.Xayitboyev
musiqasi; «mashrab» aTursunov pyesasi, X.Rahimov musiqasi
va boshqalar.
Tarixiy shaxslarga bag‘ishlangan ilk musiqali sahna
asarlardan bin «Nurxondir». asar mazmuni va uning musiqiy
tizimi mukammalligi va hayotiyligi bilan ajralib turadi.
dramaturg K. yashin va bastakorlar T.Jalilov va G.sobitovlarning
ushbu asari o‘zbek musiqali teatrining shox asarlaridan biridir, U
birinchi bor 1942-yilda sahnalashtirilgan. o‘sha davrda spektaki
o‘zbek xalq cholg‘u asboblari ansambli jo‘rligida olib borilgan
edi. ikkinchi tahrirda 1952-yildan boshlab simfonik orkestr bilan
ijro etildi.
asar voqeasi 20-yillarning oxirida marg‘ilonda o‘tadi. Bu
asarda birinchilardan bo‘lib teatr san’atiga qadam qo‘ygan
67
Nurxon yo‘ldoshxo‘jayevaning fojiali siymosi gavdalantiriigan.
asar qahramonlari ikki guruhga bo‘lingan. ijobiy obrazlar.
Nurxon, uning onasi Kimyoxon, sevgilisi Haydar, uning
onasi Zebiniso, singlisi qumrixon, Xuzurxo‘ja, Norqo‘zi va
N.stepanov. salbiy obrazlar: Nurxonning otasi Hoji, akasi
mamat, ammasi Xolchaxon, jiyani Nozik, sarkor.
55
Do'stlaringiz bilan baham: |