7-§. O‘ZBEK BASTAKORLARI, XONANDA
VA SOZANDALARI. KO‘P ASRLAR AN’ANA
DAVOMCHILARI
Bastakorlik o‘rta osiyo xalqlarida juda qadim zamonlardan
mavjud musiqiy ijod san’atidir.
Bastakorlik san’ati o‘zbek xalqining merosida juda katta va
muhim o‘rin tutadi. shuning uchun ham bastakorlik muammolari
musiqashunos va sharqshunos olimlarimizning diqqat-e’tiborini
ko‘pdan beri o‘ziga jalb qiladi, bu masala musiqiy san’atimizda
juda katta tarixiy-ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etmoqda.
Bastakor forscha ( “basta”-bog‘lash, “kor” -ishlash, ishlovchi
ma’nolarida) so‘z bo‘lib, kuyni tashkil etadigan unsurlarni bir-
biriga bog‘lovchi degan ma’noni anglatadi.
Bastakor o‘tmishda turli vazifalarni bajaigan. dastlab u
yangi, original kuy va ashulalar yaratuvchidir. ikkinchidan,
bastakor tayyor kuylar mavzusida ularning ritmik va kuy
variantlarini ham yaratgan. Bunda bastakor kuy yo‘llariga yangi-
yangi epizodlar, tayyor holdagi avjlar kiritgan. ashula yo‘llariga
yangi she’rlarni ustalik bilan bog‘lab, tushira bilgan san’atkorlar
ham bastakor nomiga mansub bo‘lgan.
48
Tarixdan bizga ma’lumki, o‘rta asr musiqa ijrochiligi
madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shunda ediki,
cholg‘uchilar nafaqat bir necha turdagi musiqa asboblarini chala
olgan, balki o‘zlari ham musiqa bastalaganlar. Cholg‘uchilar
o‘z davrining yetuk musiqachilari va shoirlari ham bo‘lishgan.
XV asrda yetishib chiqqan shoiriar, san’at ahliga Navoiy va
Jomiy homiylik qilgan hamda ularni tarbiyalagan. Navoiyning
“majolis-un-nafois” asarida musiqaning nazariy va amaliy
jihatlaridan xabardor shoirlar maqtab tilga olingan. Chunki
aruz san’atini egallashda, shoirdagi estetik hisni tarbiyalashda
48
Rajabov i. maqomlar masalasiga doir. 32-bet.
38
musiqaning roliga katta ahamiyat berilardi. Bastakor musiqaning
nazariy-amaliy tomonlarini bilsa-yu, lekin aruz ilmidan bexabar
bo‘lsa, ashulaga she’r bog‘lashda xatolikka yo‘l qo‘yadi.
shuning uchun ham, bu davrda ulug‘ shoirning topshirig‘i bilan
aruz ilmi va musiqa nazariyasiga doir risolalar yaratiladi.
Bu davrda Xo‘ja abulvafoyi Xorazmiy, mavlono alishoh,
muhammad Jomiy, Binoiy, Pahlavon muhammad, Xo‘ja yusuf
Burxon, Ustod qulmuhammad Udiy, Ustod shodiy va boshqa
yuzlab musiqa nazariyachilari va bastakorlar yetishib chiqdilar.
Bastakorlik san’ati XVi-XViii asrlarda yashab ijod qilgan
musiqachi-bastakorlar - Najmiddin Kavkabiy va darvesh aU
Changiyning musiqa risolalarida ham ma’lum darajada yoritib
berilgan.
agar jahon musiqa xazinasiga noyob durdona bo‘lib
qo‘shilgan “shashmaqom” turkumiga ahamiyat berilsa, bu shoh
asarning yuzaga kelishi uzoq va mazmunli tariximiz qa’ridan
bizga qadar rivojlanib yetib kelishida ham ko‘plab avlod
bastakor, sozanda, xonandalaming ijodiy ulushini sezib olish
qiyin emas.
shashmaqom XViii asr oxiri va XiX asr boshida o‘rta osiyo
xalqlari syuita (turkum) shaklidagi professional musiqasining
uzoq taraqqiyoti natijasida vujudga kelgan. maqomlar asosan
saroy ayonlari huzurida muayyan vaqtda yoki muayyan
sharoitda ijro etilgan. Hatto mohir qo‘shiqchilarning o‘ziga xos
musobaqasi (avjlarni ijro etish, yangi qismlarni to‘qish) tashkil
etilgan.
XiX asr oxiri XX asrda “shashmaqom”ning mashhur
bilimdonlari Ota Jalol Nosirov (hofiz) va Ota G‘iyos Abdug‘ani
(sozanda) hamda bu ustozlar an’analarini davom ettirib kelgan
domla Halim ibodov, mohir ashulachilar Hoji abdulaziz
Rasulov, mulla To‘ychi Toshmuxamedov va shorahim
shoumarov, ularning shogirdlari - yunus Rajabiy, To‘xtasin
Jalilov, Usta olim Komilov, ahmadjon Umrzoqov, Faxriddin
39
sodiqov, Komiljon otaniyozov, muhammadjon mirzayev kabi
ustoz san’atkorlami ko‘rsatish mumkin. Ularning har biri o‘z
musiqiy ijod yo‘lini yaratdilar. Ular yaratgan asarlarining aniq
uslubi, ladi, ohang tiniqliligiga katta e’tibor berishgan, musiqani
nihoyatda serohang va jiloli bo‘lishi uchun xilma-xil, murakkab
usullarga murojaat qilishgan. Ularning asarlaridagi o‘ziga xoslik,
ichki milliy ruh, falsafiy kayfiyat yaratilgan san’at namunalariga
go‘zallik va umrboqiylik bag‘ishlaydi.
Bu ustoz bastakorlar o‘z ijodiy faoliyatlari bilan Forobiy,
ibn sino va alisher Navoiy asos solgan o‘zbek bastakorlik
san’atining nodir namunalarini targ‘ib qildilar, davom ettirdilar.
Ular o‘zbekistonning musiqa hayotida badiiy havaskorlik
jamoalarini kengaytirishda, milliy ijrochilik jamoalarini tashkil
qilishda faol qatnashdilar.
o‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishganidan so‘ng boshqa
ijodiy sohalari kabi musiqa madaniyati va san’atida ham chin
ma’noda hayotbaxsh o‘zgarishlar ro‘y bera boshladi. Xususan,
mamlakatimizda yuksak mumtoz kasbiy musiqa namunalarini
avaylab-asrash, jonlantirish, ravnaq toptirishga qaratilgan
bir qancha ibratli ishlar amalga oshirildi. Bu borada maqom
ijrochilarining “yunus Rajabiy” nomidagi respublika tanlovlari,
“Boqiy ovozlar” katta ashula va dostonchi-baxshilarning ko‘rik-
tanlovlari, “asrlar navosi” yosh an’anaviy ijrochilar tanlovlari
pirovardida e’tiborga molik yutuqlar qo‘lga kiritildi. shu asnoda
buyuk ajdodlarimiz, “Nafosat kuychilari” tomonidan ijod etilgan
mumtoz asarlarga qaytadan jon bag‘ishlangandek bo‘ldi va bular
milliy-ma’naviy xazinamizdan o‘ziga mos o‘rin olmoqda.
Bugungi kunda musiqa amaliyotida “maqomot”ning uch
turi - Buxoro, Xorazm va Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari
shakllangan. alohida ta’kidlash joizki, jonli jarayon bilan
yo‘g‘rilgan maqomchilik an’analari bastakorlik va ijrochilik
san’ati bilan bevosita bog‘liq. Bunda ijodkorlik jabhasi ikki
asosiy ko‘rinishda namoyon bo‘lishi ma’lum bo‘lmoqda - biri
40
maqomchilik an’analariga muvofiq yangi namunalarni ijod
etishda, yana biri maqom yo‘llarini ijro etish talqinida ko‘zga
tashlanadi. musiqiy ijodiyotning har ikkala sohasi so‘nggi
yillarda yorqin namoyon bo‘lmoqda.
yaqin-yaqinlargacha maqom namunalari ardoqli meros
sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinib, endilikda faqat ijro
talqinlari orqali yangilanishi, boyitilishi mumkinligi e’tirof etilar
edi. darhaqiqai, ko‘p o‘n yilliklar davomida jonli amaliyotda
xuddi shunday ahvol kuzatilgan. ammo bu borada o‘zbekiston
xalq hofizi, bastakor Fattoqxon Mamadaliyev o‘z faol ijodkorligi
orqali an’anaviy uslubda mayjud namunalarni qayta ishlash,
ovoz yoki sozlarga moslashtirish bilan kifoyalanmay, balki
yanada jiddiyroq yangiliklami kashf etish mumkinligini to‘la
isbotlashga muvaffaq bo‘ldi. Ijodkor 90-уШаг davomida asl
o‘zbek bastakorlik ijodiyotining an’analaridan biri, musiqa
merosimizning ommaviylashib ketgan namunalari asosida ko‘p
qismli turkumlar yaratish an’anasini tikladi. U sakkiz qismli
“miskin”, sakkiz qismli “Ushshoq” va to‘rt qismli “ Nasrullo”
turkumlarini tuzdi. Bastakorning “munojot”, savti Fattoqxon”
deb nomlangan turkumlari esa nisbatan ixchamroq shakllarda
yaratilgan.
O‘zbekiston xalq hofizi, atoqli sozanda va bastakor Orif
Hotamov esa “Ushshoq”, “Girya” turkumlarini yangi ashula
yo‘llari bilan boyitdi. Buning natijasida hoziigi zamon
bastakorligida asl an’anaviy musiqiy tafakkur yo‘lida ham yangi-
yangi noyob asarlar yaratish mumkinligi amalda isbotlandi.
49
ma’lumki, maqomlarda mujassam bo‘lgan ma’naviy-badiiy
go‘zalliklarni jon jarayonda namoyon etish va ularni tinglovchiga
yetkazib berishda ijrochilik san’ati hal qiluvchi ahamiyat kasb
etadi. o‘zbek mumtoz maqom ijodiyoti va ijrochilik sohasida
yangi jarayonlarning yorqin ifodasini katta, yetuk hamda yosh
avlodga mansub o‘nlab san’atkorlar, ajoyib xalq hofizlari, taniqli
49
o‘zbekiston san’ati 15-bet.
41
xonanda, sozanda, o‘zbekiston xalq artisti “Buyuk xizmatlari
uchun” ordeni sohibi Turg‘un alimatovning benazir ijrochilik
san’ati, uning ishtirokida nafaqat respublikamiz bo‘ylab, balki
xorijiy mamlakatlarda ham o‘zbek milhy mumtoz musiqamizga
bag‘ishlangan qator konsertlar berilganligi, u yerda Cd lazer
disklaiga muhrlangan yozuvlarining chiqarilishi muhim
ahamiyat kasb etdi.
Bu o‘rinda o‘zbekiston xalq hofizlari, atoqli xonanda,
sozanda va bastakor orif Hotamov, Fattoqxon mamadaliyev,
o‘zbekiston xalq artisti, sozanda va bastakor Ganijon Toshmatov,
O‘zbekiston xalq hofizlari Muhammadjon Karimov, Quvondiq
iskandarov, Hasan Rajabiy, o‘zbekiston xalq artisti, sozanda
va bastakorlar G‘ulomjon Hojiqulov, abduhoshim ismoilov,
o‘zbekiston xalq artistlari munojot yo‘lchiyeva, maryam
sattorova, o‘zbekistonda xizmat ko‘isatgan artist, sozanda va
bastakor o‘lmas Rasulovlaming ijodkorona ishlari ibratli bo‘ldi
Bastakorlik an’anasi shashmaqomning shakllanishi va so‘nggi
davrlardagi taraqqiyotda hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |